461-mashq.
Gaplarni o‘qing, payt ravishlarini topib, ularning
ishlatilish o‘rinlariga diqqat qiling.
1. Ular yerni kavlab kirolmabdilar, lekin bir zumda al-
laqancha yerni o‘yib yuboribdilar. 2. Orqasiga qarasa, uzoqdan
bir ho‘kiz uni to‘xtovsiz chaqirib kelyapti. 3. Ertaga uzum,
qovun pishadi, bularni qo‘yib yubor. 4. Dehqon jo‘xorini
quritibdi, to‘qmoqlab, donini ajratib olibdi. Keyin bozorga olib
boribdi. 5. Kun kech bo‘ldi. Ertaga erta bilan yo‘lga chiqamiz.
(Ertakdan)
462-mashq.
Berilgan so‘zlar orasidan ðayt ravishlarini toðing,
ular ishtirokida gaplar tuzing.
Asta-sekin, jim, endi, orqada, hozirñha, yangiñha, so‘ngra,
bittalab, dastlab, qishin-yozin, uzun-uzun, eson-omon, erta-
indin.
1. Avvallari, ilgari, ertalab, keyin, so‘ngra so‘zlarini qatnash-
tirib gaðlar tuzing. Ular qanday so‘roqqa javob bo‘lishini
ayting.
2. Payt ravishlari nimani bildiradi?
Do'stlaringiz bilan baham: |