Ijtimoiy hodisa deyiladi. Til jamiyat a’zolari yordamida shakllantirilib, rivojlantirilib boriladi. Til birliklari


Qutbning “Xusrav va Shirin” dostoni



Download 451,19 Kb.
bet12/62
Sana21.01.2022
Hajmi451,19 Kb.
#397640
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   62
Bog'liq
1-kitob. FONETIKA ORFOGRAFIYA LEKSIKOLOGIYA

Qutbning “Xusrav va Shirin” dostoni;

  • Sayfi Saroyi “Guliston”;

  • Atoyi;

  • Xorazmiy. “Muhabbatnoma”;

  • Sakkokiy;

  • Sayfi Saroyi;

  • Lutfiy;

  • A. Navoiy;

  • Bobur;

  • Mashrab;

  • Maxmur;

  • Gulxaniy;

  • Muqimiy;

  • Furqat;

  • Zavqiy.


    4. HOZIRGI O‘ZBEK ADABIY TILI (XIX asrning 2-yarmidan – hozirgi davrgacha). Bu til hozirda biz foydalanayotgan til hisoblanadi.
    Bu tilda quyidagi shoir va ijodkorlar betakror asarlar yaratgan:

    • Behbudiy;

    • Avloniy;

    • Avaz O‘tar;

    • So‘fizoda;

    • Fitrat;

    • Hamza;

    • Qodiriy;

    • Cho‘lpon;

    • G‘afur G‘ulom;

    • Oybek;

    • Abdulla Qahhor;

    • Shayxzoda;

    • Hamid Olimjon;

    • Mirtemir;

    • Zulfiya;

    • Shuhrat;

    • Asqad Muxtor;

    • Said Ahmad;

    • Odil Yoqubov;

    • Pirimqul Qodirov;

    • Erkin Vohidov;

    • Abdulla Oripov;

    • O‘lmas Umarbekov;

    • Shukur Xolmirzayev;

    • O‘tkir Hoshimov;

    • Tohir Malik;

    • Muhammad Yusuf;

    • Shavkat Rahmon;

    • Sirojiddin Sayyid;

    • Iqbol Mirzo asarlari


    § Qo‘shimchalar taraqqiyoti

    Tildagi o‘zgarishlar tilning ichki taraqqiyot qonunlari asosida to‘xtovsiz o‘zgarib, boyib borishi mumkin.




    Eski turkiy tilda

    Hozirgi o‘zbek adabiy tilida

    Eski turkiy til

    Hozirgi o‘zbek adabiy tili

    -ru, -karu, -g‘aru

    -ga

    abru, tabaru, artqaru, O‘g‘uzg‘aru

    uyga, tomonga, orqaga,

    O‘g‘uzga



    -g, -ig, -g‘, -ig‘, -ug‘, -ug

    -ni

    so‘zug, to‘nug‘

    so‘zni, to‘nni

    Turur so‘zi

    -niki

    mening turur, Ahmadning turur

    meniki, Ahmadniki

    -duk, -duq

    -gan

    ochulduk kun, ishladuki ish

    ochilgan (quyoshli) kun, ishlanadigan ish

    -sar

    -sa shart mayli

    borsar, kelsar

    borsa, kelsa







    ev, adaq, adgu, ochun

    uy, oyoq, ezgu, dunyo







    o‘g

    aql, maqta, katta, fikr

    Bir vaqtlari shul, topg‘ay, asrabon, erur so‘zlari hozirgi kunda shu, topgay, asrab, -dir kesimlik qo‘shimchasi tarzida ishlatilib kelinmoqda.

    Masalan, Shul erur aybim (Muqimiy) – Shudir aybim.

    4-DARS. O‘ZBEK TILI – DAVLAT TILI. O‘ZBEK TILSHUNOSLIGINING RIVOJLANISH TARIXI HAQIDA.



    § O‘zbek tili – Davlat tili
    1989-yil 21-oktabr. Oliy Kengashning XI sessiyasida “O‘zbekistonning Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilindi. Shu kundan e’tiboran o‘zbek tili Davlat tili sifatida rasman e’lon qilindi.

    1990-yil 19-fevral. Vazirlar Mahkamasi Qarori bilan “O‘zbekistonning Davlat tili haqida”gi Qonun 30 moddadan iborat ekanligi qayd qilingan edi.

    1995-yil 21-dekabr. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IV sessiyasida “Davlat tili haqida”gi Qonunning yangi tahriri qabul qilindi. Yangi tahrir 24 modda qilib belgilandi. Qonunning 2-, 4-, 6-, 10-, 14-moddalarida boshqa millat vakillari tillarining amal qilishi himoya qilinadi. Bu tillar orasida o‘zbek tiliga eng yaqini uyg‘ur tilidir.
    O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili haqida”gi Qonun

    1-modda. O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili – o‘zbek tilidir.

    O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

    1-BO‘LIM. I bob. 4-modda. O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili – o‘zbek tilidir.
    § O‘zbek tilshunosligining rivojlanish tarixi haqida
    O‘zbek (qadimgi turkiy) tilini o‘rganish Mahmud Qoshg‘ariydan boshlandi. Bu alloma eng birinchi turkiy tilshunosi, adabiyotshunosi, etnografi sifatida nom chiqargan olimdir. U o‘zining “Devonu lug‘otit-turk” asarida turkiy tilda mavjud bo‘lgan so‘zlarni ma’lum turkumlar (ot, fe’l, yordamchi so‘zlar)ga ajratgan. U Jorulloh degan nom olgan.

    Buyuk vatandoshimiz Abulqosim Mahmud az-Zamaxshariy ham o‘zining “Muqaddimat ul-adab” asarida otlar, fe’llar, bog‘lovchilar haqida ma’lumot bergan. Bu asarni o‘zi keyinchalik chig‘atoy, ya’ni o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Asar 5 qismdan iborat.


    O‘zbek tili fan sifatida maktablarda XX asrning 20-yillaridan (1920-yil) o‘qitila boshlandi. Ana shu davrdan boshlab tilni tizimli ravishda o‘rganish boshlangan.

    O‘zbek tilshunosligi faniga asos solishda quyidagi tilshunos olimlarning xizmati katta:



    Abdurauf Fitrat, Elbek, A. Zohiriy, Muhammadamin Muhammadkarimov, Munavvarqori Abdurashidxonov, E.D. Polivanov, Qayum Ramozonov, A.K. Borovkov, F. Kamolov, X. Komilova, Ayub G‘ulomov, F. Abdullayev, H. G‘oziyev, F. Yunusov, H. Ma’rufov, U. Tursunov, T. Ibrohimov va boshq.
    Hozirgi davrda tilimizni tadqiq qilishdagi faol ishtirok etayotgan tilshunoslar:

    M. Asqarova, Sh. Shoabdurahmonov, Azim Hojiyev, A. Rustamov, N. Mahmudov, A. Nurmonov va boshq.
    1934-yilda Toshkentda Til va adabiyot ilmiy instituti ochilgan.

    5-DARS. TIL FANINING BO‘LIMLARI






    Bo‘lim nomi

    O‘rganish obyekti

    1

    Fonetika

    Bu bo‘limda nutq tovushlari, bo‘g‘in, urg‘u va intonatsiya (ohang) o‘rganiladi.

    2

    Fonologiya

    Bu bo‘limda nutq tovushlarining funksional tomoni – ma’no farqlash vazifasi: fonema, ularning tasnifi, fonemalar o‘rtasidagi munosabat o‘rganiladi.

    3

    Grafika

    Harf, alifbo, harf va fonema o‘rtasidagi munosabat, harflarning yozilish shakllari, turlari va so‘zlardagi o‘rni o‘rganiladi.

    4

    Orfografiya

    So‘zlarning to‘g‘ri yozish qoidalari o‘rganiladi.

    5

    Orfoepiya

    Nutq tovushlari va so‘zlarning to‘g‘ri talaffuz qilish qoidalari o‘rganiladi.

    6

    Leksikologiya

    So‘zlarning atash (lug‘aviy, leksik) ma’nolari o‘rganiladi.

    7

    Leksikografiya

    Bu bo‘limda lug‘at turlari o‘rganiladi.

    8

    Frazeologiya

    Bu bo‘limda ko‘chma ma’noli birikmalar, ya’ni iboralar o‘rganiladi.

    9

    Dialektologiya

    Bu bo‘limda til shevalari, ularning fonetik, lug‘aviy va grammatik xususiyatlari o‘rganiladi.

    10

    Punktuatsiya

    Bu bo‘limda tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llash qoidalari o‘rganiladi. Tinish belgilar 10 ta . , ; : … “” () – ? !

    11

    Paremiologiya

    Bu bo‘limda barqaror birikma (maqol, matal, hikmatli so‘z) lar o‘rganiladi.

    12

    Semasiologiya

    So‘zlarning ma’no tuzilishini o‘rganuvchi bo‘lim.

    13

    Onomastika:


    Nomshunoslik o‘rganiladi.

    a) antroponimiya

    - kishi nomlari;

    b) gidronimiya

    - suv havzalari nomlari;

    d) toponimiya

    - joy nomlari;

    e) kosmonomiya

    - osmon jismlari nomlari;

    f) zoonomiya

    - hayvon nomlari;

    g) fitonomiya

    - o‘simlik nomlari.

    14

    Etimologiya

    So‘zlarning kelib chiqish tarixini o‘rganuvchi bo‘lim.

    15

    Eskatiologiya

    So‘zlarning yo‘q bo‘lib ketish yo‘llarini o‘rganuvchi bo‘lim.

    16

    Morfemika

    Morfema (so‘z tarkibi – asos, qo‘shimchalar) so‘zning morfemik tuzilishi o‘rganiladi.

    17

    So‘z yasalishi

    Bu bo‘limda so‘z yasash usullari haqida ma’lumot beriladi.

    18

    Grammatika:

    (grek. grammatika – “harf o‘qish va yozish san’ati”, “harf”)

    a) Morfologiya

    Bu bo‘limda so‘z turkumlari o‘rganiladi.

    b) Sintaksis

    Bu bo‘limda so‘z birikmasi, gap va undan yirik bo‘lgan birliklar o‘rganiladi.

    19

    Uslubiyat (Stilistika)

    Og‘zaki va yozma nutq uslublarini o‘rganuvchi bo‘lim.

    6-DARS. FONETIKA


    Fonetika so‘zi grekcha phone “tovush” so‘zidan olingan. Tovushlar 2 xil:

    a) nutq tovushlari (tilshunoslikning fonetika bo‘limida o‘rganiladi): inson tovushlari

    b) fizik tovushlar (fizika fanining akustika bo‘limida o‘rganiladi): tabiatdagi insondan tashqari tovushlar
    Fonetika bo‘limi nimalarni o‘rganadi?


    Urg‘u

    Bo‘g‘in

    Nutq tovushlari

    Tovush o‘zgarishlari

    Nutqimizni bo‘laklarga ajratsak, uning oxirgi bo‘linish nuqtasi tovush (yozuvda harf) hisoblanadi. Bo’linish jarayonini misollarda ko‘ramiz:


    Gap: O‘zbekiston – umumiy uyimiz.

    So‘zlar: O‘zbekiston, umumiy, uyimiz.

    Bo‘g‘inlar: O‘z-be-kis-ton, u-mu-miy, u-yi-miz.

    Tovushlar (yozuvda harf): O‘, z, b, e, k, i, s, t, o, n, u, m, u, m, i, y, u, y, i, m, i, z.

    Ko‘rinib turibdiki, eng oxirida bo‘linishning oxirgi nuqtasi bo‘lib tovush qoldi. Fonetika bo‘limi ana shunday nutq tovushlarini o‘rganadi.



    Download 451,19 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   62




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish