Tushuntirish xati - Xizmat sohasidagi xizmatga aloqador masalani uning ayrim jihatlarini yozma holda va muassasa (bo'lim) rahbariga (ichki) yoki yuqori tashkilotga (tashqi) yo'llovchi hujjatdir.
Ishonchnoma - Ishonchnoma muayyan muassasa yoki ayrim shaxs o'z nomidan ish ko'rish uchun ikkinchi bir shaxsga ishonch bildiradigan yozma vakolat hujjat. Ular o’z mazmuniga ko'ra, mol-mulkini boshqarish, pul va moddiy buyum boyliklarini olish, sud idoralarida ish olib borish va boshqa ishlarni amalga oshirishni ifodalaydi.
Yo'riqnoma - Qonun yoki boshqa me'yoriy hujjatlani tanishtirish maqsadida chiqariladigan huquqiy hujjat.
Nizom - Muassasa yokl uning tarkibiy bo'linmalarining tuzilishi, huquqlari, vazifalari, burchlari, ishni tashkil qilishlari tartibotini belgilaydigan huquqiy hujjat Nizom ayrim mansabdor shaxslarga va turli tadbirlar ko'rik, musobaqa, tanlov va boshqalarga nisbatan ham tuzilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |