www.ziyouz.com kutubxonasi
13
Angakim sanga berdi mundoq vujud,
Bu shukronag‘a sen ham aylab sujud.
Seni chunki sojid qilib kirdigor,
Anga sajda qilmoq bo‘lub oshkor.
Sening tug‘mog‘ing ravshan aylab jahon
Aningdekki, tuqqay quyosh nogahon.
Bu ishtin falak topqach ogohliq,
Sanga shahlar uzra berib shohliq.
Falakka bu baxshish qilurg‘a ne had,
Seni Haq shah etmish azal to abad.
Guvoh o‘ldi toji futuvvat munga,
Dalil o‘ldi muhri nubuvvat munga.
Bu muhreki naqshin tutub ul kitif,
Quyosh ichradur axtari munxasif.
Ne axtarki, bir xotam etmish nishon,
Yadulloh
7
aro xotam o‘lg‘on nihon.
Vujudungni chun qildi Haq ganji roz,
Haqiqat duru la’lidin yo‘q majoz.
Qilib fosh mahfuzi asror fanin,
Zaruratki muhr etti o‘z maxzanin.
Demay jismkim, ganji shohiydur ul,
Ne xotam, nigini ilohiydur ul.
Angakim ilik bersa mundoq nigin,
Niginida tong yo‘q zamonu zamin.
Gini yo‘qki, oy uzra piroyadur,
Quyosh ustida mushkdin soyadur.
Quyoshning chu man’ ayladi soyani,
Nedin soya kasb etti bu poyani.
Chu sham’ingning o‘ldi adam soyasi,
Nechuk bo‘ldi bu soya hamsoyasi.
Qilib har kun ul soyag‘a rashk fosh,
To‘kar sarg‘arib, titrab ashkin quyosh.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Do'stlaringiz bilan baham: |