2. Muloqotning biznesdagi o‘rni
«Biznes muloqot» atamasi biznesni yuritish, tashkilotning boshqaruvi, ixtiyoriy tashkilotni rasmiy ishlariga rahbarlik qilish va shu kabilarni rasmiy maqsadda yuboradigan va qabul qiladigan barcha xabarlarni ifodalashda ishlatiladi.
O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasida muloqot tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan: MULOQOT – tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli. muloqot deganda uning og’zaki (ovozli) va yozma ravishda namoyon bo’lishidagi jarayonlar, ya’ni so’zlash jarayoni va uning natijasi (xotirada saqlangan yoki yozuvda qayd etilgan nutqiy fikrlar, asarlar) tushuniladi.
Har bir kishining muloqoti individual, o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi; vahohlangki, asosiy til unsurlari – lug’at tarkibi va grammatik qurilishi yakka shaxslargagina tegishli bo’lmay, umumnikidir, ya’ni muayyan til jamoasiga umuman taalluqli bo’ladi. Muloqot kishi tafakkuri, uning ongi bilan chambarchas bog’liqdir. Muloqotda kishining o’y – fikrlari shakllanadi va mavjud bo’ladi. Muloqot tufayli va Muloqot asosida borliqni umumlashgan holda mavhumiy aks ettirish, individuallik doirasidan chiqib, jamoatchilik mahsuliga aylanadigan mantiqiy tushunchaviy fikrlash mumkin bo’ladi. Muloqot kishi ruhiyatining boshqa jihatlarini, uning sezgilari, idroki, xotirasi, o’y – xayollari, hissiyoti, irodasi va boshqaning namoyon bo’lishi va amal qilishida, kishi ongining rivojlanishida ham katta ahamiyatga ega.
MULOQOT MADANIYATI, muloqot odobi – 1) og’zaki va yozma adabiy til me’yorlari (talaffuz, urg’u, so’z qo’llash, grammatika, uslubshunoslik qoidalari)ni egallash, shuningdek, turli aloqa – aralashuv sharoitlarida tilning tasviriy vositalaridan nutqning maqsad va mazmuniga mos ravishda foydalanish mahorati; 2) tilshunoslikning tilni madaniyat quroli sifatida mukammallashtirish maqsadida me’yorlashtirish (tartibga solish) muammolarini o’rganuvchi bo’limi. G’arb tilshunoslishida umumiy ma’noda “til madaniyati” termini ham qo’llanadi.
1 – ma’nodagi “muloqot madaniyati” tushunchasi adabiy tilni o’zlashtirishdagi ikki bosqichni qamrab oladi: a) nutqning to’g’riligi va b. nutqiy mahorat. Nutqning to’g’riligi muayyan tilda so’zlovchilar va yozuvchilar tomonidan “ideal” yoki umum tomonidan qabul qilingan va an’anaviy saqlanib kelayotgan odatlar, ibrat va namunalar tarzida idrok etiladigan adabiy me’yorlarga amal qilishdir. Nutqiy mahorat esa nafaqat adabiy me’yorlarga amal qilish, balki o’zaro mavjud bo’lgan variantlardan mazmunan eng to’g’ri, eng aniq, uslub va vaziyat nuqtai nazaridan eng maqbuli va ifodalanishini tanlab olish mahoratidir (mas., aka – oka – ako; kelyapti – kevotti – kelopti variantlaridan birining adabiy me’yor sifatida tanlanishi). Yuksak Moloqot madaniyati kishining umumiy yuksak madaniyatini, fikrlash madaniyatini, tilga nisbatan ongli mehr – muhabbatini namoyon qiladi.
Nutq madaniyati nazariyasining asosiy tushunchasi til me’yoridir. 2 – ma’nodagi Nutq madaniyatining asosiy vazifasi ijtimoiy til amaliyotiga faol ta’sir ko’rsatish maqsadida (tilning barcha sathlarida) ob’ektiv til me’yorlarini ularning barqarorlashgan shakllarida, ziddiyatlarida, vujudga keluvchi tamoyillarida va boshqalarda o’rganishdir.
Zamonaviy Muloqot madaniyati nazariy va amaliy fan bo’lib, u til amaliyotiga ta’sir etish maqsadida adabiy til tarixi, grammatika, uslubshunoslik va boshqa tilshunoslik bo’limlarining yutuqlari va xulosalarini umumlashtiradi. Muloqot madaniyati nazariyasida adabiy til milliy tilning oliy shakli deb e’tirof etiladi; badiiy adabiyot tili o’zining eng yaxshi namunalari bilan xalqning madaniyat sohasidagi yutuqlari va an’analarini mustahkamlaydi va boyitadi.
Muloqot madaniyati ijtimoiy hodisa bo’lib, u jamiyat, fan va texnika, madaniy va adabiy hayot rivoji bilan chambarchas bog’liq holda taraqqiy etadi. Jamiyat a’zolarining madaniy saviyasi ortgan sari nutqi ham jilolanib, sayqallashib, Muloqot madaniyati qoidalari va me’yorlariga muvofiq holda takomillashib boradi. Muloqot madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida adabiyot, san’at, radio, televidenie va davriy matbuotning alohida o’rni bor. Ayniqsa, adabiy tilni me’yorlashtirish va Muloqot madaniyati nazariyasini rivojlantirishda leksikografiya, xususan, izohli, imlo, talaffuz, o’quv va boshqa maxsus lug’atlar muhim ahamiyatga ega. 15 – a.dayoq o’zbek adabiy tilining Nutq madaniyati va uning o’ziga xos me’yorlari bo’lgan – Alisher Navoiy o’zining butun hayotiy va ijodiy faoliyati bilan o’z davri Muloqot madaniyatiga, muloqot odobiga mislsiz hissa qo’shgan bo’lsa, keyingi davrda yashagan Bobur, Muhammad Solih, Gulxaniy, Nodira, Ogahiy, Furqat, Muqimiy va boshqa shoirlarning asarlari tilida ham o’sha davr tili va Muloqot madaniyati ma’lum darajada aks etgan. “Yaxshi so’z – jon ozig’i”, “Bug’doy noning bo’lmasa ham, bug’doy so’zing bo’lsin”, “O’ynab gapirsang ham o’ylab gapir”, “Har neni emak – hayvonning ishi, har neni demak – nodonning ishi”, kabi maqol va hikmatli so’zlarning paydo bo’lishi ham o’zbek xalqida Muloqot madaniyatiga avvaldan e’tibor kuchli bo’lganidan darak beradi.
O’tgan asarning 20 – y.laridan so’ng o’zbek tilining Muloqot madaniyati halq tiliga yaqinlashtirilgan milliy adabiy til me’yorlariga asoslanadi. Bu me’yorlarni shakllantirish ishiga olimlar (Otajon Hoshim, T.N.Qori Niyoziy, S.Ibrohimov, Olim Usmon va boshqalar), adibu shoirlar (Qodiriy, Cho’lpon, Avloniy, Fitrat, Oybek, G’afur G’ulom, Abdulla Qahhor va boshqalar) munosib hissa qo’shdilar.
Biznes muloqot Shaxsiy va ijtimoiy muloqotga nisbatan rasmiyligi bilan xarakterlanadi. Har qanday biznesning muvaffaqiyati gʻoyatda yaroqli va samarali muloqotga bogʻliq boʻladi. Bu muloqot biznes tashkilotlari, bozorda, tashkilotlar va ishchilarning turli xil guruhlari, biznes egalari va ishchilari, xaridorlar va sotuvchilar, xizmat ta’minotchilari va mijozlar, savdo va tashkilot xodimlari hamda matbuot xodimlari oʻrtasida ham sodir boʻladi. Bu kabi barcha muloqotlar biznesga oʻz ta’sirini oʻtkazadi. Diqqat bilan qilingan bu kabi muloqot biznes manfaatlariga koʻmaklashadi. Aks holda, u tashkilotni nochor ahvolda koʻrsatadi.
Muloqot har qanday tashkilot uchun hayotiy kuch manbaidir. Har qanday tashkilotda asosiy muammo samarali muloqot jarayonidir. Odatda, boshqaruv muammosi yetarli darajada boʻlmagan muloqotga sabab boʻladi. Buyruqlarni notoʻgʻri talqin etish jiddiy xatolarni keltirib chiqaradi. Muloqotdagi asosiy muammo talqin etilgan ma’no boʻlib, uni soʽzlovchi koʽzda tutmagan boʻlishi mumkin. Soʻzlovchi va tinglovchi alohida ikki shaxsligi, ularning oʻz cheklovlari mavjudligini va ular oʻrtasidagi xabarda ma’no buzilishi mumkinligini anglab yetish shart.
Insonlar tashkilot ichida bir-birlari bilan muloqot qilishlari ichki muloqot hisoblanadi. Bu bir jamoada ishlash va umumiy maqsadlarni anglab yetish uchun qilinadi. Muloqot rasmiy yoki norasmiy boʻlishi mumkin. Ichki muloqot yuzma-yuz va yozma muloqotni oʻz ichiga oladi. Xabar, hisobot, ofis buyruqlari, aylanma farmoyish, faks, videokonferensiya, yigʻilish va shu kabilar ichki muloqot namunalaridir.
Muloqot biznesning hayotiy kuch manbaidir. Hech qanday biznes samarali muloqot tizimi mavjud boʻlmaganda rivojlana olmaydi.
Muloqot biznesning qandayligi va oʻlchamidan qat’i nazar tashkilotni birgalikda ushlab turuvchi poydevordir.
• Insonlarning tashkilot ichida bir-birlari bilan muloqot qilishlari ichki muloqot, tashkilotdagi xodimlarning tashkilotdan tashqaridagi shaxslar bilan muloqotlari tashqi muloqot deb ataladi.
Jamoada yaxshi ishlash qobiliyati, qoʻl ostidagilaringizni boshqarish va sizdan yuqori lavozimdagi shaxslar, xaridorlar va hamkasblar bilan munosabatingiz sizning muloqot qilish mahoratingizga bogʻliq boʻladi.
Tashkilotdagi xodimlar tashkilotdan tashqaridagi shaxslar bilan muloqotlari tashqi muloqot deb ataladi. Bu shaxslar mijozlar yoki xaridorlar, dilerlar yoki distribyutorlar, axborot vositalari xodimlari, hukumat, omma va shu kabilar tashqi muloqot namunalaridir.
Biznesni tashkil etishda Biznes reja tuzish muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasida Biznes reja tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan: BIZNES REJA – aniq tanlangan tadbirkorlik ishining barcha bosqichlari tavsiflangan va taxminan hisob – kitob qilingan loyiha. Unda aniq tanlangan tadbirkorlik ishining hamma tanlangan tadbirkorlik ishining hamma tomonlari o’z aksini topadi. B.r. o’z tarkibi jihatidan loyihaning afzalliklari va uni amalga oshirishdan kutiladigan moliyaviy natijalar bayon etilgan yakuniy xulosa hamda asosan 10 bo’limdan iborat asosiy qismga bo’linadi. B.r.da loyiha bo’yicha ishlab chiqariladigan tovar (xizmat)larning tavsifi hamda uning xaridorgirligi va raqobatbardoshligini ta’minlaydigan omillar; bozor hajmini baholash asosida sotish bozori, tadbirkor bozorning qaysi segmentida ish yuritishi, savdo hajmi, tovar(xizmat)lar narxi prognozlari; ehtimoli bo’lgan raqobatchilar (ularning mahsulotlari sifati va xaridorgirligi, narxi to’g’risida axborot beriladi); marketing xizmatining asosiy unsurlari (tovarning qanday yo’l bilan sotilishi, tovar narxining shakllanishi, sotishni rag’batlantirish, reklamaning qaysi usullarini tanlash va b.); mahsulot i.ch. rejasi (i.ch. aloqalari, mahsulot sifatini nazorat qilish, i.ch. xarajatlari va b.); umuman ishni, xodimlar ishini tashkil etish; loyihaning tashkiliy – huquqiy shakllarini belgilaydigan yuridik reja; loyiha bo’yicha barcha ma’lumotlarni umumlashtiradigan hamda ularning qiymat ifodalari ko’rsatilgan moliya rejasi; loyihani moliyalash strategiyasi (vositalarni qaerdan va qanday shaklda olish, jami qancha pul kerakligi, uning qaerdan olinishi va xarajatlarning qoplanishi, investorlarning daromad olish vaqti va b.) o’z ifodasini topadi. B.r.ni ishlab chiqishda tadbirkorning o’zi (“birinchi rahbar”), firma (xo’jalik)larning mutaxassislari ishtirok etadi, tashqaridan maslahat va tavsiyalar olinadi. B.r. ekspertlar ko’rigidan o’tkaziladi va olingan xulosalarga tayanib B.r. yanada mukammallashtiriladi. B.r. kredit berish uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |