Mavzu: “Iqtisodiy o`sish va uning samaradorligi muommolari” Bajardi: Nurulloev I. Tekshirdi: Ma’morov B. Toshkent – 2018 reja



Download 0,93 Mb.
bet14/19
Sana21.02.2023
Hajmi0,93 Mb.
#913434
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Iqtisodiy-osish-va-rivojlanayotgan-mamlakatlardagi-ozgarishlar

Jadval 2.3.1.2.

Yuqoridagi diagrammalarni umumiylashtirgan holda YaMMning aholi jon boshiga qaysi yilda qanchani tashkil qilishini ko`raylik7:
Jadval 2.3.1.3.

Endi O’zbekiston yillik YAMMsiga va uning dinamikasiga to’xtalsak. Yaqin yillar davomida davlatimiz iqtisodiyotida muhim o’zgarishlar yuz berdi. Turli xil makroiqtisodiy ko’rsatkichlar o’sish potensialini ko’rsatdi. Kichik va o’rta biznes, qishloq xo’jaligi, tashqi savdo, import-eksport, bank-kredit sohalarida sezilarli o’zgarishlar yuz berdi. Bu esa bevosita YAMMga ta’sir qildi. Bu kabi yirik sohalarda o’tkazilgan chuqur islohotlar tufayli YAMM hajmi yiliga o’sib bordi. Quyida keltirilgan diagramma esa O’zbekiston Respublikasining 2000-yildan 2008-yilga qadar yillik YAMM ko’rsatkichlarini % larda ifodalaydi8:

Jadval 2.3.1.4.

Yuqoridagi jadvalni tahlil qiladigan bo’lsak, yillik YAIM har yili sezilarli sur’atlar bilan o’sib borgan. Xususan 2000-yilda bu ko’rsatkich 3.8 % ni tashkil qilgan bo’lsa, 2008-yilga kelib esa 9 % gacha o’sib borgan. Ohirgi 2004-2008-yillar oralig’idagi o’sish esa har o’rtacha 7 % ni tashkil qiladi. 2000-2003-yillar mobaynida YAIM o’sishi deyarli o’zgarmas bo’lgan. Iqtisodiy o’sish barqaror bo’lib, aytarli darajada yildan yilga o’sish kuzatilmagan. Chunki bu davr mobaynida aholi soni bir tekis o’sib borgan. Aholi jon boshiga YAIMning ulushi esa u darajada o’smagan. Ikkinchi davr oralig’ida esa (2004-2008 yy) iqtisodiy o’sish dinamikasi barqaror o’sib bordi. Aholi o’sishiga qaramay, yillik YAIM o’sishi aholi o’sish tempidan balandroq bo’ldi. Bu esa davlatimiz iqtisodiy holatini yaxshilanishga olib keldi. Xususan, yirik iqtisodiy sohalarning YAIMdagi ulushi ortib bordi, aholi farovonlik darajasi o’sib bordi, aholi daromadlari, ish haqi, ish bilan bandlilik darajasi ham o’sib bordi. Bundan shu ma’lum bo’ladiki, iqtisodiyotimizdagi bu o’sish, makroiqtisodiy jihatdan olib qaralganda, muhim tarmoqlardagi samarali islohotlar va ishlab chiqarishning kengayishi mamlakat iqtisodiy o’sishining asosi hisoblanadi. Bundan tashqari ikkinchi davr mobaynida aholi jon boshiga YAIM ulushi ham ortib borgan, bandlilik darajasining ortib borishi, ishsizlikning kamayishi, moliyaviy barqarorlik ham iqtisodiy o’sishning natijasi hisoblandi. To’liq makroiqtisodiy ko’rsatkichlar haqida esa keyinroq rasmiy statistik ma’lumotlar bilan to’xtalib o’tamiz.
Ikkinchi davr mobaynida yuqorida ta’kidalanganidek asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichar hisobiga iqtisodiy o’sishga erishildi. Xususan, 2004-yilda kuzatilgan iqtisodiy o’sishga asosiy sabab bo’lgan omillar quyidagilar hisoblanadi:

  • eksport hajmining ortishi;

  • investitsiya hajmini o’sishi va uning iqtisodiyotdagi faolligini oshib borishi;

  • qat’iy pul-kredit siyosatidagi makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikning o’rnatilishi;

  • xususiylashtirishning amalga oshirilishi va boshqa omillar.

Yuqoridagi omillar sababli shu yilda inflyatsiya darajasi 3.7% gacha pasaydi, byudjet defitsiti 0.4 % gacha qisqartirildi hamda ishlab chiqarishning umumiy hajmi oshdi.
Umuman olganda, yuqoridagi omillar ikkinchi davr uchun xos bo’lib, aholi hayot darajasini oshirish uchun muhim tayanch hisoblanadi. Yaqin yillardagi iqtisodiy o’sishga va makroiqtisodiy barqarorlikka quyidagi muhim omillar sabab bo’ldi:

  1. xususiy sektor roli va ahamiyatining kuchayishi;

  2. kapitalni samarali yig’ish va uni sarflash;

  3. qishloq xo’jaligidagi va iqtisodiyotning boshqa sohalaridagi chuqurlashtirilga islohotlarning amalga oshirilishi ;

  4. material-texnik resurslar hajmining oshirilishi va ishlab chiqarish sharoitlarining yaratilishi;

  5. fiskal siyosatini optimallashtirish;

  6. eksport mahsulotlariga miliy valyutaning erkin konvertlashga ruxsat berilishi;

  7. qishloq xo’jaligidagi ishlab chiqarish hajmini o’stirishga qaratilgan agrar sektordagi iqtisodiy islohotlarning chuqurlashtirilishi;

  8. iqtisodiyotning boshqa sektorlarida barqaror ish olib borish va shu kabi bir qator omillar.

Yuqoridagi omillar muhim makroiqtisodiy ko’rsatkichlarga ta’sir qildi va mamlakatmizda barqaror va o’sib boruvchi iqtisodiy o’sishga erishildi. Aholi daromadi va YAIMning jon boshiga taqsimlanishi ham o’sib bordi.
O’zbekistonda kuzatilgan iqtisodiy o’sish nafaqat malakatimiz uchun, balki boshqa davlatlar uchun ham muhim ahamiyatga ega. Xususan, Markaziy Osiyo davlatlari orasida ham O’zbekistonning iqtisodiy o’sishi sezilarli darajada yuqori. Qo’shni davlatlarga nisbatan yillik YAIM hajmining ortishi, Markaziy Osiyo davlatlari umumiy YAIMda O’zbekiston ulushining ortishiga sabab bo’ldi. Qo’shni mamlakatlarga nisbatan yildan yilga bizning salmog’imiz ortib boryapti. Quyidagi diagramma 2001-2007 yillar mobaynida Markaziy Osiyo davlatlarining YAIMdagi o’sib borishni umumiy-mintaqaviy miqyosda % larda tasvirlaydi9:

Jadval 2.3.1.5.



Yuqoridagi diagrammada tasvirlanganidek, O’rta Osiyoda eng barqaror va o’sayotgan iqtisoyot O’zbekistonga tegishlidir. 2001-2008 yillar mobaynida O’zbekiston YAIMsining o’sib borishi boshqa hech qaysi davlatda kuztilmadi. Bundan tashqari mamalakatimiz ulushi yildan yilga ortib yetakchi o’rinlarga pog’onama-pog’ona erishib bormoqda. YAIMning o’sishi jihatdan mintaqada O’zbekiston Turkmaniston bilan bi xil 1-o’rinni egallasada, makroiqtisodiy barqarorlik hamda iqtisodiy o’sishning davomiyligi jihatidan yakka bo`lib 1-o’rinni band qiladi.
Yuqoridagi ijobiy natijalar quvonarli albatta. Lekin iqtisodiy o’sish uning yildan yilga o’sib borishi bilan emas, balki uning sifati bilan, ya’ni, iqtisodiy o’sishga qanday omillar ta’sir ko’rsatgani va mamlakat aholisiga qanday ijobiy ta’sir qilishi bilan baholanadi va muhim hisoblanadi. Iqtisodiy o’sishning sifatini belgilovchi omillar quyidagilar hisoblanadi:

  • intensiv yo’l bilan kapital yig’ish;

  • ishlab chiqarishning yangi salohiyati(kuchi)ni tashkil qilish;

  • ilmiy – texnikaviy tarqqiyotda ilgarilab ketish;

  • progressiv iqtisodiy qayta qurish va shu kabi boshqa omillar.

Yuqoridagi muhim ilmiy xulosalarga tayanidagan bo’lsak, O’zbekistondagi Iqtisodiy o’sish yuqoridagi omillarning deyarli to’liq o’zlashtirgan holda amalga oshirilmoqda. Uning qay darajada va davomli amalga oshirilishi bizning o’zmizga bog’liq albatta.

Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish