Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги самарқанд қишлоқ ХЎжалик институти


Urgut tumani xo`jaliklarida tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligining hozirgi holati va dinamikasi



Download 167,75 Kb.
bet3/5
Sana08.04.2017
Hajmi167,75 Kb.
#6322
1   2   3   4   5

3.2. Urgut tumani xo`jaliklarida tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligining hozirgi holati va dinamikasi.
Inson mehnati, yer, suv, mehnat vositasi va mehnat predmeti qishloq xo’jaligida mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonini amalga oshiruvchi zaruriy sharoit va omillardir, binobarin uning resurslaridir. Demak, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish resurslari–mehnat, yer, suv va moddiy resurslar -qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarish va sotish jarayonida foydalaniladi va uning potensialini tashkil etadi.

Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish resurslari, sifat jihatdan bir-biridan farqqilsa ham, ularning bir qator umumiy tomonlari mavjud:

-ishlab chiqarish jarayonida qatnashishning potensial imkoniyatlariga va ularni iste’mol qilishning unumli xarakteriga ega. Mos ravishda, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish resurslari ishlab chiqarish jarayoniga kirmaguncha alohida-alohida bo’ladi. Jarayon boshlangandan keyin birlashadi;

- jamiyat iqtisodiy rivojlanishining har bir etapida hajm va tarkib jihatdan chegaralanish xarakterlidir; Demak, xulosa shuki, mahsulot yaratishda qatnashadigan elementlarning hammasi ham, ishlab chiqarish resurslari bo’lavermaydi. Misol uchun, havo ishlab chiqarish jarayonida bevosita va aktiv qatnashadi, lekin u iqtisodiy ma’noda ishlab chiqarish resursi hisoblanmaydi, chunki u nazariy hamda amaliy jihatdan olganda chegaralanmagan. Shu bilan birga, har bir ma’lum davrda ishlab chiqarish resurslarining chegaralanganligi, jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanishi darajasini, absalyut emas balki nisbiy jihatdan xarakterlaydi. Ishlab chiqarish resurslarning nisbiy chegaralanganligi, ba’zi hollarda kamyobligi, bir tomondan, ulardan ancha intensiv va samarali foydalanishni, boshqa tomondan bir resursni boshqa resurs bilan almashtirish, ularning bir-birini o’rnini qoplash imkoniyati zaruriyatini keltirib chiqaradi. Yerlarning unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishga kompleks mexnizasiya va avtomatlashtirishni qo’llash mehnat resurslari va boshqalar kamyobligini to’ldirishga yordam beradi. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarish jarayoni ishlab chiqarish resurslarini iste’mol qilish bilan xarakterlanadi. Bu esa ularni takror ishlab chiqarish lozimligini bildiradi. Har bir resurs turiga mos ravishda ma’lum takror ishlab chiqarish manbai mos keladi. Masalan, mehnat resurslarining manbai mehnatga yaroqli aholi, asosiy vositalarining manbai - kapital mablag’lar, moddiy oborot vositalarining manbai - mahsulot sotishdan tushadigan pul va boshqalar.

Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishda muhim omil mehnat resurslaridir. Shuning uchun jami ishlab chiqarish qurollari ichida, eng qudratli ishlab chiqaruvchi kuch ishchilarning o’zi. Qishloq xo’jaligida mehnat resurslari qishloq xo’jalik ishlab chiqarishda ishtirok etish qobiliyatiga ega bo’lgan kishilar to’plamini ifodalaydi.

Lekin qishloq xo’jaligida mehnat resurslarining, inson mehnatining roli qanchalik buyuk bo’lmasin uni tabiat kuchlari bilan almashtirib bo’lmasligi, jumladan yer resurlarisiz ro’yobga chiqmasligini bildiradi. Qishloq xo’jaligi yer resurslari deganda, qishloq xo’jalik tovar ishlab chiqaruvchilari qishloq xo’jalik mahsulotini ishlab chiqarish uchun xususiy mulk sifatida, egalik qiluvchi va foydalanuvchi yer maydonlari tushiniladi.Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishning moddiy asosi sifatida yer resurslari ishlab chiqarishning umumiy omili bo’lib, tarmoqdagi boshqa ishlab chiqarish resurslarini birlashtirish uchun moddiy baza hisoblanadi. Chunki yer qishloq xo’jaligida bosh ishlab chiqarish vositasi hamda mehnat predmeti hisoblanadi.



Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, quyida Urgut tumani fermer xo`jaliklarida tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligini tahlil qildik. Bunda birinchi navbatda yer resurslaridan foydalanish samaradorligiga to`xtalib o`tamiz(6-7-jadvallar)

6-jadval

Fermer xo`jaliklarida yer maydonlaidan foydalanish koeffisiyenti tahlili

T/r

Ko`rsatkichlar

2010 yil

2011 yil

2012 yil

2012-yilda 2010-yilga nisbatan o`zgarishi

+, -

%

1

Jami yer maydoni

27117,9

28517,8

29420

2302,1

8,5

2

Qishloq xo`jaligiga yaroqli yerlar

26239

27626

28500

2261

8,6

3

Ekin maydoni

21880

22744

24095

2215

10,1

4

Haydaladigan yerlar

21627

22567

23649

2022

9,3

5

Yer resurslaridan foydalanish koeffisiyenti

1,20

1,21

1,18

-0,02

-1,4

6

Qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish kоeffitsiеnti

0,82

0,82

0,83

0,01

0,7

Urgut tumani qishloq va suv xo’jaligi bo’limi ma’lumotlari
6-jadval ma`lumotlaridan ko`rinib turibdiki, tuman fermer xo`jalikarining qishloq xo`jaligida foydalaniladigan yer maydonlari tahlil qilingan yillarda o`sib brogan. Jumladan, qishloq xo`jaligiga yaroqli yerlar 2261 gektrarga, ekin maydonlari 2215 gektarga va haydaladigan yerlar 2022 gektarga oshgan. Haydaladigan yerlarning qishloq xo`jaligiga yaroqli yerlarga nisbatan ko`proq o`sishi natijasida yer resurslaridan foydalanish koeffisiyenti 2012-yilda 1,18 ni tashkil etib 2010-yilga nisbatan 0,02 punktga pasaygan bo`lsa, qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish kоeffitsiеnti 0,01 punktga oshgan.

7-jadval

Fermer xo`jaliklarida ekin maydonlaridan foydalanish samaradorligi tahlili

T/r

Ko`rsatkichlar

2010 yil

2011 yil

2012 yil

2012-yilda 2010-yilga nisbatan o`zgarishi

+, -

%

1

Ekin maydoni

21880

22744

24095

2215

10,1

2

Yalpi tushum, mln.so`m

48392,3

57003,4

71352,8

22960,5

47,4

3

Jami xarajat, mln.so`m

39425,1

47614,5

61639,4

22214,3

56,3

4

Foyda, mln.so`m

8967,2

9388,9

9713,4

746,2

8,3

5

Bir gektar yerga qilingan xarajat, ming so`m

1801,9

2093,5

2558,2

756,3

42,0

6

Bir gektar yerdan olingan daromad, ming so`m

2211,7

2506,3

2961,3

749,6

33,9

7

Bir gektar yerdan olingan foyda, ming so`m

409,8

412,8

403,1

-6,7

-1,6

8

Rentebellik darajasi, %

22,7

19,7

15,8

-7,0

x

Urgut tumani qishloq va suv xo’jaligi bo’limi ma’lumotlari
Jadval ma`lumotlariga ko`ra, fermer xo`jaliklarida 2012-yilda jami 24095 gektar maydonda qishloq xo`jalik mahsulotlari yetishtirilgan. Bunda yetishtirilgan hosildan yalpi tushum 71352,8 mln.so`mni tashkil etib, 2010-yilga nisbatan 22960,5 mln.so`m yoki 47,4 %ga oshgan bo`lsa, olingan foyda 9713,4 mln.so`mni tashkil etib 2010-yilga nisbatan, 746,2 mln.so`mga oshgan. Fermer xo`jaliklarida qilingan harajatlar esa 22214,2 mln.so`mga yoki 56,3 %ga oshgan.

Natijada bir gektar yerga qilingan xarajat 20102-yilda 2010-yilga nisbatan 756,3 ming so`mga yoki 42,0% ga oshgan. Bir gektar yerdan olingan daromad 749,6 ming so`mga oshishi esa, y`ani xarajatga nisbatan kam o`sishi bir gektar yerdan olingan foydani 6,7 ming so`mga kamaytirgan.

Yer resurslari bilan bir qatorda qishloq xo’jalik ishlab chiqarishida muhim omil bo’lib suv resurslari hisoblanadi. Suv uglekisliy gaz bilan organik moddalar hosil bo’lish fotosintez jarayonida qatnashib, o’simlik organizmi uchun material hisoblanadi. Bundan tashqari, suv ozuqa moddalarni eritadi va ularni o’simlik tomonidan o’zlashtirishni amalga oshiradi, qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligi shakllanishiga imkoniyat yaratib beradi.

Quyidagi 8- jadvalda tuman fermer xo`jaliklarining o`simlikchilik mahsulotlari yetishtirish uchun sarflangan suv sarfi dinamikasi keltirdik.


8-jadval

Urgut tumani fermer xo`jaliklari buyicha sarflangan suv miqdori

 

Ko’rsatkichlar

2010-yil

2011-yil

2012-yil

2012-yilda 2010-yilga nisbatan o’zgarish

+/-

%

1.

Jami sug’oriladigan maydon, ga

21284

21984

22867

1583

107,4

2.

Olingan suv, mln.m3

109,3

113

118

8,7

108,0

3.

O’rtacha 1 ga maydonga sarflangan suv miqdori, m3/ga

5135,3

5140,1

5160,3

25,0

100,5

Urgut tumani qishloq va suv xo’jaligi bo’limi ma’lumotlari
Jadval ma`lumotlariga ko`ra, sug`oriladigan maydonlar 2012-yilda 22867 getarni tashkil etib, 2010-yilga nisbatan 1583 gektarga yoki 7,4 foizga oshgan. Sug`oriladigan maydonlarning o`sishi hisobiga olingan suvlar hajmi ham oshib brogan, ya`ni 2012-yilda, 2010-yilgan nisbatan 8,7 mln.m3 yoki 8 %ga oshgan. Buning natijasida o`rtacha 1 gektar maydonga sarflangan suv hajmi 25 m3 ga oshgan. Bundan ko`rinib turibdiki, fermer xo`jaliklarida qishloq mahsulotlari yetishtirish uchun o`rtacha suv sarfi oshgan.

9-jadval

Urgut tumani fermer xo`jaliklarining o`simlikchilik mahsulotlari yetishtirish uchun sarflangan suv miqdori

T/r

Ekin turlari

2010-yil

2011-yil

2012-yil

2012-yilda 2010-yilga nisbatan o`zgarishi

Maydoni, ga

1 gektarga sug`orish sarfi, m3

Jami suv sarfi, ming m3

Maydoni, ga

1 gektarga sug`orish sarfi, m3

Jami suv sarfi, ming m3

Maydoni, ga

1 gektarga sug`orish sarfi, m3

Jami suv sarfi, ming m3

Maydoni, ga

1 gektarga sug`orish sarfi, m3

Jami suv sarfi, ming m3

1

Boshoqli don

8100

3783

30642

6700

3786

25366

8100

3897

31569

0

114,4

927




sh.j.dan Bug`doy

6648

3853

25615

6605

3787

25013

7067

3894

27519

419

41

1904




Arpa

1452

3462

5027

95

3720

353

1033

3921

4050

-419

459

-976

2

Sabzavot jami

640

9800

6272

1364

9419

12847

1364

9397

12818

724

-403

6546




sh.j.dan pomidor

175

9341

1635

175

9415

1648

175

9371

1640

0

30

5




piyoz

150

12514

1877

210

12348

2593

210

12476

2620

60

-38

743




boshqa sabzavotlar

315

8761

2760

979

8791

8606

979

8742

8558

664

-19

5799

3

Kartoshka

265

3867

1025

450

3873

1743

665

3902

2595

400

35

1570

4

Tamaki jami

7597

7826

59454

7597

7844

59588

7254

7880

57158

-343

54

-2296




sh.j dan Dyubek

1516

7867

11926

1449

7897

11443

990

7882

7803

-526

15

-4123




Basma

1074

7782

8358

1479

7806

11545

1330

7763

10325

256

-19

1967




Izmir

5007

7823

39170

4669

7839

36600

4610

7858

36225

-397

35

-2944




Verjiniya

 

 

 

 

 

 

324

8541

2767

324

8541

2767

5

Uzum

4216

2657

11202

4908

2784

13664

4908

2683

13168

692

26

1966

6

Meva

260

2884

750

260

2946

766

260

2791

726

0

-93

-24




Jami

21078

x

109345

21279

x

113974

22551

x

118033

1473

x

8688,07

Urgut tumani qishloq va suv xo’jaligi bo’limi ma’lumotlari

Jadval ma`lumotlaridan ko`rinib turibdiki, tuman fermer xo`jaliklarida tahlil qilingan yillarda suv sarfi oshib borgan. Ya`ni 2010-yilda jami 109345 ming m3 suv sarf qilingan bo`lsa, 2012-yilda 118033 ming m3 ni tashkil etib, 8688,07 ming m3 ga oshgan. Bunda sarflangan suv hajmi sabzavotlar uchun 6546 ming m3, kartoshka uchun 1570 mimg m3, bug`doy uchun 1904 ming m3 va uzum yetishtirish uchun 1966 ming m3 oshgan bo`lsa, sarflangan suv hajmi tamaki yetishtirish uchun 2296 ming m3 va meva yetishtirish uchun 24 ming m3 kamaygan. Bunga sabab qilib ekin maydonlaridagi o`zgarishlarni ko`rsatishimiz mumkin.



Download 167,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish