Maktabgacha ta`lim muassasi yoshidagi bolalarni estetik rivojlanishining o`ziga xosligi reja: i-bob



Download 177,34 Kb.
bet6/7
Sana30.12.2021
Hajmi177,34 Kb.
#194523
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MTM yoshidagi bolalarni estetik rivojlanishini o`ziga xosligi

Didaktik o‘yinlar.

Didaktik o‘yinlarning muhim elementi qoidalar hisoblanadi. Qoidalarni bajarish o‘yin mazmunini amalga oshirishni ta’minlaydi. Didaktik o‘yin ta’lim bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, unga yordam beradi.

Didaktik o‘yin - bu maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh va imkoniyatlariga mos keladigan ta’lim berish metodidir. Tajribali tarbiyachi bu o‘yindan passiv bolalarni jamoaga aralashtirish, har xil rejalar, vazifalarni qo‘rqmasdan bajarishlari uchun foydalanadi.

Didaktik o‘yinni amalga oshirishda har doim g‘oyaviylik prinsipiga asoslanish kerak. Didaktik o‘yin tarbiyachining vazifa hamda maqsadlariga muofiq kelishi lozim. Didaktik o‘yinlar bolalarning birgalikda o‘ynab, o‘z manfaatlarini jamoa manfaatlari bilan uyg‘unlashtira olishi, bir-biriga ko‘maqlashish va o‘rtog‘ining muvaffaqiyatidan xursand bo‘lishi kabi yaxshi munosabatlarning tarkib topishiga yordam beradi.

O‘yinlar shaxsning sofdillik, rostgo‘ylik kabi ijobiy xislatlari shakllanishiga imkon beradi. Didaktik o‘yin bolalarning amaliy faoliyati hisoblanadi, chunki unda bolalar mashg‘ulotlarda olgan bilimlaridan foydalanadilar.

Shu nuqtai nazardan qaraganda, olgan bilimlaridan har xil usulda foydalanishlari uchun hayotiy sharoit yaratib beradi. Bunday o‘yinlarga kichik bolalar uchun «Rangiga qarab top», «Shakliga qarab top» kabi o‘yinlarni misol tariqasida keltirish mumkin. Katta guruh bolalari uchun «Ishchilar nimalar va qanday ishlarni bilishadi?», «Dehqonlar nimalarni yetishtiradi?», «Kim ko‘proq narsalarning nomini ayta oladi?» va boshqa o‘yinlarni ko‘rsatish mumkin.

Didaktik o‘yinlar bolalarning tevarak-atrof haqidagi bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi, o‘z shaxsiy tajribalari va mashg‘ulotlarda olgan bilimlarni amalda qo‘llay olishga o‘rganadi, ulardagi fikrlash qobilyatlarini, ijodiy kuchlarni, sensor jarayonni rivojlantiradi, olgan bilimlarni tartibga soladi. Didaktik o‘yinlar ta’lim jarayonini yengilroq va qiziqarliroq qiladi. Bolalar yoshlariga mos, qiziqarli faoliyat orqali o‘yinda amalga oshiraladigan aqliy tarbiya vazifasini juda oson va yaxshi o‘zlashtiradilar.

Didaktik o‘yin kattalar tomonidan bolalarni aqliy rivojlantirish maqsadida yaratiladi. Unda o‘yin elementlari qancha ko‘p bo‘lsa, bolalarga u shuncha quvonch bag‘ishlaydi. Didaktik o‘yining muhim tomoni - uni o‘tkazishdan ko‘zda tutiladigan g‘oyadir. O‘yin g‘oyasi bolalarda o‘yinga qiziqish uyg‘otadi, ko‘pincha bu g‘oya didaktik o‘yinni boshlashga sababchi bo‘ladi. Masalan, «Xaltachada nima bor?», yoki «Kim qanday qichqiradi» va shunga uxshashlar.

Har bir didaktik o‘yinda o‘yin mazmuni, g‘oyasidan kelib chiqqan qoidalar bo‘ladi. Unda qoidaning mavjudligi harakat o‘ynalishini yoki o‘yining borishini belgilab beradi, bolalarning xulqini, o‘zaro bir-biriga bo‘lgan munosabatini boshqarib, kerak tomonga o‘ynaltirib turadi. Qoida bolalar harakatini baholovchi o‘lchovdir.

Didaktik o‘yinda amal qilinadigan qoidalar o‘yin harakatlarining to‘g‘ri noto‘g‘riligini aniqlovchi va ularga baho beruvchi mezon hisoblanadi. Bolalarning biror bolaga nisbatan “U o‘yin qoidasini bo‘zib o‘ynayapti” deyishlarining o‘zi ularning o‘yin qoidalariga qandaydir o‘zgartirib bo‘lmaydigan qonundek munosabatda bo‘lishlarini ko‘rsatadi.

Bolalarning o‘yin qoidalarini o‘rganib olishlari va ularga rioya qilishlari, ularda mustaqillikni, o‘yin jarayonida o‘zini-o‘zi, o‘zaro bir-birini nazorat qila bilish qobiliyatini tarbiyalashga yordam beradi.

O‘yinning natijasini ikki nuqtai-nazardan: bolalar va tarbiyachi nuqtai-nazaridan baholash lozim.

Agar o‘yin natijasini bolalar nuqtai-nazaridan baholaganda, unda bu o‘yindan bolalar qanday ma’naviy va ahloqiy ozuqa olganlarini hisobga olish lozim. Didaktik vazifalarni bajarish bolalardan ma’lum darajada zo‘r berishni, ya’ni ularning aqliy faoliyatiga talabni kuchaytiradi. Bolalar fahm farosatlari, topog‘onliklari, diqqat va xotiralarini namoyish qiladilar. Bular hammasi bolalarning o‘z kuchiga ishonchini oshiradi. Qalbini xursandchilik xissi bilan to‘ldiradi, ular bunday ma’naviy qoniqish xosil qiladilar.

Didaktik o‘yining natijasini muxokama qiladigan tarbiyachi quydagilarga e’tibor berishi lozim: qo‘yilgan maqsadga erishildimi, belgilangan harakat bajarildimi, shu ko‘zlangan nuqtai nazardan ma’lum natijalarga erishildimi yoki yo‘qmi.

Yuqorida keltirilgan ikki vazifa ham yaxshi bajarilsa, ya’ni bir tomondan, bolalarda qiziqish uyg‘ota olsa va ular faoliyatini amalga oshirishga intilsalar, ikkinchi tomondan, qo‘yilgan hamma maqsad, vazifaga erishilsa, bunday o‘yin yaxshi natija beradi, deb hisoblash mumkin.

O‘yin qatnashchilarini rag‘batlantirish, maqtash, yaxshi qatnashganlari uchun yetakchi rolni berish, ba’zan esa shu o‘yinda foydalanilgan o‘yinchoqni o‘ynashga berish yoki mevalarni yeyishga berish mumkin, ammo bolalar bunday mukofatlarni olaman deb har qanday yo‘l bilan bu ishga intilishlariga yo‘l qo‘ymaslik kerak.

O‘yin harakatli bolalar tomonidan bajariladi. O‘yin harakatlari xilma-xil ishlarda: narsalarning joyini almashtirish, yig‘ishtirish, ularning rangiga, katta kichikligiga, shakliga qarab bir biridan ajratish, tanqidiy harakatlar va hakozolarda nomoyon bo‘ladi.

Katta bolalarning o‘yin harakatlari esa murakkabroqdir: bu o‘yin harakatlari bir guruh bolalar harakati bilan boshqa guruh bolalari harakati o‘rtasida o‘zaro bog‘lanish bo‘lishini, harakatlarning zchillik va navbati bilan amalga oshirilishini talab etadi.

O‘yin natijasi didaktik o‘yining muayyan natijasi bo‘ladi, natija esa o‘yinning finali hisoblanadi. Masalan. Topishmoqlarni topish, berilgan o‘yin topshiriqlarini bajarish, fahm-farosatni nomoyon qilish kabilar o‘yin natijasi bo‘lib bo‘lib, ularni bolalar erishilgan muvaffaqiyat deb tushunadilar. O‘yin mazmuni, g‘oyasi, harakatlari va qoidalari o‘zaro bir-biri bilan bog‘langan bo‘lib, xatto ulardan birortasi bo‘lmasa ham o‘yinni o‘tkazib bo‘lmaydi. Didaktik o‘yining o‘yin faoliyati sifatidagi o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, tarbiyachining bolalar bilan o‘zaro munosabatlari o‘yin tarzida bo‘ladi.

Tarbiyachi o‘yin qatnashchisi yoki uning tashqilotchisi bo‘ladi. Bolalar ko‘pincha o‘yin mazmuni bilan belgilanadigan va o‘yin harakatlari talab etadigan biron-bir rolni bajaradilar.

Masalan, “Magazin” o‘yinida bilish mazmuni shundan iboratki.haridor bolalar o‘zlari sotib oladigan narsalarning belgilarini aytishlari, sotuvchi bolalar esa talab qilingan narsaning nimaligini haridor aytgan belgilar bo‘yicha bilib olishlari kerak.

O‘yin kuzatuvchanlikni mashq qilish, nutqni ravon qilish uchun xizmat qiladi.

O‘yin harakatlari kuzatishdan, buyumni har tomonlama ko‘rib chiqish, uni tasvirlash va boshqa buyumlar bilan taqqoslashdan iborat. O‘yin qoidalari haridorning oladigan narsasini tanlab olish, sotuvchiga xushmuomila bo‘lishi, oladigan buyumni tasvirlab berishi, uni har tomonlama ko‘rib chiqish va v boshqa buyumlar bilan taqqoslashi, belgisini aytish va pul to‘lashidan: sotuvchilarning vazifasi esa haridoralr gapirganda ularni zo‘r e’tibor bilan tinglash, so‘zlarini bo‘lmaslik, so‘ragan buyumlarni olib, qog‘ozga o‘rab berishdan iborat bo‘ladi.

Ko‘pincha didaktik o‘yinlar bolalarning bilimiga biron-bir yangilik kiritmaydi, ammo ularni o‘z bilimlarini yangi sharoitda ishlata bilishag o‘rgatadi yoki ular kichkintoylardan aqliy faoliyatning turli-tuman shakllarini nomoyon qilishga talab etadi. Masalan, “Ajoyib xaltacha” o‘yinida bolalar o‘zlariga tanish bo‘lgan o‘yinchoqni tasvirlab berish vazifasi yuklatiladi, buning uchun esa bola o‘yinchoqni boshdan – oyoq yaxshilab ko‘zdan kechirish va uning o‘ziga xos begilarini eslab qolishi kerak

bo‘ladi. Didaktik o‘yinning mazmuni va turlari. Didaktik o‘yinning mazmuni “MTMsi ta’lim-tarbiya dasturi” da bayon qilingan va quydagilarni o‘z ichiga oladi:

A) buyumlar. Ularning nomi, rangi, shakli, xajmi, sifati va ishlatilishi to‘g‘risida bilimlar berish;

B) mehnatning har xil turi va uning qishilar hayotidagi roli to‘g‘risidagi bilimlar;

V) tabiat voqealari, narsalar buyumlar, yil fasllari to‘g‘risidagi bilimlar;

G) dastlabki matematik tushunchalar: son, sanoq, kattalik, shakl vaqt va fazoviy tushunchalar berish.

Didaktik o‘yinlar ularning ta’lim tarbiyaviy vazifasi, mazmuni, turli bolalar bog‘chasining ta’lim-tarbiya dasturida har bir yosh guruhlar ajratib berilgan. Dasturda har bir yosh guruhning o‘ziga xos ruxiy fiziologik xususiyatlarini e’tiborga olgan xolda didaktik o‘yinning tutgan o‘rni va vazifasi, mazmuni, o‘tkazish uslublari belgilab berilgan.

Masalan, 2 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar bilan o‘tkaziladigan didaktik o‘yinlardan asosiy maqsad- bolalarni ranglarni bir biridan farvlash va nomini aytishga o‘rgatish, har xil o‘lchamlar (katta, kichik), shakllarni (sharcha, kubcha), bilishga, ko‘rib va eshitib idrok etish, diqqatni, mayda harakatlarni o‘stirishga yordam beradi.

Masalan,

“Juft kartochkalar”,

“Kattalar va kichkinalar”,

“Qo‘g‘irchoqni sayrga olib chiqish uchun kiyintiramiz”,

“Qo‘g‘irchoqni cho‘miltiramiz”,

“Bu nimaning ovozi?”,

“Xaltachada nima bor?” va shunga o‘xshash o‘yinlar. Bundan tashqari, shu guruhda bolalarni musiqa tovushlarini farq qilishga o‘rgatish uchun musiqaviy didaktik o‘yinlar ham o‘tkaziladi.

Ikkinchi kichik guruhda esa didaktik o‘yinlar quydagi maqsadlarda ztkaziladi:

bolalarda didaktik o‘ynchoqlar bilan yakkama yakka o‘ynash ko‘nikmasini rivojlantirish, jamoa o‘yinlari tashqil etish; narsalarni faqat bir rangga qarab ajratib olish, katta kichikligiga qarab farqlash;

xalqachalarnr va kubchalarni muntazaam shaklda terib, ulardan minorachalar yasash;

tanish buyumlar tasvirlangan ikki, to‘rt burchaqli, olti burchaqli kesma rasimlardan “Idish tovoqlarimiz”, “O‘yinchoqlar” kabilarning tasvirini yig‘ish;

narsalarni farqlash va nomini to‘g‘ri aytishga o‘rgatish va hokazo.

Musiqaviy – didaktik o‘yinlarda esa musiqa ovozlarining ba’zi bir xususiyatlarini farq qilishga o‘rgatish, qadam va yugurish ritmi (“Kim kelayotir”, “Sichqonlar yugurishayotir”) ovoz va cholg‘u asboblari tembrlarini (“Musiqaviy o‘yinchoqni o‘ylab top”, “Ovozidan bilib ol” ajrata bilishga

o‘rgatish vazifalari ham xal etiladi. O‘rta guruhda didaktik o‘yinlar orqali bolalar eshitish, ko‘rish, sezish a’zolari yordami bilan turli narsalar va ularni yasash uchun ishlatiladigan materialning xossalarini bilib olish,

narsalarni tashqi ko‘rinishiga qarab bir-biriga taqqoslash, guruhlarga ajratishni o‘rgatish vazifalari amalga oshiriladi. Yana didaktik o‘yin davomida bolalar o‘rtaga quyilgan masalani xal etishda sabr-matonatli bo‘lishga, qiziquvchanlikka, diqqat-etiborlilikka odatlantirib boriladi. Musiqaviy-didaktik o‘yinlar orqali tovushlarni diqqat bilan tinglab, baland-pastligiga, ritmiga, tembriga, dinamikasiga qarab bir biridan farq qila olishga o‘rgatib boriladi. Katta guruhda didaktik o‘yinlar quydagi vazifalarni hal etishni maqsad qilib qo‘yadi:

kuzatuvchanlik, narsalarni tekshira bilish, bir biriga taqqoslay olish, ularning belgilaridagi kichik farqlarni (rangi, shakli, katta-kichikligi, materallarni seza bilish, narsalarning joylanishidagi o‘zgarishlarni) aytib bera olish kabi sessor qobilyatlarni tarbiyalash; biron xayvon, o‘simlik, trasport tarif-tavsif qilib berilganda, ularning nomini topa bilish malakasini o‘stirish, bolalarning umumiy tasavvurini, buyumlarni umumiy belgilariga qarab guruhlarga bo‘lish qobilyatini rivojlantirish, so‘z faolligini faollashtirish va to‘ldirish;

qisimlardan yaxlit narsalar (kubiklar, mozaika va boshqalar) yasash malakasini o‘stirish. Musiqaviy didaktik-o‘yinlar orqali tovushlarni bir biridan farq qilishni o‘rgatish, ritmik usulni ajrata olish, ashulalar va cholg‘u asboblari ovozining tembrini farq qilish (“Kim kuylayapti?” “Shiqildoqli childirma”), ovozning dinamikasini ajrata olish (“tez, sekin kuylaymiz”) uchun foydalanish kabi vazifalar amalaga oshiriladi.

Maktabga tayorlov guruhda didaktik o‘yinlar hamma yosh guruhlaridagi kabi aloxida o‘rin tutuadi va bu guruhda didaktik o‘yinlar orqali quydagi ta’lim – tarbiyaviy vazifalar amalga oshiriladi: bolalarda didaktik o‘yinlarga qiziqish uyg‘otish, har bir narsani bilishga xavas, kuzatuvchanlik,

diqqat-etibor, ziyraqlik, aqliy vazifalarni mustaqil xal qilish malakasini tarbiyalash.

Ularga narsalarni turqumlarga bo‘lishda yordamlashuvchi o‘yinlarni, domino, mozaikaning har xil turlarini, shashka, sakrovchi biryulkalarni jumboq o‘yinlar, og‘zaki o‘yinlar (“Dengiz to‘lqillanmoqda”, “Qora va oq”), ranglarni va ulardagi nozik ayirmalarni bir-biridan farqlashni o‘rgatadigan o‘yinlar o‘tkaziladi. Musiqaviy-didaktik o‘yinlar orqali esa bolalarni tovushlarga diqqat bilan quloq solishga (“Tovushlarni takrorla”, “Ikki metalafonni galma-gal chalish” vah.k) ritmik shaklni gavdalantirib berishga (“O‘z ritmingni o‘ylab ol”, “Bolalar va filchalar”), dinamik farqlarni bir-biridan ajratishga (“Ovchilar va quyonlar”) o‘rgatiladi.

Didaktik o‘yinda bolalar har doim o‘zlarini o‘ynayotgandek his etishlari kerak. Narsalar bilan o‘tkaziladigan didaktik o‘yinlardan tarbiyachi bolalarni narsalar, ularning xususiyatlari, va bir-biridan farq qiladigan xususiyatlari bilan, ularni ushlatish usullari bilan tanishtirish vositasi sifatida foydalanadi.

Didaktik o‘yinlar bu qoidalarga ega bo‘lgan o‘yinlarning bir turi hisoblanadi. Qoidalarga asoslangan o‘yinlar tayyor tarkibga va oldindan belgilangan harakatlar ketma-ketligiga ega bo‘ladi. Ularda asosiy e’tibor vazifani hal qilish, qoidalarga rioya qilishdir.

Didaktik o‘yinlar maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘qitish vositalaridan biridir. Bu bolalar uchun qulay va jozibador faoliyat shakli orqali ta’lim va tarbiya vazifalarini bajarishga imkon beradi.

A.P.Usova, V.N. Avanesova olimlarning fikrlariga ko‘ra ular o‘quv jarayonida ikkita funktsiyaga ega hisoblanishadilar.

Birinchi funktsiya – bilimlarni takomillashtirish va mustahkamlash. Ikkinchi funktsiyasi – bolalarni yangi bilim va ko‘nikmalarga o‘rgatish.

Didaktik o‘yinlarning asosiy xususiyatlari:



Didaktik o‘yinlar – ma’rifiy o‘yinlardir. Ular kattalar tomonidan bolalarni tarbiyalash va o‘qitish maqsadida yaratilgan. O‘yinda ishtirok etgan bolalar uchun didaktik o‘yinning tarbiyaviy va tarbiyaviy ahamiyati ochiq ko‘rinmaydi, balki u o‘yin vazifasi, o‘yin harakati va qoidalari orqali amalga oshiriladi.

Ko‘pgina o‘qituvchilar va psixologlarning tadqiqotchilari didaktik o‘yinda quyidagi tarkibiy qismlarni ajratib ko‘rsatishadi.

O‘yin va o‘rganishdan iborat bo‘lgan didaktik vazifa (maqsad);

o‘yin mazmuni

o‘yin qoidalari

o‘yin harakatlari;

o‘yinni yakunlash.

Didaktik (o‘quv) vazifa – Bu didaktik o‘yinning asosiy elementi bo‘lib, unga barcha boshqalar bo‘ysunadi. Bolalar uchun o‘quv vazifasi o‘yin shaklida shakllantiriladi. Bu bolalarni o‘qitish va tarbiyalash maqsadlari bilan belgilanadi.

Bu bolalarni o‘qitish va tarbiyalash maqsadlari bilan belgilanadi. O‘yinlar uchun kognitiv vazifalarni tanlash bolalarning yosh xususiyatlarini muvofiq amalga oshiriladi. Didaktik vazifaning mavjudligi o‘yinning tarbiyaviy xususiyatini, uning mazmunini bolalarning kognitiv faolligini rivojlantirishga qaratishni ta’kidlaydi. Didaktik o‘yinda muammoni sinfda to‘g‘ridan-to‘g‘ri bayon qilishdan farqli o‘laroq, u bolaning o‘zi o‘yin vazifasi sifatida vujudga keladi, uni hal qilish istagi va ehtiyojini uyg‘otadi, o‘yin harakatlarini faollashtiradi.

“Didaktik vazifa o‘yin davomida, vazifa bajarishda, o‘yin harakatlarida amalga oshiriladi va o‘yin yakunida uning yechimi natijasi aniqlanadi. Faqatgina shu holatda didaktik o‘yin o‘rganish funktsiyasini bajara oladi va shu bilan birga u o‘yin faoliyati sifatida rivojlanadi.”

O‘yin xatti-harakatlari qanchalik xilma-xil bo‘lsa bola uchun shunchalik qiziqarli bo‘ladi va kognitiv va o‘yin vazifalari muvaffaqiyatli hal qilinadi. O‘yin harakatlarida bolalarda quvonch va qoniqish hissi paydo bo‘lishi kerak. Bolalarning o‘yin harakatlariga o‘rgatish kerak. Faqatgina shu shartda o‘yin o‘rganish xususiyatiga ega bo‘ladi va mazmunli bo‘ladi. O‘yin harakatlari har doim ham ko‘rinmaydi. Bular maqsadli idrok etish, kuzatish, taqqoslash, ba’zida ilgari o‘rganilgan narsalarni esga olish, tafakkur qilish jarayonlarida ifodalangan aqliy harakatlarda aks etadi. Ularning murakkabligi jihatidan ular bir-biridan farq qiladi. Kognitiv tarkib, o‘yin vazifalari darajasi va bolalarning yosh xususiyatlari bilan belgilanadi. Turli xil o‘yinlarda o‘yin harakatlari boshqacha va turli shakllar orqali amalga oshiriladi.

Turli o‘yinlarda o‘yin harakatlarining yo‘nalishi va o‘yinchilarga nisbatan har xil. Barcha bolalar ishtirok etadigan va bir xil rollarni bajaradigan o‘yinlarda o‘yin harakatlari hamma uchun bir xil. O‘yinda bolalarni guruhlarga bo‘lganda, o‘yin harakatlari boshqacha.

Didaktik o‘yinda qoidalar mavjud bo‘ladi. Ular o‘qituvchiga o‘yinni boshqarishda yordam beradi. Qoidalar didaktik vazifani hal qilishga ta’sir qiladi va bolalar e’tiborini ma’lum bir vazifani amalga oshirishga yo‘naltiradigan harakatlarini sezilarli darajada cheklaydi. Ular bolaning o‘yinda nima va nima qilishi kerakligini aniqlaydilar va didaktik vazifani bajarish yo‘lini ko‘rsatadilar.

O‘yin qoidalari quyidagi funksiyalarni bajaradi:

O‘qitish, bu qoidalar bolalarga nima va qanday qilish kerakligini ochib berishga yordam berishidan iborat.

Qoidalar bolalarning bilim faoliyatini tartibga soladi: biror narsani o‘ylab ko‘ring, o‘ylab ko‘ring, taqqoslang, o‘yin tomonidan qo‘yilgan muammoni hal qilish yo‘lini toping.

Tashkiliy, u o‘yinda bolalarning tartibini, ketma-ketligini va munosabatlarini belgilaydi.

Intizom bu qoidalarda aniq nima qilinishi kerakligi, nima uchun va nima uchun qilinishi mumkin emasligi ko‘rsatilgan. Ba’zi o‘yinlarda har qanday harakatni taqiqlaydigan qoidalar mavjud va jazo choralari mavjud.

O‘yin davomida qoidalarga rioya qilish harakatlarni talab qiladi, o‘yinda va o‘yin tashqarisidagi aloqa usullarini o‘zlashtirish va nafaqat bilimlarni, balki har xil his-tuyg‘ularni shakllantirish, yaxshi his-tuyg‘ularni to‘plash va an’analarni o‘zlashtirish.

Xulosa qilish o‘yindan so‘ng darhol amalga oshiriladi. Bunda maqtov, eng yaxshi bolani aniqlash, g‘olib, topshiriqni bajarilishining umumiy natijasi bo‘lishi mumkin.

Didaktik o‘yinlar sinfda va bolalarning mustaqil faoliyatida qo‘llaniladi. Ta’lim berishning samarali vositasi bo‘lib, ular darsning ajralmas qismi bo‘lishi mumkin (materialni birlashtirish va tizimlashtirish uchun), va kichik maktabgacha yoshda – o‘quv jarayonini tashkil etishning asosiy shakli hisoblanadi (masalan, “Doll Katya yurish uchun yuradi” o‘yini).

Didaktik o‘yinlardan dasturning barcha bo‘limlarida foydalanish mumkin. Ta’lim o‘yinlarini ertalab va kechqurun, dars paytida, darsdan oldin va keyin rejalashtirish mumkin, barchasi o‘yinlarning didaktik vazifasiga bog‘liq. Didaktik o‘yinlar hamma joyda o‘tkaziladi, oyiga 20-30 tagacha o‘yinlarni o‘tkazish mumkin. Yil oxirida va yozgi dam olish davrida, o‘quv yilida bolalar tomonidan olingan bilimlarni takrorlashda didaktik o‘yinlar alohida o‘rin egallaydi. Didaktik o‘yinlarni bolalar hayotida va sinfda qo‘llashning asosiy sharti – bu ta’lim berish tamoyillariga rioya qilish.

O‘qituvchi didaktik o‘yinlarning o‘ziga xos tasnifiga ega ekanligini yodda tutishi kerak, bu turli xil o‘yinlardan o‘quv jarayonida foydalanishga imkon beradi va bolalarni o‘qitishni yanada qiziqarli va rang-barang qiladi. Keling, didaktik o‘yinlarning tasnifiga batafsil to‘xtalib o‘tamiz.

Didaktik o‘yinlarning tasnifi

Didaktik o‘yinlarning o‘ziga xos tasnifi mavjud. Maktabgacha pedagogikada didaktik o‘yinlarning ob’yektlar bilan o‘yinlarga, stol usti o‘yinlariga va so‘z o‘yinlariga bo‘linishi rivojlandi. O‘yinlarning bunday bo‘linishini materialdan foydalanish tasnifiga bog‘lash mumkin.

Didaktik o‘yinlar, shuningdek, o‘quv mazmuni, bolalarning kognitiv faolligi, o‘yin harakati va qoidalari, o‘yinni tashkil etish va bolalarning munosabatlari, o‘qituvchining o‘rni jihatidan farq qiladi.

Didaktik o‘yinlar tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin.

Matematik

Hissiy

Nutq


Musiqiy

Tabiiy


Tarix

tasviriy san’at uchun

Xulosa. Inson shaxsi ijtimoiy munosabatlar majmuidan iborat bo‘lib, o‘zini atrofdagilar bilan muloqotda, hamkorlikdagi faoliyatda namoyon qiladi. Bola bu munosabatlarga o‘yin orqali kirib boradi. Bunda nutq va uning rivojlanganlik darajasi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Nutq insonning tug‘ma xususiyati emas, u bolaning rivojlanishi jarayonida asta-sekin shakllanib boradi. Nutqning normal rivojlanishi uchun bosh miya qobig‘i muayyan tarza pishib yetilishi, bolaning sezgi organlari – eshitishi, ko‘rishi, hid bilishi, sezishi ham yetarli darajada rivojlangan bo‘lishi lozim. Nutqning to‘g‘ri va to‘liq shakllanishida ayniqsa nutq-harakat va nutq-eshitish analizatorlarining rivojlangan bo‘lishi talab qilinadi. Bularning hammasi ko‘p jihatdan atrof muhitga bog‘liq. Bola o‘zini o‘rab turgan atrof muhitdan yangidan-yangi yorqin taassurotlar olmas ekan, uning harakatlari va nutqining rivojlanishiga turtki bo‘ladigan sharoit yaratilmas ekan, uning jismoniy va psixik rivojlanishi ham orqada qoladi. Zero, nutq rivojlanishi uchun bolaning psixik va jismoniy salomatligi, ya’ni oliy nerv faoliyatining holati (diqqat, xotira, tasavvur, tafakkur), shuningdek uning jismoniy (somatik) holati katta o‘rin tutadi.

Jonli xalq tili obrazli so‘lashuv formalariga, ifodali leksikaga g‘oyat boy. Ona tilining mana shu boyligi asrlar davomida bolaga xalq o‘yinlari orqali ham singdirib borilgan. Zero, matn, she’r hamkorligida ijro etiladigan xalq o‘yinlari talaygina. Ularda harakatning so‘z bilan hamohangligi kichik yoshdagi bola uchun ona tilini o‘zlashtirishni osonlashtiradi. O‘yin davomida nafaqat nutq, balki yirik va mayda motorika ham rivojlanadi.

Nutq o‘stirishga oid maxsus tashkil qilingan mashg‘ulotlarda bolalar bilan munosabatda tarbiyachi yetakchilik qiladi, mashg‘ulot ko‘proq ta’limiy-intizomiy asosda o‘tadi. Bunda bola pedagog uchun ko‘proq ta’sir ob’yekti sifatida namoyon bo‘ladi, uning o‘z xususiyatlariga ega alohida shaxs ekani ikkinchi planga o‘tib qoladi. Bolaning nutqi maxsus tashkil qilingan mashg‘ulotlardan ko‘ra tarbiyachining bola bilan jonli muloqoti jarayonida hamda bolalarning o‘zaro hamkorlikdagi faoliyati jarayonida, bola o‘z taassurotlarini, fikrlarini, ularga befarq bo‘lmagan tinglovchiga aytib berayotganida jadalroq rivojlanadi. Bunda bolalarga mana shunday muloqot uchun qulay vaziyatlarni yaratish muhim ahamiyatga ega. Bolalar o‘yinlari esa mana shunday vaziyatlarni yaratishning tengi yo‘q vositasidir. Bunday yondoshuv hozirgi zamon pedagogikasining yetakchi talabi bo‘lgan shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiya talabiga to‘liq javob beradi.



Download 177,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish