“texnologiya va uni o’qitish metodikasi” fanidan



Download 4,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/83
Sana10.05.2023
Hajmi4,69 Mb.
#936715
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   83
Bog'liq
TEXNOLOGIYA VA UNI O‘QITISH OQUV qollanma(1)

 
 
2-MAVZU. Texnologiya va uni oʻqitish metodikasi fanining nazariy va 
amaliy asoslari 
Reja:
1. Texnologiya fanini oʻqitishning ahamiyati va vazifalari.
2. Texnologiya fanini oʻqitish usullari.
3. Qoʻl mehnatini oʻqitish usullari.
4. Oʻqituvchilarning metodlardan foydalanishi.
5. Muammoli oʻqitishning tarbiyaviy ahamiyati.
Ilmiy-texnik tafakkurning borgan sari yoshlarning fan-texnikaning joʻshqin 
rivojlanishida faol ishtirok etishlari faqat taʼlim mazmunini emas, balki oʻqitish 
jarayonining usuli va tashkil etilishini, oʻqitishga qiziqishni, ijodiy qobiliyatni, 
egallangan bilimlarni amalda ijodiy qoʻllay bilishni rivojlantirish maqsadlarda 
takomillashtirishni ham talab qiladi. Bu esa maktab zimmasiga yoshlarda ijodga 
ehtiyoj uygʻotish, ijodiy qobiliyatlar har qanday faoliyatga ijodiy yondashishi 
asoslarini tarkib toptirish, ijodiy masalalarni mustaqil hal etishga oʻrgatish 
vazifasini yuklaydi.
Texnik mehnatga oʻrgatishning ahamiyati texnik mehnat malakalarini 
egallash imkoniyatini berish bilan cheklanmaydi, balki bu malakalar hamma uchun 
kerakligini eʼtirof qilish kerak. Koʻpgina ilmiy kengashlar, agarda unda qatnashgan 
kishilar turmush ishlarini bajarishni: ovqat pishirish, kiyimni yamash, ozodalikni 


38 
saqlash va shu kabilarni bilmaganlarida shunchalik muvaffaqiyatli chiqmagan 
boʻlar edi.
Koʻpgina oʻqituvchilar oʻqitishning turli metod va usullarini qoʻllab, 
shuningdek, sinfdan tashqari ishlarni qiziqarli tashkil etib, yaxshi oʻzlashtirish 
natijalariga 
erishmoqdalar 
va 
bilimga 
muhabbat 
hamda 
qiziqishlarni 
singdirmoqdalar. Bunday oʻqituvchilar qoʻl mehnatini oʻrgatishda oʻquvchilarga 
turmush sohasidagi bilim va koʻnikmalarni singdirish bilan birga, ularda ijobiy 
qobiliyatlarni hamda bilishga qiziqishni, mustaqil faollikni oʻstirishga yordam 
bermoqda.
Qoʻl mehnatiga oʻrgatishda boshqa fanlarni oʻrgatishda boʻlganidek 
muammoning xilma-xil usullari qoʻllanib, ular yordamida oʻquvchilarning bilim, 
koʻnikma va malakalarni egallab olishlariga, uning bilish qobiliyatlarini 
rivojlanishiga erishiladi.
Oʻqitish usullari doim ham zamonaviy maktablarda qoʻllangandek 
boʻlavermaydi. Maktab rivojlanib borgan sari oʻqitish usullari ham oʻzgarib 
boradi. Oʻtmish maktablarida oʻqish jarayonida boʻysundirish turi hukmronlik 
qilgan. Bolalar dars mazmunini anglamay koʻr-koʻrona yod olishga oʻrganganlar.
Ijtimoiy taraqqiyot, ishlab chiqarishning rivojlanishi taʼsirida oʻquv 
jarayonining anchagina mukammallashgan turi – tushuntirish vujudga kelib, u 
uzoq muddat eski maktab bilan birga mavjud boʻlgan. Bu turdagi oʻqitishning 
kerakli xususiyati bayon etilayotgan matnni avval tushunishni, soʻngra yod olishni 
nazarda tutar edi. Bayonni yaxshiroq tushunish uchun koʻrgazmalilikka koʻproq 
eʼtibor berila boshladi. Bu olgʻa qoʻyilgan qadam edi. Endi oʻquvchi xotirasiga 
analitik-sintetika 
tafakkur faoliyati ham qoʻshildi. Oʻquvchilar bayon 
etilayotganini aynan buyumni emas, balki oʻz soʻzlari bilan buyumni bajarilishini 
yod etishlari talab etiladi. Biroq asosiy oʻrinni hali ham namuna, tayyor koʻrgazma 
boʻyicha ishlash egallaydi. Hozirgi zamon maktabi darsning turli muammolarga 
boy va zamonaviyligini oshirdi, takomillashtirildi va unga sayqal berdi. Oʻqituvchi 
darsga tayyorlanar ekan, har bir tayyor mavzu, kichik mavzu, mazkur dars uchun 


39 
uning maqsad va vazifalariga muvofiq qiladigan ishni usul va koʻrgazmali 
qurollarni tayyorlaydi.
Qoʻl mehnatini oʻrganish ham zamonaviy pedagogikaning ishlarini toʻgʻri 
tashkil etish va uning usullariga qoʻyadigan umumiy talablarga muvofiq tarzda 
amalga oshirishi kerak. Oʻqitish metodlari – bu oʻqituvchi va oʻquvchilarning 
bilim, koʻnikma va malakalarini egallashlariga erishiladi. Oʻqituvchi oʻz 
tajribasida oʻqitishning xilma-xil usullaridan foydalanishi mumkin. Oʻqituvchining 
intilishi xatti-harakati, darsda oʻquvchilarning diqqat va eʼtibori susaymasligiga, 
fikrlarning jamlangan boʻlishiga, ularning charchamasligi va zerikmasliklariga 
yoʻllangan boʻlishi kerak. Oʻqituvchi darsning har bir daqiqasini qadrlab
oʻquvchilarni ham shu narsaga oʻrgatishi kerak. Har bir oʻqituvchiga oʻz uslubi, 
oʻz usulining oʻziga xosligiga ega boʻlish huquqi berilgan. Biroq, shuni aytish 
mumkinki, bularning barchasiga mustahkam bilim birinchi qarashda hammaga 
ravshan boʻlgan haqiqatlarni egallab olganlaridagina erishish mumkin. Oʻz 
faoliyatini oʻqituvchilik mehnatiga baxsh etmoqchi boʻlgan oʻqituvchilar mana shu 
hammaga maʼlum haqiqatni oʻzlashtirishdan boshlashi kerak. Ular darsda suhbat, 
gapirib berish, amaliy mashgʻulot kabi usullardan foydalanib, oʻzlashtirganini 
tekshirish, yangi mavzuni tushuntirish va oʻtilganlarni mustahkamlash kabi dars 
etaplarini boshdan oʻrganishlari lozim. Faqat barchaga maʼlum haqiqatlar 
oʻzlashtirilgandan keyingina sinfning imkoniyatlarini nazarda tutib, yangisini 
qoʻllash mumkin.
Oʻqitish usullari bilimlarning shunday darajada egallanishiga xizmat qilishi 
kerakki, unda oʻquvchilar chizmani oʻqituvchi chizgan oʻlchamlar asosida emas, 
buyumning istalgan oʻlchami boʻyicha chizib egallagan bilimlarini amalda qoʻllay 
olsinlar.
Qoʻl mehnati oʻrgatishda qoʻllanadigan asosiy usullar tizimi quyidagilardir:
1. Ogʻzaki bayon qilish.
2. Tushuntirish va hikoya qilish.
3. Instruktaj.
4. Suhbat.


40 
5. Mashqlar.
6. Amaliy ishlar.
7. Grafik ishlar.
8. Laboratoriya ishlari.
9. Mustaqil ishlar.
10. Ekskursiya.
11. Kitob bilan ishlash.
12. Kino (taʼlimning texnik vositalari).
13. Muammoli taʼlim.

Download 4,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish