Ot so‘z turkumini o‘rganish bo‘yicha o‘quv dasturi tahlili Ot so’z turkumi. Otning ma’no guruhlari



Download 499,97 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana07.07.2021
Hajmi499,97 Kb.
#111449
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
6.мустақил иш Latofat

Otning grammatik kategoriyalari 

Ot turkumi uch xil grammatik kategoriyaga ega: 1) son kategoriyasi; 2) egalik 

kategoriyasi; 3) kelishik kategoriyasi. 

Otlar nutqda doimo grammatik son va kelishik kategoriyasida bo‘ladi. Masalan, 

kitob - birlik sonda va bosh kelishikdagi ot. Egalik kategoriyasi esa otning 

grammatik shakllanishida har doim ham ishlatilmaydi. 

 

Son kategoriyasi. Otlarning birlik va ko‘plik shakllari va shu shakllarni 

ifodolovchi vositalar son kategoriyasini tashkil etadi. 

Birlikdagi otlar bir jinsdagi narsalarning bittasini anglatadi va ular grammatik son 

ko‘rsatgichga ega bo‘lmaydi. Masalan: kitob, olma, qalam kabi. Birlik sondagi 

otlar egalik ( kitobim, kitobimiz), kelishik (kitobdan, kitobning) kategoriyasiga xos 

qo‘shimchalar bilan qo‘llanganda ham o‘z grammatik mohiyatini yo‘qotmaydi, 

ya’ni birlik hisoblanaveradi. 

Otlarning ko‘plik shakli maxsus grammatik vosita - lar orqali ifodalanadi va bir 

turdagi narsaning noaniq miqdorini bildiradi. Grammatik ko‘plik hosil qiluvchi –

lar otlardagi lug‘aviy shakl yasovchi affiks hisoblanadi. Grammatk son ma’nosini 

ifodalashning bu usuli morfologik usul deb yuritiladi. Masalan: kitob - kitoblar, 



qalam - qalamlar. Otlarning birlik va ko‘plik shaklda ishlatilishi, asosan, 

sanaladigan va aniq turdosh otlarga xosdir. Biroq juft turdosh otlarning son 

kategoriyasi bilan qo‘llanishida o‘ziga xosliklar mavjud. Masalan, kuch-qudrat, 

savlat-salobat, mehr-muhabbat, vaqt-soat kabi otlar birlik shaklda ishlatiladigan 



otlardir. Juft turdosh otlarning yigit-qiz, qiz-juvon, o‘g‘il-qiz kabi turlari ko‘plikda 

qo‘llaniladigan otlardir. Ko‘rpa-to‘shak, qand-qurs, fikr-mulohaza, ota-ona, oshiq-



ma’shuq, oshna-og‘ayni kabi otlar esa grammatik sonning har ikki shaklida 

ishlatilishi mumkin. 

 

O‘zek tilida faqat birlikda ishlatiladigan otlar ham mavjud bo‘lib, ularga mavhum 



otlar, donalab sanalmaydigan otlar, asli o‘zi juft, yakka holda uchraydigan otlar, 

atoqli otlar, jamlovchi(xalq, o‘rmon) va jamlik (soch, kiprik) otlari kiradi. 

Shuningdek, ma’lum soha, kasb-hunar otlari ( matematika, adabiyot, dehqonchilik, 

o‘qituvchilik) ham ko‘plikda qo‘llanmaydi. Bunday otlarga -lar affiksi 

qo‘shilganda ko‘plikdan boshqa ma’no ifodalanadi. Bu ma’no otlarga xos modal 



ma’no deb yuritiladi. Grammatik son affiksi asosida ifodalanadigan modal 

ma’nolar quyidagilardan iborat: 

1.Atoqli otlarga –lar qo‘shilganda sulola, avlod, oila, guruh, jamlik ma’nosi 

ifodalanadi: Temuriylar, Boburiylar sulolasi, Salimovlar, Akramovlar oilasi, 



Halimalar (kelishdi), Majnunu Farhodlarga arkon bo‘lgan Sharq. Atoqli otlarning 

bir turi bo‘lgan geografik nomlarga qo‘shilganda esa, shu joy anglatgan hududning 

barcha qismi anglashiladi: Samarqandlarni aylanmoq, Toshkentlarni tomosha 

qilmoq kabi. 

2.Mavhum otlarga -lar affiksi qo‘shilganda ma’no kuchaytiriladi: uyqularim 



qochib ketdi, ko‘ngillarim ozdi, hayollarim to‘zg‘idi kabi. Xuddi shunday modal 

ma’no asli o‘zi bitta yoki juft holda bo‘ladigan otlarga hamda jamlik va yakkalik 

tushunchalarni ifodalovchi otlarga –lar qo‘shilganda ham ifodalanadi: ko‘zlarim 

achishdi, qo‘llari toldi, yuraklar orziqdi, sochlar to‘zg‘idi, kipriklar namlandi. 

3.Donalab sanalmaydigan otlarga -lar qo‘shilganda tur, nav ma’nosi 

anglashiladi: unlar (1,2-nav ), yog‘lar (paxta yog‘i, sariyog‘, zig‘ir yog‘i), qumlar 

(qora, sariq ). 

4.Qarindoshlik, yaqinlik ko‘rsatuvchi otlarga egalik qo‘shimchasidan keyin –lar 

affiksi qo‘shilganda hurmat ma’nosi ifodalanadi: bobomlar, akamlar, 

amakimlar kabi. Agar -lar affiksi egalik ko‘rsatkichidan avval qo‘shilsa bunday 

otlar ko‘plik, shuningdek, boshqa modal ma’nolarga ega bo‘lishi ham mumkin. 

Qiyoslang: akamlar-akalarim, amakinglar-makilaring, otamlar-otalarim

Shuningdek, hurmat ma’nosida ishlatilgan otlar bilan qaratqich kelishigi vositasida 

birikkan ba’zi narsa-buyum otlariga egalik qo‘shimchasidan avval –lar affiksi 

qo‘shilganda ham hurmat ma’nosi anglashiladi: Bobomlarning sovg‘alari, 



akamlarning ko‘ylaklari, amakimlarning uylari. 

5. Shaxs otlariga (shuningdek, olmoshlarga) –lar qo‘shilganda, ba’zan piching, 

kesatiq ma’nosi ifodalanadi: Tojixon o‘zlaridan ibrat olsa, 

kamina kuyovlaridan ibrat olsam, turmushimiz yaxshi bo‘lib ketsa, ajab emas. (A. 

Qahhor) 



 

 

Narsaning birdan ortiqlik tushunchasi morfologik usuldan tashqari quyidagi 



unsurlar bilan ham ifodalanishi mumkin:1) leksik- semantik usul. Grammatik 

jihatdan birlikda bo‘lib, mazmunan ko‘plik anglatuvchi jamlovchi otlar 

orqali: xalq, armiya, to‘da, poda; 2) leksik-sintaktik usul. Son va ot turkumiga 

oid so‘zlarni biriktirish hamda takroriy otlar orqali: o‘nta kitob, uch o‘rtoq, beshta 



daraxt, dasta - dasta gul, qop - qop un, ombor-ombor g‘alla kabilar. Narsaning 

birdan ortiqligini qayd etilgan vositalar yordamida ifodalash mumkin bo‘lsa-da, 

otning morfologik ko‘pligi birgina –lar affiksi orqali shakllanadi. Unga (oppozetiv) 

qarama-qarshi bo‘lgan grammatik shakl esa birlik hisoblanadi. 

 


Download 499,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish