MILLIY MADANIYAT - ma’lum bir elat, millat, xalq tomonidan
uzoq tarixiy rivojlanish jarayonida yaratilgan, ularning ijtimoiy-
madaniy ehtiyojlarini ifoda etgan moddiy va ma’naviy boyliklar
majmui. M.m.ga til, turmush tarzi, mentalitet, urf-odatlar,
din, xalq ijodi, arxitektura, adabiyot, musiqa, axloqiy-ma’naviy
qadriyatlar va hokazolar kiradi.
MAQOM (arab. -jo y , makon, o'rin) - musulmon Sharqi musiqasida
asosiy tushunchalardan biri. Dastlab muayyan balandlikdagi
tovushni hosil etish uchun torli cholg‘uning dastasida barmoq
bilan bosiladigan joy, parda ma’nosida ishlatilgan. Keyinchalik
Sharq musiqa nazariyasi rivojlanishi jarayonida M.ning mazmun
doirasi tobora kengayib, bir-biriga nisbatan bogliq boshqa
ma’nolarni ham anglata boshladi: lad tuzilmasi, lad tizimi; muayyan
pardalar zaminida vujudga kelgan kuy-ohanglar; shakl, janr;
bir qismli yoki turkumli cholg‘u va ashula yo‘llari; musiqiy uslub
va b.
Do'stlaringiz bilan baham: |