Mamlakatimiz soliq qonunchiligida yagona soliq to’lovchilarning yagona mezoni mavjud bo’lib, bu ulardagi ishlovchilar sonidir.
Yagona soliq bo’lishi uchun ishlovchi soni belgilangan miqdordan oshmasligi
lozim.
Kichik biznes sub’ektlariga soddalashtirilgan soliq tizimini qo’llashdan asosiy
maqsad, soliq tizimi orqali kichik korxona va mikrofirmalarni iqtisodiyotdagi rolinioshirish hamda ularni rivojlanishini rag’batlantirishdan iborat.
Kichik biznes sub’ektlari yagona soliq tizimiga o’tish uchun o’zlari joylashgan tuman Davlat Soliq Inspektsiyasiga yil choragi tugashidan 30 kun avval ariza yozishi lozim. Agar, kichik biznes korxonalari yagona soliq tizimidan umumiy tartibda soliq to’lashga o’tmoqchi bo’lsalar, kalendar yili tugashidan 15 kun oldin bu haqda soliq inspektsiyasiga ariza yozishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |