7. Texnika xavfsizligi
Korxonada ishlatiladigan neft va neft maxsulotlari, katalizator va reagentlarning yong’inga va portlashga xavfli xususiyatlari ularning alangalanish xarorati (portlashi) bilan xarakterlanadi. ONTP 24-86 ga muvofiq ya’ni “Bino va xonalar kategoriyasini portlash va yong’in xavfi bo’yicha aniqlash”, bino va xonalar ularda joylashgan material va maxsulotlarga qarab, A,B,V,G va D kategoriyalarga bo’linadi.
Kategoriya A (portlovchi yonuvchi) – Yonilg’i gazlar, alangalanish xarorati 280C dan oshmagan. O.A.S lar xonadagi bosim 5 kPa dan ortganda oson alangalanib, portlashi mumkin. Bunday maxsulot va materialalar suv, xavo yoki o’zaro ta’siri orqali, xonadagi bosim 5 kPa dan oshganda portlashi mumkin.
Kategoriya B (portlash ga va yonishga xavfli) – yonilg’i changlari yoki tolalari. Alanglanish xarorati 280C dan oshmagan OAS lar xonadagi bosim 5 kPa dan ortganda changli xavo yoki bug’li xavo aralashmalari xosil qilib, alangalanishi natijasida portlashi mumkin.
Kategoriya V (Yong’inga xavfli) – Yonilg’i va qiyin yonuvchi suyuqliklar, qattiqyoqilg’i va qiyin yonuvchi maxsulotlar va materialalar (shuningdek tola va changlar), suv, xavodagi kislorod yoki o’zaro ta’siri orqali yonishi mumkin bo’lgan maxsulot va materiallar.
Kategoriya G – issik yoki erigan xoldagi yonmaydigan maxsulot va materiallar. Ularni qayta ishlash jarayoni issiklik nurlarini ajralib chiqishi, bilan uchqun va alanga bilan boradi, yonilg’i sifatida ishlatiladigan yonilg’i gazlari, suyuq va qattiq maxsulotlar.
Kategoriya D – Sovuq xoldagi yonmaydigan maxsulot va materiallar.
Asosiy elektropristniklarni elektr bilan ishonchli ta’minlash bo‘yicha benzin ishlab chiqarish korxonasi toifasiga kiradi. Elektr jihozlari atrof muhit xolati, bino sinfi va boshqaning hisobga olgan holda tanlangan.
Loyihalanayotgan ob’ektda elektr xavfsizligini ta’minlash uchun himoya erga ulash va himoya o‘chirish usullari qabul qilingan.
Uning maqsadi qurilma elementlaridagi elektr zaryadini bartaraf etishdan iborat.
Sex chegarasidagi har bir apparat sistemalari truboprovodlar, havo haydagichlar kamida 2 joydan ximoyaviy erga ulangan.
Sexlarda barcha trubaprovodlar paralel joylashgan, oralig‘i 10 sinaga, o‘zaro har 20... 25 m dan yuqori bo‘lgan rezervuarlar diametrlari metrlari qarama-qarshi tomonda 2 tadan kam bo‘lmagan holda himoyaviy erga ulangan.
Temir yo‘l sistemalariga to‘lish va qo‘yish qurilmalari ham erga ulangan. Berilgan korxona elektr qurilmalarida xavf tug‘ilishini tok bilan jarohatlanish vujudga kelishi bilan ularni avtomatik ravishda o‘chirishni ta’minlovchi himoya o‘chirg‘ichlari ko‘zda tutilgan.
Korxonada ishlayotgan xodimlarni xavfsizligini ta’minlash uchun quyidagi ishlar qilingan.
Texnologik jarayonni asosiy bosqichlari avtomatlashtirilgan.
Korxonadagi hamma apparatlar va kamunikatsiyalar germetik holda ishlaydi.
Neft trubaprovodlarni flanestlari maxsus qavat bilan qoplangan.
Korxona suniy ventilyasiya bilan ta’minlangan.
Qurilmalarni berk xonalarida flegma bug’lari konsentratsiyasi avtomatik ravishda boshqariladi.
AT-2 sexida asosiy xavf quyidagicha
Ishchi xonasida H2S va CO2 ni chiqishi odam organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Komunikatsiya va reaktorni yuqori bosimi ostida yorishishi.
Yuqori bosim ostida bug‘ni chiqishi.
Bug‘ni va issiq mahsulotni kishi tanasiga termik ta’siri.
Benzin ishlab chikarish sexida kuyidagi ximoya vositalr ishlatiladi:
Shlangli protivogazlar.
Shlangli protivogazlar 2 xil buladi. Ular asosan kuduklarda, emkostlarda , sisternalarda, shaxtalarda ish bajarilganda ishlatiladi. Ishlar asosan 2 kishi ishtirokida bajariladi. (1 kishi karab turuvchi va 1 kishi ish bajaruvchi).
PSH 1-shlanginig uzunligi 10 metr buladi.
PSH-2 shlangining uzunligi 20 metr buladi.
Filtrli gaznikoblar belgilanishi va ximoyalash muddatiga kura maarkalarga va ximoya sinflariga bulinadi. Zararli moddalar uzi-ning fizik-kimyoviy xususiyatiga kura shartli ravishda sinflarga bu-linadi va xarflar bilan belgilanadi.
Ularning belgilanishi:
- aerozolga karshi – RX;
- gazga karshi – Gaz X;
- kombinirlangan – Gaz XRX.
Gaz so’zi – zararli moddalar sinfini, X – ximoya sinfi 1,2 va 3 ni bildiradi.
Masalan: DOT 600 A2V2E2K2R2 (( DOT – для охрана труда ya’ni, MMU – mexnat muxofazasi uchun) 600 – filtr xajmi sm3 da A,V,E, K,R – zararli moddalar sinfi, 2,3 – ximoya sinfi).
Ventilyasiya.
Sex sun’iy ravishda ventilyasiya qilinadi. Ventilyasiya ventilyator va nasoslar yordamida amalga oshiriladi. GOST asosida tabiiy yo‘l bilan ventilyasiya qilinadi.
Tabiiy ventilyasiya yordamida issiq davrda 0,3 m dan yuqori ventilyasia qilinadi.
Tashqaridagi havo xonani bir tomonidan kirib boshqa tomonidan chiqishi mumkin.
Elektr xavfsizligi
Elektr xavfsizligi korxonada ko‘p ishlar tashkil qilingan. Ishchilar elektr toki bilan ishlashni bilishi kerak. Har bir qurilma erga ulangan.erga ulanish 40m gacha bo‘lishi mumkin.
Yong‘in xavfsizligi.
Benzin ishlab chiqarish sexida yong‘inni o‘chirishni bir yo‘li bu qum bilan o‘chirish. Boshqa narsalar bilan o‘chirish qat’iyan man etiladi. Sexni 4 joyida qum bor. Undan tashqari o‘t o‘chirish balonlari ham bor. Hamma uchastkalarda o‘t o‘chirish balonlari va qum bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |