1.Geneologik afsonalar. Bularda urug’–qabila, xalq va elatlarning kelib chiqishi va nomlanishi haqida hikoya qilinadi: «Laqay», «Do’rmon», «Qirg’iz» urug’larining kelib chiqishi haqidagi afsonalar shular jumlasiga kiradi.
2. Tarixiy voqea va tarixiy shaxslar haqidagi afsonalar. Ularda o’tmishda yashab o’tgan donno kishilarning sarguzashtlari, mo’’jizakor ishlari, ajdodlarimizning bunyodkorlik faoliyati, shahar va qo’rg’onlarning barpo etilishi haqida hikoya qilinadi. Bunga Buxoro Arki, Xiva qal’asi, Minorai Kalon qurilishi haqidagi afsonalar misol bo’la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |