Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti



Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/77
Sana26.06.2021
Hajmi3,02 Mb.
#102227
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
Bog'liq
5f5aff498f8d98.796399621-1613

Axborot – hisoblash 
xizmati (AHX) 
Ma’muriyat  
xizmati  
Transport 
xizmatlari 
Terminal   
xizmati 
Interfeys  
xizmati  
AHX 
TX 
AHX 


21 
 
testdan  o‘tkazishni  yo‘lga  qo‘yadi.  Axborot  hisoblash  va  terminal  xizmatlari 
abonent  xizmatlarini  tashkil  qiladi,  interfeys  va  transport  xizmatlari  esa  - 
kommunikatsiya xizmatlarini tashkil etadi. 
TT  tashkil  etilishida  bosqichlarda  bajariladigan  vazifalar  asosida 
ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonlari amalga oshiriladi. 
Turli xil kompyuter bo‘yicha mantiqiy tarkib elementlarining taqsimlanishi 
TT ning fizikaviy tarkibini belgilaydi. 
Taqsimlangan  tizim  (TT)  lar  global,  mintaqaviy  va  lokal  tarzda  tashkil 
etilishi mumkin. 
Global TT lar odatda taqsimlangan infokommunikatsion tarmoqlar tarkibida 
yaratiladi  va  ularning  transport  tizimi  apparat-dastur  vositalari  yordamida  o‘zaro 
muloqotni tashkil etadi (masalan, Internet tarmog‘i negizida). 
Mintaqaviy  TTlar  keng  hududiy  taqsimlanish,  turli  marshrutlash 
mexanizmlari,  yuqori  tezlikli  uzatish  (10
3
–  10
9
bit/s),  ixtiyoriy  topologiya  kabi 
tavsiflar bilan ta’riflanadi. Bularda texnik vositalar o‘rtasida quyidagi bog‘lanishlar 
bo‘lishi  mumkin:  kanallar  kommutatsiyasi,  paketlar  kommutatsiyasi,  freymlar 
kommutatsiyasi (Framerelay),yacheykalar kommutasiyasi (ATM texnologiya). 
Lokal  taqsimlangan  tizim  (LTT)  larning  asosini  katta  bo‘lmagan  geografik 
taqsimlanish,  yagona  kommunikatsiya  muhitidan  foydalanish,  yuqori  va  o‘ta 
yuqori  almashuv  tezligi  (10
7
  -  10

bit/s),  topologiyalarning  cheklanganligi  kabi 
xususiyatlar ta’riflaydi. 
TT  ning  dasturiy  tarkibi  tarmoq  dasturiy  ta’minoti  komponentlari  va  ular 
o‘rtasidagi aloqani ifodalaydi. 
1.9 - rasmda misol tariqasida har xil turdagi kompyuterlarni (ya’ni, 1,3, 4,5 
kompyuterlarni)  tarmoq  qurilmalari  asosida  o‘zaro  bog‘lanishining  sxemasi 
keltirilgan.  Rasmdan  taqsimlangan  tizim  har  xil  kompyuter  tizimlari  va  dastur 
ta’minotlarini  tarmoq  texnologiyalari  yordamida  o‘zaro  bog‘lanib,  foydalanuvchi 
nuqtai  nazaridan  yagona  tizim  ko‘rinishida  shakllanadi,  degan  xulosaga  kelish 
qiyin emas. 


22 
 
Taqsimlangan  tizimlarda  bitta  kompyuterga  o‘rnatilgan  dasturiy  ta’minot 
bitta  kompyuter  funksiyalarini  yoki  tarmoqda  dislokatsiya  qilingan  (ya’ni,  har  xil 
nuqtalarga  o‘rnatilgan)  bir  nechta  kompyuterlarning  funksiyalarini  bajarishi 
mumkin. 
Shuning uchun taqsimlangan tizimlarda uning dasturiy komponentasi muhim 
ahamiyat  kasb  etadi.  Dasturiy  ta’minot  taqsimlangan  tizimlarning  asosi 
hisoblanadi. 
Taqsimlangan  tizim  tarkibidagi  kompyuterlar  protsessorlarini  o‘zaro 
bog‘lanishi va axborot almashuvining bir necha variantlari mavjud. 
TT kompyuterlari odatda ikki guruhga bo‘linadi: 
-  multirotsessor  tizimlar  –  bunday  tizim  kompyuterlaridagi  xotira  resursi 
birgalikda ishlatiladi
-  multikompyuter  tizimlar  –  har  bir  kompyuter  alohida  o‘z  xotirasi  bilan 
ishlaydi. 
Ularning asosiy farqi – birinchi holatda yagona adres maydon tashkil etiladi, 
va u hamma protsessor tomonidan foydalaniladi, ikkinchisida  – har bir kompyuter 
o‘zini xotirasi bilan ishlaydi, ya’ni kompyuterlar tarmog‘i asosida). 
Multikompyuter  tizimlar  gomogen  va  geterogen  tizimlarga  bo‘linadi. 
Birinchi  xolatda  bir  xil  turdagi  protsessorlar  va  yagona  texnologiyaga  asoslangan 
kompyuter  tarmog‘i  ishlatiladi.  Ular  ko‘pincha  parallel  prosessorlar  sifatida 
(masalan, ishchi stansiyalarning klasterlari) ishlatiladi. 
Geterogen tizimlar har xil turdagi tarmoqlar (masalan, kommutatsiyalangan 
FDDI  yoki  ATM  magistrallari  yordamida  bog‘langan  bir  necha  mahalliy 
tarmoqlar) asosida bog‘langan mustaqil kompyuterlardan tarkib topadi. 
TT  apparat  yechimlarining  muhimligini  e’tirof  etgan  holda  uning  samarali 
faoliyati asosan dasturiy yechimlarga bog‘liqligini alohida ta’kidlash joiz. 
 
 


23 
 
 
 
1.9 - rasm. TT ning fizikaviy (topologik) tuzilishi. 
 
Bugungi kunda taqsimlangan tizimlarning dasturiy ta’minot industriyasi har 
xil nuqtalardagi axborot qayta ishlash tizimlari (superkompyuter va meynfreymlar, 
serverlar)  imkoniyatlaridan  tarmoq  sharoitida  samarali  foydalanishni  ta’minlaydi. 
TT  lardagi  resurslar  har  xil  dasturlash  tillarida  va  har  xil    baza  va  banklarni 
boshqarish  tizimlari  (Acsess,  Orakle  va  b.)  negizida  yaratilgan  bo‘lishi  mumkin. 
Ularga  har  xil  platformadagi  terminallardan  (ishchi  stansiya  kompyuterlari  va  b.) 
chiqish  ma’lum  darajadagi  muammolarni  keltirib  chiqaradi.  Bunday  muammolar 
faqat va faqat maxsus dasturlar asosida bartaraf etiladi. 
Dasturiy  yechimlar  birinchi  navbatda  foydalanuvchilarning  TT  sharoitida 
ishlashlariga  qulayliklar  yaratib  beradi.  Ular  resurslar  menejeri  vazifasini  bajarib, 
abonentlarga TT ning xotira, protsessor, periferiya vositalari, tarmoq va ma’lumot 
resurslaridan birgalikda foydalanishlarini ta’minlaydi. 
Bunda dasturiy yechimlar operatsion tizim vazifalarini hal qiladi. Operatsion 
tizim  (OT)  kompyuterlarning  parametrlari  va  geterogenligining  maxfiyligini 
ta’minlaydi  hamda  virtual  kompyuter  shakllantirib,  ilovalar  (masalalarni  yechish 
uchun yaratilgan dasturlar) bajarilishiga imkon yaratadi. 












24 
 
Taqsimlangan tizim kompyuterlaridagi operatsion tizimlar ikki kategoriyaga 
bo‘linadi: kuchli va kuchsiz bog‘langan OTlar. 
Kuchli bog‘langan OT lar taqsimlangan OT (Distributed Operation System, 
DOS)  lar  hisoblanadi,  ular  multiprotsessor  va  gomogen  multikompyuterlarni 
boshqarish uchun foydalaniladi. Uning asosiy maqsadi apparat ta’minotining aniq 
boshqaruvini maxfiy tutishdan iborat [3,4]. 
Kuchsiz  bog‘langan  OT  lar  tarmoq  OT  deb  ataladi  (Network  Operation 
System,  NOS).  Ular  geterogen  multikompyuter  tizimlarini  boshqarish  uchun 
ishlatiladi hamda masofadagi klientlarni lokal xizmatlarga kirishlarini ta’minlaydi. 
TT  xizmatlarini  shakllantirish  uchun  OT  larga  qo‘shimcha  komponentalar 
(dasturiy 
ta’minotlar) 
qo‘shiladi. 
Ular 
oraliq 
satx 
vositalari 
(middleware)hisoblanib, resurslar taqsimotining tiniqligini ta’minlaydi. Oraliq satx 
vositalari zamonaviy TT larning asosini tashkil etadi. 

Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish