Demokratiyaning Sharqona va G‘arbona talkini.
O‘zbekiston o‘z jo‘g‘rofiy joylashuviga ko‘ra, qadimdan Sharq va G‘arb tamaddunlari
muloqotga kirishadigan, keng miqyosdagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy-mafkuraviy aloqalar
amalga oshiriladigan hudud sifatida ajralib turadi. Milliy davlatchiligimizning shakllanish va
rivojlanish bosqichlariga nazar tashlasak, bir tomondan, bu jarayonga tashqaridan turib g‘oyaviy-
mafkuraviy ta’sir ko‘rsatishga urinishlar, shu orqali ushbu muhim strategii hududda o‘z
manfaatlarini himoya qilishga intilishlar barcha davrlarda bo‘lganiga, ikkinchi tomondan, milliy
davlatchiligimizga xos xususiyatlar doimo mentalitetimizga yot bo‘lgan zararli g‘oyalar bilan
kurashib kelganiga guvoh bo‘lamiz.
Ayniqsa, hozirgi globallashuv davrida dunyoda keskin g‘oyaviy kurashlar va turli
mafkuralar to‘qnashuvi, demokratiya yoki turli diniy ta’limotlar shiorlari bilan niqoblangan yovuz
g‘oyalarni singdirishga intilish kuchayib bormoqda. "Ishonchim komilki, — deb ta’kidlagan edi
birinchi Prezidentimiz Islom Karimov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma
majlisidagi ma’ruzasida — demokratiyani va turli "ochiq jamiyat modellari"ni eksport qilib
bo‘lmaganidek, davlat qurilishining universal loyihasini ham tashqaridan import qilish yoki
tiqishtirish mumkin emas. Aslida, hammaga birdek ma’qul bo‘ladigan bunaqa modelning o‘zi
umuman yo‘q. Lo‘nda qilib aytganda, biz tadrijiy, ya’ni evolyutsion izchillik xususiyatlariga ega
bo‘lgan islohot va o‘zgarishlar tarafdorimiz. Faqat bu yangilanishlar ijtimoiy munosabatlar va
turmush tarzining o‘zgarishi, odamlar ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlash bilan
chambarchas bog‘liq holda amalga oshirilishi darkor"
32
.
32
Karimov I.A. O‘zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo‘lmaydi. 13-jild. — T.:«O‘zbekiston», 2005, 181-184-betlar.
Darhaqiqat, O‘zbekistonnish hozirgi taraqqiyot bosqichida G‘arb mamlakatlari va xalqlariga
xos bo‘ltn «sof g‘arbona demokratiya» modellari ham, ayrim musulmon mamlakatlarida keng
yoyilgan «sof islom davlati» yoki «sof islom demokratiyasi» modellari ham, ularni eksport
qilishga urinishlar ham zararlidir. Biz o‘z milliy taraqqiyot modelimizni barpo etish orqaligina
milliy xususiyatlarimizga, azaliy shakllangan urf-odat va qadriyatlarimizga, xalqimiz turmush
tarziga yot bo‘lgan turli «demokratiya modellari»ga qarshi samarali kurasha olamiz. Buning uchun
jamiyatni modernizatsiya qilish, amalga oshirilayotgan tub islohotlarni izchil davom ettirish,
xalqimizning turmush farovonligini uzluksiz oshirib borish yo‘lidagi keng ko‘lamli o‘zgarishlarni
amalga oshirishga katta e’tibor berilmoqda. " Shu sababli, — deb ta’kidlagan edi birinchi
Prezidentimiz Islom Karimov — agar biz o‘zimiz zamin yaratib ko‘ymasak, ijtimoiy jarayonlarga
tashqaridan turib aralashuv hech qanday samara bermaydi. Bugungi kunda "demokratiyani olg‘a
siljitish" deb atalayotgan muayyan texnologiyalarning shakllangani — bu endi boshqa gap, misol
uchun, hozir xuddi Iroqda bo‘layotganidek. YA’ni, ma’lum bir mamlakatda, aytaylik, "de-
mokratiya taqchilligi" mavjud, ushbu mamlakat xalqiga ana shu taqchillikdan xalos bo‘lishga
yordam berish kerak deb hisoblanadi. Buning uchun katta mablag‘lar ajratilib, tegishli kuchlar
yo‘naltiriladi. Bundan ko‘zlangan maqsad — to‘ntarish uyushtirish va ana shunday "taqchillik"ni
vujudga keltirgan va avj oldirgan rahbariyatni yo‘qotishdan iborat. Mana shunday xolatlarda
"baxmal o‘zgarish"lar texnologiyalari ishga tushadi: avvalgi hokimiyat nisbatan tinch yo‘l bilan,
qurbonlarsiz ketishi, uning o‘rnini boshqa, mazkur texnologiyalar manfaatlariga javob beradigan
kuchlar egallashi ko‘zda tutiladi"
33
.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston teran milliy davlatchilik negizlariga ega, ularni chuqur
o‘rganib, yoshlarda milliy davlatchilik, qadriyatlarga, xalqimizning boy madaniy merosiga,
nisbatan muhabbat tuyg‘ulari kamol toptirib borilsa, soxta demokratiya modellarining "eksporta"
bilan bog‘liq xavf-xatarning oldi olinadi.
Bugungi kunda ilmiylikka da’vo qilayotgan ana shunday yondashuvlardan biri demokratiya
tranziti yoki ilmiy ibora bilan aytganda, tranzitologiya konsepsiyasidir. Uning mohiyati ayrim
davlatlarning nodemokratik holatdan demokratik tuzumga o‘tishini asoslab beradigan g‘oya va
qarashlarda namoyon bo‘ladi. Tranzitologiya nazariyotchilari jamiyat hayotining barcha
sohalarini liberallashtirish va demokratlashtirish, turli siyosiy partiya va harakatlarning
raqobatlashuviga asoslangan erkin saylovlarni joriy etish tamoyillarining ustuvorligini
ta’kidlagani holda, muayyan mamlakatning tarixiy o‘tmishi, iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyot darajasi,
xalqining milliy qadriyat, urf-odat va an’analari, kishilar mentaliteti, dunyoqarashi va siyosiy
madaniyatini umuman e’tiborga olmaydi yoki ularni ikkinchi darajali omil deya baholaydi.
Vaholanki, ular zamonamizning eng rivojlangan davlatlarida bugungi demokratik tuzum va
qadriyatlar asrlar davomida shakllanib kelganini (masalan, AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya kabi
mamlakatlar demokratik taraqqiyot borasida uch-to‘rt asrlik tajribaga ega), bu jarayon keskin
ziddiyatlar, bahs-munozaralar va kurashlar orqali kechganini, demokratiya unsurlari bosqichma-
bosqich joriy etilganini unutgan ko‘rinadi. Masalan, AQShda XIX asrning 30-yillarigacha, ya’ni
mamlakat Konstitutsiyasi qabul qilinganidan qariyb 50 yildan keyin ham ayollar, hindular va qora
tanli kishilar fuqarolik hamda siyosiy huquqlarga ega bo‘lmagan.
E’tiborli jihati shundaki, neoliberal va demokratik tranzit konsepsiyalari rivojlangan
mamlakatlarning o‘zida ming bir chig‘iriqdan o‘tkazilib, o‘ta ehtiyotkorlik bilan tatbiq etilsa,
boshqa, ayniqsa, endigina demokratik taraqqiyot yo‘liga kirgan davlatlarda shart-sharoit yetilgan-
yetilmaganidan qat’i nazar, demokratiyaning g‘arbona andozalarini joriy etish qat’iy talab etiladi.
Masalaning aynan shu jihatiga to‘xtalib, davlat va jamoat arbobi Islom Karimov bunday degan
edi: " Biz boshqa davlatlarning rivojlanish jarayonida to‘plangan va respublika sharoitida tatbiq
qilsa bo‘ladigan barcha ijobiy tajribalardan foydalanish imkoniyatini istisno qilmaymiz. Ayni
chog‘da, biron bir andozadan, hatto u muayyan mamlakatda ijobiy natijalarga olib kelgan bo‘lsa
ham ko‘r-ko‘rona nusxa ko‘chirish mutlaqo nomaqbuldir. Shunisi aniq-ravshanki, muayyan
33
Karimov I A. O‘zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo‘lmaydi. 13-jild. — T.:«O‘zbekiston», 2005, 136-bet.
vositalar va usullar qaysi mamlakat uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, ular o‘sha mamlakatga xos
bo‘lgan alohida sharoitdagina ijobiy samara berishi mumkin. Aksincha, jozibador bo‘lingiga
qaramay, aslida begona, yot andozalar sun’iy ravishda tiqishtirilgan joyda iqtisodiy islohotlar
muqarrar ravishda barbod bo‘laveradi"
34
.
Albatta,
yurtimizda
demokratiyaning
fundamental
tamoyillarini,
rivojlangan
mamlakatlarning bu borada erishgan yutuqlarini inkor etadigan birorta odam bo‘lmasa kerak. Bu
o‘rinda so‘z faqat har bir mamlakat va xalqqa xos xususiyatlar, milliy qadriyat va an’analarning
demokratiya unsurlari bilan qay tarzda uyg‘unlashuvi hamda ularning amaliyotga tatbiq etish
bosqichlari xususida bormoqda. Qolaversa, Uinston Cherchil bundan qariyb olmish yil muqaddam
" Demokratiya ham kamchiliklardan holi emas, ammo insoniyat undan mukammalroq tuzumni hali
o‘ylab topmagan" deganida masalaning aynan shu jihatini ham nazarda tutgan bo‘lsa ajab emas.
Shu bois O‘zbekistonda islohotlarning dastlabki bosqichlaridanoq, yurtimizning o‘ziga xos tarixi,
geostrategik o‘rni, tabiiy-madaniy zaxiralari, xalqimizning boy ilmiy, falsafiy, ma’naviy-ma’rifiy
merosi, milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg‘unligiga tayangan holda demokratiya tamoyillari
bosqichma-bosqich izchil joriy etilmoqda hamda bu borada muayyan yutuqlarga ham
erishilmoqda.
Shu o‘rinda bu xulosaning jahondagi ko‘plab taniqli olimlar va davlat arboblarining
qarashlari bilan uyg‘unligiga e’tibor qaratmoqchimiz. Masalan, amerikalik taniqli siyosatshunos
va davlat arbobi Zigmund Bzejinskiy bu boradagi shoshma-shosharlikning salbiy oqibatlari haqida
to‘xtalib, bunday degan edi: "Islom tarixi va madaniy qadriyatlariga bepisandlik bilan yondashib,
demokratiyani majburan kiritishga urinish, oxir-oqibat uning tamoman inkor etilishiga sabab
bo‘ladi va aksincha, tashqi tazyiqdan holi bo‘lgan, tabiiy taraqqiyot natijasi o‘laroq, bosqichma-
bosqich shakllantirilgan demokratiya siyosiy madaniyati islom jamiyati tomonidan qabul qilinadi
va o‘zlashtiriladi"
35
.
Umuman olganda, milliy g‘oya, erkin fuqaro va demokratiya — yuqori darajada rivojlangan
kishilar jamiyati, insoniyat erishgan buyuk ne’mat, ko‘pchilikka ma’qul yashash tarzidir. Ammo
uning amalga eshishi barcha mamlakatlarda bir xil emas. Har bir mamlakat demokratiyaning
umumiy qadriyat va tamoyillarini o‘z milliy qadriyatlari zaminida, o‘z xalqining uzoq tarixi
davomida shakllangan an’analari bilan qo‘shib qabul qilganini bilamiz. Masalan, AQSH yoki
Angliya, Fransiya (boshqa Yevropa mamlakatlari ham) demokratik davlatlar bo‘lsalar-da, lekin
xar biri o‘z milliy ruhi, an’analarini ham saqlagan. Shu kabi Yaponiya, Koreya, Malayziya kabi
mamlakatlarda ham demokratik tuzum milliy va diniy-e’tiqodiy udumlar negizida amal qilmoqda.
Shubhasiz, bizda ham ana shunday bo‘lishi uchun intilmokdamiz.
XXI asr har jihatdan murosa va kelishuvlar asri bo‘ladi. Dinlar. mazhablar, ta’limotlar
orasida murosasozlik yuzaga kelishi, inson baxti uchun xizmat qiladig‘an narsalar eng muhim
qadriyat deb qabul qilininshi lozim. O‘zlikni anglash barobarida uning o‘ziga xos xususiyatini
saqlash va takomillashtirish ham muhim o‘ringa ega bo‘ladi. Ma’naviy qadriyatlarni tiklash orqali,
o‘zbek xalqi o‘z ajdodlari kim, dunyo xaritasida qanday mavqega ega ekanini bilib olmoqda.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov "Biz hech kimdan kam emasmiz va hech kimdan kam
bo‘lmaymiz" deganda ikki jihatni nazarda tutadi:
1. Jahon madaniyatiga hissa qo‘shgan, tariximiz ana shu milliy g‘urur, qobiliyat, intilish
negizida jipslashib, bir maqsad sari harakat qilishga zamin bo‘lmoqda.
2. Endigi vazifa — ana shu zaminga imkoniyatni ishga solish, ya’ni o‘qib-o‘rganib, bilim-
malaka hosil qilib, dunyo maydoniga dadil kirib borish hamda o‘z o‘rnini egallab
olishdan iboratdir.
Ammo ana shu yo‘lda o‘zlikni yo‘qotmaslik, o‘z milliy tafakkuri, an’analari, ajoyib
xususiyatlarini saqlab qolish lozim. Bu esa ancha mushkul vazifa. Chunki taraqqiy etg‘an
34
Karimov I.A. O‘zbekiston buyuk kelajak sari. — T.: «O‘zbekiston», 1998.— 87—88-betlar.
35
Бзежинский 3. Выбор: мировое господство или глобальное лидерство. — М.: Международные отношения, 2004, с. 279-
280.
mamlakatlarning hammasi ham bizni quchoq ochib qarshi olayotgani yo‘q. Ular har bir holatda
ham o‘z milliy manfaatidan kelib chiqib munosabatda bo‘ladi. Hatto demokratiyani "eksport"
qilishdan ham manfaatdor ayrim kuchlar bor. Chunki bu ularga mamlakat boyliklarini
o‘zlashtirish, arzon ishchi kuchidan foydalanish imkoniyatini yaratadi. Demokratiyani yagona,
yevropacha turmush tarzi mezonlari bilan baholamoqchi bo‘ladi.
Ana shuning uchun ham milliy tarbiya masalasi hozir dolzarb bo‘lib turibdi. Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi aynan shu maqsad uchun qabul qilindi. Farzandlarimiz yangicha
yashashga tayyor bo‘lishi va eng muhimi, O‘zbekistonning gullab-yashnashiga hissa qo‘shishi
kerak. Zamonaviy bilim, zamonaviy malaka, zamonaviy qobiliyat egalari bo‘lib yetishsin. Milliy
g‘oyaning bosh maqsadi ham shu.
Lekin bu yerda gap faqat ta’lim-tarbiya tizimi haqida borayotgash: yo‘q. Bu yerda gap
umuman jamiyat tizimi, yaxlit olganda, O‘zbekiston xalqini yuksaltirish ustida bormoqsa. Ochig‘i,
milliy o‘zlikni saqlash hozir muhimroq bo‘lib qoldi.
Bu nima degani? Biz milliy qadriyatlarni tiklash bilan chegaralanmasdan, ular yetilib
kelayotgan avlod tomonidan qanchalik qabul qilinmoqda, sevilmoqda, davom ettirilmoqda, degan
savollar ustida ham bosh qotirishimiz lozim. Zero, eng katta xavf ham ilg‘or mamlakatlar
mafkurasidagi individualizm ta’siriga tushib o‘zlikni yo‘qotishdir.
Mana shuning uchun ham milliy g‘oya ruhidagi keng miqyosdagi tarbiya benihoya muhim
va biz uchun hayot-mamot masalasidir. Bunda axloqiy va xuquqiy tarbiya birga rivojlantirilishi,
milliy o‘z-o‘zini tahlil va tanqid ham muayyan o‘rin egallashi lozim. Chunki millat o‘zini o‘zi
ma’nan tozalab, poklab borishi kerak.
Lekin ayrim kishilar hamon sustkashlik, boqimandaliqdan to‘la qutulgani yo‘q. Ko‘pgina
hollarda tadbirkorlikni faqat olib-sotarlik darajasida anglash sodir bo‘lmoqda. Ayniqsa, dunyo
bozorini egallaydigan mahsulot ishlab chiqarishi bilan e’tibor qozonish, servis xizmat sohalari
yuqori darajada bo‘lishiga erishilgani yo‘q. Buning sabablaridan biri ichki, ongli intizom
shakllanmagan, har bir odam vaqtdan foydalanishi, o‘zgalar vaqtini band etmasdan, har bir narsa
belgilangandek, aniq va to‘g‘ri bajarish shart ekanligini his etmayotganligidir. Eski odat bo‘lib
qolgan beparvoligimiz, mas’uliyatsizligimiz ko‘p narsani boy berishimizga sabab bo‘lmoqda.
Aybni boshqalarga to‘nkash, mas’uliyatni o‘z bo‘yniga olmaslik kasalidan qutulganimiz yo‘q.
Hali ham isrofgarchilik bor, tejamkorlikni o‘rganganimiz yo‘q.
Shu bois keng ma’noda tafakkurimizni, hayot tarzimizni qayta qurishimiz, hushyor, oqilu
fozil kishilar kabi yuqori darajali mehnat, faoliyat va turmush intizomiga erishishimiz lozim.
Qachongacha rahbar ko‘rsatma yoki do‘q-po‘pisa qilsa ishlaymiz? Nega har bir odam
tashabbuskor emas? Nega kimdir biz uchun o‘ylasin, biz uchun fikr qilsin, hukm chiqarsin degan
kayfiyatda yuramiz?
Ma’lumki, sobiq sho‘rolar davrida sharq xalqlariga, jumladan, bizga nisbatan Marksning
«Osiyocha ishlab chiqarish uslubi» deb atalgan nazariyasiga tayanib ish ko‘riladi degan qarash
hukmron edi. Bu nazariyaning mohiyati Sharqda hokimiyatni boshqarish azaldan despotizmga,
ya’ni zo‘ravonlikka asoslanadi, degan fikrdan iborat edi. Yevropatsentristik qarashlar (Gegel),
Yevropani jo‘g‘rofiy jihatdan ustun qo‘yish (Monteskye), kapitalizmning tarixan aynan
Yevropada paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi tasavvurlarning (Maks Veber) barchasi osiyocha turmush
tarzi uchun demokratiya mutlaqo yot narsa, degan bepisand fikrga asoslanish oqibati edi. Bugungi
kunda Sharqning ham o‘ziga xos davlatchilik an’analari, boshkaruv tizimi, idora usullari,
hokimiyat tarmoqlari bo‘lgani, bu borada u g‘arbdan sira kam emasligi barchata ayon bo‘lib qoldi.
Xususan, sharqona demokratiyaning qator ustuvor jihatlari mavjud. Bu — g‘oyaviy-falsafiy
asosda shakllangan insonparvarlikdir. Masalan, bizning Forobiy, Amir Temur, Nizomulmulk,
Alisher Navoiy kabi ajdodlarimizning siyosiy qarashlari negizida turli davrlarda o‘ziga xos siyosiy
madaniyat shakllangan. Sharq siyosiy falsafasining muhim jihatlaridan biri — «meyor»
tushunchasiga katta ahamiyat berilishidir. Aslida demokratiya — meyorga asoslangan siyosiy
madaniyatdir. Bu meyor huquq va burch, erkinlik va tenglik o‘rtasida bo‘lgan muvozanatni ham
anglatadi.
Sharqda odamlarning hokimiyat va siyosiy munosabatlarga bo‘lgan munosabati azaldan
o‘ziga xos xususiyat kasb etgan. Bu Sharqdagi siyosiy munosabatlarning nozik jihatlari bilan
izohlanadi. Saylov tizimi, davlatchilik, siyosiy harakatlar, jamoatchilik fikri, ommaviy axborot
vositalari — bularning barchasi Sharqda o‘z xususiyatlariga ega. Avvalo, bu xususiyatlar
hokimiyatga bo‘lgan an’anaviy ishonch va ba’zan esa paternalizm (hokimiyatning mehnatkashlar
manfaatiga qisman yon berishi) qonuniyati bilan ifodalanadi. Tarixan Sharq mamlakatlarida
siyosiy qarorlar qabul qilish va ularni amalga oshirish mas’ul kishilar orqali, lekin bunda xalqning
manfaatlari albatta hisobga olingan holda amalga oshirilgan. Ular xalqning «ishtirokida», ya’ni
turli miting, inqiloblar orqali erishilgan, ammo uning manfaatlarini hisobga olmagan holda qabul
qilingan qarorlardan ko‘ra ko‘proq samara bergan. Shu tufayli Sharq mamlakatlarida aksariyat
hukmdorlar mudom «Xalq nima der ekan?», «Mendan qanday nom qolar ekan?» degan mas’uliyat
bilan siyosat olib borgan.
Sharqda siyosiy jarayon ishtirokchilari, ayniqsa, siyosiy yetakchilarning o‘ziga xos maqomi
bor. Siyosiy rahbar nafaqat o‘ziga tegishli alohida imtiyozlarga, balki alohida mas’uliyatga ham
ega. U nafaqat o‘z huquqlari, balki majburiyatlari bo‘yicha ham asosiy og‘irlikni o‘z zimmasiga
olgan. Shu ma’noda Sharq xalqlari hayotida adolat bosh mezonga aylanganki, odil va dono shoh,
hukmdor g‘oyasi «Avesto»dan hozirgi kungacha orzu bo‘lib kelgan. Shuning uchun Amir Temur
faoliyatida «Kuch — adolatda» degan qoida ustuvor bo‘lgan. Shu tariqa Sharq mutafakkirlari
davlatni, avvalo, jamiyat taraqqiyotidagi ikki muhim omil — ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash va
ijtimoiy adolat mezonlarini amalga oshirish quroli deb tushungan. Shuni ham alohida ta’kidlash
zarurki, Sharqda qonunchilik va meyoriy tizimlar ham ana shu maqsadlarga xizmat qilgan. Bunday
an’ana Sohibqiron Amir Temur davridayoq butun dunyo meyoriy tizimiga va
konstitutsiyachiligiga kuchli ta’sir ko‘rsatgan. Amir Temur «Tuzuklar»i buning yaqqol dalili.
Yana bir masalaga alohida e’tibor berish zarur. Sharq xalqlari hayotida jamoatchilik fikri
azaldan yuqori maqom va martabaga ega bo‘lib kelgan. Ko‘pgina an’anaviy ijtimoiy institutlar,
xususan, mahalla va boshqa o‘zini o‘zi idora qilish tashkilotlari asosan jamoatchilik fikriga
tayangan. Shundan kelib chiqqan holda, ijtimoiy salmoqli fikrlarni jamoatchilik muhokamasiga
olib chiqish ham an’anaviy yig‘ilish joylarida — mahalla guzarlari, choyxonalar, karvonsaroylar,
to‘y-ma’rakalar, tantanalar, hasharlar, hatto mehmondorchilikda ham amalga oshgan. Shu bilan
birga jamoatchilik fikri har doim davlat qarorlari qabul qilishning muhim tarkibiy qismi bo‘lib
kelgan. Hukmdorlar o‘z faoliyatining jamoat fikri tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga erishishga
uringan, qaror qabul qilishdan oldin uni jamoatchilik rizosidan o‘tkazishga e’tibor berilgan.
Xullas, shularning barchasidan kelib chiqadigan bo‘lsak, Sharq xalqlariga, xususan, bizning
mamlakatimiz aholisida azaldan o‘ziga xos demokratik an’analar mavjud bo‘lgan. O‘z mentaliteti,
mohiyatiga ko‘ra, umuminsoniy qadriyatlarga nisbatan o‘ta xayrixohligi tufayli xalqimiz
zamonaviy demokratik qadriyatlarni ham tez o‘zlashtirib olishi shubhasiz. Bu, albatta,
xalqimizning tarixiy-ijtimoiy an’analaridagi demokratik g‘oyalar, tajribalar, xususan, jamoa
demokratiyasi namunalari bilan ham bog‘liq.
Umuman, demokratiya qadimdan dunyoning turli mintaqalarida turlicha yo‘nalishda
rivojlanib borgan. Uning muhim bir shakli esa aynan sharqona demokratiyadir.
Shu ma’noda turlicha modellarda namoyon bo‘ladi. Buni o‘z davrining ilg‘or mutafakkirlari
ham teran anglaganlar, ular demokratiya uchun zarur bo‘lgan shart-sharoit, ya’ni mustaqil milliy
taraqqiyot zaruratini alohida ta’kidlaganlar. Xususan, Zaki Validiy To‘g‘on bu haqda shunday deb
yozgan edi: «Demokratiyaning birdan-bir, yagona retsepti yo‘q. Uning maqsadi millatlarga va
jamiyatlarga o‘z ixtiyorlariga muvofik, hayot kechirish imkoniyatini berishdadir. Demokratiya
turli millatda turlicha bo‘lishi mumkin. Lekin uning asosiy bir sharti bor: millat va jamiyat
orasidagi mas’uliyatga sheriklashib, shunga muvofik, ravishda ish qonunlariga bo‘ysunish kerak
bo‘ladi. Davlat ishida mas’uliyat hissining umumiyligi xalqning madaniy kamolotiga bog‘liq
tarbiya va odat masalasi hamdир».
Bugungi sharqona demokratiyada qadr, oqibat, andisha, kattalarga hurmat, ona zaminni
ardoqlash borasida o‘ziga xoslik yaqqol namoyon bo‘ladi. Bular esa milliy g‘oya amal qilishida
nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mafkuralar xilma-xilligi muhim demokratik prinsip. Uning inson qadr-qimmati,
manfaatlari, fikr erkinligi bilan bog‘liqligi.
Milliy g‘oyaning mustaqillik yillarida ishlab chiqilgan tamoyillari bir-biri bilan uzviy
aloqadordir. Ular umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi talablariga to‘la-to‘kis mos keladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitstuiyasida jamiyat hayotining, xususan, mafkuraviy
jarayonlarning ham huquqiy meyorlari aniq belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyaning 12-moddasida
«O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlar xilma-xilligi
asosida rivojlanadi. Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emas»
deyilgan.
Istiqlol tufayli demokratik taraqkiyot yo‘lini tanlagan O‘zbekiston jamiyat hayotida
plyuralizmni qaror toptirish yo‘lidan bordi. Siyosiy plyuralizmni qaror toptirish jamiyatda turli
g‘oyalar, qarashlar, mafkuralar, konsepsiyalarning hamda ularni ilgari surgan siyosiy kuchlar,
partiyalar va boshqa institutlarning erkin raqobati muhitining yaratilishiga zamin bo‘lib xizmat
qilardi. Bu esa, o‘z navbatida, kishilarning turfa xil manfaatlarini qondirish, samarali siyosiy
qarorlar qabul qilish, mavjud nuqtai nazar-larni yanada boyitish, jamiyat hayotini yangilash
imkonini berar edi.
Biroq siyosiy plyuralizm tamoyili amal qilishida qonun doirasidan chiqmaslik, o‘zgacha
fikrlaydiganlarga nisbatan hurmat va bag‘rikenglikni qaror toptirish talab etiladi. Bu jihatdan
siyosiy plyuralizm jamiyatda demokratiyaning yetukligi darajasi ko‘rsatkichi sifatida namoyon
bo‘ladi. Zero, plyuralizm tafovutlarni inkor etmagan holda siyosiy jarayonning barcha
ishtirokchilari tomonidan qabul qilinadigan umumiy tamoyillar va qoidalar bo‘lishini hamda
ularga itoat etishni shartlab qo‘yadi. Ayniqsa, fikrlar xilma-xilligi va ko‘ppartiyaviylik qaror
topgan muhitda muloqot odobiga amal qilish, o‘zgacha fikrlaydi-ganlar mulohazalariga hurmat
bilan qarash muhim ahamiyat kasb etadi.
Albatta, davlat-jamiyat siyosiy tizimining o‘zagi, mamlakat barqarorligi va izchil taraqqiyoti
uchun mas’ul bo‘lgan siyosiy institutdir. Shu ma’noda u jamiyatning o‘z milliy g‘oyalari atrofida
mustaxkam jipslashuvi, fikrlar rang-barangligi va qarashlar xilma-xilligi asosida hayotda
mafkuraviy jarayonlarning muvofiqlashuvidek manfaatdor. Bosh islohotchi sifatida davlat
ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, milliy xavfsizlik, kelajak hayot manfaatlaridan kelib chiqib,
jamiyatda milliy g‘oyalarni keng yoyish borasida faoliyat olib boradi.
Buni xorij tajribasida ham ko‘rishimiz mumkin. Bu mamlakatlarda yuzaki qaraganda
g‘oyaga, mafkuraga u qadar katta e’tibor berilmaydigandek tuyuladi. Masalan, AQShni olaylik.
Bu yerda har bir inson ongiga «Sen — amerikaliksan, ozod insonsan, sening erkinligingga daxl
qilishga hech kimning haqqi yo‘q» degan tushuncha bolalikdan singdirib boriladi. Shuning uchun
ham bu mamlakat fuqarosi, dunyoning qay burchida bo‘lmasin, «Men — amerikalikman» deb
g‘ururlanib yuradi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasida va mamlakatimiz qonunlarida fuqarolarimizning huquqlari
to‘la kafolatlangan. Bu huquqiy asosga tayangan holda g‘ayriinsoniy qarashlarning hayotimizga
ta’siridan mutlaqo xalos bo‘lish, millatning kuch-qudratini zaiflashtiruvchi ayrim ma’naviy
nuqsonlarga barham berish jarayoni izchil amalga oshirilishi kerak. Bu esa demokratiya
mohiyatini tom ma’noda anglab yetishni, hokimiyat organlari va fuqarolar o‘rtasidagi
munosabatlar tizimi va madaniyatini yuqori saviyaga ko‘tarishni talab etadi.
Fikrlar rang-barangligini qaror toptirish — demokratik jamiyat barpo etishning asosiy
shartidir. Demokratiya davlat va jamiyat kurilishi, uni idora etishning eng maqbul shakli sifatida
har bir fuqaroga o‘z qarashlarini, fikrini erkin ifoda etish uchun sharoit yaratadi. Bu esa insonning
mamlakat siyosiy, ijtimoiy, madaniy, iqtisodiy hayotidagi ishtirokini, qonunlarni ishlab chiqishda,
uni hayotga joriy etishdagi faolligini ta’minlaydi. Milliy g‘oyaning ushbu tamoyili olamdagi turli-
tumanlik bilan insoniyat dunyosidagi xilma-xillikning, odamlar fikrlashi, orzu-umidlari, g‘oya va
maqsadlari sohasidagi rang-baranglikning uyg‘unligini ifodalaydi. Fikrlar rang-barangligi milliy
g‘oyaga jon bag‘ishlaydi, uning takomillashishiga yordam beradi. Ana shu asosda bu mafkura
xilma-xil fikrlar bilan boyib boradi, turli g‘oyalarni o‘ziga doimiy singdirish imkoniga ega bo‘ladi.
Bu tamoyil O‘zbekiston hududida istiqomat qilayotgan har bir fuqaroning o‘z milliy
qadriyatlarini asrab-avaylashi, kelajak avlodlarga yetkazishi uchun to‘la imkoniyatlar yaratilishini
ifodalaydi. Har bir millatning tili, qadriyatlari, urf-odatlari, an’analarini hurmat qilishni ta’minlash
milliy g‘oyaning amal qilishida umuminsoniy andozalar namoyon bo‘lishi uchun asos yaratadi.
Shaxs erkinligini ta’minlashda siyosiy va huquqiy institutlarning demokratik asosdagi
tizimini shakllantirish muhimdir. Shu bilan birga bunda xususiy tadbirkorlik faoliyati, bozor
munosabatlari jarayonida shaxsning ijtimoiy faolligi ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Fikrimizcha, O‘zbekiston Konstitutsiyasida inson erkinligi o‘zining to‘g‘ri, maqbul talqinini
topgan, ya’ni unda erkinlik boshqalarga zarar keltirmaydigan faoliyat sifatida baholangan. Zero,
jamiyat va davlat, ijtimoiy tuzum va siyosiy institutlar o‘rtasidagi munosabat individ, ijtimoiy
birliklar va guruhlar o‘rtasidagi munosabatlarga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘lib, ularning barchasi
milliy g‘oya tamoyillari asosida uyg‘unlashtirishni talab etadi.
Bugungi kunda mamlakatimizda hokimiyat va boshqaruv idoralari faoliyati samaradorligi
oshirilmoqsa, jamoat tashkilotlarining yangi qiyofasi shakllanmoqda, ta’bir joiz bo‘lsa, siyosiy
tizim modernizatsiyasi yuz bermoqda. Bu jarayonga milliy g‘oya tamoyillarini uzviy tarzda
singdirib borish va ularni demokratik institutlar faoliyatining tarkibiy qismiga aylantirign muhim
ahamiyat kasb etadi.
Jamiyat hayotini erkinlashtirish milliy g‘oyani xalqimiz qalbi va ongiga singdirishning
muhim shartidir. Milliy g‘oya siyosiy voqelikni uyg‘unlashtirib, turli shaxslar, ijtimoiy guruhlar
ehtiyojlarini mutanosiblashtiradi, ularni mavjud imkoniyatlar asosida bir-biri bilan yaqinlashtiradi
va shu ma’noda, demokratik qadriyatlarning nufuzini oshiradi. Kishilar ongini mahalliychilik,
urug‘-aymoqchilik, mahdudlik kabi ijtimoiy illatlar asoratidan poklash, yot g‘oyalarga nisbatan
mafkuraviy immunitetni shakllantirish, mafkuraviy kurashda to‘g‘ri yo‘l tanlash va jaholatga
qarshi ma’rifat bilan kurashish milliy g‘oyaning xalqimizning qalbi va ongiga teran singdirilishi
bilan bog‘liq. Milliy g‘oyani amalga oshirish «kuchli davlatdan — kuchli jamiyat sari»
konsepsiyasiga asoslanadi va undan kelib chiqib, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha
sohalarini erkinlashtirishda manfaatlar uyg‘unligini ta’minlovchi omil bo‘lib xizmat qiladi.
Milliy mafkura shaxs erkinligi g‘oyasiga tayanadi. O‘z haq-huquqini taniydigan, o‘z kuchi
va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat
bilan yondashadigan, ayni paytda, shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan
uyg‘un holda ko‘radigan insongina milliy g‘oya tamoyillarini to‘g‘ri baholay oladi. Erkinlashtirish
jarayonida inson haq-huquqini ta’minlash, gumanizm va umuminsoniy qadriyatlarga rioya etib
yashash jamiyatimiz hayotining asosiy mezoniga aylanib bormoqda. Jamiyatda loqaydlik,
beparvolik, boqimandalik, poraxo‘rlik kabi illatlarning payini qirqish, odamlar qalbida yuksak
ishonch va e’tiqodni qaror toptirish, axloqan pok, ma’naviy boy, ijtimoiy faol, jismonan baquvvat
avlodni voyaga yetkazish, ularda vatanparvarlik, mehnatsevarlik, odamiylik kabi olijanob
fazilatlarni tarbiyalash milliy g‘oya ta’sirchanligini oshiribgina qolmay, demokratik jamiyat barpo
etish borasidagi intilishlarimiz samaradorligini ham oshiradi.
Shu o‘rinda erkinlik kategoriyasining ijobiy va salbiy jihatlarga ega ekanini ham ta’kidlash
zarur. Uning ijobiy jihati shaxsning o‘z manfaatlariga muvofiq ravishda harakat qilish
imkoniyatini ifodalaydi. Bunda shaxs biror-bir moddiy va ma’naviy ne’matga intilib, shu yo‘lda
zarur harakatlar qilishi mumkinki, bu xatti-harakatlar boshqalarning intilish va manfaatlariga zid
kelmasligi kerak. Chunki adolat chegarasi, erkinliklar meyori aynan shu asosda shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |