MA’NAVIYAT (arab. «ma’naviyat» - ma’nolar majmui) - kishilarning
falsafiy, huquqiy, estetik, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlari
va tushunchalari majmui. M. mafkura, tafakkur tushunchalariga
yaqin va ular bir-birlarini taqozo etadi. Odamzod paydo
bo‘lib, ko‘p ming yillik taraqqiyot jarayonida o'zini o‘rab olgan
tabiatni, turli hodisalar, voqealar, hayotiy jarayonlarni kuzatgan,
ularning sabablari va qonuniyatlari to‘g‘risida mushohada qilgan,
turli tasavvur va tushunchalar hosil qilib kelgan.
MA’RIFAT (arabcha «arafa» - «bilmoq» so‘zidan) - ta’limtarbiya,
iqtisodiy, siyosiy, falsafiy, diniy g‘oyalar majmui asosida
kishilarning ong-bilimini, madaniyatini o‘stirishga qaratilgan
faoliyat. «М.» tushunchasi «ma’naviyat» va «madaniyat» tushunchalari
bilan chambarchas bog‘langandir; M. tarixi jamiyat tarixining
ajralmas qismidir. M. haqida ko‘plab fikrlar bildirilgan.
So‘fiylar nazarida tariqatning davomi va hosilasi M.dir. U fikrdan
o‘zib ketadigan va shubhaga zarracha asos qoldirmaydigan ilmdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |