Respublikamizning birinchi Prezidenti Islom Karimov birinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida so’zlagan nutqida mazkur muammoga daxl etib, quyidagi o’ta dolzarb va mantiqiy fikr – mulohazalarini shu soha mutaxassislari oldiga ko’ndalang qilib qo’ygan edi: “Zamonaviy boshlang’ich ta’limning o’zi nimadan iborat bo’lishi kerak? Bola 1-4- sinflarda qanday bilimga ega bo’lishi lozim? Ularning tarbiyasi qanday bo’lishi kerak? Shu masalalarga javob topishimiz zarur”. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga chiroyli yozuvni o’rgatish savodxonlikning poydevori hisoblanadi. Boshlang’ich sinfda o’qitishdan maqsad o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini ravon qilish hamda ularni har tomonlama yetuk insonlar etib tarbiyalash bilan bir qatorda, ularni go’zallikka intiluvchi, uni yurakdan his qila oladigan go’zallikni yaratishga intiladigan kishilar qilib voyaga yetkazishni nazarda tutadi
Do'stlaringiz bilan baham: |