I-qism 1-Ma’ruza. Mavzu


Kursning mazmuni, predmeti va boshqa fanlar bilan bog‘liqligi



Download 27,73 Kb.
bet2/3
Sana30.12.2021
Hajmi27,73 Kb.
#90723
1   2   3
Bog'liq
1 mavzu “Mikroiqtisodiyot Makroiqtisodiyot” faninihg mazmuni, maqsadi 8fb16cc40bfffabdf698fe7b36f11061

1.2. Kursning mazmuni, predmeti va boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.
“Mikroiqtisodiyot” barcha iqtisodiy fanlar bilan uzviy bog‘langan holda amal qiluvchi fan bо‘lib, uni xalq xо‘jaligini rivojlantirishga qо‘shadigan hissasiga, iqtisodchi kadrlar tayyorlashdagi roliga kо‘ra “Ekonomiks” va “Makroiqtisodiyot” fanlaridan keyingi о‘rinlarga qо‘ysak kо‘p xato qilmagan bо‘lamiz.

“Ekonomiks” fani kishilarning moddiy ehtiyojini maksimal darajada qondirish maqsadida cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanish va uni boshqarish muammolarini, kishilarning moddiy neomatlar ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va ularni iste’mol etish jarayonlaridagi munosabatlarini о‘rgatadi. Tarkibiy jihatdan bu fan “Makroiqtisodiyot” va “Mikroiqtisodiyot” qismlariga bо‘linadi.

“Makroiqtisodiyot” fan sifatida butun xalq xо‘jaligi yoki uning tarmoqlaridagi iqtisodiy qonuniyatlarni, xalq xо‘jaligidagi davlat, kooperativ, xususiy va shu kabi boshqa sektorlarning iqtisodiy faoliyatini, mamlakat ahamiyatiga molik bо‘lgan milliy daromad, iqtisodiy yuksalish, umumiy baho sistemasi, inflyatsiya, ish bilan ta’minlash, umumiy daromadlar va harakatlar va shu kabi qator boshqa masalalarni о‘rganib, tegishli qarorlar qabul qilsa, “Mikroiqtisodiyot” fan sifatida alohida olingan korxona (firma) faoliyatini keng miqyosda tahlil etish asosida tegishli xulosalar qilib qarorlar qabul qiladi. Bunda tahlil uchun davlat, kooperativ, xususiy va shu kabi boshqa sektorlarning ayrim korxonalari (subyektlari) olinib, ulardagi daromadlar va xarajatlar, ishchilarning soni va ularning ish bilan ta’minlanganligi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar miqdori, ularning bahosi shu kabi qator boshqa iqtisodiy kо‘rsatkichlari tahlil etilib tegishli qarorlar qabul qilinadi. Obrazli qilib aytish mumkinki, “Makroiqtisodiyot” fani birorta shaharning butun faoliyatini, undagi voqea va xodisalarni yuqoridan turib о‘rgansa, “Mikroiqtisodiyot” fani shu shahardagi har bir xonadon, xar bir korxona va tashkilot faoliyatini, ulardagi voqealar va xodisalarni yaqindan turib о‘rganadi.

“Mikroiqtisodiyot” fani boshqa iqtisodiy fanlar bilan va ayniqsa ayrim tarmoqlar iqtisodiyotiga taaluqli bо‘lgan fanlar bilan ham doimiy aloqada bо‘ladi. Bular jumlasiga: “sanoat iqtisodiyoti” “qishloq xо‘jalik iqtisodiyoti”, “sanoat va qishloq xо‘jaligi korxonalari faoliyatini tashkil etish va rejalashtirish” va shu kabi qator boshqa iqtisodiy fanlarni kiritilishi mumkin.

“Mikroiqtisodiyot” fanining tutgan о‘rnini quyidagi tartibda ifoda etsak bо‘ladi.

“Mikroiqtisodiyot” fanining tutgan о‘rni.

“Ekonomiks”

“Makroiqtisodiyot”

Mikroiqtisodiyot

Boshqa iqtisodiy fanlar

“Mikroiqtisodiyot” fani faqatgina iqtisodiy fanlar bilan emas, balki umumta’lim, ijtimoiy-siyosiy, texnologik va boshqa fanlar bilan xam doimiy aloqada amal qiladi. “Mikroiqtisodiyot” fanining fanlararo umumiy aloqasini quyidagi sxema tarzida ifoda etsak bо‘ladi.



Download 27,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish