O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi


 Ta‟lim tizimida jon boshiga (tarbiyalanuvchi, o„quvchi, talaba soniga)



Download 5,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/332
Sana12.06.2022
Hajmi5,01 Mb.
#659798
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   332
Bog'liq
ҳқўЎУМ Давлат бюджети 2021 2022 (2)

 
14.3. Ta‟lim tizimida jon boshiga (tarbiyalanuvchi, o„quvchi, talaba soniga) 
qarab moliyalashtirish usullarining joriy etilishi 
Jahon amaliyotida ta‘lim muassasalarini moliyalashtirishning mablag‗lardan 
samarali foydalanish va ta‘lim sifatini oshirishni rag‗batlantiruvchi yangi yo‗llarini 
qidirib topish ta‘lim tizimini rivojlantirish yo‗lidagi harakatlarning o‗ziga xos 
xususiyati hisoblanadi. Bu harakatlar ta‘lim sohasidagi birinchi darajali vazifalarni 
hisobga olgan holda quyidagi 
tamoyillarni
ta‘minlashga qaratilgan: 

ta‘limning hammabopligi (ham jismoniy, ham moliyaviy jihatdan); 

ta‘lim sifati va natijalari; 

tenglik – bir xil ehtiyojli o‗quvchilar mablag‗lar bilan bir xil darajada 
ta‘minlanadilar; muhtojroq o‗quvchilar ko‗proq mablag‗ oladilar; 

samaradorlik: tashqi samaradorlik – ta‘lim tizimi jamiyatga ishchi kuchini 
tayyorlaydi, shundan kelib chiqqan holda, bu sohaga qilinayotgan xarajatlarning 
samaradorligini hisobga olib mablag‗lar safarbar etiladi; ichki samaradorlik– eng kam 
xarajat qilib ko‗proq natijalarga erishish. 
Ta‘lim tizimini moliyalashtirish usullari haqida gap borar ekan, u yoki bu 
usulni qo‗llashda har bir mamlakat o‗z ijtimoiy siyosatining ustivorliklari, 
shuningdek, byudjet tizimining o‗ziga xosligi va ta‘lim tizimini boshqarish 
xususiyatlariga asoslanadi. Shunga qaramay, o‗tmishda mashhur bo‗lgan va hozirgi 
kunda ta‘limning ko‗plab tizimlarida amalda qo‗llanilayotgan ta‘lim muassasalariga 


200 
moliyaviy mablag‗larni ajratishning bir qancha yo‗llari va usullarini ta‘kidlash 
mumkin
83


o„tgan davr ko„rsatkichlari asosida moliyalashtirish,
bunda muassasa 
byudjeti u moliyalashtiriladigan tegishli byudjet imkoniyatlaridan chiqib ketmagan 
holda, o‗tgan moliyaviy yil xarajatlari darajasida (inflyatsiyani hisobga oluvchi ayrim 
tuzatishlar bilan) aniqlanadi va uning hajmi doirasida mablag‗ ajratiladi; 

alohida shartnomalar asosida moliyalashtirish (kelishuv bo„yicha)
– bunda 
har bir ta‘lim muassasasi davlatga o‗zining muayyan miqdordagi ajratmalarga 
ehtiyojini asoslab berishi lozim, agar muassasaning mablag‗ ajratish bo‗yicha so‗rovi 
muayyan talablarga mos kelsa, davlatdan o‗ziga kerakli mablag‗larni olish 
imkoniyatiga ega bo‗ladi; 

xarajatlarga asoslangan moliyalashtirish,
bunda mablag‗lar ta‘lim 
muassasasiga uning faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‗lgan xarajatlar, ya‘ni 
bino va inshootlarni saqlash, joriy ta‘mirlash, xodimlar mehnatiga haq to‗lash 
kabilarga sarflangan resurslar hajmi doirasida ajratiladi (―xarajatli‖ deb ataluvchi bu 
usul bugungi kunga qadar mamlakatdagi davlatga qarashli ijtimoiy soha 
muassasalarini byudjetdan moliyalashtirish amaliyotida ustuvor darajada qo‗llanib 
kelinmoqda); 

formula asosida moliyalashtirish, 
bunda moliyaviy resurslar har bir 
muassasa uchun belgilangan va to‗g‗ri qo‗llaniladigan mezonlar tizimiga muvofiq 
ajratiladi. Moliyalashtirish formulasi: (1) har bir ta‘lim muassasasiga ajratiladigan 
resurslar miqdorini; (2) ta‘lim muassasasiga ajratiladigan resurslar miqdorini 
aniqlashda hisobga olinishi lozim bo‗lgan omillarni aniqlash imkonini beradi. 
 
Ta‘limda byudjet mablag‗larini taqsimlashning 
“pul o„quvchining ortidan 
boradi”
gan tamoyilga (―pul o‗quvchining ortidan boradi‖gan tamoyilda mablag‗lar 
muassasaga o‗quvchi soniga ko‗ra ajratiladi, agar o‗quvchi boshqa maktabga yoki 
bog‗chaga o‗tib ketsa, pul ham uning orqasidan shu muassasaga o‗tib ketadi) 
asoslangan jon boshiga qarab moliyalashtirishdan iborat muqobil mexanizmini 
tanlash quyidagi natijalarga erishishga qaratilgan: 

ta‘limga ajratilgan byudjet mablag‗larini taqsimlash jarayonining shaffofligi, 
obyektivligi va aniqligini oshirish, muassasa byudjetini tuzish va tasdiqlash 
jarayonlarida turli xil kelishuvlar, muvofiqlashtirishlarga ketadigan vaqtni kamayti-
rish; 

xarajatlar asosida moliyalashtirish tamoyilidan voz kechish; 


Download 5,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish