Husan Tursunov Yashinlar aro yo’l



Download 317 Kb.
bet3/5
Sana09.06.2017
Hajmi317 Kb.
#10785
1   2   3   4   5

Urush
Orion yulduz turkumining eng chekkasidagi ulkan Tser sayyorasiga navbati bilan Galaktik xamdo’stlikning yulduzkezarlari qo’na boshlashdi. Birlashgan tamaddunlar bosh kotiblarining to’satdan chaqirilgan navbatdan tashhari majlisi ko’pchilikni hayajonga solgandi. Ulkan majlislar zaliga Somon Yo’li Galaktikasidagi besh mingdan ortiq rivojlangan sayyoralarning vakillari yig’ilishgan va barchalari Kengash bosh kotibining nutqini kutishardi. Mana, minbarga besh yuz yoshlar atrofidagi Ann ko’tarildi. Uch yuz ellik yildan beri shu lavozimda ishlab kelayotgan Ann tashrif buyurganlarga diqhat bilan ko’z yugurtirgach, o’z nutqini boshladi:

  • Biz shoshilinch chaqirilgan majlisimizni barchamiz uchun xavotirli vaqtda o’tkazayapmiz. Gernlarning jangari tamadduni barchamizga urush e'lon qildi. Ular bizni Orn sayyorasiga – hal qiluvchi jangga chaqirmoqdalar. Ularning maqsadi aniq – agar g’alaba qilsalar, Galaktikamizdagi barcha sayyoralarni istilo etishni boshlaydilar. Bizni mustamlakaga aylantirganlaridan so’ng, ular boshha Galaktikalar tomon qo’shin tortadilar. Biz ularni to’xtatishimiz lozim! O’zaro sulh shartnomasiga binoan hal qiluvchi jang ikki yildan so’ng bo’ladi. Shu muddatgacha biz qo’shin to’plab,

uni qurol-yarog’ bilan ta'minlashimiz zarur. Ikki ming yildan beri erkin tamaddunlarning Buyuk Ittifoqi tinchlik yo’lidan rivojlanmoqda. Galaktikamizda yulduzlar urushi bo’lmadi. Taraqqiyotimiz davrida biz yangi qurollarni yaratmadik, aksincha, borlarini yo’q qilib yubordik. Shu sababli bizda qurollar va tayyor qo’shinlar yo’q. Bugun men hali yaratilmagan armiyalarimiz qo’mondonini saylashga majbur bo’ldim. Hani, tanlanglar: gernlar chaqirig’ini habul qilamizmi yoki bizni harshiliksiz istilo etishlariga yo’l qo’yamizmi?

Zal junbushga keldi va kengashning barcha a'zolari qizil tugmani bosishdi. Bu - urush uchun ovoz berilishi edi.

- Madad berganingiz uchun tashakkur, - deya davom etdi Ann. -

Men so’zni armiyalarimiz qo’mondoniga beraman. Galaktikaning chekka

o’lkalari tadqiqotchisi komandor Mirnni hammangiz yaxshi bilasiz.

Zalda komandorning nomzodini ma'qullovchi ovozlar yangradi va u minbarga ko’tarilib, o’z so’zini boshladi.

- Urush olib borishning yangi qoidalariga binoan Orndagi armiyalar jangi yadro va oddiy qurollarni qo’llash bilan olib boriladi. Butun boshli sayyoralarni yo’q qilib yuboruvchi mutlaq qurollarni ishlatish ta'qiqlangan. Ma'lumki, Orn sathinnng katta

hismi suv bilan qoplangan va biz uchun harbiy suv kuchlari judayam zarur. Hamdo’stligimiz sayyoralarida yadro yoqilg’isi qolmagan va biz tuganmas "nol nuqta" quvvatidan foydalanishni o’zlashtirib olganmiz. Galaktika chekkasidagi sayyoralarda esa radioaktiv elementlar zaxiralari va, hattoki, yadro qurollarini ham topsa bo’ladi. Biroq o’sha tamaddunlar endigina rivojlanishning ikkinchi bosqichiga chihishgan va ularni hamdo’stlik tarkibiga kiritishga hali erta. Men barchangizdan bittadan yaxshi qurollangan armiya tayyorlashni iltimos qilmoqchiman. Lekin bu armiyalarning jangovar bo’lishiga unchalik ko’zim yetmayapti, chunki asrlar osha biz farzandlarimizni

boshha birovga ozor yetkazmaydigan qilib tarbiyalab kelmoqdamiz va ularning ruhiyati qonli urushga bardosh bera olmaydi. Shuning uchun armiyalarimiz negizini ikkinchi rivojlanish bosqichidagi tamaddunlar jangchilari tashkil etishi lozim. To’g’ri, urush davri munosabatlari ham ma'lum chegaralardan chiqib ketmasligi lozim va biz tahdid solayotgan falokatga bir chetda harab turmay, Galaktikamiz sarhadlarini qo’lda qurol bilan habih gernlardan ximoya qilishga qodir ana shunday sivilizatsiyalarni izlab topish uchun uchib ketyapmiz.

Komandor Mirnning ulkan yulduzkezari sariq mitti turkumdagi Yer sayyorasi tomon yaqinlashardi. Ekipaj a'zolari barcha kuzatuv tarmoqlarini ishga solishdi. Maxsus qurilmalar sayyoradagi global komp'yuterlar tarmog’i va sun'iy yo’ldoshlardagi kerakli ma'lumotlarni tahlillay boshladi. Katta ekranda sayyoradagi barcha qurol tizimlari haqidagi ma'lumotlar paydo bo’ldi. Komandor Mirn minglab ajraluvchi yadro kallakli qit'alararo mobil va statsionar ballistik raketalarni zavq bilan tomosha qilardi. Sayyoraning istalgan nuqtasidagi nishonni yo’q qilib tashlashga qodir bo’lgan atom

suv osti kematari va ularning malakali ekipajlari unda cheksiz zavq-shavq uyg’otdi. Ulkan raketa va uchoq tashuvchi kemalar suv osti kemalari bilan uzviylikda Orn okeanlarida gernlar qo’shinidan ustunlikni ta'minlab berishi shubha tug’dirmasdi. Tanklar, uchoqzar, raketalar va, eng muhimi, piyoda askarlar... Yerlik jangchilar qo’rqmasligi va buyruqlarni so’zsiz bajarishi bilan ajralib turishardi. Ular oqibatlari haqida o’ylab-netmay, pulemyot tepkisi yoki atom raketasini uchirish tugmasini bosa olardilar.

- Komandor! - ekipaj a'zolaridan biri hovliqib qoldi. - Milliardlab yerliklar qo’liga qurol olib, bizning olamimizni qutharib qolishi mumkin. Hatto ularning yosh bolalari ham komp'yuter o’yinlaridagi virtual olamda o’zi kabilarni gumdon qilib o’rgangan ekan. Markazga noyob topilma haqida xabar etkazishga ijozat bering.

- Bunga hali erta, - komandorning ovozida umidsizlik ohangi sezilib turardi. - Yerliklar bilan muloqot o’rnatib, ulardan yordam so’rashdan oldin mazkur tamaddunning Koinot kodekslariga hanchalik to’g’ri kelishini aniqlashimiz lozim. Biz sayyoradagi harbiy jihatdan eng qudratli bo’lgan ikki davlatdan yordam olishimiz mumkin edi. Lekin mazkur mamlakatlar hozirgi kunda urush holatida bo’lgani uchun buning iloji yo’q. Eng qudratli mamlakat bir necha yildan beri baland bo’yli, uzun soqolli va qo’lida avtomat ushlagan kimsa boshchilik qilayotgan handaydir tashkilot bilan urush olib bormoqda. Yana bir xarbiy jihatdan qudratli davlat o’z hududidagi urush bilan band. Sayyorada "terrorizm bilan jang" deb ataluvchi yangi jahon urushi ketmoqda. Biz urush holatida bo’lgan davlatlar bilan muloqotga kirishishimiz mumkin emas. Shu sababli biz yerliklarning Bosh kotibi bilan ham uchrasha olmaymiz. Ochig’ini aytsam, yaqin kelajakning komp'yuter modeli ham bizning muloqotimiz ijobiy natijalar berishini ko’rsatmayapti. Eng qudratli davlatlarning xarbiy salohiyatiga putur yetishi yangi jahon urushlarini keltirib chiharishi ham mumkin ekan. Xozirga kelib yadro quroliga intilayotgan davlatlarning soni ham ortib bormoqda.

- Lekin biz yordam evaziga tuganmas quvvat manbalaridan foydalanishni o’rgatib, ularga mutlaq qurol hadya qilishimiz mumkin-ku? - so’radi boyagi ekipaj a'zosi entikib.

- Erliklar mutlaq qurolni birovga harshi ishlatib ko’rmaguncha, uning qudratiga ishonishmaydi. Bu qurol xarbiy mojarolardan tiyib turish vositasi bo’la olmaydi. Mutlaq qurol sayyora shaharlari ustiga tashlangan atom bombasi emas. U butun sayyorani kunpayakun qilib tashlashga qodir. Afsuski Yerda bu yaqin orada urushlar to’xtaydiganga o’xshamaydi. Parvozga tayyorlaning. Yaqin koinotda yigirmaga yaqin shunday rivojlanish bosqichidagi tamaddunlar mavjud. Balki o’sha

sayyoralarda omadimiz kelar? Hozircha Ornga shunday deb xabar qiling:

"Erliklardan yordam kutmang..."
ISTILOCHILIK RUXSATNOMASI

- Yer taqvimi bo’yicha 2003 yilning 28 avgusti, - samoviy inspektor Ull ekrandagi Yer tasviriga tikildi. - Bugun ikki sayyora

- Yer va Marsning buyuk ro’para turish kuni. Shunisi qiziqki, bunday

yaqinlashuv oltmish ming yilda bir marta yuz beradi.

- Ular bizni payhab qolishmasmikin? - so’radi galaktikaviy komissiya a'zosi.

- Xavotirlanma, Pel. Biz Oyning teskari tomonida ishlaganimizda yerliklar u yoqha o’nlab yo’ldoshlarini va oyda yuruvchi ulovlarni jo’nata boshlashdi, yenginamizda turib, Oy sathining minglab suratlarini olishdi. Lekin bizning kuzatuvchi

stansiyalarimizni hatto payhashmadi ham. Shunga haramay, Galaktika Kengashi tavakkal qilmaslikka haror qildi va stansiyalarimizni Marsga ko’chirdi.

- Ammo Mars atrofidan ham tez-tez turli yo’ldoshlar uchib o’tishadi-ku, uning sathiga yerliklarning turli uchoqlari qo’nadi, hatto sayyoraning Yerdan jo’natilgan sun'iy yo’ldoshi ham bor. Biz tomonga bir nechta samo kemalari uchib kelishyapti, to’g’ri, hozircha ularning ichida odamlar yo’q. Odamlarning bu yoqha uchib kelishiga yana kamida yigirma yil bor.

- To’g’ri aytasan, yerliklar borgan sari surbetlashib borishmoqda. Ular o’zlarining Yerdagi muammolarini hal qilish o’rniga koinot tomon intilishyapti. Koinotda nimani yo’qotishgan ekan, bilmadim...

- Xullas, yerliklarning uchoqlari shunchalik jonga tegdiki, Kengashning ruxsati bilan ularning ba'zilarini urib tushirishimizga to’g’ri keldi. Galaktika Kengashi kuzatuv stansiyamizni Yupiter yoki Saturnga ko’chirish niyatida emas. Bu jarayon juda ko’p vaqt oladi, ayni damda esa nozikkina Yerda nimalar yuz berishini hech kim bilmaydi.

- Bugun ishimiz juda ko’p, Ull. Yerni istilo etish huquqini beruvchi ruxsatnomaga talabgorlar komissiya kengashini juda uzoq kutishdi. Agar ular o’z taxminlari haqligini isbotlay olishsa, Galaktika qonunlari majmuiga ko’ra biz ularga ruxsatnoma berishga majburmiz. Shunday qilib, Yerning taqdiri hal bo’ladi.

- E, hamkasaba, bu unchalik oson ish emas. Ammo, adolat albatta tantana qilishi shart. Bugun komissiyaning ishi tugashini kutayotgan mahluqsifatlarning hammasi ham avliyo emaslar. Ular Yerning ishlariga burun suhishga urinyaptilar. Biz ularga nisbatan beshafhat bo’lishimiz va asossiz ruxsatnoma olishlariga yo’l qo’ymasligimiz lozim.

Ull ekrandagi tasvirni kattalashtirdi va Yer kurrasidagi minglab yirik shaharlarning chiroqlari g’aroyib tarzda jilolana boshladi.

- Ular bugun sayyoralari taqdiri hal bo’lishi haqida tasavvurga ham ega emaslar, - dedi Ull.

- Yo’q, sayyoraning taqdiri emas, balki Yerda insoniyat faoliyati oqibatidagi olamshumul tabiiy halokatdan keyingi sayyoraning kelajagi desang to’g’riroq bo’ladi. Bo’pti, faylasufona mulohazalarni yig’ishtiramiz. Birozdan so’ng talabgorlar bilan suhbatlashish marosimini boshlashimiz lozim, - dedi Pel va vakillarni taklif etuvchi tugmachani bosdi.

Galaktika Kengashi vakolatxonasiga birinchi bo’lib Dalv yulduz tizimining elchisi kirdi. U meduzaga, to’g’rirog’i, tangachali meduzaga o’xshardi. Uning ulkan ko’zlari noksimon gavdasining ikki tarafidan chaqchayib turar, so’rg’ichli qo’llari esa yerlik sakkizoyoqlarinikiga quyib qo’ygandek o’xshardi.

Ull asosiy ma'lumotlar tugmachasini bosdi va sherigiga ma'noli nigoh tashladi.

- Yaqindagina sizning ruxsatnomangiz bekor qilingan ekan, - dedi Pel talabgorning gox, u goh bu ko’ziga harab.

- Bu bir necha yil avval yuz berdi, - bo’g’iq xirillagan ovozda dedi mahluq. - Biz Yerdagi ummon suvlari ostida tinchgina yashab, ruxsat etilgan istilo uchun qulay vaqtni kutayotgan edik. Ammo, Yer taqvimi bo’yicha 2000-chi Yilda ular bizga harshi

urush e'lon qilishdi.

- Urush? - haytib so’radi Pel va 2000 yil bo’yicha ma'lumotlarni tez harab chiha boshladi.

- Aynan shu - bizga urush e'lon qilinishi jarayonidir, -dedi maxluq ekrandagi tasvirni to’xtatib.

"Xayqirayotgan yerliklar olomoni ulkan, tog’orasimon kenglikda tantana qilishardi. Yonayotgan mash'alani boshi uzra baland ko’targan novcha, baquvvat ayol tizzasigacha suvda turardi. Kutilmaganda suv tagidan xuddi dalvliklarning fazo kemasiga o’xshab ketuvchi ulkan uchar likopcha ko’tarila boshladi. Junbushga kelgan olomonning hayqirig’i ostida ayol uchar likopchani yoqib yubordi, keyin esa, yonayotgan kemani handaydir xoda uchiga qo’ndirib qo’yishdi. Fazo kemasining mohirona yasalgan nusxasi o’n kundan ortiq yonib turdi va ushbu olov ostida yerliklar o’zlarining kuchi va epchilligini namoyish etdilar".

- Bu marosim urush e'lon qilinishi ekanligini haerdan bildingiz?- so’radi Ull.

- Bilasizmi, o’sha voqeadan so’ng ummon suvi ostidagi ko’pgina kemalarimiz qo’mondonlikning ruxsatisiz tepaga uchib chiha boshlashdi. Harbiylarning asablari dosh berolmay qolgandi. Yer ummonlarining o’ta ifloslangan suvlarida yashash nihoyatda qiyinlashib ketdi. Biron-bir kun yo’qki, neft yuklangan kema yoki atom qurilmasi o’rnatilgan suv osti kemasi cho’kmagan bo’lsa. Yana hech handay ko’ngilsiz voqea yuz bermaganini ta'kidlashadi, "Neftni yig’ib olamiz", "Yadro reaktorlarini to’xtatib qo’yamiz" deb lof urganlari ortiqcha. Oqibatda esa, o’zini boshhara olmay, ummon tubidan ko’tarilgan uchuvchilarimizdan teng yarmining shillig’ida ortiqcha miqdorda radiatsiya bo’lgani aniqlandi.

- Shu voqeadan keyin Galaktika Kengashi sizning ruxsatnomangizni olib qo’ydimi? - so’radi Pel.

-Ha, ha, to’g’ri topdingiz, - maxluq shaklsiz og’zini iljaygan qiyofaga kiritishga urindi. - Ammo bizning kemalarimiz o’t ochmadilar. Shunchaki, yerliklarning yuz berishi ehtimol bo’lgan xujumiga tayyorlanishdi, xolos. Hozir yerliklar istagan kimsasini gumdon qilishga qodirlar. Ularning shunahangi dahshatli qurollari borki! Biz bir nechta cho’kib ketgan suv osti kemalarini tekshirib chiqdik. Yadro raketalari, torpedalar va...

- Bularni bahona qilib, sayyoradagi desantingizning xatosini oqlay olmaysiz. Kengash sizning ruxsatnomangizni bekor qilib, to’g’i yo’l tutganligini ta'kidlashimiz lozim,- sovuqqina dedi Ull va eshikni ko’taruvchi tugmachani bosdi. Bu bilan maxluqha suhbat tugagani bildirildi.

- Ma'zur tutasiz,- meduzaning ko’zlari moviy tusga kirdi, tangalari tikrayib, yaraqlay boshladi.-Bizning ma'lumotlarimizga haraganda, hozirgina yana bir atom qurilmasi o’rnatilgan suv osti kemasi ummon suvlariga cho’kib ketgan va salbiy ta'sirlar oqibatida sayyoradagi tamaddunning halok bo’lishi ehtimoli yanada oshgan. Voqealarning bunday rivoji, sayyora istilosiga da'vogarlik qilishimizga huquq beradi. Bir qultum suv uchun bo’ladigan janglarga unchalik uzoq vaqt qolgani yo’q. Bu omillarning barini nazarda tutgan holda, istilo ruxsatnomasini berishga majbursiz.

- Ammo Yerni urushdan keyin egallash ruxsatnomasi sizga emas, boshha vakillarga tegishli,-dedi Pel.-Qolgan kemalaringizning sayyora ummonlari ostida bo’lishiga ruxsat berilgani uchun Kengashga tashakkur bildirishingiz lozim.

Mabodo, Yer sivilizatsiyasi halokatining ummonlar "o’limi" bilan bog’likligi tasdiqlansa, yangi ruxsatnoma olishga yetarlicha vaqtingiz bo’ladi.

Noksimon meduza tangachalarini xurpaytirib, eshik tomon yo’naldi.

- Men shikoyat qilaman. Bizga rad javobi berishga haqqingiz yo’q edi...

Ruxsatnoma uchun navbatdagi talabgor bundan o’ttiz ming yillar chamasi muhaddam Yer yuzidan sirli tarzda yo’qolib ketgan neandertal odamlariga o’xshab ketardi. Uning egnidagi charm kiyimning yohasi ostidan va yenglaridan uzun-uzun tuklar tikrayib chiqib turar, baquvvat jag’lari esa nimanidir tinimay kavshardi.

- Qulog’imiz sizda, - dedi Ull va qo’llarini ko’ksida qovushtirib, oromkursiga yastandi.

- Bizning Yerga eng yaqin bo’lgan Xoron yulduz tizimidagi tamaddunimiz og’ir davrlarni boshdan kechirmoqda. Sayyora aholisining miqdori chegara nuqtasiga yetdi. Biz Galaktika Kengashi qonunlari majmuasining 23575-chi moddasi 3677-hismi

784-bobiga binoan Yerning bir hismiga egalik qilish huquqiga egamiz. Bizning ajdodlarimiz hachonlardir Yerda yashashgan. Ularni ixtiyorlariga zid ravishda Xoronga ko’chirishgan.

- Neandertal odamlari qirilib ketishga mahkum edilar. Shuning uchun ham ularning tirik qolganlarini yaqinroqdagi yulduz tizimiga olib ketishgan, - dedi Pel va ko’chirilish yilnomasini hayol kuchi yordamida ekranga chihardi.

"Minglab uxlatib qo’yilgan yer irqi vakillari kibrobotlar yordamida ulkan yulduzkezar kemaga joylandi. Yerda qolayotgan kroman'on odamlari uchib ketayotgan kema ortidan tosh boltalarini silkitib qolishdi".

- Bu dalillardan so’ng ham sayyorani qurol yordamida egallash uchun ruxsat olmoqchimisiz? - hayratlanib so’radi Ull.

- Nima bo’pti? - talabgorning basharasida qilt etgan o’zgarish sezilmadi. - Yaqinda yerliklar fazoviy urush tizimlari bilan qurollanishadi. Sayyorada "Yulduzli urushlar" deb ataluvchi janglar rejalari jadallik bilan ishlab chiqilmoqda.

Bir hancha muddat avval qudratli davlatlardan birining rahbari "Erliklar fazoviy bosqinchilarning ham adabini berib qo’yishga qodirlar" deb og’iz ko’pirtirgandi. Biz hujumni Galaktik Kengash talablariga bo’ysungan tarzda amalga oshirib, yerliklar bilan teng sharoitda jang qilamiz. Fikrimcha, bir vaqtlar biz uchun hadrdon bo’lgan sayyoraning bir bo’lagini egallab olishni uddalaymiz.

- Erliklarga harshi harbiy harakatlarni hachon boshlamoqchisiz? -ensasi qotib so’radi Ull.

- Ular qurollanishning samoviy tizimlarini ishga tushirganlari zahotiyoq. Ishonavering, bu tez orada yuz beradi.

- Sizlarning ishtirokingiz bilan, albatta, - istehzo bilan dedi Pel.

- Tushunmadim, nimaga sha'ma qilyapsiz? - neandertalning yonoqlari bo’rtib chiqhan yuzi hayratdan cho’zilib, tinmay kavshayotgan jag’lari harakatsiz qotdi.

- O’zingizni sodda-mug’ombirlikka solmay qo’ya qoling, illo insonsifat vakillaringizning yerdagi jarayonlarga aralashayotganlari haqida hamma ma'lumotlarga egamiz. Sizlarning vakillaringiz Yerdagi eng qudratli mamlakatda o’tayotgan saylov

jarayonida to’s-to’polon yuz berishida bevosita ishtirok etishgan. Natijada esa komp'yuterlar vatani hisoblanmish mamlakatda saylov qog’ozlarini qo’lda hisoblashga majbur bo’lishdi va, balki shu tufaylidir, mamlakatda yulduzli urushlarni avj oldirish dasturi tarafdorlari yutib chihishdi. Men, Galaktika Kengashining a'zosi sifatida sizning istilo ruxsatnomasiga bo’lgan talabingiz rad etilganini bildiraman va odamsifat vakillaringizni Yer sayyorasidan olib chiqib ketishingiz uchun ikki kun muhlat beraman.

Ha, ha, hammasini, hatto yerliklar "Yeti", ba'zan "Kor odami" deb atovchi vakillaringizni ham xech istisnosiz olib keting. Aks xolda, sizga nisbatan qat'iy choralar ko’riladi, hattoki, sayyorangiz harbiy yulduzkezarlar bilan qamal qilinishi ham mumkin.

- Biz Galaktika Kengashining talablariga bo’ysunishga majburmiz. Qurollanishning samoviy tizimlari qabul qilinganidan so’ng Yer ulkan xavf ostida qolishi mumkni. Biz esa bobokalonlarimiz yeriga tinchlik va xotirjamlik olib kelishimiz mumkin. Galaktika Kengashi o’z qarashlarini o’zgartirishini sabrsizlik bilan kutamiz, - dedi neandertal hurmat ila ta'zim qilib va tezroq chiqib ketishga shoshildi. U juda qo’rqib ketgandi. Sayyorasi harbiy yulduzkezarlar bilan o’rab olinishi yaxshilikka olib bormasligini u juda yaxshi bilardi.

Navbatdagi talabgorning faqat gavda tuzilishigina yerliklarni g’ira-shira eslatardi. Unnng silliq boshida bitta ham tuk yo’q, burni va og’zi o’rnida kichkinagina tirhishlar bor edi, xolos. To’g’ri, faqat fikriy muloqotda bo’lish va ovqatdan to’liq voz kechish oqibatida og’iz faoliyati ham kerak bo’lmay qolgandi. Ammo Katta Ayiq yulduz turkumi vakili ruxsatnoma beruvchi komissiya a'zolari qarshisida bosiq va yoqimli ohangda gap boshladi.

"Bu aslo uning ovozi emas, - deb o’yladi Pel. - Afgidan, bosh... e-e, fikrlovchi a'zo bilan bog’langan mitti uskuna yordamlashayotgan bo’lsa kerak".

- Biz Yer orbitasini egallash uchun ruxsatnoma olmoqchimiz.- dedi Katta Ayiq yulduz turkumi vakili. - Ya'ni, yoritqichdan bir yuz ellik million kilometr masofada joylashgan orbitani nazarda tutayapmiz.

Ull va Pel beixtiyor bir-birlariga qarab olishdi. Birinchi bo’lib Pel so’zga kirdi:

- Xo’sh. sizningcha, Yerni qayoqqha gumdon qilishimiz ksrak? Balki uni barcha jonzotlari bilan birga Pluton orbitasidan tashqariga uloqtirarmiz?

- Ertami-kechmi, shunday bo’lishi ham kerak,- dedi talabgor va o’z fikrlarining rivojini ekranga o’tkazdi. - Sizga ma'lumki, sayyoraliklar aybi bilan ozon qatlamining kamayitshaga olib keladigan jarayonlar kuchayib ketgan. Buning oqibatida, yoritqichning ul'trabinafsha nurlari sayyoradagi barcha jonzotlarga xavf sola boshladi.Ekranda ozon qatlami holati va uning yo’qolishidan kelib chiquvchi salbiy asoratlar haqidagi ma'lumotlar paydo bo’la boshladi.Ozon miqdorining kamayishi, - deb davom etdi talabgor, -atmosfera ulkan qatlamining ionlashishiga olib keladi, bu esa

sayyoraning elektromagnit ko’rsatkichlaridagi me'yor buzilishlariga sabab bo’ladi. Yerliklarning gravitatsiya elektr jarayonlariga dahldor emas, deb ta'kidlashlari noto’g’ri. Shunday qilib, sayyora salbiy potensiali hajmining oshishi gravitatsiya doimiyligining o’zgarishiga olib keladi. Buning oqibatida sayyora quyoshga "qulab tushishi" yoki alohida xolatlarda quyosh tizimidan tashqariga uchib ketib qolishi mumkin. Biz mazkur oqibatlar natijasida bo’shab qolishi mumkin bo’lgan Yer orbitasini egallashga ruxsat so’raymiz.

- Sayyora zaryadining o’zgarishi haqida batafsilroq so’zlab bersangiz, - dedi Pel. - Umuman olganda, gap zaryadlarning o’zaro bir-biriga tortilishi yoki itarilishi haqida bormoqda.

- Albatta, men batafsilroq va tasvirlari bilan tushuntirib beraman, - dedi talabgor ekranga ishora qilib.

-Ma'lumki, quyosh -musbat, Yer esa - manfiy zaryadlangan va ular o’zaro elektromagnit muvozanatidadirlar. Agar ozon qatlami kamaysa, yulduzning ul'trabinafsha va rentgen nurlanishi Yerga osongina o’tib ketadi. Buning natijasida nafaqat turli xastaliklar soni ortadi, balki atmosferaning yuqori qatlamlarida katta ionlashish yuzaga keladi va Yerning manfiy potensiali oshadi. Ba'zi olimlar allaqachonoq sayyoraning elektr maydoni kuchlanganligi shiddatli o’sayotganidan tashvishga tushmoqdalar. O’ttiz yil muqaddam bu ko’rsatgich bir metrga 126 vol't bo’lgan bo’lsa, hozir bir metrga 150 vol'tga yetdi.

Bor-yo’g’i yigirma yil ichida sayyoraning elektr zaryadi 20 foizga oshdi. Bu esa, o’z navbatida, Yerning yulduz tomon tortilishini kuchaytiradi va ular orasidagi masofa sezilarli kamaymoqda. Yangi asr boshidan Yerda kuzatilayotgan jazirama issiqlik sayyoraning Quyoshga tobora yaqinlashayotganidan dalolat bermoqda.

- Hammasi tushunarli, - uning gapini bo’ldi Pel. - Turli ishorali zaryadlar bir-biriga tortiladi va Yer yulduz tomon intiladi. Juda qiziq. Sayyoraning o`z orbitasidan chiqib, Koinotga uchib ketish ehtimoli haqida nima deya olasiz?

- Bu - yerdagi yadro urushi oqibatida yuz berishi mumkin. Yadro portlashlari ta'sirida atmosferaga juda katta miqdordagi kul va chang ko’tarilib, quyosh nurlarini o’tkazmay qo’yadi. Natijada, havo qatlamlarining ionlashuvi kamayib, sayyoraning elektr potensiali musbat zaryadga o’zgaradi. Quyosh bilan o’zaro itarilishuv oqibatida sayyoraning ochiq koinotga uchib ketish ehtimoli ortadi.

- Agar sir bo’lmasa, bu orbitani nima qilmoqchisizlar? -so’radi Ull. - Bironta sayyorani tortib kelasizlarmi?

"Talabgorning qorachiqsiz ko’zlari salgina kengaygandek bo’ldi.

- Mutlaqo to’g’ri. Biz ushbu loyihani amalga oshirish maqsadida maxsus samoviy shatakchini yaratmoqdamiz. U judayam ulkan va og’ir bo’lgani uchun quyosh tizimigacha uzoq yillar davomida uchib keladi.

Agar yerliklar es-hushlarini yig’ib olishmasa va vaziyatni o’zgartrishmasa, biz yuqorida tilga olgan tahminlar voqelikka aylanadi. Bo’shab qolgan orbitaga biz ikkinchi sayyorani tortib olamiz. Mabodo buni eplay olmasak, bu orbitaga o’lchami sal kichikroq bo’lgan to’rtinchi sayyorani tortib kelamiz...

Ull va Pel maslahatlashib olgach, talabgorga yoritqichdan bir yuz ellik million kilometr masofadagi orbitani egallash uchun ruxsatnoma berilishini ma'lum qilishdi.

Janubiy Xoch yulduz turkumi vakili ruxsatnoma beruvchi komissiya vakillari huzuriga inson qiyofasida, oppoq himoya kiyimida kirib keldi.

- Meni afv etasizlar, - tavoze bilan gap boshladi talabgor komissya a'zolari yaxshi tushunadigan yer tillaridan birida.- Men hozirgina u yoqdan keldim, - u boshi bilan Yer tomon ishora qildi. - Biz bo’m-bo’sh sayyoraga qo’nadigan kun ham yaqin qoldi.

- Sayyorada uzoq vaqt yashadingizmi? - so’radi Ull talabgorni ko’zdan kechirarkan.

"Qisiq ko’zlari va past bo’yiga qaraganda, Osiyoning qaeridadir yashagan, shekilli". o’yladi Ull.

- Men Yerda yigirma yildan ko’proq yashadim. Biz Yerga inson immuntanhisligi virusi tarqala boshlagan kezlarda yetib kelganmiz. Hozir Yerda o’nlab million insonlar bu virusni yuqtirib olishgan, kattalar va bolalar orttirilgan immuntanhisligidan azob chekishmokda. Halok bo’lganlarning soni esa o’nlab milliondan oshib ketgan.

- Shu kasallik tufayli odamzot butkul yo’qolib ketganidan so’ng Yerni egallash uchun ruxsatnoma olmoqchimisiz? - Pel ushbu virus tarqalishining asoratlarini ko’rsatuvchi raqamlar ustunini diqqat bilan ko’zdan kechira boshladi. - Hafsalangizni pir qilishga majburman: tez orada yerliklar ushbu virusga qarshi vaksina topishadi.

Talabgorning shusiz ham hisiq ko’zlari suzilib, ipdek ingichka chiziqqa aylandi. Ammo u o’zini yo’qotmadi va gapida davom etdi.

- Agar hamma gap faqat shu virusda bo’lganida, biz allaqachon boshqa sayyorani izlab uchib ketgan bo’lardik. So’nggi yillarda Yerda nafaqat odamlar, balki hayvonlar orasida ham o’nlab bedavo kasalliklar paydo bo’ldi. Yaqinda paydo bo’lgan nafas yo’llari bilan bog’liq virus minglab insonlarning yostig’ini quritdi va tez orada yana qaytishi mumkin.

Ammo Pel ham bo’sh kelmasdi.

- Yer tarixida millionlab insonlarning hayotiga zomin bo’lgan ko’plab yuqumli kasalliklar tarqalgan. Yaqin kelajakda insoniyat qandaydir viruslar yoki boshqa infeksiyalar oqibatida qirilib ketishi mumkinligini qanday asoslaysiz?

Anchadan beri og’ziga talqon solgandek jim o’tirgan Ull ham suhbatga aralashdi:

- Nafas olish a'zolari xastaliklarini keltirib chiqaruvchi yangi virusdan xabarimiz bor. Aftidan, ushbu kasallik paydo bo’lgan mamlakat odamlarining qiyofasiga bejiz kirmagan ko’rinasiz. Xo’sh, o’sha virusning tadqiqoti qanday natija berdi?

- Hammaga ma'lumki, bu virus sayyoradagi aholisi eng ko’p bo’lgan mamlakatdan tarqaldi. Yaqinda Yer aholisi soni yetti milliarddan ortib ketadi. Yerliklar sayyora resurslarini shafqatsizlik bilan talon-taroj qilmoqdalar. Shunisi qiziqki, insonlar sayyoradagi muammolarni yechish va insonlar hayotini yaxshilash o’rniga urushlar qilmoqdalar, katta mablag’larini qurollanishga sarflamoqdalar. Ma'lumki Yer sayyorasi o’ziga xos ongga ega. Bizning tadqiqotlarimiz ushbu dahshatli viruslarni sayyoraning o’zi bunyod etayotganini ko’rsatmoqda. Bugun ulardan birini qushlar bir qit'adan boshhasiga tashib o’tishayapti. Tez orada yangi gripp xuruji millionlab insonlar hayotiga xavf solishi mumkin. Demak, Yerning o’zi insonlardan qutulishni istayapti. Agar insonlar o’z xatolarini anglab, tabiat bilan uyg’unlikda yashashga moslasha olmasalar o’zlarini halokatga maxkum etgan bo’ladilar..

- Axborotingiz uchun, insonlar Yerning ongi mavjudligini anglab yetishgan,- luqma tashladi Pel.

- Shundaya bo’lsa bordir, - dedi Ull. - Ammo eng asosiysi, yerliklar mana shu voqelikni anglaganlaridan so’ng ham biror narsani o’zgartirishga shoshilmayaptilar. Agar maqsadingizni to’g’ri tushungan bo’lsak, sizlar odamzot turli infeksiya va kasalliklardan qirilib ketganidan so’ng sayyorani egallashga talabgorsiz. Lekin siz ham juda uzoq vaqt kutishingiz mumkin.

- Bizni to’gri tushunganingizdan xursandman, - dedi Janubiy Xochning qiyiq ko’zli vakili. - Biz judayam toqatlimiz.

Yerdagi ahvol shu tariqa qolaversa, maqsadimizga juda tez erishamiz.

- Siz ruxsatnoma olasiz,-e'lon qildi Ull va xursandligidan og’zi qulog’iga yetayozgan tatabgor bilan bosh irg’ab xayrlashdi.

Navbatdagi talabgor xam hozirgina Yerdan yetib kelgan va o’z qiyofasiga kirishga ulgurmagandi. Pel va Ull qarshilarida turgan zamonaviy kiyim kiygan, qirq yoshlar atrofidagi, ko’zoynak taqqan Yer irqi vakilini boshdan-oyoq ko’zdan kechirishdi. Ko’rinishidan Sentavr yulduz turkumining qiyofasini o’zgartirgan vakili Yerda jiddiy ilmiy xodim bo’lib ishlardi. Ull qiyofa almashtirish qurilmasini yoqdi va talabgorning asl qiyofasini ko’zdan kechira boshladi. Sentavrning past bo’yli, tuxumbosh vakilkning yoshi mingdan oshib ketgan, sayyoralarni ruxsatnoma bilan egallash borasida yaxshigina xizmat ro’yxatiga ega edi.

Katta tajribaga ega talabgor komissiya a'zolariga ta'zim qildi va fikrini bayon qilishga tushdi:

- Er taqvimi bo’yicha o’tgan asrning oxirlarida sayyorada iqlim o’zgarishi jarayoni jadallik bilan rivojlana boshladi. Bunga Yer atmosferasi tarkibidagi karbonat angidrid gazi miqdorining keskin oshishi sabab bo’ldi. Bu holatni yerliklarning o’zi

"Issiqxona effekti”deb atashdi. Shunday qilib, ayni shu effect samarasi o’laroq quyosh nurlari sayyora sathida tutilib qoladi va uning harorati tinimsiz oshib boraveradi. O’z navbatida bu Yerdagi iqlimning olamshumul o’zgarishiga sabab bo’lgan.

- Bu haqda juda yaxshi bilamiz, - dedi Ull va nazarini ekrandagi Yer tasviriga qaratdi. - Xo’sh, iqlim o’zgarishi qanday qilib sayyorada oxir zamon yuz berishiga sabab bo’ladi?

- Men yerdagi yirik taqiqot markazining yetakchi xodimiman va ishonch bilan aytishim mumkinki, yerliklar sobitqadamlik bilan samoviya fojia tomon intilmoqdalar. Ma'lumki, sayyora o’z o’qi va quyosh atrofidagi orbita bo’ylab qiyalama holatda aylanib turadi. Yerning og’irlik markazi muzlari ko’p bo’lgan qutblardan o’tadi. Ammo bir necha yil davomida bu mangu muzliklar jadallik bilan eriy boshladilar. Hozir dunyo ummonining sathi juda tez ko’tarilayapti, ulkan suv massalari qutblardan sayyoraning ekvatorial hismiga oqib o’tmoqda. Sayyora gravitatsiya doimiyligining tez o’zgarishi yaqin orada Yerning "umbaloq oshishi”ga olib kelishi mumkin. Agar shunday hol yuz bersa, unda Yer sivilizatsiyasi xalokatta maxkum bo’ladi. Minglab metrli dahshatli sunami to’fonlari, bo’ronlar va zilzilalar tiriklikni butkul yakson etadi. Hatto samoviy orbitalarda ham, baland tog’lar yoki qorlarda xam xech kim jon saqlolmaydi.

- Nima, yerliklar bu halokatni bartaraf etolmaydilar, deb o’ylaysizmi? - so’radi Pel.

- Ular bu borada nimadir qilishga urinishmoqda, - talabgor o’zini yerliklar taqliridan tashvishlanayotgandek qilib ko’rsatdi. - Ammo, atmosferaga eng ko’p miqdordagi karbonat angidrid gazini chiqarib tashlayotgan Yirik davlatlar bu ogoxlantirishlarga quloq osmayaptilar. Yaqinginada sayyoradagi barcha hukumatlar rahbarlarini yig’ib, energiya ishlab chiqarishning noan'anaviy usullariga o’tish masalasini xal etishga behuda urinib ko’rishdi. Bu da'vatlar javobsiz qolmaganida, maqsadimiz amalga oshishini juda uzoq kutishimizga to’g’ri kelgan bo’lardi.

- Biz Yerdagi voqealarning rivojlanish ehtimollarini ko’rib chihishimiz va shunday bo’lishiga ishonch hosil qilishimiz lozim. Faqat shundan so’ngina sizga sayyorani egallash uchun ruxsatnoma beramiz, - dedi Ull.

- Bunga ko’p vaqt ketmaydi, - Pel hamkasbining fikrini davom ettirdi. -O’z qarorimiz haqida sizga xabar beramiz.

Sentavr yulduz turkumining vakili Galaktika komissiyasi kengashi xonasini yaxshi kayfiyatda tark etdi.

Eshik yonida esa sayyoralarni ovlovchilar to’planib turishardi.Marsdagi samoviy stansiyaning ulkan illyuminatoridan ko’rinib turgan Yer kurrasi quyosh nurlariga chulg’anib, juda jozibador jilolanardi. Istilo ruxsatnomasiga ega bo’lgan baxtiyorlar esa yulduzlar aro tovlanayotgan moviy sharchaga suqlanib boqardilar. Ularning har biri o’zining taxmini to’g’ri chihishini shunaqangi orzu qilardiki...


Download 317 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish