Ichki ishlar idoralari xodimlarining


Kasb axloqining vazifalari



Download 0,5 Mb.
bet11/161
Sana06.02.2023
Hajmi0,5 Mb.
#908221
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   161
Bog'liq
Respublikasi

Kasb axloqining vazifalari. Ichki ishlar idoralari xodimlarining kasb axloqi quyidagi vazifalarni bajaradi:

  1. Ichki ishlar idoralari xodimlarining kasb axloqi ularning o‘z xizmat vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishlarida ko‘maklashadi.

  2. Kasb axloqi ichki ishlar idoralari xodimlarini axloqiy jihatdan tarbiyalab, ularda shijoat, jasurlik, adolat va intizomlilik fazilatlarini shakllantiradi. Ushbu axloqiy xislatlar esa xizmat vazifasini bajarish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash uchun zarur axloqiy vosita hisoblanadi.

  3. Ichki ishlar idoralari xodimlarining kasb axloqi ichki ishlar idoralarining manfaatlarini jamiyat manfaatlari bilan uyg‘unlashtirib turadi.

  4. Huquqiy demokratik davlat bunyod etish ichki ishlar idoralaridan jamoatchilik bilan doimiy hamkorlik qilishni taqozo etadi. Ichki ishlar idoralari xodimlari o‘z burchlarini bajarishlari uchun doimo xalqqa tayanishlari zarur, chunki xalqning qo‘llab-quvvatlashisiz jinoyat- chilikning payini qirqib bo‘lmaydi.

  5. Ichki ishlar idoralari xodimlarining kasb axloqi ularning xizmat qiyinchiliklari tufayli kasbiy tanazzulga uchrashlarining oldini olishga xizmat qiladi.




    1. §. ICHKI ISHLAR IDORALARI XODIMLARI ESTETIK MADANIYATINING TA’RIFI, MOHIYATI VA VAZIFALARI

Ichki ishlar idoralari xodimlarining kasb etikasi bilan bir qatorda ularning estetik madaniyati ham mavjud.
Estetika va uning ta’rifi. Tabiat va jamiyatda mavjud narsa, hodisalarga nazar tashlasak, ularning barchasida ajib mukammallik, mutanosiblik, latofat, nafislik mujassamlashganiga guvoh bo‘lamiz, bularning hammasi insonni zavqlantirishini, unga qandaydir orom va ma’naviy kuch berishini ko‘ramiz. Ana shu zavq-shavq, orom hamda ma’naviy kuch beruvchi narsalarning barchasi nafosat dunyosiga mansub qadriyatlar jumlasiga kiradi.
Nafosat dunyosi haqida esa estetika fani bahs yuritadi. «Estetika» so‘zi yunoncha «estetikos» so‘zidan olingan bo‘lib, «sezish», «his etish qobiliyati» degan ma’noni anglatadi. Uni 1714-1762 yillarda yashab o‘tgan nemis faylasufi Aleksandr Baumgarten o‘zining «Poetik asarning ba’zi bir masalalari to‘g‘risida falsafiy mulohazalar» kitobida fanga kategoriya sifatida kiritgan.
Xo‘sh, estetika deganda nimani tushunamiz? «Estetika» kundalik turmushimizda ko‘pincha narsa va hodisalarning rang-tusi va shaklidagi mukammalik, mutanosiblik, latofat kabi sifatlarning majmui tarzida tushuniladi. Fanda esa «estetika» so‘zi kategoriya, ya’ni obyektiv olamdagi narsa va hodisalardagi go‘zallik, ulug‘vorlik, qahramonlik jihatlarini o‘zida aks ettiruvchi falsafiy tushuncha, insonning voqelikka estetik munosabatlarining majmui deb ta’riflanadi. Shunga ko‘ra, u ijtimoiy ong shakllaridan biri hisoblanadi. Insonning har qanday faoliyatida axloqiy maqsad bo‘lgani singari, estetik manba – sevinch va tashvish, orzu-umid, kulgililik, fojialilik – ham mavjud bo‘ladi. Bunday holatlarni ichki ishlar idoralari xodimlarining faoliyatida ham kuzatishimiz mumkin.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining kasb estetikasi uch tarkibiy qismdan: estetik munosabat, estetik ong va estetik faoliyatdan tashkil topadi. Ularga batafsil to‘xtalamiz.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish