Reja: Mexanizatsiyalashtirilgan to`shash kompleksi Bichish usullari Gazlamani bichish uchun ishlatiladigan uskunalar



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana14.06.2022
Hajmi1,01 Mb.
#666548
1   2   3   4   5
Bog'liq
1403163111 43598

15.9-rasm. CS529 16-1-42-K qo`zg`aluvchan bichish mashinasi. 


SS 529 16-1- 42-K mashinasi tolali, to`qima va sintetik materiallarni 
bichishga mo`ljallangan. Mashina korpusi 1 da elektyuritgichi 2, pichoq va 
charxlash mexanizmlari joylashtirilgan bo`lib, ularni platforma 4 ga o`rnatilgan 
tayanch 3 ushlab turadi. Pichoq 5 ga vertikal ilgarilanma qaytma harakat krivoship 
polzunli mexanizm orqali uzatiladi. Pichoq 5 ning old tomoniga materialni bosib 
turuvchi planka 6 joylashgan. Pichoqning o`ng va chap tomoniga tortqi 7 ga vintlar 
bilan mahkamlangan charxlash toshlari 8 o`rnatilgan. Charxlash toshlari 8 ikki 
tomonlama aylanma harakatni bosh valga o`rnatilgan disklardan shnurlar orqali 
oladi. Charxlash aylanishlari orasidagi masofa 0,5-1 mm bo`lishi kerak. Mashina 
platformasi ortida roliklar o`rnatilgan bo`lib, ular platformaning stol ustida yengil 
siljishini ta`minlaydi (15.9-rasm).
Vertikal pichoqli ko`chma bichish mashinalariga pichoq harakati tezligini 
ko`rsatadigan taksometr o`rnatilsa, qirqish tezligini keragicha o`zgartirish mumkin 
bo`ladi. Buning zarurati shundaki, masalan, sintetik tolalardan to`qilgan gazlamalar 
tez eriydigan bo`lgani uchun, bichish mashinasi elektr yuritgichining aylanish 
tezligi minutiga 1800 martagacha kamaytirilishi kerak bo`ladi. Hozir vertikal 
pichoqli ko`chma bichish mashinalarini takomillashtirish ustida ishlanmoqda. 
Buning uchun elektr yuritgich podshipniklari avtomatik moylanadigan, mashina 
mexanizmlari gazlama changidan, tolalardan, iplardan mexanik yo`l bilan 
tozalanadigan qilinmoqda; mashinaning ichiga ip yoki siyrak to`qilgan gazlamalar 
kirib ketishiga yo`l qo`ymaydigan va gazlamaning bichish sifatini yaxshilaydigan 
qilib, pichoq tig`ining yangicha konstruktsiyalari topilmoqda. Pichoq tig`ini 
charxlash va kirovini to`qish avtomatlashtirilmoqda. Bundan tashqari, ko`rinishi 
har xil pichoqlardan foydalanish ustida ham ish qilinmoqda. Masalan, juda dag`al 
materiallarni kesish uchun dami silliq pichoqlar, maxsus kiyimlar tikiladigan qalin 
gazlamalarni va dag`al sun`iy charmni qirqish uchun dami arrasimon, serpardoz 
gazlamalarni va sintetik tola gazlamalarini qirqish uchun esa dami to`lqinsimon 
pichoqlar ishlatish tavsiya etiladi. 


15.10-rasm. Vertikal pichoqli ko`chma bichish mashinasi. KV 1605R/KV 
2005 E 
14-
 
 
Disk pichoqli EZDM-3 ko`chma bichish mashinalari (15.11-rasm) 
to`shamani alohida qismlarga bo`lishda va shakllari murakkab bo`lmagan 
detallarni qirqishda ishlatiladi. Bunday mashinalardan ich kiyimlik va kuylaklik ip 
gazlamalarni, ipak, yupqa jun va yarimjun gazlamalarni, shuningdek, astarli 
gazlamalarni bichishda foydalaniladi. Bunda to`shamaning balandligi 5-7 sm dan 
ortmasligi kerak. Disk pichoqli bichish mashinalarining kichikroqlari ko`pincha, 
tekislash qaychilari deb ataladi. Ular balandligi 1-3,5 sm to`shamalarni bichish va 
kiyim detallarini tekislab qirqish uchun ishlatiladi. Ularda pichoq damini 
charxlaydigan va moylaydigan moslamalar bo`ladi.


15.11-rasm. EZDM-3 disk pichoqli ko`chma bichish mashinasi. 
EZDM-1 mashinasining qirqish organi 120 mm diametrli, 1,1 mm 
qalinlikdagi disk pichoq 1 dan iborat. Bu pichoqning tutkichi katta yassi doiradan 
iborat bulgani uchun, unda to`shamani radiusi kichik traektoriya bulganda qirqib 
bulmaydi, aks xolda qirqilayotgan joy yakinidagi joylari surilib ketadi. Bu 
mashinaning platformasiga kimirlamaydigan yana bitta pichoq 2 urnatilgan bo`lib, 
u prujina yordamida disk pichoq tig`iga kisilib turadi. Disk pichoqning tig`i 
mashinaning uziga urnatilgan qo`zg`almas ikkita doiraviy moslama 6 da 
charxlanadi. Disk pichoq yassi tutkich 3 ustiga urnatilgan elektr yuritgich 4 
yordamida konus gildirak vositasida aylanadi. Tutkich disk pichoqnikidan kattarok 
diametrli diskdan iborat bo`lib, mashinaning platformasi 5 ga biriktirilgan. Bu 
mashinaning vertikal pichoqli mashinadan farqi shuni, undagi pichoqning qirqish 
tezligi o`zgarmas 9 m/sek bo`lishi mumkin. Bunday mashinalar ishlatishda, 
pichoqning diametri 120 mm bo`lsa, to`shamaning balandligi 20-25 mm dan 
oshmasligi shartligini va keskin burilishli hamda burchak joylarni qirqishda 
to`shamaning pastki qavatlari oxirigacha qirqilmay kolishini nazarda tutish kerak. 


Chet davlatlarda chiqarilayotgan shunga uxshash ba`zi mashinalarda doira 
pichoq bilan birga, ko`pburchak shaklidagi pichoq ham bo`ladi. 
Lenta pichoqli mashinalar ma`lum o`lchamdagi to`plamlardan mayda 
detallarni va murakkab shaklli detallarni uzil-kesil qirqib olish uchun ishlatiladi. 
Lenta pichoqli bichish mashinalarini bichish stolining sathi etarli darajada katta 
bulganda va katlamlari joylar joyga kuchirilayotganda surilib ketmaydigan 
gazlamalarda ishlatish ma`kul. Lenta pichoqli bichish mashinalari ham statsionar 
yoki ko`chma bo`lishi mumkin (15.12-rasm). 

Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish