Savol: siyosiy lider tushunchasi va uning asosiy funksiyalarini tahlil qiling


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati



Download 34,85 Kb.
bet8/9
Sana10.04.2021
Hajmi34,85 Kb.
#62981
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
poli

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

Asosiy darsliklar:

  1. Bito'rayev О. В. Siyosatshunoslikka kirish (o‘quv qo‘Ilanma)
    Toshkent: «Barkamol fayz media», 2017, 344 b.

  2. Odilqoriyev X. T.,Razzoqov D. X. – Siyosatshunoslik. (o‘quv qo‘Ilanma) –T.:O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2009.

Qo‘shimcha adabiyotlar:

  1. RobertTaker. – Политическая культура
    и лидерство в Советской России. От Ленина до Горбачева. 1987

  2. Temur tuzuklari – T.: Toshkent, 2016

  3. Bogardus E. Leadereship. — New York, 1934.

  4. ПугачевВ.П., СоловьевА.И. Сиёсатшуносликкакириш. — Т., 2004.

  5. Begmatov E. Matvaliyev A. – O‘zbek tilining izohli lug’ati. – T.:«O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi»davlat ilmiy nashriyoti, 2008

Internet manbalari:

  1. Ziyouz.com

  2. Kutubxona.uz

3. Mytsul.

Bugungi kunda jahon aholisining anchagina qismi Internet jahon axborot tarmogʻidan keng foydalanadi. Smart Insights kompaniyasi tomonidan oʻtkazilgan Global Social Media Research Summary 2018 tadqiqoti natijalariga koʻra 2018 yilda internet foydalanuvchilari soni 4,021 mlrd (dunyo aholisining 53 foizi) kishiga yetgan boʻlib, bu oʻtgan 2017 yilga nisbatan 7 foiz koʻpdir. Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari soni 3,196 mlrd kishini (dunyo aholisining 42 foizi) tashkil etgan boʻlib, bu 2017 yil bilan solishtirganda 13 foizga koʻpdir. Dunyo aholisi soni 7,5 mlrddan ortgani hisobga olinsa, bu koʻrsatkichlar Internet va undagi ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari soni yildan-yilga sezilarli ravishda oʻsib borayotganini bildiradi.

Bugungi kunda Internet jahon axborot tarmogʻi va ijtimoiy tarmoqlar axborot isteʼmolchilari uchun asosiy manba boʻlib qolmoqda. Elektron ommaviy axborot vositalari ham oʻzlarining tegishli profil va kanallari orqali maʼlumot tarqatmoqda. Buning sababi barcha oʻz vaqtini internetda ijtimoiy tarmoqlarda oʻtkazishga sarf qilayapti.

Albatta, tanganing ikki tomonini koʻra bilish lozim. Internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali yangi doʻstlar orttiriladi, mavjudlari bilan aloqalar mustahkamlab boriladi, uydan yoki ofisdan chiqmay turib xaridlar qilinadi, mahsulot narxlari haqida maʼlumotga ega boʻlinadi va yangiliklardan soniyalar ichida xabardor boʻlish imkoniyati mavjud. Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining yarmi brend mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarining sahifalariga obuna boʻlishgan.

Tanganing ikkinchi tomoniga nazar tashlanadigan boʻlsa, Internet va undagi ijtimoy tarmoqlarning ommalashuvi, vaqt va makon tushunchalariga yondashuvning oʻzgarishi va globallashuv jarayonining kuchayishidan baʼzi birovlar boshqa maqsadda foydalanmoqda. Ularning baʼzilari bu orqali piar yaratmoqchi boʻlsa, baʼzilari kimlarnidir obroʻsizlantirishni, aholi oʻrtasida vahima uygʻotishni, turli boʻhtonlar tarqatib, davlat hokimiyati organlari obroʻsini toʻkishni maqsad qilgan. Olib borilgan tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, Internetda, xususan, ijtimoy tarmoqlarda har kuni millionlab yolgʻon xabarlar tarqatiladi. Ularning oqibatlari ham turlicha. Baʼzilari hech qanday ahamiyatga ega boʻlmasa, baʼzilari esa ishonarliligi bilan kishini shoshiltiradi.

Shu sababli dunyo davlatlari Internetda tarqatilayotgan yolgʻon xabarlarga qarshi kurashish, ularning salbiy oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha fikr yuritmoqda. Jumladan, Malayziyada 2018 yil aprelida “Yolgʻon xabarlarga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi. Anglo-sakson huquq tizimiga asoslangan ushbu davlatda yolgʻon xabar tarqatganlik uchun Qonunning 4-moddasida 500 000 ringit (168 ming AQSH dollari) va 6 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan edi. Oradan koʻp vaqt oʻtmay, yaʼni 2018 yilning avgust oyida mazkur qonun bekor qilindi. Bunga jamoatchilikning Qonunga eʼtirozi, huquq himoyachilarining noroziligi sabab boʻldi. Ularning fikricha, qonun fuqarolarning soʻz erkinligiga boʻlgan huquqini cheklashni koʻzlagan. Qonun oʻzi amalda boʻlgan davr mobaynida koʻplab bahs-munozaralarga sabab boʻlgan edi.

Keyinchalik Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron tomonidan yolgʻon xabar tarqatayotgan ommaviy axborot vositalariga nisbatan taʼsir choralarini qoʻllashni nazarda tutuvchi qonun qabul qilinishi eʼlon qilindi. Jamoatchilik fikrini boshqarishga qaratilgan axborotlar tarqalishining oldini olish maqsadida shunday qilish zarurligi taʼkidlandi. Bu ham muxolifatning eʼtiroziga sabab boʻldi. Muxolifat vakillari ham bu OAV erkinligiga tahdid soluvchi hujjat boʻlishini, axborot olish va tanlash erkinligi esa fuqarolarga tegishli ekanini taʼkidladilar.

Shunga qaramay Fransiya Milliy Majlisi quyi palatasi “Yolgʻon xabarga qarshi kurash toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini maʼqulladi. Agar mazkur qonun kuchga kirsa, fransuz sudlari ommaviy axborot vositasini ularning ishonchliligi boʻyicha kelib tushgan shikoyatga koʻra bloklab qoʻyish vakolatiga ega boʻladi va 48 soat ichida axborotning toʻgʻri yoki notoʻgʻri ekanligini aniqlaydi. Bundan tashqari OAV boʻyicha vakolatli organ xorijiy davlatlar tomonidan moliyalashtiriladigan televizion kanallar, radiostansiyalar ular tomonidan mamlakatdagi vaziyatni beqarorlashtirishga boʻlgan urinishlar boʻlgan taqdirda bloklab qoʻyish huquqiga ega boʻladi.

Rossiya Federatsiyasi Federatsiya Kengashining quyi palatasi – Davlat Dumasi tomonidan ham 2019 yil yanvaridan boshlab yolgʻon xabarga qarshi kurashish maqsadida “Axborot, axborot texnologiyalari va axborot himoyasi toʻgʻrisida”gi va “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Federal qonunlarga oʻzgartirishlar kiritish ustida ishlanmoqda. Bu borada maʼlum natijalarga erishildi ham. 2019 yil 13 mart kuni Rossiya Federatsiya Kengashi yolgʻon xabarlar tarqatgan resurslarni bloklash va jazolash koʻzda tutilgan qonun loyihasini maʼqulladi.

Loyihaga koʻra notoʻgʻri xabar tarqatilishi oqibatida jamiyatga zarar yetishi mumkin boʻlsa yoki yetkazilgan taqdirda jazolash koʻzda tutilgan. Bu yerda gap xususan, insonlar salomatligi va hayotiga ehtimoliy zarar hamda asosiy infrastrukturalar ishiga taʼsir koʻrsatilishi haqida bormoqda.

Qonun loyihasida yolgʻon xabarlarni chop etganlik va tarqatganlik uchun jarimalar koʻzda tutilgan: jismoniy shaxslar uchun yetkazilgan zarar miqdoriga qarab 30 mingdan 400 ming rublgacha. Yuridik shaxslar uchun esa maksimal jarima miqdori 1,5 million rublgacha boʻladi.

Internet-OAVda notoʻgʻri maʼlumot tarqatilishini Bosh prokuratura nazorat qiladi. Yolgʻon xabar chop etilganligi aniqlanganida Roskomnadzorga nashrni bloklash toʻgʻrisida soʻrov joʻnatiladi. Notoʻgʻri xabarni oʻchirish talabi zudlik bilan bajarilmagan taqdirda resurs bloklanadi.

Ukrainada ham bu boʻyicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Oliy Radada yolgʻon xabarlarga qarshi kurash maqsadida bir nechta variantlar ilgari surilgan. Ulardan biri yolgʻon xabar tarqatgan jurnalistlarni sud qaroriga muvofiq ommaviy reyestrga kiritishdir. Shuningdek yolgʻon xabar tarqatganlik uchun katta miqdordagi jarimalar qoʻllash ham taklif etilmoqda.

Fransiya, Rossiya va Ukrainada ilgari surilayotgan qonun loyihalarida asosiy urgʻu yolgʻon xabar tarqatgan jurnalistlar va ular faoliyat olib boradigan ommaviy axborot vositalariga nisbatan qaratilgan. Ulardan farqli ravishda Malayziya tomonidan qabul qilinib, bekor qilingan qonunda javobgarlik subyekti nafaqat jurnalist yoki ommaviy axborot vositasi, balki jismoniy hatto yuridik shaxslarning ham javobgarligi nazarda tutilgan.

Germaniyada “Internet” Jahon axborot tarmogʻida yolgʻon xabar tarqalishiga qarshi kurashishga qaratilgan “Tarmoqda qonuniylik toʻgʻrisida”gi Qonun (NetzDG) qabul qilingan. Qonunga koʻra internet-manbalar foydalanuvchilarning shikoyatlariga, shu jumladan, yolgʻon xabar masalalalari boʻyicha murojaatlarga munosabat bildirishi shart. Kimki shikoyatni koʻrib chiqishni rad etsa va tegishli chora koʻrmasa, 50 mln yevrogacha jarima bilan jazolanadi. Bunda subyektning jismoniy yoki yuridik shaxs boʻlishi ahamiyatga ega emas.

Qonun asosan Internet jurnalistikasida qonuniylikni taʼminlashga qaratilgan deyish mumkin. Twitter tarmogʻidagi Titanic satirik jurnali akkaunti musulmonlarga qarshi izoh uchun huquqbuzar sifatida bloklab qoʻyilgan. Bunday qaror qabul qilish uchun kelib tushgan shikoyatlar boʻyicha eʼtiroz va daʼvolar Federal vazirlikning ekspert boʻlimi tomonidan yetti kunlik tekshiruvlar davomida aniqlanadi va qaror qabul qilinadi.

Buyuk Britaniyada Internetdagi feyklar va manipulyatsiyalarga qarshi kurashish keng tus olgan. Facebook, Google va Twitterda tarqatilayotgan xabarlar uchun ushbu internet-gigantlarni jarimaga solish masalasi koʻtarilmoqda. Hozirgi kunda Buyuk Britaniya hukumati tomonidan internet tartibga solish prinsiplarini oʻzida aks ettiruvchi Raqamli xartiyani qabul qilish ustida ish olib borilmoqda. Buning uchun koʻngillilar, IT-kompaniyalar, taʼlim muassasalari, aholi va jamoatchilik tashkilotlari jalb qilingan.

AQSH Kongressi Senati tomonidan 2017 yil 19 oktyabrda “Adolatli reklama toʻgʻrisida”gi Qonun (Honest Ads Act) qabul qilingan. Qonunga binoan internet-kompaniyalar oʻzlarida eʼlon qilingan targʻibot (tovar, ish va xizmatlar koʻrsatishni) materiallari buyurtmachilari toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud boʻlgan hujjat nusxalarini saqlab qoʻyishga majburdirlar.

Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida Internetda tarqaluvchi yolgʻon xabarlarga qarshi kurashuvchi alohida qonun hujjati mavjud emas. Lekin axborot, axborotlashtirish va reklama sohalarini, ommaviy axborot vositalari faoliyatini tartibga soluvchi bir qator qonun hujjatlari mavjud. Shu sababli oʻrganilgan xorij davlatlari tajribasidan kelib chiqqan holda mavjud qonunchilikka oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoʻli bilan vujudga kelgan huquq boʻshliqlarini bartaraf etish mumkin.

Amalda mamlakatimizda yolgʻon axborotlarni tarqatishga qarshi quyidagicha holat mavjud:

oʻzini bechorahol, ogʻir bemor sifatida yoki shunday turdagi bemorlarni davolovchi, yaxshi odamlarning xayr-ehsoni hisobiga boyishni maqsad qilgan shaxslarni insonlarning ishonchini suiisteʼmol qilib, boylik orttirishni maqsad qilganidan kelib chiqib, Jinoyat kodeksi 168-moddasida belgilangan firibgarlik jinoyati bilan kvalifikatsiya qilish mumkin;

kishilar oʻrtasida vahima va qoʻrquv kayfiyatini uygʻotish maqsadida terrorchilik akti sodir etilganligi toʻgʻrisida notoʻgʻri xabar berganlik Jinoyat kodeksi 237-moddasida belgilangan yolgʻon xabar berish jinoyati bilan kvalifikatsiya qilinishi mumkin.

Bundan tashqari Internet tarmogʻida kishilarni oʻziga jalb qilish, boylik orttirish maqsadida ogʻir kasalliklarni davolovchi dorilarni ixtiro qilganligi yoki shunday kasalni davolashini aytib yolgʻon axborot berishni JK 168-moddasi bilan kvalifikatsiya qilish imkoni mavjud. Mobil aloqa vositasi orqali yolgʻon xabar tarqatish holatlari uchrab turishini inobatga olib, buni ham ushbu modda bilan qamrab olish mumkin.

Shu bilan birga, bir qator holatlar boʻyicha qonunchilikda boʻshliqlar mavjud:

aholi oʻrtasida vahima, qoʻrquv va davlatga qarshi norozilik kayfiyatini uygʻotish maqsadida halokatlar (tabiiy yoki boshqa turdagi) yolgʻon axborot tarqatganlik;

aholi oʻrtasida vahima uygʻotish uchun aslida sodir boʻlgan fojialar toʻgʻrisida notoʻgʻri va tasdiqlanmagan axborot tarqatganlik;

hodisa aybdorlari toʻgʻrisida yolgʻon faktorlarni maʼlum qilish, masalan, aslida umuman hodisaga aloqador boʻlmagan shaxslarni hodisa ishtirokchisi, hodisa aybdori sifatida koʻrsatganlik uchun javobgarlik masalalari qonunchilikda bayon etilmagan.

Yolgʻon xabarlarga qarshi kurashish maqsadida davlat va nodavlat tashkilotlarining va umuman aholi barcha qatlamining oʻrni katta. Yolgʻon axborot qancha tez tarqalsa, shuncha tez unga qarshi toʻgʻri va xolis axborotni isteʼmolchilar eʼtiboriga yetkazish talab qilinadi. 1997 yil 24 aprelda qabul qilingan “Axborot olish kafolatlari va erkinligi toʻgʻrisida”gi 400-I-son Qonunning 5-moddasida har kim axborot olishni soʻrab bevosita oʻzi yoxud qonuniy vakillari orqali murojaat etish huquqiga ega ekanligi koʻrsatilan.

Qonunning 6-moddasiga koʻra axborot olishga doir soʻrov ogʻzaki, yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda ifodalanishi mumkin.

Yozma soʻrovda murojaat etuvchining ismi, otasiniig ismi, familiyasi, manzili, soʻralayotgan axborotning nomi yoki xususiyati koʻrsatiladi.

Yozma soʻrovda murojaat etuvchining elektron manzili koʻrsatilishi mumkin. Yozma soʻrovda elektron manzilning koʻrsatilganligi murojaat etuvchining soʻrovga axborot tizimi orqali elektron shaklda javob olishga boʻlgan roziligidir.

Yozma soʻrovlar, shu jumladan elektron hujjat tarzida yuboriladigan soʻrovlar roʻyxatdan oʻtkazilishi shart.

Soʻrovga iloji boricha qisqa muddatda, agar qonun hujjatlarida boshqa hol nazarda tutilgan boʻlmasa, soʻrov olingan sanadan boshlab oʻn besh kundan kechiktirmay javob qaytarilishi kerak.

Ogʻzaki soʻrovga, imkoniyatga qarab, darhol javob berilishi shart.

Agar soʻrov tushgan organ yoki mansabdor shaxs soʻralayotgan axborotga ega boʻlmasa, murojaat etuvchiga bu haqda soʻrov olingan sanadan boshlab yetti kundan kechiktirmay maʼlum qilishi, shuningdek, imkoniyatga qarab, unga bunday axborotga ega boʻlgan organning yoki mansabdor shaxsning nomini maʼlum qilishi shart.

Qonun bundan 22 yil oldin qabul qilingani sababli unda koʻrsatilgan soʻrovni koʻrib chiqish muddatlari bugungi tezkorlik davrida mutlaqo talabga javob bermaydi. Axborot olish toʻgʻrisida soʻrov kelib tushdimi unga tez fursatda javob berish lozim. Umumiy ahamiyat kasb etadigan sohalarga muddatlar amal qilishini saqlab qolgan holda tabiiy ofatlar, sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar toʻgʻrisida tezkorlik bilan hodisa boʻyicha qilingan dastlabki xulosa va taxminlarni vakolatli organ soʻrov kelib tushmasdan eʼlon qilishi lozimligi toʻgʻrisidagi normani mazkur Qonunga kiritish maqsadga muvofiq.

2003 yil 11 dekabrda qabul qilingan “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi 560-II-son Qonunning 3-moddasida bloger tushunchasiga taʼrif berilgan. Unga koʻra bloger – Intyernet jahon axborot tarmogʻidagi oʻz veb-saytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa xususiyatga ega axborotni joylashtiruvchi, shu jumladan axborotdan foydalanuvchilar tomonidan ushbu axborotni muhokama qilish uchun joylashtiruvchi jismoniy shaxs.

Qonunning 121-moddasida hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan axborotni Internetda tarqatish tartibi belgilangan. Unga koʻra qaysi turdagi axborot turlari Internetda tarqatilmasligi nomma-nom koʻrsatib oʻtilgan.

Bundan tashqari moddada veb-saytning va (yoki) veb-sayt sahifasining egasi, shu jumladan bloger hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan axborot joylashtiriladigan Internet jahon axborot tarmogʻidagi oʻz veb-saytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan axborotni joylashtirishdan avval uning toʻgʻriligini tekshirishi, shuningdek joylashtirilgan axborotning notoʻgʻriligi aniqlangan taqdirda uni darhol oʻchirib tashlashi shartligi koʻrsatilgan.

1998 yil 25 dekabrda qabul qilingan “Reklama toʻgʻrisida”gi 723-I-son Qonunda notoʻgʻri va yashirin reklama tushunchalarining mavjudligi yolgʻon reklamaga qarshi kurashish boʻyicha normativ asos borligini koʻrsatadi.

2007 yil 15 yanvardagi OʻRQ-78-son Qonun bilan tasdiqlangan “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Qonunning 34-moddasida Yuridik yoki jismoniy shaxs ommaviy axborot vositasida eʼlon qilingan, haqiqatga mos kelmaydigan hamda oʻzining shaʼni va qadr-qimmati yoki ishchanlik obroʻsini tahqirlovchi maʼlumotlar uchun raddiya berishni tahririyatdan talab qilishga haqli ekanligi koʻrsatilgan. Bu bilan shaxslarning raddiya berish va javob qaytarish huquqi mustahkamlangan.

2017 yil 8 sentyabrda qabul qilingan qabul qilingan “Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi OʻRQ–444-son Qonunida axborot mahsuloti deganda Oʻzbekiston Respublikasi hududida aylanish uchun moʻljallangan ommaviy axborot vositalari mahsuloti, bosma mahsulot, har qanday turdagi tashuvchilardagi audiovizual mahsulot, dasturiy taʼminotdan foydalangan holda tarqatiladigan, telekommunikatsiya tarmoqlariga, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻiga joylashtiriladigan axborot, kompyuter oʻyinlari, shuningdek tomoshabop tadbirlar vositasida tarqatiladigan axborot tushunilishi belgilanganligi ham yolgʻon axborot zararli taʼsirining oldini olish va unga qarshi kurashish boʻyicha davlat qonunchiligida anchayin puxat baza mavjudligini anglatadi.

Shu sababli yolgʻon axborotga qarshi kurashish boʻyicha alohida qonun hujjati ishlab chiqishning zarurati yoʻq. Faqatgina ularga nisbatan kurashni kuchaytirish maqsadida qonunchilikka oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish lozim boʻladi. Xususan, “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunning 121-moddasi 3-qismida belgilangan talablarga amal qilinmagan taqdirda veb-saytdan va (yoki) veb-sayt sahifasidan foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda maxsus vakolatli organ tomonidan cheklanishi mumkin.

Ammo amalda Vazirlar Mahkamasi tomonidan qanaqa tartib belgilanganligi va qanday organ maxsus vakolatli organ hisoblanishi toʻgʻrisida amaldagi qonunchilikda biron-bir normativ-huquqiy hujjat mavjud emas.

“Axborot olish kafolatlari va erkinligi toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasida koʻrsatilgan “soʻrovga iloji boricha qisqa muddatda, agar qonun hujjatlarida boshqa hol nazarda tutilgan boʻlmasa, soʻrov olingan sanadan boshlab oʻn besh kundan kechiktirmay javob qaytarilishi kerak” hamda “agar soʻrov tushgan organ yoki mansabdor shaxs soʻralayotgan axborotga ega boʻlmasa, murojaat etuvchiga bu haqda soʻrov olingan sanadan boshlab yetti kundan kechiktirmay maʼlum qilishi, shuningdek, imkoniyatga qarab, unga bunday axborotga ega boʻlgan organning yoki mansabdor shaxsning nomini maʼlum qilishi shart” normalarini oʻzgartirish va koʻrsatilgan muddatlarni qisqartirish orqali maqbul variantlarni ishlab chiqish lozim.

“Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Qonunda shaxslar qatori yolgʻon maʼlumotlarni tarqatgan ommaviy axborot vositasiga ushbu faktni OAVning oʻzi aniqlagan hollarda oʻz tashabbusiga koʻra axborot boʻyicha raddiya berish huquqini berish kerak.

Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga belgilangan oʻzgartirishlarni kiritgan holda yolgʻon maʼlumotlarni bila turib tarqatganlik uchun javobgarlikni kiritish maqsadga muvofiq.

Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 237-moddasiga yolgʻon xabar berganlik uchun javobgarlikni ogʻirlashtiruvchi holatlardan biri sifatida jinoyat toʻgʻrisida berilgan yolgʻon xabar aholi oʻrtasida vahima yoki qoʻrquv chiqargan holatlarni kiritish lozim boʻladi.

Nurbek Toshkanov – Sud-huquq sohasidagi qonunchilikni oʻrganish boʻlimi katta maslahatchisi

Manba: Huquqiy siyosat tadqiqot instituti

Axborot maydonida xabarlar oqimi kuchaygani sari ishonchli va to‘g‘ri manbalarni aniqlash dolzarblashmoqda. Sir emas, odamlar ba’zan yolg‘on xabarlarga ham duch keladi. Shunday vaziyatlarda “feyk” ekan, degan so‘zlar quloqqa chalinadi. Xo‘sh, aslida bu nimani anglatadi? Feyk (ing. fake) – soxta, qalbaki degan ma’nolarni anglatadi. Bunday ma’lumotlarga haqiqatga juda o‘xshab ketadigan yolg‘on xabarlar, maxsus dasturlar orqali o‘zgartirilgan fotosuratlar, montaj qilingan videoroliklar, ijtimoiy tarmoqlarda boshqa shaxslar (odatda, mashhur insonlar) nomidan ochilgan “yolg‘on akkauntlar” misol bo‘la oladi.

Feyk xabarlarni “sariq” matbuot va siyosiy propaganda bilan umumlashtirib turuvchi qator xususiyatlar bor. Shunga qaramay ularni badiiy to‘qimalar yoki “sariq” matbuotda tarqatiladigan mish-mishlardan farqlash lozim. “Sariq” matbuotdagi mish-mishlar asosan ommaning vaqtini chog‘ qilish, u yoki bu shaxsga e’tibor tortish (misol uchun, mashhur shaxsning uyiga o‘g‘ri tushganligi to‘g‘risidagi sarlavha ostida bosilgan maqola) uchun tarqatiladi va uning ijtimoiy zarari katta bo‘lmaydi. Feyklar esa jiddiy ijtimoiy-siyosiy maqsadlarni yoki moliyaviy manfaatni ko‘zlab tarqatiladigan yolg‘on xabarlardir.

Globallashuv jarayonining tezlashishi, internet orqali cheksiz imkoniyatlarning paydo bo‘lishi, ommabop ijtimoiy tarmoqlardan keng foydalanilishi natijasida yolg‘on xabarlarning tarqalishi va zarar yetkazishi xavfi ham oshib bormoqda. Shu sababli hozirgi kunda butun dunyoda feyklarga qarshi kurashni kuchaytirish, buning uchun, avvalo, huquqiy bazani mukammallashtirish, feyklarga qarshi qonun bilan kurashishga urinish tendensiyasi kuzatilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida shuni ta’kidlash lozimki, hozirgi kunda mamlakatimizda internetdan foydalanuvchilar soni 20 milliondan oshgan. Ijtimoiy tarmoqlar (Feysbuk, Instagram, Telegram)da bir kunda 2 million yaqin kishi faoldir.

O‘zbekistonda feyklar hali ko‘p emas, ammo uning elementlari ba’zi hollarda ko‘zga tashlanib turibdi. Misol uchun, Telegram tarmog‘i orqali “Juda zo‘r voqea bo‘ldi! Endi katta o‘zgarishlar yuz beradi! Tanishish uchun bu yerni bosing!” yoki fishing (qarmoq) usulini qo‘llagan holda yolg‘on axborotdan foydalanib zararli fayllarni yuborish kabi holatlarga deyarli har kuni duch kelamiz yoki bu haqida eshitamiz.

Bu boradagi qonunchilikka nazar tashlaydigan bo‘lsak, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonunning 121-moddasi 2-qismiga muvofiq veb-saytning va (yoki) veb-sayt sahifasining egasi, shu jumladan, bloger hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot joylashtiriladigan internet jahon axborot tarmog‘idagi o‘z veb-saytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborotni joylashtirishdan avval uning to‘g‘riligini tekshirishi, shuningdek, joylashtirilgan axborotning noto‘g‘riligi aniqlangan taqdirda uni darhol o‘chirib tashlashi shart.

“Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning 6-moddasida jurnalistning majburiyatlari belgilangan bo‘lib, o‘z kasbiga doir faoliyatni amalga oshirish chog‘ida jurnalist o‘zi tayyorlayotgan materiallarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini tekshirishi va xolis axborot taqdim etishi shartligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Keltirib o‘tilgan normalarga binoan ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirib, keyin e’lon qilish axborot tarqatuvchi har qanday shaxs, shu jumladan, jurnalistlar va blogerlarning ham majburiyatlaridan biri hisoblanadi.

Ayni paytda amaldagi qonunchiligimizda yolg‘on xabar tarqatganlik uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri javobgarlikni ko‘zda tutuvchi normalar mavjud emas, ammo jahonning ko‘plab mamlakatlarida bu uchun javobgarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri belgilanganligini ko‘rishimiz mumkin.

Taqqoslash uchun bir qator davlatlarni misol qilib keltirsak. Singapurda “Internetdagi yolg‘on xatti-harakatlar va manipulyatsiyalardan himoyalanish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan bo‘lib, “holatlar to‘g‘risidagi yolg‘on ma’lumotlar”, agar ushbu ma’lumotlar Singapur xavfsizligiga, “jamoat xavfsizligi”, “jamoat tinchligi” yoki “Singapurning boshqa davlatlar bilan do‘stlik munosabatlari”ga zarar keltirsa, ularni tarqatish noqonuniy hisoblanadi.

Mazkur holatda vazirlar yolg‘on hisoblangan axborotni o‘chirish yoki tahrirlash to‘g‘risida qaror qabul qilishlari mumkin. Ular yolg‘on axborot tarqatayotgan saytlar yoki kontentlarga kirishni cheklash to‘g‘risidagi talabni Facebook va Google kabi texnologiya kompaniyalari oldiga ham qo‘yishlari mumkin. Shuningdek, qonun shaxslarga nisbatan sud tergovini ham nazarda tutadi. Tergov natijalariga ko‘ra shaxslarga 36 ming AQSh dollari miqdorida jarima yoki besh yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin. Yolg‘on xabar tarqatishda aybdor deb topilgan kompaniyalar 735 ming AQSh dollarigacha jarima bilan jazolanishi mumkin.

Rossiyada 2019 yil martidan boshlab OAV va internetda hokimiyat vakillarini kamsitish va feyk xabarlarni tarqatishni taqiqlash to‘g‘risidagi qonun kuchga kirdi.

Mazkur qonunga ko‘ra, “hokimiyatga yaqqol hurmatsizlik” uchun 30 ming rubldan 100 ming rublgacha jarima jazosi tayinlanadi. Shu huquqbuzarlikni takror sodir qilganlik uchun 100 ming rubldan 200 ming rublgacha jarima yoki 15 sutkaga qamoq jazosi tayinlanishi mumkin. Nashr joylashtirilgan veb-sayt yoki veb-sayt sahifalaridan foydalanish Bosh prokuratura so‘roviga muvofiq «Roskomnazorat» tomonidan sudgacha bo‘lgan tartibda cheklanishi mumkin.

Garchi mamlakatimizning amaldagi qonunchiligida feyk xabarlarni tarqatganlik uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri javobgarlik belgilanmagan bo‘lsada, noto‘g‘ri (yolg‘on) xabarlarni tarqatish va buning natijasida zararli oqibatlar kelib chiqishining oldini olish maqsadida qonun hujjatlarida bir qancha normalar mavjud.

Xususan, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonunning 121-moddasida qanday axborot turlari internetda tarqatilishi mumkin emasligi nomma-nom sanab o‘tilgan. “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi qonunning 34-moddasida shaxslarning raddiya berish va javob qaytarish huquqi belgilangan bo‘lib, bu ham yolg‘on xabarlarga nisbatan qarshi turish kafolatlaridan biri hisoblanadi.

Ko‘pincha telegram messenjeri orqali va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda u yoki bu tovar yoki ishlab chiqaruvchini obro‘sizlantirish orqali raqobatchilarga iqtisodiy zarba berishga qaratilgan ovozli, foto va videoxabarlarga duch kelamiz.

Ammo raqobatchini xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ishbilarmonlik nufuziga putur yetkazish maqsadida bila turib yolg‘on, noaniq yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tarqatganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 192-moddasida javobgarlik belgilanganligini unutmaslik kerak. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 40-moddasida hamda Jinoyat kodeksining 139-moddasida tuhmat, ya’ni bila turib boshqa shaxsni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatganlik uchun javobgarlik belgilangan.

Shuningdek, yolg‘on xabar tarqatganlik uchun fuqaroviy javobgarlik ham kelib chiqishi mumkin. Xususan, ma’naviy zarar shaxsning or-nomusi, sha’ni va qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini haqoratlovchi ma’lumotlarni tarqatish tufayli yetkazilgan bo‘lsa, uni yetkazuvchining aybidan qat’i nazar, qoplanishi lozimligi Fuqarolik kodeksining 1021-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan.



Xulosa qilib aytganda, ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari yuqoridagi qonun normalarini bilib qo‘yishi foydadan xoli emas. Bu to‘g‘ri ma’lumot tarqatish mas’uliyatini oshirish bilan birga turli feyklardan himoyalanish vositasi hamdir. Jurnalistlar va blogerlar ham olingan faktlarni e’lon qilishda ularning to‘g‘riligini tekshirib ko‘rishi, aholi ishonchini suiiste’mol qilishdan ehtiyot bo‘lishi maqsadga muvofiq.


Download 34,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish