2 Hamshiralik p65


O‘zbekixton Rexpublikaxi hamxhiralari Hodekxi



Download 4,42 Mb.
bet3/38
Sana07.04.2022
Hajmi4,42 Mb.
#535004
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
hamshiralik ishi asoslari

O‘zbekixton Rexpublikaxi hamxhiralari Hodekxi


Umumiy qoidalar


Tibbiyot hamshiralarining asosiy vazifa-burchlari inson salomatligini mustahkamlash, kasalliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va bemorlarni dard azobidan imkon qadar qutqarishdan iborat.


Jamiyatda tibbiyot hamshirasi xizmatiga ehtiyoj mavjuddir. Hayot- ga, inson huquqi va qadr-qimmatiga hurmat hamshiralik ishining ajralmas qismidir. U bemorning millati, irqi, urf-odati, dini, e'tiqodi, yoshi, jinsi, siyosiy va ijtimoiy nuqtai nazariga qarab ajratmaydi.
Tibbiyot hamshiralari boshqa fuqarolar bilan bir qatorda tashabbus- korlik bilan ish olib borib, jamiyatning tibbiy va ijtimoiy talablarini qondirishdagi javobgarlikni his etadilar.

Tibbiyot hamshirasi va bemor huquqlari


Tibbiyot hamshirasi bemoming obro‘si va qadr-qimmatiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘ladi. Tibbiyot hamshirasi bemorga qo‘lidan kelgan hamma chora-tadbirlar vositasida ko‘mak beradi.


Bemor davo olish davrida zarur bo‘lsa davolanish muassasasini, o‘zini parvarish qilayotgan tibbiyot hamshirasini tanlashi mumkin.
Ehtiyoj tug‘ilganda bemor o‘z oila azolari, qarindoshlari, do‘stlari va diniy shaxslar tomonidan madad yordami olishga haqli.
Tibbiyot hamshirasi eng avvalo hamshiralik parvarishi talab qiluvchi bemorlar oldida javobgardir.
Tibbiyot hamshirasi bemor shaxsiga tegishli bo‘lgan axborot va ma'lumotlarni sir saqlaydi va agar uni biron kishiga bildirishi zarur bo‘lsa, u holda oqilona ish tutmog‘i lozim.
Tibbiyot hamshirasi bemorni davolash uchun qo‘llaniladigan usullarni aytib, uning roziligini oladi. Bemor o‘z navbatida unga qilinayotgan muolaja yoki davolash ishlarini rad etishi mumkin.
Tibbiyot hamshirasi bemorning kasalligi, davolanishi, kasallik tashxisi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni sir saqlaydi, bemorni davolayotgan vrach sirlarini oshkor qilmaydi.
Tibbiyot hamshirasi o‘zining kasbdoshlari bilan hamshiralik ishi va boshqa sohalar bo‘yicha hamkorlikda ish olib boradi.
Tibbiyot hamshirasi bemorni himoya qiladi, agar uning sog‘lig‘iga biror xodim yoki boshqa kishi tomonidan xavf tug‘dirilsa, darhol zarur bo‘lgan choralarni ko‘radi.

Tibbiyot hamshirasi va jamiyat


Tibbiyot hamshirasi ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarida ishlayot- ganida o‘z xulq-atvori bilan hamshira kasbiga atrofdagilaming hurmat bilan qarashini ta'minlashga o‘z hissasini qo‘shadi.


Tibbiyot hamshirasi o‘zining bilimi va burchi doirasida javobgarlikni his qilgan, vakolatni o‘ziga olgan holda ish tutadi.
Tibbiyot hamshirasi har qanday vaziyatlarda ham hamshiralik parvarishini eng yuqori mezonlar darajasida ta'minlaydi.
Tibbiyot hamshirasi shaxsiy javobgarlikni his etgan holda o‘z mutaxassisligi bo‘yicha bilimini doimiy ravishda yangilab boradi.
Tibbiyot hamshirasi kasbiga taalluqli tashkilotlar orqali hamshiralar ijtimoiy-iqtisodiy himoyasi, ishlash sharoitini yaxshilash yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib boradi.
O‘z navbatida bemor ham sog‘liqni saqlash ishlarini yaxshilash bo‘- yicha o‘zi davolanayotgan muassasada o‘z takliflarini berishi mumkin.



Download 4,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish