O`zbekiston respublikasi oliy va



Download 366 Kb.
bet4/5
Sana20.01.2020
Hajmi366 Kb.
#35727
1   2   3   4   5
Bog'liq
Laboratoriya


LABORATORIYA ISHI №3

Kimyoviy reaksiya tezligi. Kimyoviy muvozanat.

Ishning bajarilishi

1. Kerakli jihozlar: probirkalar, 1000C gacha aniqlikda haroratni o`lchovchi termometr, sekundomer yoki soat, elektroplitka.

2. Kerakli reaktivlar: H2SO4 ning suyultirilgan (1:200) eritmasi, Na2S2O3ning 0.1 n eritmasi, 10% li HCl eritmasi, vodorod peroksid eritmasi, marganets (IV) oksid, marmar CaCO3 kukuni va bo`lakchasi. Temir (III)  xlorid FeCl3ning 0,02N eritmasi, ammoniy rodanid NH4SCN ning 0,02 N eritmasi, FeCl3 ning to`yingan eritmasi,NH4SCN ning to`yingan eritmasi, kraxmal, yod, distillangan suv.
1-tajriba. Reaksiya tezligini reaksiyaga kirishuvchi moddalar

konsentratsiyasiga bog`liqligi.

Sulfat kislota N2SO4 bilan natriy tiosulfat Na2S2O3 o`zaro reaksiyaga kirishishi natijasida oltingugurt S ajralib chiqib, loyka hosil qiladi va eritmalarni sutsimon rangga kiritadi.

H2SO4+Na2S2O3=Na2SO4+SO2+H2O+S

Reaksiya boshlangandan loyka hosil bo`lguncha o`tgan vaqt shu reaksiyaning tezligi hisoblanadi.

Uchta probirka oling. Ularning birinchisiga 3 ml Na2S2O3ning 0.1 n eritmasidan, 6 ml distillangan suv quying. Ikkinchisiga esa 6 ml Na2S2O3 ning 0.1 n eritmasidan va 3 ml distillangan suv quying. Uchinchisiga esa 9 ml Na2S2O3 ning 0.1 eritmasidan quying.

Uchta boshqa probirka olib, sulfat kislota H2SO4 ning suyultirilgan (1:200) eritmasidan 3 ml dan quying. Na2S2O3 va H2SO4 eritmalari uchun aloxida-aloxida o`lchov silindridan foydalaning. Ularni almashtirib qo`yish mutlaqo mumkin emas.

Birinchi probirkaga H2SO4 eritmasini quying, chaykating va vaqtni belgilang.Eritmalar aralashtirilgandan to loyqa hosil bo`lguncha o`tgan vaqtni sekundomerdan aniqlang. Qolgan probirkalar bilan ham tajribani takrorlang.

Tajribani natijalarini quyidagi jadvalga yozing




Probirka-larning raqami


Reaksiyaga kirishayotgan moddalarning hajmi (ml hisobida)

Na2S2O3 ning

shartli kon-sentratsiyasi



Vaqt

t-sekund


Reaksiyani nisbiy tezligi V=100/t

Na2S2O3 eritmasi

H2O

H2SO4 eritmasi

1

3

6

3










2

6

3

3










3

9

0

3









Na2S2O3 nisbiy konsentratsiyasini absissalar o`qiga nisbiy tezlikni esa ordinatalar o`qiga qo`yib grafik chizing. Reaksiyaning tezligi reaksiyaga kirishuvchi moddalarning konsentratsiyasiga qanday bog`liq ekanligi xaqida xulosa chiqaring.


2-Tajriba. Reaksiya tezligi temperaturaga bog`liqligi.

Bu tajriba uchun ham Na2S2O3 va H2SO4 larning bundan oldingi tajribada kursatilgan konsentratsiyadagi eritmalarini oling.

Uchta probirkaga H2SO4 eritmasidan 5 ml dan, boshka uchta probirkaga Na2S2O3 eritmasidan 5 ml quying. Ular xar juftining bittasida Na2S2O3 va bittasida H2SO4 bo`ladigan kilib uch juftga bo`ling.

Birinchi juft probirkalarni stakandagi sovuk suvga tushiring.Suv tempraturasini termometr yordamida aniqlang va 3-4 minutdan so`ng probirkalardagi eritmalarni bir-biriga aralashtiring.Necha sekunddan keyin loyka hosil bo`lishini aniqlang.

Stakandagi suvning tempraturasini issik suv kuyish yuli bilan 10oSga kutaring va ikkinchi juft probirkalarni tushiring. 3-4 minutdan so`ng probirkalardagi eritmalarni bir-biriga quying va so`ng loyka hosil bo`lishini aniqlang.

Uchinchi juft probirkalarni tempraturasi 20oC ko`tarilgan stakanga tushiring va yuqoridagi tajribani takrorlang. Reaksiya tezligini tempraturaga bog`liq ekanligi haqida xulosa chiqaring.

Tajriba natijalari quyidagi jadvalga yozing

Probirka nomeri

Na2S2O3ni miqdori ml

H2SO4ning miqdori ml

Suvning temperatu-rasi oC

Loyqa hosil bo`lish uchun ketgan vaqt, t

Reaksiyaning nisbiy tezligi. V=100/t

1

5

5










2

5

5










3

5

5










Absissalar o`qiga suvning temperaturasini va ordinatalar o`qiga reaksiyaning nisbiy tezligini qo`yib grafik chizing.



3-tajriba. Reaksiyaga kirishuvchi moddalar konsentratsiyasining o`zgarishini kimyoviy muvozanatga ta`siri .

Temir (III)  xlorid bilan ammoniy radonit orasidagi reaksiya quyidagi tenglama bilan ifodalanadi.

Fe Cl3 + 3 NH4 SCN  3NH4Cl + Fe(SCN)3

Eritmaning qoramtir-qizil rangga kirishi Fe(SCN)3 hosil bo`lganligidan dalolat beradi. Probirkaga 5-6 ml FeCl3 ning 0,02 N eritmasidan quying. Ustiga ushancha mikdordan NH4SCN ning 0,02 N eritmasidan quying. Hosil bo`lgan eritmani teng miqdorda 4 ta probirkaga bo`ling. Birinchi probirkaga FeCl3 ning to`yingan eritmasidan, ikkinchisiga NH4SCN to`yingan eritmasidan 3-4 tomchi quying.

Uchchala probirkalardagi rang o`zgarishini to`rtinchi probirka rangi bilan taqqoslang. Kimyoviy muvozanatning siljishiga konsentratsiyaning ta`siri to`g`risida hulosa chiqaring. Sistemaning muvozanat konstantasi tenglamasini yozing. Eritma rangini o`zgarishiga qarab kimyoviy muvozanatning siljishini quyidagi jadvalaga yozing.


Probirkaning nomeri

kushilgan modda

eritma rangining o`zgarishi

muvozanatning siljishini yunalishi

1

FeCl3







2`

NH4SCN







3

NH4Cl







4

__









LABORATORIYA ISHI №4

Turli konsentratsiyali eritmalar tayyorlash. Elektrolitik dissotsialanish

Ishning bajarilishi

1. Kerakli jihozlar: Texnik tarozi, o`lchov tsilindiri, o`lchov kolbasi, areometr, stakan, voronka, sklyanka.

2. Kerakli reaktivlar: Kristall soda Na2CO3 ·10 H2O, Xlorid kislota HCl ning kontsentrlangan 37 % li eritmasi, Natriy xlorid NaCl ning 5 % li va 20 % li eritmalari, Bariy xlorid BaCl2·2H2O, Kontsentrlangan nitrat HNO3 kislota , distirlangan suv.
1. Foiz konsentratsiyali eritma tayyorlash

A. Qattiq moddani suvda eritib tayyorlash.

Na2CO3 ·10 H2O ni suvda eritib natriy karbonatni 5% li eritmasidan 200 g tayyorlang. 200 g 5% li eritma tayyorlash uchun proportsiya yo`li bilan zarur bo`lgan suvsiz Na2CO3 miqdorini hisoblab toping.

Hisoblangan miqdordagi Na2CO3 ·10H2O ni 0,1 g aniqlik bilan texnokimyoviy tarozida tortib oling. Olingan miqdorni eritish uchun qancha suv kerakligini hisoblang. O`lchov silindrida shu hajmdagi suvni o`lchab oling. Maydalangan tuzni ozroq miqdordagi suvda 200 ml o`lchov kolbasiga qo`ying va belgisigacha suv quying.Tayyorlangan eritmani molyar va normal konsentratsiyasini hisoblang.

B. Kontsentrlangan eritmaga suv qo`shib tayyorlash.

Xlorid kislotaning (HCl) kontsentrlangan 37%li eritmasi dan foydalanib 250 g. 10 % eritma tayyorlash uchun kislotadan qancha og`irlik qism kerakligini hisoblang va topilgan og`irlik birligini hajm birligiga aylantiring. qancha hajm suv kerakligini hisoblang. Hisoblangan hajmdagi kislotani tsilindrda o`lchab olib malum qismigacha suv quyilgan 250 ml o`lchov kolbasiga quying va belgisigacha suv quying.


C. Har xil konsentratsiyali 2 eritmani aralashtirib tayyorlash.

Natriy xloridning 5 % li va 20 % li eritmalarini aralashtirib 8 % eritma tayyorlang.Aralashtirish qoidasidan foydalanib boshlang`ich eritmalarning og`irlik qismlarini toping.Bu eritmalarning solishtirma og`irliklarini aniqlab, u orqali ularning hajmini hisoblang.O`lchov tsilindri bilan hisoblangan hajmdagi eritmalarni o`lchab oling va ularni qo`shib, yaxshilab aralashtiring. Areometr yordamida tayyorlangan eritmaning solishtirma og`irligini toping. Tayyorlangan eritmaning molyar va normal konsentratsiyasini hisoblab toping.


2. Molyar va normal eritmalarni tayyorlash.

A. Qattiq moddani suvda eritib tayyorlash

BaCl2·2H2O ni suvda eritib bariy xloridning 0,5 n eritmasidan 250ml tayyorlang. Bariy xloridning 0,5 n eritmasidan 250ml tayyorlash uchun qancha BaCl2.·2H2O kerakligini hisoblab toping. Og`irligi malum bo`lgan stakanga BaCl2 solib texnoximiyaviy tarozida uni hisoblangan miqdorini 0,01 g aniqlik bilan tortib oling. Tortib olingan tuzni ozgina suvda aniqlik bilan tortib oling tortib olingan tuzni ozgina suvda eritib 250 ml li o`lchov kolbasiga voronka yordamida qo`ying. Voronkada qolgan eritmani distillangan suv bilan yaxshilab yuvib tushiring. Kolbani belgisigacha suv qo`ying. Tayyorlangan eritmani solishtirma og`irligini Areometr yordamida aniqlang.Eritmani molyar va protsent konsentratsiyasini hisoblang.


V. Konsentrlangan nitrat kislota HNO3 dan 250 ml 1M eritma tayyorlang.

Areometr yordamida HNO3 ni solishtirma og`irligini aniqlang. Eritma tayyorlash uchun kerak bo`lgan kislotaning og`irligini hisoblab topib, uni hajmiy miqdoriga aylantiring. 250 ml li o`lchov kolbasining yarmigacha suv quyib ustiga hisoblangan hajmdagi kislotani o`lchov tsilindrida o`lchab voronka yordamida quying. O`lchov tsilindrida qolgan kislota yuqini distillangan suvda chayib o`lchov kolbasiga quying va yaxshilab aralashtiring. So`ng o`lchov kolbasini belgisigacha distillangan suv quying. Tayyorlangan eritmani solishtirma og`rligini areometr yordamida aniqlang va tayyorlangan sklyankaga quying. Eritmaning protsent va normal konsentratsiyasini hisoblang.


LABORATORIYA ISHI №5

Tuzlar gidrolizi. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining turlari

Ishning bajarilishi

1. Kerakli jihozlar: Probirkalar, elektroplitka (gaz garelkasi ham bo`lishi mumkin), azbestlangan to`r.

2. Kerakli reaktivlar: Sulfat kislota H2SO4 eritmasi, rux bo`lakchasi, mis sulfat eritmasi, yuzasi zangdan tozalangan temir plastinka, kontsentrlangan sulfat kislota H2SO4, mis sim, FeCl3 eritmasi, kaliy yodid KJ eritmasi, kraxmal kleysteri, vodorod peroksid H2O2 eritmasi, yod J2 kristali, natriy ishqori – NaOH eritmasi, ammoniy bixromat- (NH4)2Cr2O7 kristalli.
1-Tajriba: Ruxning sulfat kislota bilan o`zaro ta`siri.

Probirkaga 3-4 ml sulfat kislota H2SO4 eritmasidan quyib, unga rux bo`lakchasidan tashlang. Vodorod ajralib chiqishini kuzating, reaksiya tenglamasini yozing. Elektron tenglamasi asosida oksidlovchi va qaytaruvchini ko`rsating.


2-Tajriba: Misni birikmasi tarkibidan temir yordamida siqib chiqarish.

Probirkaga 3-4 ml mis sulfat eritmasidan quying. Unga yuzasi zangdan tozalangan temir plastinkasi tushiring. Temir plastinkani yuqori qismi suyuqlikka botmasin. 2-3 minutdan so`ng plastinkani eritmadan oling. Suv bilan yuving va plastinkani ustida erkin holda mis ajralib chiqqanligini kuzating. Reaksiyaning umumiy va elektron tenglamasini tuzing. Oksidlovchini va qaytaruvchini ko`rsating.


3-Tajriba: Misning kontsentrlangan sulfat kislota bilan o`zaro ta`siri.

(Tajriba mo`rili shkafda bajariladi.)

Probirkaga 1-2 ml kontsentrlangan sulfat kislota H2SO4 quying. Unga bir bo`lak mis Cu simidan tushiring. Qo`ngir tusli gaz ajralishiga e`tibor bering. Reaksiyaning umumiy va elektron tenglamasini tuzing. Oksidlovchi va qaytaruvchini ko`rsating.
4-Tajriba Temir - (III) xloridning kaliy yodid bilan o`zaro ta`siri.

Probirkaga 2-3 ml FeCl3 eritmasidan quyib unga bir necha tomchi kaliy yodid- KJ hamda kraxmal kleysteri eritmalaridan qo`shing. Ko`k rang hosil bo`lishiga etibor bering. Ko`k rangni hosil bo`lishi eritmada KJ molekulalari vijudga kelganligidan dalolat beradi.

2FeCl3+2KJ  2FeCl2+J2+2KCl

Reaksiyaning elektron tenglamasini tuzing. Koeffitsiyentlarini qo`ying. Oksidlovchi va qaytaruvchini ko`rsating.



5.Tajriba. Vodorod peroksidning kaliy yodid bilan o`zaro ta`siri.

Probirkaga 2-3 ml vodorod peroksid H2O2 eritmasidan quying. Unga bir necha tomchi kaliy yodid KJ eritmasidan qo`shing. Erkin holdagi yod uchun xarakterli bo`lgan qo`ng`ir rangi paydo bo`lishini kuzating. Reaksiya ushbu sxema bo`yicha boradi.

H2O2+KJ J2+KOH

Elektron tenglamasini yozing. Oksidlovchi va qaytaruvchini ko`rsating.





6-Tajriba. O`z-o`zidan oksidlanish-qaytarilish reaksiyasi.

3-4 bo`lak yod J2 kristalidan oling va unga natriy ishqori – NaOH eritmasidan tomizing va asta-sekin qizdiring. Yodning eritmaga o`tishi va yod rangini o`zgarishiga ahamiyat bering.

J2+NaOHNaJ+NaJO3+H2

Reaksiya tenglamasini yakunlang va elektron tenglamasi asosida koeffitsiyentlar qo`ying. Oksidlovchi va qaytaruvchini ko`rsating.


7- tajriba . Molekula ichidagi oksidlanish-qaytarilish reaksiyasi.

Bir necha dona ammoniy bixromat - (NH4)2Cr2O7 kristalini asbestlangan to`rga qo`yib, parchalanish reaksiyasi sodir bo`lguncha qizdiring. Reaksiya natijasida qattiq modda - CrO3, gaz holatdagi azot - N2 va rangli modda hosil bo`lishiga e`tibor bering.

(NH4)2Cr2O7Cr2O3+N2+H2O

Reaksiyasi tenglamasini yakunlang va elektron tenglamasi asosida koeffitsiyentlar quying. Oksidlovchi va qaytaruvchini ko`rsating.



LABORATORIYA ISHI №6

Metallarning umumiy xossalari.
Ishning bajarilishi

1. Kerakli jihozlar: Probirkalar, elektroplitka (gaz garelkasi ham bo`lishi mumkin), filtr qog`oz, chinni kosacha, soat oynasi, indikator.

2. Kerakli reaktivlar: xlorid kislota HCl ning 2n eritmasi, temir, rux, alyuminiy va mis bo`lakchalari, 30 protsentli ishqor eritmasi, rux kukuni, alyuminiy kukuni, natriy bo`lakchasi.

1tajriba. Xlorid kislota bilan suyultirilgan sulfat kislotaning metallarga ta`siri

To`rtta probirkaga 23 ml xlorid kislotaning 2n. eritmasidan quying. Birinchi probirkaga temir, ikkinchisiga rux, uchinchisiga alyuminiy va to`rtinchisiga mis bo`lakchalarini soling. Qanday metallar kislota bilan reaksiyaga kirishadi? Quyida keltirilgan jadvalni to`ldiring.




Kislotaning

formulasi



Kislotaning

konsentratsiyasi



Olingan

metall


Reaksiya

tenglamasi



HCl

2 n

Fe




HCl

2 n

Zn




HCl

2 n

Al




HCl

2 n

Cu

Download 366 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish