. Yozuv tezligi oshishi bilan ayrim bir-biriga o’xshash harflarning shaklini buzib yozish hollari uchraganda esa, ularni qayta mashq qildirish kerak. Chiroyli yozuvga o’rgatishda daftardan to’g’ri foydalanishga alohida e’tibor berish zarur. Ikki chiziqli daftardan bir chiziqli daftarga o’tganda, o’quvchilar oldiga qator vazifalar qo’yiladi. Chiroyli yozuvga o’rgatish umumdidaktik qoidalar bilan birga, yozuv malakasini shakllantiruvchi o’ziga xos qoidalarni ham o’z ichiga oladi. “Husnixatga o’rgatishning amaliy asoslari” fanining vazifasi. Talabalarga yozuv, chiroyli yozuv, yozuvning ahamiyati haqida; o’z dasxati ustida ishlash usullari haqida; boshlang’ich ta’lim o’quvchilarining husnixatga o’rgatishning shartlari, qoidalari, metodlari, tamoyillari, harflarni guruhlash usullari, husnixat darslarini rejalashtirish, husnixat darslarining tuzilishi, uni tashkil qilish, grafik xatolarni aniqlash va bartaraf etish, o’quvchilar yozuvini baholashga o’rgatish haqida nazariy ma’lumot berish, amaliy malaka hosil qilishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |