Huvaydoning badiiy-falsafiy merosi



Download 38,92 Kb.
bet4/7
Sana31.12.2021
Hajmi38,92 Kb.
#243101
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Huvaydo

Qayu kun keldim jahonda boʻlmadim shod, ey koʻngul,

Boʻlmadim zindoni gʻamdin hargiz ozod, ey koʻngul.

Shoir bu misralarni, shubhasiz, yoshi ulgʻayib, ilm maʼrifatda kamolga erishgan davrida qoralar ekan, ilmsizlik, jaholat, zulm va adolatsizlik, molu dunyoga hirs qoʻyish odatiy holga aylangan uqubatli damlarda oʻz dardini, ruhiy iztirob va kechinmalarini tushuna oladigan sadoqatli doʻst topa olmaganligini bayon etadi:

 

Yurogim gʻussaga toʻldi, kishim yoʻq aytgali holim,

Netay, dard aytgudek bir dardmand odam topolmasman.

Kularlar qahqaha aylab, nechuk begʻam kishilardur,

Kulargʻa bir zamone xotiri begʻam topolmasman…

Jarohat boʻldi bagʻrim tigʻi hasrat birla, man naylay,

Yurub izlab tabiblardin anga malham topolmasman.

Musibatxonadur dunyo, nechuk odam boʻlur begʻam,

Oʻzimni, ey Huvaydo, lahzaye begʻam topolmasman.

Yoki


Darigʻo, topmadim bir dardmandi,

Anisu hamdamu yori muvofiq.

 

Mutafakkir-shoir “dard” deganda, shubhasiz, jamiyat rivojiga toʻsqinlik qilayotgan, odamlarni qiynayotgan ijtimoiy muammolarni nazarda tutdi. Kundalik tirikchilik tashvishi, molu dunyo hirsi bilan yashaydigan, hayotning maʼnosini yeb-ichish, bola-chaqa boqishdan iborat deb biladigan avom uchun xalq va jamiyat muammolari begonadir.



Huvaydo ruhoniy oilada voyaga yetgan, diniy va tasavvufiy gʻoyalar ruhida tarbiyalangan ijodkor sifatida oʻzini jamiyat va xalq taqdiri uchun masʼul, deb bildi. Ahli xoslar qalbida Ollohga boʻlgan ilohiy ishq dardini alanga oldirish, nafsni oʻldirish, bu dunyoning oʻtkinchi va bevafo ekanligini eslatish, oddiy avom ongida esa iymon-eʼtiqodni mustahkamlash orqali ijtimoiy muammolarni oqilona hal etishga umid bogʻladi. Shu boisdan ham uning butun ijodiy faoliyatida ilohiy ishq va diniy maʼrifatni targʻib qilish, komil inson shaxsini shakllantirish yetakchi oʻrin egalladi.

Huvaydo devoniga kirgan gʻazallarni tahlil qilish shuni koʻrsatadiki, u arab va forsiy tilda bitilgan paygʻambarlar tarixini, islom dini tarixini, paygʻambar Muhammad alayhissalom hayotini juda chuqur bilgan. Shuningdek, tasavvufning Oʻrta Osiyoda keng tarqalgan xojagon, malomatiya, yassaviya, naqshbandiya, kubroviya, qodiriya, qalandariya tariqatlaridan yaxshi xabardor boʻlgan. Oʻz asarlarida islom tasavvufi buyuk shayxlarining ilgʻor gʻoyalarini uygʻunlashtirishga, zamondoshlari qalbida ilohiy ishqni kuchaytirishga, buning uchun esa islom dinini bidʼat va yaramas odatlardan tozalashga intildi. Bu esa mutasavvif shoirning turli malomatlardan iztirob chekishiga, odamlar va hatto qavmu qarindoshlarining undan yuz oʻgirishiga sabab boʻladi. Bu haqda shoir iztirob bilan:

 

Tushgʻali ishqing sani qildim hama birla nizoʼ,

Bir yoʻli qildim jahonni mulku molidin vidoʼ.

 

***



Ishq keldi, ketti aqlim, qochti mandin jumla el,

Yoʻqturur dard aytgudek bir yori ahbobim mening.

 

***



Sani ishqingda, ey dilbar, ajab afsonalar boʻldum,

Xaloyiqqa boʻlib kulgu, base afsonalar boʻldum.

 

Qilur taʼna koʻrib har kim mani holimga, ey mohim,



Bu elni ogʻzida har goʻshada afsonalar boʻldum.

 

Hama qavmu qarindoshim mani koʻrsa qilur nomus,



Baridin yuz oʻgirdim, bir yoʻli begonalar boʻldum, – deb yozdi.

 

Huvaydo diniy-tasavvufiy qarashlarining shakllanishi jamiyatda zulm, adolatsizlik, ilmsizlik va jaholat avj olgan, tasavvuf gʻoyalari oʻz taʼsirini yoʻqota boshlagan, buning oqibatida, odamlar oʻrtasida mehr-oqibat, qadr-qimmat, insof-diyonat yoʻqolgan gʻoyat murakkab davrga toʻgʻri keldi.



U xuddi hoziq tabib singari ish koʻrdi: zamondoshlarini Ollohning yoʻliga, yaʼni tasavvuf yoʻliga kirishga daʼvat etishdan oldin oʻzining bu yoʻlga kirishdagi iztirob, ikkilanish, mashaqqat va uqubatlarini roʻy-rost bayon etdi. Chunki ishq dardini oʻzidan ilgari oʻtgan barcha buyuk soʻfiylar singari butun dardlarning (ijtimoiy muammolarning) davosi deb bildi. Shoir ilohiy yoʻlga kirishning uqubatlari haqida shunday deb yozdi:

 


Download 38,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish