I
sh n i n g b a j a r i l i sh i. 4 ta probirka olib, ularning xar biriga 10 tomchidan 1%li kraxmal eritmasidan quyiladi, birinchi probirkani muzli stakanga, ikkinchisini xona temperaturasiga, uchinchisini 45° li suv hammomiga, to’rtinchisini 75°C li suv hammomi yoki termostatga quyiladi, 5 minut utgandan keyin probirkalarning hammasiga shu turgan holatida 10 marta suyultirilgan so’lakdan 10 tomchidan ko’shib, yana 5 minut shu holatda qoldiriladi. Bu muddat o’tgandan so’ng probirkalardagi aralashmalardan alohida pro-birkalarga 1—2 tomchidan olib, ustiga 1 tomchidan 0,1% li yod eritmasidan tomiziladi. Agar hamma probirkalardagi suyukliklar ko’k rangga kirsa, inkubasiya yana 5 minut davomida qoldiriladi va yod bilan reaksiya kaytadan kilib ko’riladi. Turli xil probirkalardagi suyukliklar yod bilan har xil rangga kirishi kraxmalning har xil darajada gidrolizlanganidan darak beradi. Fermentativ reaksiyaning eng yuqori tezligiga 45°S ga erishiladi. Gidrolizning eng sekin ketishi yoki amalda ketmasligi 1- va 4-probirkalarda, ya’ni 0° va 75°S da kuzatiladi. Tajriba natijalari jadvalda (-jadval) qayd qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |