ESGA TUSHIRISHNING TANISH, QAYTA ESGA TUSHIRISH VA XOTIRLASH KABI TURLARI FARQLANADI:
TANISH- QANDAYDIR OB`EKTNI QAYTA IDROK QILISH SHAROITIDA UNI QAYTA ESGA TUSHIRISH
QAYTA ESGA TUSHIRISH- QAYTA ESGA TUSHIRILAYOTGAN OB`EKTNI QAYTA IDROK KILMAY TURIB AMALGA OSHIRISH
XOTIRLASH-O`TMISHDAGI OBRAZLARIMIZNI ZAMON VA MAKONDA LOKALLASHTIRILGAN HOLDA QAYTA ESGA TUSHIRISHDAN IBORAT
UNITISH - ESDA OLIB QOLINGAN MATERIALNI VAQTINCHALIK YOKI BUTUNLAY QAYTA TIKLAY OLMASLIK
ESDA OLIB QOLISH VA UNUTISH TEZLIGIGA KO’RA XOTIRANING QUYIDAGI TIPLARI MAVJUD:
a)TEZ ESDA QOLDIRIB, SEKIN UNUTISH;
b)TEZ ESDA QOLDIRIB, TEZ UNUTISH;
c)SEKIN ESDA QOLDIRIB, SEKIN UNUTISH;
d)SEKIN ESDA QOLDIRIB, TEZ UNUTISH;
XOTIRADAGI INDIVIDUAL FARQLAR SHUNDAY HOLLARDA NAMOYON BO'LADIKI BA'ZAN OBRAZLI MATERIALLARNI (TASVIRLAR, TOVUSHLAR, RANGLAR V.H.) BIR MUNCHA SAMARALI ESDA OLIB QOLADIGANLAR, BOSHQA BIROVLAR ESA SO'ZLI MATERIALLARNI (TUSHUNCHALAR, FIKRLAR, SONLAR VA HOKAZO.) YAXSHI SAQLAB QOLADILAR, UCHINCHI TOIFA ODAMLARDA ESA ESLAB QOLISHDA YAQQOL USULLIK SEZILMAYDI. SHUNGA MUVOFIQ RAVISHDA PSIXOLOGIYADA XOTIRANING KO'RGAZMALI, OBRAZLI, SO'Z-ABSTRAKT VA ORQALI TURLI FARQLANADI. O'QITUVCHI O'QUVCHILAR XOTIRASIDAGI INDIVIDUAL FARQLARNI HISOBGA OLISH ZARUR, SHUNING BILAN BIRGA O'QUVCHILARNING XOTIRASINI HAR TOMONLAMA RIVOJLANTIRISH KERAK. O'QUV MATERIALI XILMA-XILLIGINING O'ZI SHUNI TALAB QILADI, O'QUV MATERIALLARINING XILMA-XILLIGI O'QUVCHILAR XOTIRASINI HAR TOMONLAMA RIVOJLANTIRISH UCHUN MAKSIMAL SHAROIT YARATADI
Xotiraning ilk psixologik nazariyalaridan biri XVII asrda yuzaga kelgan, birinchi bo‘lib XVIII-XIX asrlarda Angliya va Germaniyada ishlab chiqilgan assotsiativ nazariya hisoblanadi. Ushbu nazariya asosida V osnove dannoy teorii lejit ponyatie assotsiatsiya – G. Ebbingauz, G. Myuller, A. Pilseker va boshqalar tomonidan ishlab chiqilgan psixikaning alohida noyob hodisalari o‘rtasidagi aloqa tushunchasi yotadi. Bu nazariyaga asosan xotira o‘xshashligi, vaqt va fazoviy yaqinligi bo‘yicha barqaror bo‘lgan qisqa va uzoq muddatli assotsiatsiyalarning murakkab tizimi sifatida tushuniladi. Ushbu nazariyaga binoan, ko‘plab qonunlar, xususan, G. Ebbingauzning unutish qonuni kashf etilgan. Dastlabki soat davomida qabul qilingan ma’lumotning 60% gacha bo‘lgan qismi unutiladi, olti kundan so‘ng esa birinchi marta yodlab olingan matnning 20% dan kamroq qismi saqlanib qoladi. Vaqt o‘tishi bilan assotsiativ nazariya bir qator hal etilishi zarur bo‘lgan muammolar bilan to‘qnashdi, ulardan asosiysi inson xotirasining tanlab o‘tkazish xususiyatini tushuntirib berish edi
XIX ASRNING OXIRIDA ASSOTSIATIV NAZARIYA GESHTALT NAZARIYASI BILAN ALMASHINDI. BU NAZARIYA UCHUN BOSHLANG‘ICH TUSHUNCHA VA SHU BILAN BIRGA, ASOSIDA XOTIRANING NOYOB HODISALARINI TUSHUNTIRIB BERISH MUMKIN BO‘LGAN BOSH TAMOYIL SIFATIDA BIRLAMCHI ELEMENTLARNING ASSOTSIATSIYASI EMAS, BALKI, ULARNING DASTLABKI, YAXLIT TASHKILOTI – GESHTALT NAMOYON BO‘LDI. AYNAN, GESHTALTNING SHAKLLANISH QONUNLARI USHBU NAZARIYA VAKILLARI (V. VUNDT, E.B. TITCHENER VA BOSHQALAR)NING FIKRIGA KO‘RA, XOTIRANI BELGILAB BERADI. BU NAZARIYA TARAFDORLARINING ASOSIF FIKRI SHUNDAN IBORATKI, ESDA OLIB QOLISH VA ESLASHDA MA’LUMOT, ODATDA, ASSOTSIATIV ASOSDA TARKIB TOPGAN ELEMENTLARNING TASODIFIY TO‘PLAMI EMAS, BALKI, YAXLIT TUZILMA SIFATIDA NAMOYON BO‘LADI. KEYINCHALIK GESHTALT NAZARIYASI HAM QATOR QIYINCHILIKLAR, XUSUSAN, INSON XOTIRASINING FILO- VA ONTOGENEZDA SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHINING MURAKKAB MUAMMOSI BILAN TO‘QNASH KELDI. GAP SHUNDAKI, ODAMDAGI XOTIRA JARAYONLARINI AJRATUVCHI MOTIVATSION HOLATLAR VA GESHTALTLARNING O‘ZLARI HAM TARAFDORLARI TOMONIDAN OLDINDAN BELGILANGAN VA RIVOJLANMAYDIGAN HOSILALAR SIFATIDA QABUL QILINGAN EDI. BU BILAN XOTIRA GENEZISI HAQIDAGI MASALA USTIDAGI BAHSLAR O‘Z NIHOYASIGA ETDI.
INSON XOTIRASINING FAOLIYAT SIFATIDA O‘RGANILISHIGA DASTLAB FRANSIYALIK OLIMLARNING, XUSUSAN, P. JANENING ISHLARI SABAB BO‘LDI. U BIRINCHILARDAN BO‘LIB, XOTIRANI MATERIALNI ESDA OLIB QOLISH, QAYTA ISHLASH VA SAQLASHGA YO‘NALTIRILGAN HARAKATLAR TIZIMI SIFATIDA TA’RIFLADI. JAHON PSIXOLOGIYASIDA BU KONSEPSIYA L.S. VIGOTSKIY TOMONIDAN ISHLAB CHIQILGAN INSON OLIY PSIXIK VAZIFALARI KELIB CHIQISHINING MADANIY-TARIXIY NAZARIYASIDA RIVOJLANTIRILDI. SO‘NGRA U A.N. LEONTEV, A.R. LURIYA, P.I. ZINCHENKO, A.A. SMIRNOV VA BOSHQALAR KABI MASHHUR PSIXOLOGLAR TOMONIDAN ISHLAB CHIQILDI.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |