Huvaydoning badiiy-falsafiy merosi



Download 38,92 Kb.
bet3/7
Sana31.12.2021
Hajmi38,92 Kb.
#243101
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Huvaydo

Hazrati Xojamnazar davlat qarin

Sheʼrida boʻldi Huvaydo deb laqab.

Manzili maʼvosidur ushbu zamin

Asli zodi Oʻshu mavlid Chimyon

To oxir umrdur munda makin.[6]

Huvaydoning yuqorida nomi tilga olingan devonining 174-175–sahifasida Huvaydo tavallud topishi bilan bogʻliq quyidagi muhim maʼlumot berilgan (bu maʼlumot devonni nashr etishga azmu qaror qilgan Huvaydoning oʻshlik chevarasi Salohiddin Soqib (1838–1910) tomonidan tuzilgan boʻlsa, ajab emas). Unda shunday deyiladi: “Oftobi tobon, falaki hidoyat, mehtari vohid, duraxshon sipehri, jalolat va sarvari Hidoyatulloh Xojam, yaʼni janobi hazrati Ofoq Xojam nafasi mutabarruklari eshoni Huvaydo otalari Gʻoyibnazar soʻfiygʻa joriy boʻlib, bayt:

 

Sening naslingdin aslo qutbu avlod oʻlmasun kanda,



Charogʻing oʻchmasun olamda to roʻzi jazo soʻfim – deb holoti istigʻroqda joriy boʻlib, sandin farzand tavallud qilsa, otini Xojamnazar qoʻy, mani nazrim andadur, deb iltifoti bagʻoyat qilib, ul janob oʻgʻullari hazrati Xojam poshshoni nazar va nafaslarini topib, Huvaydo laqab boʻlib, humoyun xosiyat fayzi inoyatlarini topkon sababdin fayzi suxanni Olloh taolo ato qildi”.

Huvaydo soʻfiy Gʻoyibnazar eshon xonadonida voyaga yetdi. Avvalo, otasidan islom dini asoslarini, fiqh ilmini, hol ilmini chuqur oʻrgandi. Bu haqda shoirning oʻzi:

 

Ham oʻqub ilmu adab, boʻldum “Aqoyid”xoni ishq,

Mushkilotu ilmi fiqhdin soʻrsalar berdim javob[7] –

 

deb yozdi. “Aqoyid” iymon haqidagi ilm boʻlib, shoir bu yerda ilohiy ishq ilmini, yaʼni tasavvufni nazarda tutyapti. Tasavvuf tarixidan maʼlumki, soʻfiylar ilohiyot nazariyasini oʻzlashtirish, buning uchun madrasa ilmini egallash haqida qaygʻurgan emaslar. Tariqat yoʻliga kirish uchun tolib (soʻfiy)dan birinchi navbatda fiqh ilmini chuqur va puxta bilish talab etilgan. Buni ilmi qol, yaʼni zohiriy fiqh, deyilgan. Ilmi hol esa tasavvuf ilmi boʻlib, murid oʻz piri nazorati ostida tavhid kalomini zikr qilish orqali egallagan. Binobarin, Xojamnazarning otasidan tasavvuf ilmini egallaganligi, oʻzi mustaqil ravishda badiiy ijod sirlarini kashf etganligi shubhasizdir.



Huvaydoning tasavvufiy qarashlari shakllanishida, jamiyat hayotida roʻy bergan muhim oʻzgarishlar, ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-axloqiy tanazzul asoratlari, bir tomondan, zulm va adolatsizliklar, toj-taxt urushlarining avj olishi, ikkinchi tomondan, jamiyat taqdiri uchun masʼul boʻlgan ilm-maʼrifat ahllarining molu dunyoga hirs qoʻyishi, odamlar oʻrtasida riyokorlik, yolgʻonchilik, taʼmagirlik, manmanlik, kibr, hasadgoʻylik singari illatlarning kuchayishi, uchinchidan, jaholatga qarshi jaholat bilan kurashishning ayanchli oqibatlari kuchli taʼsir koʻrsatgan.

Maʼlumki, Huvaydo Boborahim Mashrabning kichik zamondoshi, bir xil tarixiy muhitda yashab ijod qilgan mutafakkir edi. Biroq Huvaydo jamiyat duch kelgan ogʻir va murakkab muammolarni hal etishda Boborahim Mashrab yoʻlidan bormadi. Balki Bahouddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, Soʻfi Ollohyor yoʻlini – sunniy tasavvuf yoʻlini tanladi.

Huvaydo shaxsining shakllanishi XVIII asrda Sharq xalqlari, jumladan, Oʻrta Osiyo xalqlari maʼnaviy hayotida qadriyatlar tizimining oʻzgarishi, jahonda roʻy berayotgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy oʻzgarishlarning asta-sekin Turkistonga kirib kelishi, diniy eʼtiqodning kuchsizlanishi, oq zulm va adolatsizliklarning avj olishi davriga toʻgʻri keldi.

Huvaydo Bahouddin Naqshband gʻoyalaridan ilhomlandi, butun faoliyati davomida naqshbandiya gʻoyalarini odamlar oʻrtasida keng targʻib etishga intildi. Zamondoshlarini halol mehnat, pok niyat bilan yashashga, qalb (jon uyi)ni poklashga, Muhammad alayhissalom sunnatlariga amal qilishga, aqlli, donishmand va bilimdon boʻlishga undadi. Ilmsizlik, nodonlik va jaholatni barcha kulfat va baxtsizliklarning bosh sababchisi, deb bildi. Oʻzi uchun Ibrohim Adhamni ideal shaxs hisobladi. U kabi mard, oliyhimmat, faqir, kamtarin, halol boʻlishni orzu qildi.

Nosehning guvohlik berishicha, Huvaydo doimo shariat hukmlariga boʻysunub, unga jonu dili bilan amal qilar, yoʻlda uchragan har bir moʻmin-musulmonga xuddi Hizr va Ilyos alayhissalomni koʻrgandek iltifot koʻrsatar va ularni doʻst tutardi. Har kuni saharlarda Xudoga yolborib, Undan maqsadiga yetish yoʻlini oson qilishini soʻrar, himmat otiga minib, shayton lashkarlari bilan jang qilardi. U doimo Ollohning roziligini tilab, xuddi Ibrohim Adham singari ozu koʻpga parvo qilmas, shogirdlari bilan suhbat qurar, fikru yodi dabiston (maktab)da ilm toliblariga ilm berishda edi.

Huvaydoning hayoti, ijodiy faoliyati, tasavvufiy qarashlariga oid maʼlumotlarni uning devoniga kiritilgan gʻazallaridan, “Rohati dil”, “Ibrohim Adham” qissalaridan olishimiz mumkin. Zero, mashhur nemis olimi Zigmund Freydning ruhiy tahlil nazariyasiga koʻra, har bir ijodkorning asarlarida uning boshqalardan sir saqlaydigan istak, mayl, orzu, umid va maqsadlari oʻz ifodasini topadi.

Huvaydo yashagan davrning naqadar ogʻir, uqubatli ekanligi shoirning quyidagi misralarida oʻz ifodasini topdi:


Download 38,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish