4. Fermer xo`jaliklarida tabiiy resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish imkoniyatlari.
4.1. Yer resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish imkoniyatlari.
Qishloq xo’jaligida yer resurslaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi xo’jaliklarga berkitilgan yer resurslardan foydalanish samaradorligi sifatida ham, qishloqxo’jaligiga yaroqli yer va uning alohida turlari bo’yicha foydalanishning samaradorligi sifatida ham xarakterlaydigan ko’rsatkichlar tizimi orqali ifodalanishi mumkin. Ko’rsatkichlarning bir qismi turli xil yer resurslari maydonlari hajmining miqdoriy o’zgarishlarini xarakterlaydi va ma’lum darajada ulardan foydalanishning ekstensiv xarakterini aks ettiradi, boshqa qismi yerdan foydalanishning intensiv darajasini xarakterlaydi, ya’ni 1 gektar maydon hisobiga to’g’ri kelgan u yoki bu ishlab chiqarish samarasini aks ettiradi.
Qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlardan foydalanish samaradorligini xarakterlaydigan ko’rsatkichlarga, shuningdek dehqonchilik, chorvachilik alohida mahsulotlarini ishlab chiqarishning, shuningdek tarmoqlar va butun qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining rentabelligi ham kiradi.
Taqqoslanadigan xo’jaliklarda yer resurslaridan foydalanishning samaradorligini baholashda qishloq xo’jaligiga yaroqli yer turlari (haydaladigan yer, pichanzor, yaylov) o’rtasidagi, ya’ni tuproq unumdorligi o’rtasidagi farqni hisobga olish zarur. Buning uchun yerni iqtisodiy baholash ballaridan foydalaniladi. Taqqoslama (kadastr) yer maydonidan olingan u yoki bu mahsulotni yoki hosildorlikni aniqlash uchun haqiqiy ko’rsatkichni 100 ga ko’paytirib va yer bahosi balliga bo’lish kerak. Masalan: 1 ga yerdan olingan g`alla hosildorligi 42 sentner bo’lib, shu yerning iqtisodiy bahosining balli 90 ga teng bo’lsa, u holda 1 gektar kadastr maydonidan olingan hosildorlik 46,7
(42x 100:90=46,7) sentnerni tashkil etadi.
Qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni ko’paytirishning zaruriy sharti, hozirgi vaqtda ayni dolzarb masala bo’lgan, yer resurslaridan foydalanish samaradorligini sezilarli darajada oshirish hisoblanadi. Chunki hozirgi vaqtda respublikada ham, viloyatda ham asossiz ravishda qishloq xo’jaligidagi unumlm yerlar oborotdan chiqarilib, sanoat va grajdan qurilishiga, aholiga uy-joy qurish uchun berib yuborilmokda. Tuproq erroziyasi, yerdan xo’jasizlarcha foydalanish va boshqa omillar ham yerdan foydalanishga salbiy ta’sir ko’rsatmokda.
Bozor munosabatlariga o’tish, yerga nisbatan davlat mulki monopoliyasini va markazlashtirishni bekor qilish, yer munosabatlarining bozor iqtisodiyoti tizimiga faol kirib borishini taqozo etadi.
Yer resurslaridan yuqori, samarali foydalanish—qishloq xo’jaligi ekinlari hosildorligini ko’paytirish va tuproq unumdorligini oshirish ta’siri ostida bo’ladi.
Quyidagi jadvalda biz fermer xo`jaliklaridagi o`simlikchilik mahsulotlari hosildorligini tahlil qildik. Unga ko`ra tuman fermer xo`jaliklarida hosildorlik darajasi turli darajada o`zgargan. 2012-yilda bug`doyning hosildorligi 57,4 ts/gani tashkil etib, 2010-yilga nisbatan 13,2 tsentnerga oshgan. Bunday o`sish pomidorda 2,9 tsentnerni, kartoshkachilikda 10 tsentnerni, tamakining Dyubek navida 3,3 tsentnerni va uzumchilikda 51,1 tsentnerni tashkil etgan. Ammo, arpaning hosildorligi 16,8 tsentnerga, sabzavotlar 42,6 tsentnerga, Tamakini Izmir navida 2,2 va Basma navida 0,1 tsentnerga, meva 34,5 tsentnerga kamayish kuzatilgan. Tamakining Dyubek navida hosidorlik darajasi oshgan bo`lsada, uning maydonining 526 gektarga qisqarishi natijasida yalpi hosili 660,3 tonnaga kamaygan.
9-jadval
Urgut tumani fermer xo`jaliklarida o`simlikchilik mahsulotlari hosildorligining o`zgarishi
T/r
|
Ekin turlari
|
2010-yil
|
2011-yil
|
2012-yil
|
2012-yilda 2010-yilga nisbatan o`zgarishi
|
Maydoni, ga
|
Yalpi hosil, t
|
Hosildor-lik, ts/ga
|
Maydoni, ga
|
Yalpi hosil, t
|
Hosildor-lik, ts/ga
|
Maydoni, ga
|
Yalpi hosil, t
|
Hosildor-lik, ts/ga
|
Maydoni, ga
|
Yalpi hosil, t
|
Hosildor-lik, ts/ga
|
1
|
Boshoqli don
|
8100
|
33200
|
41,0
|
6700
|
31760
|
47,4
|
8100
|
41540
|
51,3
|
0
|
8340
|
10,3
|
|
sh.j.dan Bug`doy
|
6648
|
29367
|
44,2
|
6605
|
31418,5
|
47,6
|
7067
|
40548
|
57,4
|
419
|
11181
|
13,2
|
|
arpa
|
1452
|
3833
|
26,4
|
95
|
341,5
|
35,9
|
1033
|
992
|
9,6
|
-419
|
-2841
|
-16,8
|
2
|
Sabzavot jami
|
640
|
14450
|
225,8
|
1364
|
26189
|
192,0
|
1364
|
24985
|
183,2
|
724
|
10535
|
-42,6
|
|
sh.j.dan pomidor
|
175
|
4500
|
257,1
|
175
|
4900
|
280,0
|
175
|
4550
|
260,0
|
0
|
50
|
2,9
|
|
piyoz
|
150
|
3300
|
220,0
|
210
|
4560
|
217,1
|
210
|
4620
|
220,0
|
60
|
1320
|
0,0
|
|
boshqa sabzavotlar
|
315
|
6650
|
211,1
|
979
|
16729
|
170,9
|
979
|
15815
|
161,5
|
664
|
9165
|
-49,6
|
3
|
Kartoshka
|
265
|
4800
|
181,1
|
450
|
11610
|
258,0
|
665
|
12713
|
191,2
|
400
|
7913
|
10,0
|
4
|
Tamaki jami
|
7597
|
9133,3
|
12,0
|
7597
|
8211,9
|
10,8
|
7254
|
8064,5
|
11,1
|
-343
|
-1068,8
|
-0,9
|
|
sh.j dan Dyubek
|
1516
|
2840,3
|
18,7
|
1449
|
2365,3
|
16,3
|
990
|
2180
|
22,0
|
-526
|
-660,3
|
3,3
|
|
Basma
|
1074
|
1188,4
|
11,1
|
1479
|
1407,9
|
9,5
|
1330
|
1463
|
11,0
|
256
|
274,6
|
-0,1
|
|
Izmir
|
5007
|
5104,6
|
10,2
|
4669
|
4438,7
|
9,5
|
4610
|
3688
|
8,0
|
-397
|
-1416,6
|
-2,2
|
|
Verjiniya
|
|
|
|
|
|
|
324
|
733,5
|
22,6
|
324
|
733,5
|
22,6
|
5
|
Uzum
|
4216
|
19980
|
47,4
|
4908
|
34356
|
70,0
|
4908
|
48321
|
98,5
|
692
|
28341
|
51,1
|
6
|
Meva
|
260
|
3011
|
115,8
|
260
|
2106
|
81,0
|
260
|
2115
|
81,3
|
0
|
-896
|
-34,5
|
7
|
Yem xashak ekinlari
|
802
|
12672
|
158,0
|
1465
|
19777
|
135,0
|
1544
|
20072
|
130,0
|
742
|
7400
|
-28,0
|
|
Jami
|
21880
|
x
|
x
|
22744
|
x
|
x
|
24095
|
x
|
x
|
2215
|
x
|
x
|
Urgut tumani qishloq va suv xo’jalik bo’limi ma’lumotlari asosida tuzilgan
Bu omillar yerga bo’lgan mulkchilik va zonalararo ilmiy asoslangan dehqonchilik sistemasidir.
Birinchi guruh omillar, bu yerga bo’lgan mulkchilik bo’lib, uning shakllari quyidagilardan kelib chiqadi:
-
Yerga bo’lgan xususiy mulk;
-
Yerga umrbod merosli egalik qilish;
-
Yerdan foydalanish;
-
Yerni ijaraga berish;
-
Yer uchun to’lov.
Yer resurslaridan samarali foydalanishning umumlash-tiruvchi ikkinchi guruh omillari ilmiy asoslangan dehqonchilik sistemasi bo’lib, u tuproq unumdorligini tiklaydigan, saqlay-digan va oshiradigan, dehqonchilik mahsulotlari ishlab chiqarishning qulay sharoit yaratishga yo’naltirilgan, kompleks o’zaro aloqador agrotexnik, meliorativ va tashkiliy-iqtisodiy tadbirlarni ifodalaydi.
Respublikamizda ishlab chiqilgan ilmiy asoslangan dehqonchilik sistemasi ekin maydonlaridan intensiv foydalanishga yo’naltirilgan quyidagi katta kompleks tadbirlarini o’z ichiga oladi;
1.Tuproqning iqtisodiy umumdorligini oshirish bo’yicha amalga oshiriladigan meliorativ tadbirlar sistemasi (sug’orish, zaxni qochirish, ximiyaviy meliorasiya va boshqalar).
2.Tuproqni ishlashining ilmiy asoslangan sistemasi (Akad. Muhammadjonov tavsiyasi).
3.Almashlab ekish sistemasi.
4.O’g’itlash sistemasi.
5.Urug’chilik.
6.Begona o’tlar bilan, qishloq xo’jalik ekinlari kasalliklari bilan kurashuvchi tadbirlar sistemasi.
7.Suv va shamol erroziyasiga qarshi kurash tadbirlari sistemasi.
8.Dalalarni himoya qiluvchi o’rmonzorlar barpo qilish.
Yer resurslarini muhofaza qilish va foydalanishni nazorat qilishni amalga oshirish ishida muhim rolni monotoring o’ynaydi. Yer monitoringi, yerdan foydalanishda salbiy (negativ) jarayon oqibatlarini bartaraf etish va ogohlantirish, yer resurslaridan o’zgarishlarni aniqlash, ularni baholash uchun yer resurslari holatini kuzatish sistemasini ifodalaydi. Monitoringning vazifasi, shuningdek davlat tomonidan yerlarni muhofaza qilish va undan foydalanishni nazorat qilishni, hamma davlat, kooperativ va boshqa korxona va tashkilotlar, shuningdek fuqarolarni yer resurslarini muhofaza qilish va samarali foydalanish maqsadida yer qonunchiligi talablariga qat’iy rioya qilishni ta’minlashni amalga oshirishdan iborat.
4.2. Qishloq xo'jaligida suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish imkoniyatlari.
Tabiiy va xo’jalik sharoitlaridan kelib chiqib yerni sug’ormay ekinlardan mo’l hosil yetishtirish mumkin emas. Ekinlarni o’sish davrida me’yoridagidek rivojlanishi uchun kerakli oqova suvni sug’orish maydonida bir tekis taqsimlash, suvni tuproq va havo namiga aylantirib berishga qaratilgan tadbirlar majmuasi sug’orish usuli deb yuritiladi.
O’zbekiston Respublikasining tabiiy–iqlim sharoitlari qurg’oqchil mintaqaga mansubdir, shuning uchun sug’orish ishlari asosan egatlar orqali, taxtalarga va cheklarga bo’lib amalga oshiriladi.
Sun’iy sug’orish o’tkazilganda quyidagilar ta’minlanishi kerak:
- yuqori ish unumdorligi;
- kam suv sarflab, yuqori meliorativ ko’rsatgichlarga erishish;
- sug’orish tarmoqlarining yuqori texnik ko’rsatgichlarga ega bo’lishi va boshqalar. Sun’iy sug’orish yaxshi natija berishi uchun bu jarayon o’rmon-texnika meliorasiyasi (sug’orish maydonlari atrofiga va sug’orish tarmoqlari qirg’oqlariga daraxtlar o’tkazish) va agrotexnik tadbirlar (yerlarni tekislash, ularni sug’orishga tayyorlash, eng maqbul sug’orish rejimini tanlash) bilan birga olib borilishi kerak. Qishloq xo’jalik ekinlarini sug’orish quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi:
-
yer ustidan sug’orish;
-
yomg’irlatib sug’orish;
-
tuproq ichidan sug’orish;
-
tomchilatib sug’orish;
-
sizot suvlari sathini ko’tarib (subirrigasiya) sug’orish;
-
tuman hosil qilib sug’orish (dispers sug’orish usuli).
Yer ustidan sug’orish usulida suv tuproq ustidan taqsimlanadi hamda shu orqali namlanadi. Bu usul O’zbekistonda ko’proq qo’llaniladi. Chunki u qulay va oz mablag’ talab qiladi. Sug’orish oddiy bo’lib, tuproq strukturasi yaxshi saqlanadi va hosildor qatlamni kerakli chuqurlikda namlantiradi. Suv sifatiga talab kam, tuproq sho’rini yaxshi yuvadi.
Yomg’irlatib sug’orish usulida suv maxsus mexanizmlar yordamida ekin maydoniga yomg’ir shaklida purkaladi va tuproqqa shimiladi. Bunda faqat tuproq emas, balki o’simliklarning ustki qismi ham namlanadi. Egatlab sug’orishga nisbatan mehnat unumdorligi 3-4 barobarga oshadi, 15-20 foiz suv tejaladi. Sug’orish me’yori o’rtacha 700-800 m3/gani tashkil qiladi va bitta agregat bir kunda 10-13 gektar ekin maydonini sug’ora oladi. Bu usul sug’orish ishlarini mexanizasiyalash va avtomatlashtirishdan tashqari tez-tez kam – hajmda sug’orish, qiyin mikrorelyefni suv bilan ta’minlash, hosildor qatlam chuqurligini kerakli miqdorda namlash imkonini beradi. Afzalligi – yerdan va suvdan foydalanish koeffisiyenti yuqori bo’lib, mikroiqlimni yaxshilaydi.
Tuproq ichidan sug’orish usulida suv tuproq ustidan emas, balki ichidan o’rnatilgan quvurlar orqali tuproqning hosildor qatlamiga yetkazib beriladi. Hosildor qatlamning namlanishi asosan tuproqning so’rish kuchi hisobiga sodir bo’ladi. Tuproq kapillyarlar orqali namlanadi. Bu usulni sho’r bosgan tuproqlarda tadbiq qilib bo’lmaydi. Afzalligi – suv bug’lanib isrof bo’lmaydi.
Tomchilatib sug’orish usulida suv tuproqqa maxsus quvurlar hamda ularga o’rnatilgan tomchilatgichlar yordamida tomchi holida to’g’ridan-to’g’ri har bir o’simlikning ildiziga yetkazib beriladi. Afzalligi – suv o’simliklarning hosildor qatlamida uzluksiz mo’tadil namlik, havo, ozuqa va tuz rejimlarini vujudga keltiradi, suv ekin ildiziga to’g’ridan-to’g’ri beriladi.
Sizot suvlari sathini ko’tarib (subirrigasiya) sug’orish usulida sun’iy ravishda sizot suvlarining sathi ko’tarilib (kollektor va zovur tarmoqlarini yopib qo’yish bilan), tuproqning so’rish kuchi hisobiga hosildor qatlam namlanadi. Afzalligi – suv tejaladi, bug’lanib isrof bo’lmaydi.
Tuman hosil qilib sug’orish usulida esa suv maxsus nasoslar yordamida quvurlar orqali bosim bilan ekin maydoniga tuman holatida parchalab beriladi. Bu usul asosan yerning mikro ob-havo sharoitini yaxshilash maqsadida ishlatiladi. Afzalligi – yuqori havo harorati me’yoriga keltirilishi evaziga suv tejaladi.
Sug’orishning biror usulini tanlashda har bir maydonning xo’jalik va texnikaviy talablari, shuningdek, iqlim, topografik va tuproq sharoitlari hisobga olinishi maqsadga muvofiq.
Sug’orishning har bir usuli o’ziga xos bo’lgan boshqariladigan sug’orish tarmoqlari tuzilishi va tegishli sug’orish texnikasi bilan, ya’ni sug’orish uchun beriladigan suvni sug’orish tarmog’idagi oqim holatidan sug’oriladigan dalalar tuprog’i namligiga va bu suvni o’simliklarga uzatish usullari bilan xarakterlanadi. Shuni alohida qayd etib o’tish kerakki, sug’orish usulini to’g’ri tanlash va sug’orish texnikasini to’g’ri hal qilish yerlardan samarali foydalanishda katta ahamiyatga ega.
Qishloq xo’jalik ekinlari turi bo’yicha yoppasiga va qatorlab ekiladigan ekinlarga bo’linadi. Ularning har qaysisi o’ziga mos sug’orish usulini talab qiladi. Jumladan:
-
ko’p yillik ekinlarni tomchilatib sug’orish yaxshi natija beradi (tog’li joylardagi bog’ va uzumzorlarni);
-
yoppasiga ekiladigan ekinlar asosan yer ustidan cheklarga bo’lib sug’oriladi (sholi va boshqa ekinlar);
-
egatga ekiladigan ekinlar uchun asosan yer ustidan egat olib, tuproq ichidan va yomg’irlatib sug’orish usullari qo’llaniladi (g’o’za va boshqa ekinlar).
11-jadval
Sug’orish usullarining samaradorligi
Sug’orish usuli
|
Tuproqni namlash
|
Havoni
namlash
|
Tuproqda nam yig’ish
|
Sho’r yuvish
|
Tuproq yemirilishi oldini olish
|
O’g’it berish
|
Chiqindi suv bilan sug’orish
|
O’simlikni namlash
|
Begona o’tlarni oldindan undirish
|
Yer ustidan
|
+
|
–
|
+
|
+
|
–
|
x
|
x
|
–
|
+
|
Yomg’irlatib
|
+
|
+
|
–
|
–
|
x
|
x
|
x
|
+
|
+
|
Tuproq ichidan
|
+
|
–
|
+
|
–
|
+
|
+
|
+
|
–
|
–
|
Tomchilatib
|
+
|
–
|
–
|
–
|
+
|
+
|
–
|
–
|
–
|
Subirrigasiya
|
+
|
–
|
+
|
–
|
+
|
–
|
–
|
–
|
–
|
Tuman hosil qilib
|
x
|
+
|
x
|
–
|
+
|
x
|
–
|
+
|
x
|
* + - mumkin; – - mumkin emas; × - qisman mumkin
Sug’orishning har bir usuli va unga mos texnikasi quyidagi talablarga javob berishi kerak:
1. Sug’oriladigan ekindan eng yuqori hosil olishni ta’minlaydigan suv va u bilan bog’liq havo, ozuqa, tuz rejimlarini saqlash;
2. Unumdor qatlamda kerakli namlikni hosil qilish va uning ekin maydoni bo’ylab bir tekis taqsimlanishini ta’minlash;
3. Tuproqning qumoq strukturasini saqlash;
4. Sug’oriladigan maydondagi ekinlarni mexanizasiyalashtirish uchun maksimal shart-sharoitlaryaratish;
5. Suvdan foydalanish vaqtida undan boricha samarali foydalanish.
Sug’orish samaradorligini oshirish:
- Barcha suv iste’molchilariga kerakli hajmda suv yetkazib berish uchun fermerlar o’zaro hamkorlikda samarali suvdan foydalanish rejasini tuzishlari lozim.
- Fermerlar ekin turlaridan kelib chiqib sug’orish jadvalini ishlab chiqishi lozim. Bu ekinni kerakli vaqtda va yetarli xajmdagi suv bilan sug’orish imkonini beradi.
- Zichlashgan tuproq suvdan samarali foydalanish imkoniyatini pasaytiradi. Chunki o’simlik ildizlari chuqurda joylashgan namlikni o’zlashtira olmaydi. Suvdan foydalanish samaradorligini oshirish uchun yerni chuqur yumshatish va qishloq xo’jalik texnikalarining nam tuproq ustida harakatlanishini kamaytirish zarur.
- Sug’orish jadvaliga rioya qilmaslik zaxlanishni vujudga keltiradi. Tuproq yetarli namlangandan so’ng sug’orishni to’xtatish lozim.
- Sug’orishning kechiktirilishi natijasida o’simlikning chanqashiga sabab bo’ladi. U nimjon rivojlanadi yoki kasallikka chalinuvchan bo’lib qoladi. Shuningdek bu holat ekinning sekin o’sishi va poyasining yuqori qismi so’lishiga olib keladi.
Har bir ekin uchun o’ziga xos sug’orish usuli mavjud. Bu ekin maydonini bir xil me’yorda, ya’ni nam ham, yoki quruq ham bo’lmagan holatda saqlash imkoni beradi. Bu o’simlikning sog’lom rivojlanishini ta’minlaydi. Suvga talabi kam bo’lgan ekinlar yerning ortiqcha namlanishidan yoki qurg’ochilikdan zararlanishi mumkin. Tuproqdagi ortiqcha namlikning alomatlari juda sekin ko’zga tashlanadi, uni bartaraf qilish esa anchagina mushkul. Tuproqni sug’orish oraliqlarida quruq bo’lishiga amal qilish va ekinga ehtiyoj sezilganda suvberish maqsadga muvofiqdir. O’simlikni hyech qachon chanqatib qo’ymang, aksincha uning o’sishdan to’xtashiga birinchi sabab shudir.
- O’simlikning suvga bo’lgan talabini o’z vaqtida qondirish uning yaxshi rivojlanish omillaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |