Туризмда маркетингнинг моҳияти


Muammolarni va tadqiqot maqsadini aniqlash



Download 144,19 Kb.
bet14/15
Sana17.07.2022
Hajmi144,19 Kb.
#817827
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
turizmda marketing strategiyasi

Muammolarni va tadqiqot maqsadini aniqlash


2- bosqich.
Axborot manbalarini tanlab olish.
3- bosqich.
Lozimli axborotlarni yig‘ish
4- bosqich.
To‘plangan axborotni analiz-tahlil qilish
5- bosqich.
Olingan natijalarni ko‘rsatish



10.3. Marketing nazorati tizimi

Istalgan tashkilot o‘z oldida turgan maqsadlarga erishish uchun harakat qiladi. Bu maqsadlar marketing dasturlari rejalarini to‘zishdagi asosiy nuqta hisoblanadi. Maqsadga erishish uchun qilingan ishlarni baholash uchun marketing nazorati tizimidan foydalaniladi. Marketingni nazorat qilish – marketing jarayoni doimiy, ravishda tekshirishdir. Boshqacha qilib aytganda bu – norma va real holatning taqqoslanishidir. Nazorat jarayoni odatda 4 bosqichdan iborat:

  • reja miqdorlari va standartlarini aniqlash (maqsad va meyorlar);

  • ko‘rsatkichlarning real holatini aniqlash;

  • taqqoslash;

  • natijalarini tahlil qilish.

Marketing nazoratining asosiy maqsadi quyidagilardir:

  • maqsadga erishish darajasini aniqlash (chetlanishni tahlil qilish);

  • sharoitni yaxshilash imkoniyatini aniqlash (teskari aloqa);

  • atrof-muhitdagi o‘zgarishlarga firmaning darajasining tekshirish.

Marketing nazorati tizimiy nazoratning alohida ko‘rinishlarini ham amalga oshiradi:

  • natijalar nazorati yillik rejaning bajarilishini nazorat qilish, daromadni nazxorat qilish, marketing tadbirlarining samaradorligini nazorat qilish;

  • strategik nazorat-firma o‘z marketing imkoniyatlaridan to‘liq foydalayotganini tekshirish.




Хулоса

Маркетинг туристик корхонани (бутун иқтисодиётни) кўплаб истеъмолчиларнинг доимий равишда ўзгариб турадиган талаблари(эҳтиёжлари)нинг қондирилишига йўналтиради.


Туризм маркетинги – диққатни жалб қилиш ва туристик хизматларни илгари суришни ташкил этишнинг усул ва услублари йиғиндиси ҳисобланади. Туристик маркетинг турли вазифаларга эга: мавжуд бўлган ва истиқболдаги мижозлар билан алоқа ўрнатиш; туризм соҳасини ривожлантириш (қурилиш, янги турларни лойиҳалаштириш); туристик талабнинг қондирилишини назорат этиш.
Туристик маркетинг ўз олдига қуйидаги мақсадларни қўяди: турмаҳсулотни ишлаб чиқаришнинг максималлашуви (албатта манзилнинг бардош бера олиш чегараларини ҳисобга олган ҳолда); туристларнинг қониқиш даражасининг максималлашуви, яъни, туристик маҳсулотни ишлаб чиқариш миқдорларини орттиргандан ташқари, туристларнинг туристик маҳсулотдан қониқтирилиш даражасининг ўстирилиши ниҳоятда муҳимдир; туристлар танловини максималлаштириш, яъни, шундай турлар хилма хиллигини таъминлаш зарурки, туристлар ўз таъбларига мос келувчи турни топа олишсин.

Istalgan tashkilot o‘z oldida turgan maqsadlarga erishish uchun harakat qiladi. Bu maqsadlar marketing dasturlari rejalarini to‘zishdagi asosiy nuqta hisoblanadi. Maqsadga erishish uchun qilingan ishlarni baholash uchun marketing nazorati tizimidan foydalaniladi.


Halqaro turizm bozorini o‘rganish va uni marketing tadqiqotlari orqali chuqur tahlil qilish maqsadga muvofiqdir. CHunki iste’molchi talabini o‘rganish va xizmat ko‘rsatishda jahon andozalariga amal qilsh turizmdan tushadigan daromadni yanada yuksalishiga olib keladi.


Turistlar asosan qadimiy, tarixiy yodgorliklarga boy mamlakatlarga intiladilar. Tabiiki turoperatorlar ham har bir turist uchun kurashadilar. Lekin bu kabi raqobat yo‘lida turizm va servisni yuqori darajada ta’minlabgina qolmasdan, balki o‘zining tarixiy, madaniy va ma’naviy imkoniyatlarining to‘liq ochib ko‘rsata olgan mamlakatlargina yutadi. Mamlakat turizmini dunyoga tanitishda reklama usullaridan keng foydalaniladi. Har yili bo‘lib o‘tadigan turistik yarmarkalari ham potensial turistlarni topishda yordam beradi. Halqaro turizm bozorini marketing muhiti bo‘yicha o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, turistlar oqimini ko‘paytirish uchun istiqbolli, maqsadli bozorini tanlash, turistik firmalarning mikro va makro muhitini o‘rganish, bozorning kundalik talabini belgilash, kelajakdagi talabni aniqlash, turizm sohasidagi halqaro kelishuvlarni tashkil etish, turizmda kechayotgan globallashuv jarayonlarini o‘rganish lozim. Bundan tashqari O‘zbekistonning halqaro turizm bozoriga integratsiyalanishini tezlashtirish, mehmonxona va restoran ho‘jaliklaridagi narx siyosatini olib borishda talab va taklif nomutanosibligiga ahamiyat berish, turistik korxonalar marketingini nazorat qilish va tashkil etishga e’tibor berish zarur.
Turistik mahsulotni xaridorlarga etkazish jarayonini qisqartirish, raqobatbardosh mahsulotni yaratishda ko‘pomilli usullardan foydalanish, shu maqsadda omillar tizimini ishlab chiqish va turitzmni rivojlanishiga ta’sir etuvchi ijobiy omillarni ko‘proq o‘rganish zarur.
Umuman, turizmda globallashuv jarayoni kechayotgan davrda O‘zbekistonning halqaro turistik tashkilotga a’zoligi, o‘zining tarixiy maskanlari madaniy qadam joylari, arxitektura yodgorliklari bilan jaxon turizmida o‘z o‘rni borligi diqqatga sazovordir. Kelajakda turizmdan tushayotgan daromadni yuksaltirish uchun ichki va halqaro turizmni rivojlantirish, turizm bozori uchun marketologlarni tayyorlash zarur.

Фирма раҳбарияти даражасидаги маркетинг – унинг ривожланиш стратегиясини ишлаб чиқишнинг асоси, бозорда шаклланишнинг қўлланмаси, бозорни ўрганиш асбоби, янги маҳсулот ва хизматлар турини яратиш усули; сотувни ташкил этиш, маҳсулотни бозорга чиқариш (реклама, савдони қўллаб-қувватлаш, жамоа муносабатлари) тури, нарх сиёсатини амалга ошириш усули ҳисобланади.


Маркетингнинг замонавий шарти шундан иборатки, корхона фаолиятининг барча йўналишлари (илмий-техник, ишлаб чиқариш, сотиш ва бошқ.) нафақат бугунги истеъмол талабини билиш асосида, балки унинг ўзгариши ва истиқболлари асосида ташкил этилиши керак. Замонавий ишлаб чиқариш бўлинмасидаги маркетинг хизмати – унинг "мияси", фирманинг нафақат бозор, балки ишлаб чиқариш, илмий-техник, ижтимоий, молиявий сиёсатининг маълумот ва кўрсатмалари манбаи ҳисобланади.



Download 144,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish