Frezalashda stanogi haqida ma`lumot Frezalarning yemirilishi Yemirilish turlari haqida ma`lumot



Download 1,05 Mb.
bet1/3
Sana14.06.2022
Hajmi1,05 Mb.
#670135
  1   2   3
Bog'liq
Kesish 22


Mavzu:Frezalarni yemirilishini alohida tomonlari
Reja:

  1. Frezalashda stanogi haqida ma`lumot

  2. Frezalarning yemirilishi

  3. Yemirilish turlari haqida ma`lumot.


Frezalash stanogi - detallar ning tashqi va ichki yuzalari (tekis va shakldor yuzalar), botiqlar va chiqiqlarga, aylanuvchi jism sirtlariga, rezba va tishli gʻiddirak tishlariga freza yordamida kesib ishlov beruvchi stanok. Frezalash prinsipi 16-asrda Leonardo da Vinchining dumaloq egov koʻrinishidagi frezaning eskizini chizishidan paydo boʻlgan. 1665-yilda Pekinda aylanuvchi egov oʻrnatilgan stanok kurilganligi maʼlum. Hozirgi zamon Frezalash stanogining nusxalari 19-asrda vujudga kela boshlagan.
Vazifasi va tuzilishiga qarab Frezalash stanogi bir necha xilga boʻlinadi.
Universal Frezalash stanogi konsolli, shpindelining oʻqi gorizontal joylashgan boʻlib, unda freza opravkasini tutib turadigan osma boʻladi. Turli xil frezalar bilan ishlaydi. Stanokdagi buriladigan stol boʻylama, koʻndalang va vertikal yoʻnalishdasiljiydi. Gorizontal Frezalash stanogi universal Frezalash stanogiga oʻxshaydi, ammo uning stoli burilmaydi. Vertikal Frezalash stanogi shpindeli oʻqining vertikal joylashishi bilan gorizontal va universal Frezalash stanogilardan farq qiladi. Boʻylama Frezalash stanogi yirik gabaritli zagotovkalarga ishlov berishga moʻljallangan. Andaza bilan ishlaydigan Frezalash stanogi turli tekis profillar (andozalar, kulachoklar va boshqalar)ga yoki andaza (model) boʻyicha fazoviy murakkab yuzalarga ishlov berish uchun xizmat qiladi. Rezba Frezalash stanogi taroqsimon, diskli, chervyakli, barmoqli frezalar yoki maxsus rezba kallaklari yordamida tashqi va ichki rezbalar chiqarish uchun moʻljallangan. Shponka Frezalash stanogidan shponka arikchalari ochishda foydalaniladi. Bunda aylanuvchi freza ilgarilamaqaytma harakat qiladi; bir va koʻpshpindelliboʻladi. Karusel Frezalash stanogi quyma, bolgʻalangan va shtamplangan zagotovkalarga torets frezalari bilan ishlov berish uchun xizmat kiladi. B a rabanli Frezalash stanogi ayni paytda zagotovkaning ikki torets yuzasini frezalash, ariqchalar ochish uchun moʻljallangan. Sanoatda dastur bilan boshqariluvchi turli Frezalash stanogi lari qoʻllaniladi.
Yogʻoch ishlash Frezalash stanogida freza mahkamlanadigan aylanuvchi vertikal shpindel mavjud. Undan zagotovkalarni kesib ishlashda foydalaniladi. Oddiy, karusel (bir va ikki shpindelli) va andaza bilan ishlaydigan xillari bor.
Frezalar – bu ko‘p tishli kesuvchi asbob bo‘lib, tekisliklarni, fazalarni, shakllar yuzalarni, aylanma harakatli jismlarga ishlov berishda, shuningdek, materallarni kesishda ham qo‘llaniladi. Frezalash jarayonida odatda zagatovka bilan ishlashda qalinlikda qirindi ajratadigan bir nechta tish qatnashadi. Shu sababli qirra yig‘indisining aktiv uzunligida, frezalashda yuqori unimdorlik hosil bo’ladi. Ishlab chiqarish unumdorligiga yuqori kesish tezligi sabab bo‘ladi, chunki kesish jarayonida vaqtivaqti bilan tishlar kesish zonasidan chiqib turadi, shu sababli sovitish ta’minlanadi va issiqlik kuchlanishlari kesuvchi ponada yo’qoladi. Frezalash kinematekasi oddiy; freza asosiy uzatmadan, stanok stolida mahkamlangan zagatovka esa, frezaning aylanishidan kinematik bog‘lanmagan, stanokning alohida joylashgan uzatmadan uzatish qutisi orqali harakatlanadi. Uzatish harakati to’g‘ri burchakli, aylanma yoki vintsimon, frezaning kesuvchi qirrasi – tug‘ri burchakli, o‘qqa nisbatan qiyaligi bor, vintsimon yoki shakllar bo’lishi mumkin.
Frezalarni quyidagi asosiy belgilari bilan klassifakatsiyalash mumkin.
1) Kesuvchi tishlarning konsturuksiyasi va charxlash usullari – oxirigacha charxlangani o‘tkir tishli frezalar, orqa yuzasi charxlanadigan va tishlari chertilgan, oldingi qirrasi charxlanadigan frezalar;
2) Shakli va kesuvchi qirralari asbob o‘qiga nisbatan aylanuvchi asboblarsilndirikfrezalar, deskasimon, terisli, barmoqli, burchakli, shakldan
3) Freza o‘qiga tishlri yo’naltirilgan – to‘g‘ri tishli frezalar, vintsimon, tishlari qiyalashgan;
4 ) Stanokdamahkamlash usullari – opravka uchun teshigi bor o‘rnatma, silindrik yoki konusli barmoqli frezalar.


Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish