“BIZNES MULOQOT VA AKADEMIK YOZUV ” FANINING MAZMUNI VA VAZIFALARI.
REJA:
Kirish
1. Fanning mazmuni, maqsadi va vazifasi.
2. Muloqotning biznesdagi o‘rni
3. Til va yozuv.O‘zbek yozuvlari tarixi.
Xulosa
Adabiyotlar ro’yxati
KIRISH
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach oʻtgan davr mobaynida respublikamizda ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy, huquqiy va iqtisodiy sohalarda qator islohotlar oʻtkazildi. “Ta’lim toʻgʻrisida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning qabul qilinishi ta’lim tizimida jiddiy islohotlarning boshlanishiga asos boʻldi. Toshkent moliya institutida malakali va bilimdon iqtisodchilarni tayyorlash maqsadida oʻquv dasturlariga bir qator yangi fanlar kiritildi. “Biznes muloqot va akademik yozuv” ana shunday yangi fanlardan biridir. “Biznes muloqot va akademik yozuv” iqtisodiyot tili, iqtisodiyot terminologiyasi, iqtisodiy matnlar tuzish, notiqlik mahoratiga bag’ishlangan yangi fandir. Zero, shu kunga qadar bufanbirorta oliy oʻquv yurtida oʻquv dasturiga kiritilmagan edi. Holbuki, Toshkent moliya institutida “Biznes muloqot va akademik yozuv” fani ilgari, ya’ni 2007-yildan buyon talabalarga “Iqtisodiyotda texnik yozuv” nomi bilan oʻqitilgan edi.
“Biznes muloqot va akademik yozuv” fani boʻyicha 18 soatlik ma’ruza, 18 soatlik amaliyot mashg`ulotlarini qamrab olgan dastur ishlab chiqildi. Bu fan boʻyicha xorijda chop etilgan 20dan ortiq adabiyot ko`rib chiqildi va Stephen Baileyning “Akademic Writing” va Vikram Bisen Priyaning “Business communication” oʻquv qoʻllanmalarini tarjima qilib ijodiy foydalanishni ma’qul topdik. Chunki, Setefen Belli Derbil, Xottigim, Praga, Tokio universitetlarida “Akademik yozuv” fanidan saboq bergan. Oksford, Brayton, Singapur universitetlarida “Akademik yozuv” asosiy qoʻllanma sifatida oʻqitiladi. Biz Stephen Baileyning “Akademic Writing” qoʻllanmasining eng oxirgi 2015-yilgi 4-nashridan foydalandik.
“Biznes muloqot va akademik yozuv” fani kafedra uchun yangilik emas. Chunki, 1998-yildan 2006-yilgacha “Mutaxassislik tili” fani, 2007-yildan 2016-yilga qadar “Iqtisodiyotda texnik yozuv” fanidan saboq berilgan.
“Biznes muloqot va akademik yozuv” fani talabalarda zamon talablariga mos ravishda biznesdagi muloqot madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish, ilmiy savodxonlikni takomillashtirishdan iborat. Hozirgi zamonda iqtisodiy oliy ta’lim “Biznes muloqot va akademik yozuv” fanining keng qo‘llanishini talab qiladi. “Biznes muloqot va akademik yozuv” fani notiqlik, nutq turlari, nutqiy faoliyat, nutqning kommunikativ sifatlari, nutqiy etiket, nutq tuzish usullari, nutqning tarkibiy qismlari, notiqlik masalalarini, shuningdek, iqtisodiy matnga so’z va atamalarni tanlash, matnlarni tuzish, ularni kengaytirish va qisqartirish, matnlarni tahlil va tahrir qilish, iqtisodiyotga oid hujjatlarni to’g‘ri yozish va yaratish kabilarni qamrab olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |