Rejalash, arralash, kesish, egovlash, zubilo bilan ishlash usullari Dastaki arra tuzilishi va ishlash prinsipi, egov turlari va metallarni
kesish mavzulari bilan Siz 5-sinfda qisman tanishgansiz. quyida Sizlar
metallga ishlov beruvchi asboblar va
ulardan foydalanish tartib-qoidalari
bilan tanishasizlar.
Arra bilan metallni kesish quyidagicha amalga oshirilishi kerak.
kesiladigan material ishlanayotgan paytda surilib yoki sakrab ketmasligi uchun uni tiskiga mahkam
qistirib qo‘yiladi .
Kesiladigan materialning qattiqligi, o‘lchami va shakliga qarab tishlarining kattaligi bo‘yicha tegishli
arra polotnosi tanlanadi.
Ishlovchi o‘zining gavdasi va oyoqlarining to‘g‘ri holatda turishiga
e’tibor beradi. Bu ishni bajarishda ham metallarni qirqishdagi kabi holatda turiladi. ishlayotganda arrani ikki qo‘l bilan ushlanadi va kesilayotgan tekislikka parallel holatda tutib, sakratmay hamda siltamay bir maromda yurgiziladi. Har bir yurishda arra polotnosi uzunligining eng kamida 2/3 qismi
ishlashi shart.
Arra polotnosining tishlari tez o‘tmaslashib qolmasligi uchun ishlovchi
uni qarshi tomonga yurgizishda (ishni bajarishda) bosib, orqaga qaytarishda (salt yurishida) bo‘shatib turishi lozim. Arralashda metallga bir yo‘la arraning eng kamida ikkita-uchta tishi tegib turishi lozim.
metallni arralashda ishni uning o‘tkir qirrasidan boshlash man etiladi. Metallni arralash oxiriga yetay deb qolganida arraga bosimni kamaytirish zarur. Metallni reja bo‘yicha kesishda arrani belgi
chizig‘i bo‘ylab yo‘naltirish va kesish chizig‘i belgi chizig‘idan taxminan 0,5 mm oraliqda bo‘lishi kerak.
Arra bir tomonga yurib (qiyshayib) ketsa, ishni to‘xtatish va kesishni yangi joydan boshlash yoki teskari tomondan arralash lozim.
Yupqa metall listlarni yoki mayda trubalarni kesishda ularni (yupqa listlarning bir nechtasini) yog‘och bruskalar orasiga olib tiskiga qistirish va metallni shu yog‘och bruskalar bilan
qo‘shib arralash tavsiya etiladi .
Metall trubalar chilangarlik arrasida kesiladi .
Sortli metallni chilangarlik arrasi bilan dastaki arralash usulidan tashqari mexanik yuritmali arralash dastgohlaridan ham foydalaniladi. Uzun zagotovkalarni polotnoni 90º burchak ostida burib arralashda, odatda, o‘lchamlari katta sortli metallar kesiladi. Trubalarni kesishda
ishning unumdorligini oshirish uchun truba keskichlardan foydalaniladi.
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Mustahkamlash uchun savollar:
Metalni chilangarlik arrasida kesish qanday aperatsiya deyiladi?
Arra polotnosi va uning elementlari qanday materialdan tayyorlanadi?
Umumiy detallar deganda nimani tushunasiz?
Ajralmaydigan birikmalarni hosil qilish usullarini aytib bering?
V.Uyga vazifa:
Detallarni biriktirish, rejalash,arralash,kesish,egovlash,zubilo bilan ishlash mavzusi bo’yicha 10 ta test tuzish. Mavzuga oid krassvord shakllantirish.