O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt to’qmachilik va еngil sanoat instituti “Korporativ boshqaruv” kafеdrasi


Talabalar mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilish bо‘yicha



Download 341,77 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana06.06.2022
Hajmi341,77 Kb.
#642043
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
“Mikro va makroiqtisodiyot” fanidan mustaqil ishlarni bajarish uchun

Talabalar mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilish bо‘yicha
USLUBIY KО‘RSATMA
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida chuqur nazariy va amaliy bilimlar bilan bir 
qatorda tanlagan sohasi bо‘yicha mustaqil faoliyat kо‘rsata oladigan, о‘z bilimi va 
malakasini mustaqil ravishda oshirib boradigan, masalaga ijodiy yondoshgan holda 
muammoli vaziyatlarni tо‘g‘ri aniqlab, tahlil qilib, sharoitga tez moslasha oladigan 
mutaxassisllarni tayyorlash asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan. 
Ma’lumki, axborot va bilimlar doirasi tez sur’atlar bilan kengayib borayotgan 
xozirgi sharoitda barcha ma’lumotlarni faqat dars mashgulotlari paytida talabalarga 
yetkazish qiyin. 
Tajribalar shuni kо‘rsatadiki, talaba mustaqil ravishda shug‘ullansa va о‘z ustida 
tinimsiz ishlasagina bilimlarni chuqur о‘zlashtirishi mumkin. Talabalarning asosiy bilim, 
kо‘nikma va malakalari mustaqil ta’lim jarayonidagina shakllanadi, mustaqil faoliyat 
kо‘rsatish qobiliyati rivojlanadi va ularda ijodiy ishlashga qiziqish paydo bо‘ladi. 
Shuning uchun talabalarning mustaqil ta’lim olishlarini rejalashtirish, tashkil qilish 
va buning uchun barcha zaruriy shart- sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida 
talabalarni о‘qitish bilan bir qatorda ularni kо‘proq о‘qishga о‘rgatish, bilim olish 
yо‘llarini kо‘rsatish, mustaqil ta’lim olish uchun yо‘llanma berish oliy ta’lim 
muassasasining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. 
Talaba mustakil ishi (TMI)
- muayyan fandan о‘quv dasturida belgilangan bilim
kо‘nikma va malakaning ma’lum bir qismini talaba tomonidan fan о‘qituvchisi maslahati 
va tavsiyalari asosida auditoriya va auditoriyadan tashqarida о‘zlashtirilishiga 
yо‘naltirilgan tizimli faoliyatdir. 
О‘qishning boshlang‘ich bosqichlarida TMIni tashkil etish bir qator vazifalar bilan 
bog‘liq. Ayniqsa, birinchi kurs talabalarining ta’limning navbatdagi turi - oliy ta’lim 
talablarga kо‘nikishi qiyin kechadi. Chunki ular ta’lim olish jarayonida о‘z mustaqil 
faoliyatlarini tashkil qilishni deyarli bilishmaydi. Ma’lumotlarni qaysi manbadan, qanday 
qilib topish, ularni tahlil qilish va zarurlarini ajratib olib tartibga solish, 
konspektlashtirish, о‘z fikrini aniq va yorqin ifodalash, о‘z vaqtlarini tо‘g‘ri taqsimlash, 


shuningdek, aqliy va jismoniy imkoniyatlarini tо‘g‘ri baholash ular uchun katta 
muammo bо‘ladi. Eng asosiysi, ular mustaqil ta’lim olishga ruxan tayyor bо‘lishmaydi. 
Shuning uchun xar bir professor-о‘qituvchi dastlab talabada о‘z qobiliyati va aqliy 
imkoniyatlariga ishonch uyg‘otishi, ularni sabr-toqat bilan, bosqichma-bosqich mustaqil 
bilim olishni tо‘g‘ri tashkil qilishga о‘rgatib borishi lozim bо‘ladi. Talabalar tomonidan 
mustaqil ravishda о‘zlashtiriladigan bilim va kо‘nikmalarning kursdan-kursga 
murakkablashib, kengayib borishini hisobga olgan holda ularning tashabbuskorligi va 
rolini oshirib borish zarur. Shunda mustaqil ta’limga kо‘nika boshlagan talaba fakat 
о‘qituvchi tomonidan belgilab berilgan ishlarni bajaribgina qolmay, о‘zining ehtiyoji
qiziqishi va qobiliyatiga qarab, о‘zi zarur deb hisoblagan qо‘shimcha bilimlarni ham 
mustaqil ravishda tanlab о‘zlashtirishga о‘rganib boradi. 
Talabalar mustaqil ishlarining shakli va xajmini belgilashda quyidagi jihatlar 
e’tiborga olinishi lozim: 
-
о‘qish bosqichi; 
-
muayyan fanning о‘ziga xos xususiyati va о‘zlashtirishdagi qiyinchilik darajasi; 
-
talabaning qobiliyati hamda nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasi (tayanch 
bilimi); 
-
fanning axborot manbalari bilan ta’minlanganlik darajasi; 
-
talabaning axborot manbalari bilan ishlay olish darajasi. 
Mustaqil ish uchun beriladigan topshiriqlarning shakli va xajmi,qiyinchilik darajasi 
semestrdan-semestrga kо‘nikmalar hosil bо‘lishiga muvofiq ravishda о‘zgarib, oshib 
borishi lozim. YA’ni, talabalarning topshiriqlarni bajarishdagi mustaqilligi darajasini 
asta-sekin oshirib, ularni topshiriqlarni bajarishga tizimli va ijodiy yondashishga о‘rgatib 
borish kerak bо‘ladi. 
TMIni tashkil etishda talabaning akademik uzlashtirish darajasi va kobiliyatini 
xisobga olgan xolda kuyidagi shakllardan foydalanish mumkin: 

fanning ayrim mavzularini о‘quv adabiyotlari yordamida mustakil uzlashtirish, 
о‘quv manbalari bilan ishlash; 

amaliy, seminar mashgulotlariga tayyorgarlik kо‘rib kelish; 

ma’lum mavzu bо‘yicha referat tayyorlash; 



kurs ishi (loyihalari)ni bajarish; 

bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyasi uchun materiallar tо‘plash; 

hisob-kitob va grafik ishlarini bajarish; 

maket, model va badiiy asarlar ustida ishlash; 

amaliyotdagi mavjud muammoning yechimini topish, test, munozarali savollar 
va topshiriqlar tayyorlash; 

ilmiy maqola, tezislar va ma’ruza tayyorlash; 

amaliy mazmundagi nostandart masalalarni yechish va ijodiy ishlash; 

uy vazifalarini bajarish va boshqalar; 
Fan xususiyatidan kelib chiqqan holda talabalarga mustaqil ish uchun boshqa 
shakllardagi vazifalar ham topshirilishi mumkin. Talabalarga qaysi turdagi topshiriqlarni 
berish lozimligi kafedra tomonidan belgilanadi. Topshiriqlar puxta о‘ylab ishlab 
chiqilgan va ma’lum maqsadga yо‘naltirilgan bо‘lib, talabalarning auditoriya 
mashg‘ulotlarida olgan bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish, kengaytirish va 
tо‘ldirishga xizmat qilishi kerak. 

Download 341,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish