Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti


- Platforma  -OT  -Qurilma ta’minoti    - Platforma  -OT  -Qurilma ta’minoti



Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/77
Sana26.06.2021
Hajmi3,02 Mb.
#102227
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   77
Bog'liq
5f5aff498f8d98.796399621-1613

... 
  - Platforma 
-OT 
-Qurilma ta’minoti 
  - Platforma 
-OT 
-Qurilma ta’minoti 
... 
Interfeys platformasi 
Interfeys platformasi 


32 
 
- taqsimlangan resurslarni boshqarish tizimlarining dasturiy ta’minotlari: HP 
OpenView, Tivoli Management Environment, IBM NetView va boshqalar. 
 
1.4. TT komponentalarini Ethernet tarmog‘i asosida o‘zaro bog‘lanish 
modeli  
 
Taqsimlangan  tizimning  biron  bir  kompyuteri  nuqtai  nazaridan,  tizim 
tarkibidagi boshqa kompyuterlar masofa jihatidan uzoqda joylashgan axborot qayta 
ishlash tizimlari hisoblanadi.   
Yuqorida  ta’kidlanganidek,  taqsimlangan  tizim  doirasida  bir  –  biridan 
uzoqda  joylashgan  kompyuterlar  orasidagi  o‘zaro  axborot  almashish  jarayonlari 
asosan  ochiq  tizimlarning  munosabatlarini  ta’minlovchi    yetti  sathli  OSI/ISO 
modeli asosida amalga oshiriladi. 
Ochiq  tizimlar  orasidagi  munosabatlar  standart  yetti  sathli  protokollar 
asosida belgilanadi, ularning funksional vazifalari adabiyotlarda batafsil yoritilgan.  
OSI  modelining  quyi  sathlari  (1  –  4  sathlari)  TT  komponentalari  orasida 
axborot uzatish vazifalarini bajaradi, seans va taqdim etish sathlarining protokollari 
TT  ning  oraliq  sath  (ya’ni,  oraliq  sath  dasturiy  ta’minotining)  (middleware) 
vazifalarini amalga oshiradi (1.13 – rasm).  
Boshqa  so‘z  bilan,  seans  va  taqdim  etish  sathlari  bitta  oraliq  sath  bilan 
almashtiriladi. Ular ilovalar taqdim etish protokollariga bog‘liq bo‘lmaydi. 
Bunday  maqsadga  erishish  uchun  oraliq  sath  muhiti  taqsimlangan  tizim 
komponentalarining  o‘zaro  munasabatlarini  tashkil  etish  xizmatlari  bilan 
ta’minlashi kerak. Bunday xizmatlarga quyidagilar kiradi: 
- TT  ma’lum  bir  dasturiy  komponentasini  uning  boshqa  komponen-
talarining  xizmatlaridan  operatsion  tizim  dasturlariga  bog‘liq  bo‘lmagan  holda 
foydalanishining yaxlit mexanizmlari bilan ta’minlash; 
- TT  xavfsizligini  ta’minlash:  hamma  foydalanuvchilar  va  servislarni 
autentifikatsiyalash 
va 
avtorizatsiya 
qilish, 
komponentalar 
tomonidan 


33 
 
uzatilayotgan  axborotlarni  xatoliklardan  va  ularni  uchinchi  shaxslar  o‘qishidan 
himoya qilish;  
- ma’lumotlar  to‘liqligini  ta’minlash,  ya’ni  masofadagi  komponentalar 
orasida taqsimlangan tranzaksiyalar boshqaruvini ta’minlash; 
- dasturiy komponentalarga ega serverlar yuklamalarini balansirovka qilish;   
- uzoq masofadagi komponentalarni aniqlash;  
Bitta TT doirasida bir necha xil oraliq sath muhitlari ishlatilishi mumkin. TT 
ning  taqsimlangan  har  bir    komponentasi  o‘zining  servislarini  faqat  bir  turdagi 
oraliq sath muhiti asosida taqdim etishi va bir turdagi oraliq muhit asosida boshqa 
komponentalarning xizmatlaridan foydalanishi mumkin. 
 
 
1.13 – rasm. TT kompyuterlarining o‘zaro munosabatlarini  
tashkil etish modeli. 
 
Oraliq  sath  muhiti  ochiq,  masshtablangan  va  ishonchli  taqsimlangan 
tizimlarni yaratilishiga imkon yaratadi.  
OSI (Open System Interconnection) etalon modeli  ochiq  tizimlarning turli 
ishlab  chiqaruvchilar  tomonidan  tavsiya  etilgan  tizimlarning  bir  tarmoqda 
Tizim 1 
Amaliy pog’ona 
Seans pog’ona 
Taqdimot pog’ona 
Tarmoq pog’ona 
Transport pog’ona 
Kanal pog’ona 
Fizik pog’ona 
поғонаси 
Tizim 2  
Amaliy pog’ona 
Seans pog’ona 
Taqdimot pog’ona 
Tarmoq pog’ona 
Transport pog’ona 
Kanal pog’ona 
Fizik pog’ona 
поғонаси 
Dastur 
komponentlari 
 
Oraliq muhit 
Operasion tizim  
Aloqa 
kanali 


34 
 
ishlashini  ta’minlovchi  o‘zaro  bog‘lanishini  aniqlaydi  va  quyidagilarni 
muvofiqlashtiradi: 

 
qo‘llanish jarayonlarning o‘zaro bog‘lanishini; 

 
ma’lumotlarni taqdim etish shakllarini; 

 
ma’lumotlar saqlanishi bir xilligini; 

 tarmoq resurslari boshqarilinishini; 

 
ma’lumotlar xavfsizligi va axborot himoyasini

 dasturlar va texnik vositalarning diagnostikasini. 
  Protokollarning funksiyalari: 
7–amaliy  pog‘ona  protokoli  (prikladnoy  protokol)  OSI  modelining  eng 
yuqori  pog‘onasi  bo‘lib,  qo‘llanish  jarayonlarining  tarmoq  xizmatlariga  kirish 
uchun imkon yaratadi va: 
 -  ochiq  tizimlarni    o‘zaro  bog‘lanish    muhiti  bilan    foydalanuvchilarning 
amaliy dasturlarini birga ishlashini;   
 - 
axborot 
almashish 
bo‘yicha 
sheriklarni 
(partnerlarni)   
identifikatsiyalashni;      
 - ma’lumotlar hajmini aniqlashni; 
 - konfedensiallikni ta’minlash mexanizmini muvofiqlashtirishni; 
 - xizmat ko‘rsatish sifatini muvofiqlashtirishni; 
 - xizmat ko‘rsatish tartibini ta’minlaydi. 
6–taqdim etish  pog‘onasi protokoli (predstaviteln. protokol)  - protokollarni 
qayta  o‘zgartirish,  ma’lumotlar  translyatsiyasi,  qo‘llanilayotgan  simvollar 
to‘plamini almashtirish kabilarga javob beradi. 
5-seans  pog‘onasi  protokoli  (protokol  seansovogo  urovnya)  -  seans 
boshlanishi  va    yakunlanishini,  transport  tarmog‘i  darajasida  ishdan  chiqish 
(ishlamaslik) holatlarida qayta ulash xarayonlarini amalga oshirishni ta’minlaydi. 
4-transport  pog‘onasi  protokoli  (protokol  transportnogo  urovnya)  -  ning 
asosiy  vazifasi  paketlarni  xatosiz,  dastlabki  ketma-ketlikda  yo‘qotishsizlarsiz 
kafolat  bilan  yetkazib  berishdir.  Bu  pog‘onada  ma’lumotlar  qayta  taxlanadi: 
uzunlari  bir  nechta  paketlarga  ajratiladi,  qisqa  paketlar  esa  birlashtiriladi.  Shu 


35 
 
orqali  tarmoqdan  paketlarni  yuborish  samaradorligi  oshiriladi.  Transport 
pog‘onasida  qabul qiluvchi tomonidan  ma’lumotlar  qabul qilingani  xaqida  tasdiq 
signali yuboriladi. 
Trasport  pog‘onasi  protokollari  oqimni  boshqaradi,  xatolarni  tekshiradi, 
paketlarni yuborish va qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni hal qilishda 
ishtirok etadi. 
3-tarmoq  pog‘onasi  protokoli  (protokol  setevogo  urovnya)  quyidagilarni 
ta’minlaydi:  
- foydalanayotgan tarmoq va fizik muhitlarni kommutatsiyalash; 
- marshrutizatsiyalashga bog‘liq bo‘lmagan transport tarmoq darajasi uchun 
axborotlar uzatilishini ta’minlovchi tarmoq ulanishlarni o‘rnatish;  
- tarmoq  ulanishlarini faol holda tutish va uzish vositalarini yetkazib berish;  
- ma’lumot oqimlarini boshqarilishini ta’minlash;  
- paketlar jo‘natilishi ketma – ketligini tartibga solish; 
-  shoshilinch ma’lumot uzatilishini ta’minlash; 
- xatolarni topish va tuzatilishini ta’minlash. 
Tarmoq  pog‘onasining  ma’lumotlarini  paketlar  deb  atash  qabul  qilingan. 
Tarmoq pog‘onasida 2 xil protokollar ishlaydi.  
1. tarmoq protokollari – tarmoq orqali paketlar harakatini yo‘lga qo‘yadi; 
2.  marshrutlash  protokollari  –  tarmoq  topologiyasidagi  va  tarmoqlararo     
bog‘lanishlar to‘g‘risida axborot to‘playdilar.  
2–kanal  pog‘onasi  protokoli  (protokol  kanalnogo  urovnya)  kanal 
uzatishlarini    o‘rnatadi  va  ma’lumot  fragmentlarini  (kadrlarni)  uzatadi,  kadrlar 
bo‘yicha  sinxronizatsiiyalashni  ta’minlaydi,  xatolarni  topish  va  tuzatish,  axborot 
oqimini boshqarish, kadrlar ketma - ketligini tartibga solishlarni ta’minlaydi. 
1-fizik pog‘ona protokoli (protokol fizicheskogo urovnya) fizikaviy kanallar 
- koaksial kabel, optik tolali kabel yoki radiomuhit orqali bitlar ketma-ketligining  
uzatilishi    bo‘yicha  ish  olib  boradi.  Fizik  pog‘ona    fizik  ulashlarni  o‘rnatish,  faol 
holatda tutish va o‘zini mexanik, elektron va protsedurali  vositalarini boshqarish, 
bitlar  bo‘yicha  sinxronizatsiyalash,  bitlarni  dupleks  yoki  yarim  dupleksli  uzatish, 


36 
 
ikki  yoki  ko‘p  nuqtali  uzatish,  fizik  darajada  ishdan  chiqish  xolatlari  to‘g‘risida 
kanal darajasini ogohlantirishlarni ta’minlaydi. 
Oxirgi yillarda axborot oqimining hajmi tobora oshishi hamda muloqotlarni 
ta’minlaydigan  protokollarning  soni  ko‘payib  ketishi  oqibatida  taqsimlangan 
tizimlarning transport qismida muammolar paydo bo‘la boshladi.  
Quyida  ushbu  muammolar  va  ularni  bartaraf  etish  bo‘yicha  fikr  va 
mulohazalar keltiriladi. 
Cisco  kompaniyasi  tomonidan  olib  borilgan  izlanishlar  natijasida  quyidagi 
statistik ma’lmotlar olingan: 
1. 2014 yilda Internet trafigining hajmi qariyb 780 eksabaytni (1eksabayt  =  
10
18
  bayt),  2014  yilning  har  oyi  trafigi  esa  64  eksabaytni  tashkil  etganligi  qayd 
etilgan. Bu 16 milliard DVD disklarini va 21 trillion MP3 fayllarini tashkil etadi. 
Bunday hajmdagi trafikni boshqarish va uzatish uchun mavjud aloqa kanallarining 
o‘tkazish  qobiliyatini  yetmay  qolish  ehtimolligi  tobora  ko‘payib  borayapti. 
Ularning  o‘tkazish  qobiliyatini  o‘sish  darajasi  trafik  o‘sish  darajasidan  ancha 
orqada qolib borayaptti. 
2.  Mobil  qurilmalarining  turi  va  sonining  o‘sishi  (Wi-Fi,  3G,  WIMAX, 
LTE), mobil servislarining tobora ko‘payishi kuzatilmoqda, bugunda mobil tarmoq 
foydalanuvchilari turg‘un holatdagi tarmoq foydalanuvchilaridan oshib borayapti, 
rivojlangan  davlatlarda  har  bir  foydalanuvchiga  uchta  mobil  terminal  vositalari 
to‘g‘ri kelayapti;  
3.  Hisoblash  quvvatlarining  o‘sishi  ilovalarning  tobora  ko‘payishiga  sabab 
bo‘layapti,  bugunda  mobil  trafik  hajmi  geometrik  progressiya  asosida  o‘sib 
borayapti.  
4.  Bugungi    IP  tarmog‘ining    tuzilmasi  murakkablashganligi,  unda 
yechilayotgan  masalalarning  turi,  hajmi  va  murakkabligi  tobora  oshib 
borayotganligi  sababli,  uni  boshqarish  qiyin  kechayapti,  axborot  xavfsizligiga, 
ishonchliligiga talablar kuchayib borayapti. 
5.  Tarmoqda  bir  necha  o‘nlab,  yuzlab  kommutatorlar,  marshrutizatorlar  va 
boshqa vositalar o‘ta murakkablashib borayapti, taqsimlangan tarmoqda ma’lumot 


37 
 
uzatish  protokollari  ko‘payib  borayapti  –  bugunda  ularning  soni  600  dan  oshib 
ketganligi qayd etilgan. 
6.  Viruslar,  hujumlarning  ko‘payishi  axborot  xavfsizligiga  muammolar 
tug‘dirayapti. Bugunda bu muammolar davlatning milliy xavfsizlik muammolariga 
aylanib borayapti.  
Shunday  qilib,  bugun  faoliyat  ko‘rsatayotgan  tarmoqda  bir  muncha 
muammolar  yig‘ilib  qolgan,  ularning  yechimini  amalga  oshirish  uchun  mavjud 
tarmoq  arxitekturasiga  ma’lum  bir  o‘zgartirishlar  kiritish kerakligi taqozo  etiladi. 
Muammolarni quyidagicha izohlash mumkin: 
ilmiy-texnik  muammolar  –  tarmoqlarning  faoliyatini  ishonchli  va  nazorat 
qilish mumkin bo‘lmay borayapti 
ijtimoiy  muammolar  –  Internet  kundalik  hayotga  kirib  borayapti.  U  tashqi 
atakalarga ta’sirchan. 
iqtisodiy  muammolar  –  tuzilma  murakkab,  ularni  boshqarish  uchun  yuqori 
malakali  mutaxassislar talab etiladi. 
rivojlanish  muammosi  –  mavjud  tarmoqlarning  arxitekturalariga    yangi 
innovatsiyalarni  kiritish  katta  to‘siqlarni  paydo  qiladi,  ular  bunday  yangiliklarni, 
yangi servislarni  kiritilishiga mo‘ljallanmagan. 
Mavjud tarmoq arxitekturasini  qaytadan qurish tamoyillarini ko‘rib chiqish 
tobora dolzarb masalaga aylanib borayapti. 
Oxirgi  yillarda  transport  tarmog‘i  arxitekturasini  takomillashtirish 
maqsadida  dasturiy  konfiguratsiyalanadigan  tarmoq  (DKT)  konsepsiyasi  taklif 
etildi.  
DKT  tarmog‘i  nisbatan  yangi  va    uning  tavsifi  bo‘yicha  adabiyotlar  kam 
hisoblanganligi  sababli,  quyida  ushbu  tarmoq  imkoniyatlari  to‘g‘risida 
ma’lumotlar keltiriladi. 

Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish