I bob. Avtotransport shovqinining shahar muhitiga


Dissertatsiya ishining tarkibiy tuzilishi



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/36
Sana29.06.2021
Hajmi2,15 Mb.
#103992
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36
Bog'liq
transport shovqinidan himoyalovchi maxsus ekranlarni loyihaviy yechimlarini ishlab chiqish

Dissertatsiya ishining tarkibiy tuzilishi. Mazkur dissertatsiya ishi kirish, uch 

bob, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. 




13 

 

I  BOB. AVTOTRANSPORT SHOVQININING SHAHAR 



MUHITIGA TA’SIRI BO’YICHA O’TKAZILGAN ILMIY 

TADQIQOTLAR TAHLILI 

1.1.  Toshkent shahri  avtotransport tizimida vujudga kelgan vaziyat tahlili. 

 

Yirik  megapolis  poytaxt  va  shaharlari  hayotini  jamoat  transportisiz  tasavvur 



etish  mushkul. Shu bois  yurtimizda  shahar  transporti  hukumatning  doimiy  e'tibori 

va  g'amxo'rligidadir.  Ayniqsa,  istiqlol  yillarida  mamlakatimizda  shahar  transporti 

tizimini  rivojlantirish  borasida  keng  ko'lamli  islohotlar  amalga  oshirildi. 

Shu  bilan  bir  qatorda,  poytaxtimiz  aholisi  va  mehmonlarining  shahar  yo'lovchi 

transportiga  bo'lgan  ehtiyoji  to'liq  darajada  ta'minlanmayotgani  avtotransport 

xizmatlari  ko'rsatish  tizimini  takomillashtirish  bo'yicha  olib  borilayotgan  ishlarni 

yanada jadallashtirish, xizmat ko'rsatish sifatini yuqori darajada yaxshilashni talab 

qilmoqda. 

      Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  2017  yilning  11  martida  qabul  qilingan 

"Toshkent  shahrida  yo'lovchi  tashish  transportini  yanada  rivojlantirish  choralari 

to'g'risida"gi  qaror  yuqoridagi  muammo  va  mavjud  kamchiliklarni  bartaraf  etish, 

yo'lovchilarga yuqori sifatli, madaniyatli xizmat ko'rsatish hamda jamoat transporti 

faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan fikrimizning yaqqol tasdig'idir. 

Toshkent  shahrida  jumladan  har  qanday  mamlakatning  milliy  daromadida 

avtomobil  yo'llarining  ajralmas  ulushi  bor.  Mamlakat  milliy  daromadi  shu 

mamlakat  avtomobil  holati  inikosidir.  Prezidentimiz  I.Karimov  “Mamlakat 

barchamizga  muqaddasdir”  kitobida  transport  va  avtomobil  yo'llarining  iqtisodiy 

rivojidagi o'rnini bir necha bor ta'kidlab “Avtomobil yo'llari va transport mamlakat 

iqtisodiyotining  qon  tomiri  tizimidir.  Ana  shuni  e'tiborga  olib  sohalar  rahbarlari 

katta  ishlarni  amalga  oshirmoqlari  zarur”-degan  asosli  fikrni  o'rtaga  tashlaydi. 

Haqiqattan ham qachonlardir uzoq o'tmishda o'ziing ijobiy rol o'ynagan Buyuk Ipak 

yo'li,  karvonlarining  doimo  bir-biriga  qarama-qarshi  yuradigan  yo'li  –  Turon 




14 

 

halqlarining  tarixiy  qon  tomiri  (arteriya)  qaytadan  tiklanishi  kerak.  Faqatgina  bu 



yo'l  karvoni  zamonaviy  xalqaro  talablar  darajasida  o'zini  namoyon  etishlari  zarur 

bo'ladi.  Avtomobil  vositalarining  o'sib  borishi  shahar  atrof  muhitiga  salbiy 

oqibatlarni  olib  kelmoqda.  Bunday  holat  shaharsozliqda  katta  ekologik 

muammolarni  paydo  qiladi.  Bugungi  kunda  shahar  ko'chalarida  avtomobillarning 

tirband holatga kelib qolishi holatlari kuzatilmoqda. 

Ko’cha yo’llarning rivojlanish tarixi uzoq o’tmishga borib taqaladi. Odamlar 

endigina jamoa bo’lib rivojlanib va birlashgan holda ov qilishga chiqqanlarida eng 

qulay  va  yaqin  yo’llarni  tanlashgan.  Bundan  tashqari  jamoada  odamlar  sonining 

ortishi  bilan  ularning    oziq  –  ovqat,  kiyim  kechaklarga  va  boshqa  narsalarga 

bo’lgan  talabi  oshib  borgan,  bu  esa    ushbu  ne’matlarni  bir  joydan  ikkinchi  joyga 

yetkazib berishda  alohida  yo’lkalar qurishlariga majbur etgan. Har bir joy uchun 

alohida  ashyodan  foydalangan  holda  yo’llar  qurishgan.  Masalan,  balchiq  joylarda 

o’ziga xos to’shamalar qilishgan, tosh tashlab harakatlanishni yengillashtirishgan. 

                                                                                                           1-rasm 

 

Qadimgi rimda yo’l qurilishi 



Aloqa  yo’llari  sifatida  odamlar  keyinchalik  daryolar,  dengizlar,  okeanlardan, 

foydalana boshlashdi. Lekin quruqlikdagi yo’llar o’sha vaqtdagi odamlarning hayot 




15 

 

kechirishida  asosiy elementlardan biri bo’lgan. Yo’llarga qo’yiladigan talablar asta 



sekin  elchilar,  savdogarlar  va  shuningdek  mexanizatsiyalashgan    transportlar  – 

paromobil, avtomobillar paydo bo’lishi bilan ko’paya boshladi. 

G’ildirak taxminan eramizdan avvalgi 4-5 yillarda kashf qilingan va bu o’sha 

vaqtlar  uchun  katta  rivojlanish  hisoblangan.  Shundan  so’ng  aravalar  va  boshqa 

harakatlanish vositalari rivojlangan.  Ishlab chiqarish ob’yektlariga  xom ashyolarni 

yetkazib  berishni  tezlashtirish  maqsadida  qattiq  qoplamali  yo’llar  qurilishga  talab 

kuchayadi  va  ana  shunday  yo’llar  intensiv  qurilishi  XVIII  asr  oxirlarida 

boshlangan. 

Avtotransport chiqindi gazlari tarkibida uglerod oksidining hissasi 

salmoqlidir. Undan keyin azot birikmalari, uglevodorodlar va qurum miqdori 

ahamiyatga ega. Ilmiy ko'zatishlardan ma'lum bo'lishicha, avtotransport chiqindi 

gazlaridagi zararli moddalarning miqdori quyidagicha tashkil qilinadi: 

 

Avtotransportdan  havoga  chiqayotgan uglerod oksidi 4 oy  mobaynida  shahar 



muhitida  to'liq  saqlanib  qoladi.  Shahar  magistrallarida  qisqa  vaqt  davomida 

chiqarilgan chiqindi gazlar turkumi orasida, ayniqsa uglerod oksidi salmoqli bo'lib, 

uning  miqdori  250-500  mg/m3.  gacha  etadi.  Qisqa  vaqtda  yig'ilib  qolgan  bunday 

kontsentratsiyali uglerod oksidi inson hayoti uchun eng havfli hisoblanadi. Shu fikr 

aniqki, O'zbekiston  Respublikasi  etarli darajada  zich  avtomobil  yo'llari tarmog'iga 

ega.  2011  yil  1  yanvar  holatiga  ko'ra  Respublikamizdagi  yo'llarning  umumiy 

uzunligi 183000 km, shu jumladan, umumfoydalanuvdagi avtomobil yo'llari 42530 

km  ni  tashkil  etadi.  O'zbekiston  va  vilotlar  hududlarining  transport  tarmog'i  bilan 




16 

 

ta'minlanish 



ko'rsatgichlari 

qo'yidagi 

jadvalda 

aks 


etgan. 

O'zbekiston 

Respublikasida 1996 yildan boshlab xususiy sektorda avtomobil transportining soni 

yildan  yilga  ortib  bordi.  Xususan  oxirgi  2006-2011  yillarda  bu  o'sish  ko'rsatgichi 

yiliga  o'rtacha  2%dan  38.5%  ga  ko'paydi.  Hozirgi  kunda  Respublikamizda  20  ta 

insonga bitta avtomobil, boshqacha qilib aytganda 3 ta oilada bitta avtomobil to'g'ri 

kelmoqda.  Bu  fikrni  asoslovchi  ayni  jadvalga  e'tibor  qaratsak,  mavjud  rivojlanish 

ko'rsatkichlarining  yil  sayin  avtomobillar  sonining  oshib  borishiga  amin  bo'lamiz. 

Mustaqillik  yillarida  fan  va  texnikaning  jadal  rivojlanishi  avtotransport 

vositalarining  oshib  borishiga  zamin  tayyorlamoqda.  Bu  imkoniyatlar  bir 

tomonlama  aniq  rivojlanish  asosidagi  qo'layliklarni  yuzaga  keltirayotganini 

ta'kidlagan  holda,  ikkinchi  tomondan  avtotransport  vositalarining  kun  sayin 

ko'payib borishi natijasida shahar hududi atrof-muhitiga salbiy oqibatlarini keltirib 

chiqarmoqda.  Bu  esa  o'z  o'rnida  shaharsozlikda  katta  ekologik  muammolarni 

yuzaga  kelishiga  sabab  bo'lmoqda.  Bu  kabi  muammolar  faqatgina  Toshkent 

shahrini emas, balki avtotransport vositalaridan foydalanayotgan barcha maydon va 

hududlarga  o'z  ta'sirini  o'tkazib  bormoqda.  Haqiqatdan  ham  transport  harakati 

shiddatining  o'sishi  va  transport  harakatining  salmog'i  oshib  borishi  natijasida 

yo'llarning o'tkazuvchanlik imkoniyatlari chegaralanib qolmoqda. Ilmiy adabiyotlar 

tahlili natijalariga ko'ra avtotransportlarning hozirgi kundagi holati aholini shovqin 

noqulayligidan  muhofaza  qilishda  katta  ahamiyatga  ega  ekanligini  ko'rsatadi. 

Respublikamizdagi 

aholi 

yashaydigan 



markaziy 

shahar 


ko'chalarida 

avtotransportning  o'rtacha  tezligi  70  km/s  dan  oshmasligi  aniq  belgilab  qo'yilgan. 

Bugungi 

kunda 


Toshkent 

shahrida 

harakatlanayotgan 

ming-minglab 

avtoulovlarning  harakatlanishi  yangi-yangi  imkoniyatlarini  yuzaga  chiqarayapti. 

Insonlar  ehtiyojini  amalga  oshiradigan  bu  zamonaviy  texnologiyaning  inson 

hayotiga  qo'shayotgan  beminnat  hizmati  kishilarning  avtotransportga  bo'lgan 

ehtiyojning  yanada  oshib  borishiga  sabab  bo'lmoqda.  Statistik  ma'lumotlarga 

qaraganda,  ayni  kunda  Toshkent  shahrida  700  ga  yaqin  avtomobillarni  yuvish 



17 

 

shahobchalari  mavjud.  Ularning  har  birida  bir  vaqtning  o'zida  7  tadan 



avtomobillarni  yuvish  jarayonini  amalga  oshirilayotganligini  hisobga  olsak,  1  kun 

davomida 8000 dan 10000 gacha mashinaga hizmat ko'rsatilmoqda degan xulosaga 

kelishimiz  mumkin.  Transport  vositalari  (ayniqsa,  shaxsiy  avtomobillar  soni) 

keskin  darajada  oshib  borishi,  Toshkent  shaharning  barcha  tarkibiy  qismlarida, 

chorrahalarida  (50  dan  ortiq)  bozorlarda,  savda  markazlari,  otchopar  savdo 

majmuasi  va  rastalari,  madaniy-maishiy  ob'ektlari  va  boshqa  ko'pgina  joylarda 

tirbandlikni  vujudga  keltiribgina  qolmay  alohida  maxsus  maydonlarning 

etishmasligi  tufayli  ko'cha  qatnov  qismining  chetki  palosalari  to'xtab  turish 

joylariga  aylanib  qolmoqda.  Hozirgi  kunda  Toshkent  shahrida  50  dan  ortiq 

chorrahalarda  butunlay  mashina  5-10  minutgacha  tirband  holatlar  mavjudligi  sir 

emas.  Natijada,  bu  narsa  shahar  ko'chalarining  o'tkazish  qobiliyatiga  salbiy  ta'sir 

ko'rsatib, yo'l transport hodisalarining ortishiga sabab bo'lmoqda. 

           Hozirgi kunda Toshkent shahrining o‘zida 2010 yil ko‘rsatgichi bo‘yicha 30 

dan ortiq bo‘lsa 2015 yilda 50 dan ortiq chorrahalarda avtotrsansport vositalarining 

tirband  holatga kelayotgani va 5-10  minut  qolib ketish holatlari  mavjud. Ayniqsa, 

savdo  majmualarida  “Otchopar”,  “Chilonzor”,  “Chorsu”  va  boshqa  Supermarket 

savdo  majmualarida  tirbandlik  holatida  v=10-15  km/soat  tezlik  bilan  harakatini 

yoki shaharning umumiy transport tezligi katta magistral yo‘llarimizda 70 km/soat 

tezlikni  tashkil  qilmoqda.  Bu  esa  shaharda  qo‘shimcha  harajatlarni  oshiradi  va 

atrof-muhitni transport chiqindi gazi va shovqini bilan ifloslanishini ko‘paytirishga 

qo‘shimcha yoqilg‘i sarflanishiga olib keladi.      

Ya’na  bir  muammo  inson  organizmi  uchun  eng  havfli  va  hatarli  holatlardan 

biri  bu  shovqindir.  “Shovqinning  tanobini  tortib  qo‘yish”  –  XXI  asrning  o‘tkir 

muammolaridan  biriga  aylangan.  Haqiqatdan  ham  ko‘cha  shovqinining  insonga 

salbiy ta’sir kuchi eng yuqori o‘rinda turadi. Ishlab chiqarish va sanoat shovqini esa 

keyingi  o‘rinda,  temir  yo‘l  shovqini  eng  oxirgi  o‘rinda  turadi.  Fandagi  fikrlarda 




18 

 

aytilishicha, shovqinning 10 dBA ga oshib borishi insonga ikki barobar salbiy ta’sir 



ko‘rsatadi                                                   

  2-rasm 

 



Yuqorida  qayd  etilgan  muammolarni  bartaraf  etish  uchun  O‘zbekistonda 



transport vositalari havfsizligining turli konstruktiv elementlariga taalluqli normativ 

xujjatlar va qonuniy dalolatnomalar ishlab chiqilgan. Bunga misol tariqasida 1958 

yilda Jenevada qabul qilingan ichki transport doirasidagi BMT YEIQ  (Birlashgan 

Millatlar Tashkilatining Evropa Iqtisodiy Qo‘mitasi) qoidalarining talablarini aytib 

o‘tish  mumkin  va  ayni  normativ  xujjatlar  va  qonuniy  dalolatnomalarga  tayangan 

holda  faoliyat  olib  bormoqdamiz.  Bu  qoidalarda  tormozlar  tizimiga,  boshqaruv 

qurilmasiga,  shinalarga,  yorug‘lik  va  signallar  tizimlariga,  xavfsizlik  tasmalariga, 

avtomobildagi  o‘rindiqlarga,  odamlarning  evakuatsiya  qilinishini  ta’minlovchi 

elementlarga  va  o‘t  o‘chirish  bo‘yicha  konstruktiv  jihozlarga,  dvigatel  ishlab 

chiqargan  chiqindi  gazlarning  miqdori  va  tarkibiga,  ichki  va  tashqi  shovqinlar 

hamda shu kabi dolzarb masalalar qayd etilgan. 

Shuningdek,  hozirgi  paytda  transport  vositalarining  texnik  holati  bo‘yicha 

havfsizlik va ularni nazorat usullarini o‘zida mujassam  qilgan O‘ZDSt 1058-2004 

Davlat standartlari amalda qo‘llaniladi. 




19 

 

Bugungi  kunga  kelib  Toshkent  shahrida  atrof-muhit  holatini  majmuaviy 



baholash va avtotransport shovqini va chiqindi gazlarning birgalikdagi havf solish 

darajasini  tabaqalashga  qarab  shahar  va  transport  tizimini  rivojlantirishda  va 

ta’minlashda  muhim  yo‘nalishlarini  aniqladi.  Shuningdek  shahar  atrof-muhit 

holatining  ekologik  samarali  muhofaza  qilish  chora-tadbirlari  bo‘yicha  tadqiqotlar 

yuzaga kelishiga zamen tayyorlanmoqda.  

“Avtostrada” so’zi Italyancha so’z bo’lib u “avtomobillar uchun yo’l” degan 

ma’noni anglatadi. Birinchi avtostrada 1924  -  yilda Italiyaning shimoliy qismida 

qurilgan  va  uning  uzunligi  85  km  ni  tashkil  etadi.  Ushbu  avtostrada  Milan  va 

Vareza shaharlarni bo’glash uchun qurilgan. Shunday qilib avtomobil sanoatining 

jadal  rivojlanishi  bilan  bir  qatorda  avtomobil  yo’llarini  qurilishi  ham  rivojlana 

boshladi. Ularga hozirgi kundagidek  bo’ylama ko’ndalang  nishabliklar, avtomobil 

shinalarini  yo’l  bilan    ishqalanish  koeffitsenti  va  boshqa  ko’rsatkichlariga 

me’yorlar kiritildi. 

1939  yilga  kelib  Italiyada  500  km  ga  yaqin  avtomagistrallar  qurilgan  edi. 

Germaniyada 1942 yillarga kelib avtobanlarning uzunligi 2100 km ni tashkil qilar 

edi.  Ikkinchi  jaxon  urushidan  keyin  esa  avtomagistrallar  Fransiya  va  Buyuk 

Britaniyada  ham qurila boshladi. Eng  jadal yo’l qurilishi AQSHda kuzatilgan, u 

yerda 1974 yilga kelib avtomagistrallarning  uzunligi 70800 km dan iborat edi. 

Bugungi  kunda  zamonaviy  shaharlarda  ko‘cha-yo‘l  tarmog‘i    shahar 

transport  tizimining  asosini  tashkil  qilib,  yildan-yilga  ularga  qo’yiladigan  talablar 

ortib bormoqda.    

Shaharsozlikda  transport  tizimi  alohida  o‘rin  tutadi.  Transport  tizimi  shahar 

aholisining aktiv hayotini ta’minlaydi va uning samaradorligini oshiradi. Aks holda 

transport  tizimisiz  ayniqsa  bugungi  shahar  hayotini  tasavvur  qilib  bo‘lmaydi.  

Transport  va  piyodalar  harakatini  loyihalash  va  uni  tashkil  etish  -  shaharning 

me’moriy - loyihaviy echimida asosiy muammolardan biridir.  




20 

 

Shaharning loyihaviy tarkibida ko‘cha-yo‘l tarmog‘ini oqilona echimini topish 



birlamchi masaladir.  

Ko‘cha tarmog‘ining eski shakllari zamonaviy shaharsozlikka mos kelmaydi: 

kichik  kvartallarni  chegaralagan    ko‘chalarda  chorrahalarning  ko‘pligi,  transport 

oqimini  o‘tkazishni  kamaytiradi,  qiyinlashtiradi.  Markaziy  tumanlarda  ma’muriy-

jamoat  va  savdo  binolarining  haddan  tashqari  ko‘pligi  katta  miqdordagi  aholi  va 

transportni  u  erga  kelishi  sabab  bo‘lib,  ularning  harakatini  tashkil  etishni 

qiyinlashtiradi.   

Shaharda  transport  tizimi  er  osti  va  er  usti  transport  inshootlaridan  iborat. 

Ko‘chalar shaharlarning dastlabki paydo bo‘lishi bilan shakllanib boshlagan.  

Shaharda  transport  tizimini  tashkillashtirish,  shahardagi  aholi  zichligiga,  har 

1000  kishiga  to‘g‘ri  keladigan  avtomobillar  soniga,  tarixan  shaharning 

shakllanishida  ko‘cha-yo‘l  tarmog‘ining  qaysi  sxema  asosida  shakllanganligiga 

bog‘liqdir. 

Zamonaviy  shaharsozlikda  transport  tizimini  mahbul  echimini  yaratish 

shaharni shakllantirishda asosiy rol o‘ynaydi.  

Shaharning  transport  infrastrukturasi,  shahar  tarkibi  faoliyatini  ta’minlovchi, 

bir-biri  bilan uzviy  bog‘lik bo‘lgan  yagona  transport tizimini  hosil qiluvchi tashqi 

va ichki transport tizimi elementlaridan iborat bo‘ladi.  

Shaharning transport infrastrukturasi quyidagilardan iboratdir: 

-  aholini  shaharning  barcha  rejaviy  tarkiblariga  borishini  va  zaruriy  yuklarni 

tashishni ta’minlovchi  ko‘cha-yo‘l tarmog‘i (KYT); 

- ko‘cha-yo‘l tarmog‘idan tashqari (er osti va er usti) dagi transport tarmog‘i; 

- shahar rejaviy tarkibiga bog‘langan tashqi (shaharlararo) transport



21 

 

-  transport  xo‘jaligiga  xizmat  qiluvchi  inshootlar  (transportlarni  saqlash 



harakat tarkibini ta’mirlash parklari va depolari, yuklarni  qayta ishlash tayanchlari 

yoki yuk tushirish maydonlari, energetika xo‘jaligi, vokzallar va h.k.). 

 


Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish