V. Sport va yosh avlodning jismoniy tarbiyasini rivojlantirish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish sohasida
Sog‘lom xalq, sog‘lom millatgina buyuk ishlarga qodir. Prezidentimiz tashabbusi bilan respublikamizning barcha hududlarida barpo etilayotgan sport inshootlari, yoshlar markazlari har tomonlama etuk, barkamol yosh avlodni tarbiyalashga xizmat qilmoqda va bunday buyon ham ushbu ezgu maqsadga xizmat qilib keladi. Zamonaviy sport majmualari yoshlarni jismoniy va ma’naviy sog‘lom, hech kimdan kam bo‘lmaydigan shaxslar sifatida tarbiyalash uchun mamlakatimizda yaratilayotgan keng imkoniyatlar va sharoitlar, ularning ezgu intilishlarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga qaratilayotgan e’tiborning yorqin tasdig‘i bo‘lmog‘i lozim.
«Hech kim sportdan chetda qolmasligi kerak” shioriga asoslangan holada «Kamolot” YoIH:
ta’lim muassasalarining o‘quvchilari va talabalari, korxona va tashkilotlardagi yosh xodimlar o‘rtasida sport musobaqalarini tashkil etish, ommaviy va milliy sport o‘yinlari, xalq o‘yinlarini rivojlantirishga o‘zining faol hissasini qo‘shishda davom etadi;
Harakat maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari, oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida sportning qator turlari (futbol, voleybol, badminton, stol tennisi, kurash, Sharq yakkakurashi, shaxmat, velosport, badiiy gimnastika va boshqalar) bo‘yicha an’anaviy sport musobaqalarini o‘tkazish amaliyotini davom ettiradi.
«Kamolot” YoIH bundan buyon ham yoshlarni sportga ommaviy jalb qilishning uch bosqichli tizimi — «Umid nihollari”, «Barkamol avlod” va «Universiada” musobaqalariga tashkil etish va ularni o‘tkazishda faol ishtirok etadi.
Harakat yoshlar o‘rtasida futbolni targ‘ib qilish va ommalashtirish maqsadida «Paxtakor” futbol klubi bilan hamkorlikni kuchaytiradi, qizlarni badiiy gimnastikaga jalb etish, yoshlar o‘rtasida shaxmat, velosport va badmintonni ommalashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratadi.
tegishli davlat idoralari, jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Harakat yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni o‘tashga, Vatanini himoya qilishdek muqaddas burchni ado etishga tayyorlash maqsadida ularni sportning harbiy-amaliy va texnikaviy turlari bilan shug‘ullanishga jalb etadi;
«Kamolot” YoIH «Shunqorlar” va «Yosh chegarachilar” harbiy-sport vatanparvarlik musobaqalarini tashkil etishda davom etadi, shu bilan birga, umumta’lim maktablari hamda o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida «Yosh qutqaruvchilar” klublarini tashkil etishga bosh-qosh bo‘ladi.
o‘smirlar va yoshlar uchun mo‘ljallangan sport to‘garaklari, seksiya va klublarni, jismoniy tarbiya va sog‘lomlashtirish maskanlari, bolalar va o‘smirlar sport maktablarini qo‘llab-quvvatlash, sport maydonchalari, sport zallari va boshqa sog‘lomlashtirish inshootlari tarmog‘ini kengaytirishga ko‘maklashish ishlarini davom ettiradi;
Yoshlarni joylarda, shu jumladan, mahallalar va talabalar turarjoylarida jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlariga alohida e’tibor qaratiladi. «Kamolot” YoIH boshlang‘ich tashkilotlari qishloq joylarida sportni ommalashtirish uchun zarur sharoitlarni yaratish, yoshlarni sport inshootlari, bolalar sport maydonchalarini bunyod etishga keng jalb etishda bevosita ishtirok etishadi.
sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, millat genofondini saqlash va yaxshilash uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan davlat dasturlarini qo‘llab-quvvatlash «Kamolot” YoIHning alohida diqqat-e’tiboridagi masala hisoblanadi;
Shu maqsadda yosh avlod sog‘lig‘ini muhofaza qilish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli tashkiliy, targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |