§ Arxaizm, tarixiy va yangi paydo bo‘lgan so‘zlar
Arxaizmlar (eskirgan so‘zlar) – o‘tgan davrlarda qo‘llanilib, hozirgi kunda iste’moldan chiqqan so‘zlardir: ashuq – temir qalpoq (dubulg‘a), aqru – sekin, ashu – qizil tuproq, fasohat – aql, handasa – geometriya, firqa – guruh, riyoziyot – matematika, cherik – lashkar, yovuq – yaqin, pud – 16 kg, qadoq – 450 gr, mashshoq – sozanda va h.k.
Tarixiy so‘zlar – yaqin o‘tmishda qo‘llanilib kelgan so‘z, so‘z birikmasi va qo‘shimchalardir. Bu so‘zlarning arxaik so‘zlardan farqi shundaki, tarixiy so‘zlarning ma’nosini tushunsa bo‘ladi va mantiqan hozirgi tilga moslashtirib variantdoshini topish mumkin: ajoyibxona – muzey, muxoraba – urush, mingboshi – qishloq oqsoqoli, qozi – sudya, omoch – chizel, amin – daha boshlig‘i, paranji – yopinchiq, mirshab – militsiya va h.k.
Yangi paydo bo‘lgan so‘zlar (neologizmlar) – bular tilda yangi paydo bo‘lgan so‘zlardir. Bizning davrimizda litsey, kosmodrom, prezident, fermer, konsalting, audit, sammit kabi so‘zlar, XDP, MDX kabi qisqartma so‘zlar yuzaga keldiki, bular yangi so‘zlar, ya’ni neologizmlar deb ataldi. Bular tilimizga 2 xil tarzda kirib keldi:
yevropa tillaridan
arab va fors-tojik tillaridan
Yevropa tillaridan kirgan so‘zlar:
avizo – hisob-kitob operatsiyasi
aksiya – paychiga beriladigan qimmatbaho qog‘oz
aksioner – qimmatbaho qog‘oz sotib oluvchi
auksion – kimoshdi savdosi
balans – narsalarning o‘zaro muvofiqlik salmog‘i
bankrot – kasodga uchrash
biznes – foyda orttirishga qaratilgan ish
broker – rasmiy dallol
budjet – kirim-chiqim hisobi
deklaratsiya – hukumat bayonoti, daromad to‘g‘risida ma’lumot
disket – magnitlangan egiluvchi disk
datatsiya – davlat tomonidan beriladigan pul
dublikat – asl nusxaning ko‘chirmasi
eksport – tovarni chetga sotish
immigrant – chet ellik muhojir
import – tovarni chetdan sotib olish
innovatsiya – fan-texnika sohasidagi yangilik
inflyatsiya – qog‘oz pulning qadrsizlanishi
kalkulyatsiya – bajarilgan ishning salmog‘ini hisoblash
konsenus – tortishilgan masala yuzasidan kelishish
korrupsiya – shaxsiy boyish yuzasidan qilingan noqonuniy xatti-harakat
litsensiya – biror ish-harakatni bajarishga ruxsatnoma
rezyume – qisqa xulosa
patent – xususiy shaxsga beriladigan hujjat
prezentatsiya – biror narsani ko‘rsatish, taqdim qilish
viza – o‘zga mamlakatga kirish uchun ruxsatnoma
Arab va fors-tojik tillaridan kirgan so‘zlar:
anjuman – yig‘in, majlis, qurultoy
badal – evaziga beriladigan narsa
boj – chet eldan keltirilgan mol uchun to‘lov
vasika – mol-mulk olingani haqida hujjat
voris – merosxo‘r
jyuri – maslahatchilar kengashi, hakam
ishbay – bajarilgan ishga qarab haq to‘lash
kafolat – ishonch xati
muallif – ixtiro yoki kitob egasi
hakam – arbitor
paychi – aksioner
Do'stlaringiz bilan baham: |