Hisob va audit



Download 0,82 Mb.
bet8/18
Sana24.11.2022
Hajmi0,82 Mb.
#871704
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus

1-jadval:


Auditorlik tashkilotlari va auditorlar soni (ma’lumotlar 31-dekabr holatida keltirilgan)6




2011

2012

2013

Auditorlik tashkilotlari

104

104

101

Auditorlar

713

684

669

800







684

104

2012

auditorlik tashkilotlari
























713










700































669

600
















500
















400
















300
















200

104














100










101





0



















2011

























2013













auditorlar







Shulardan 22 tasi tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazishga haqli, 12 tasi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda, bundan ochiq aksiyadorlik jamiyatlari,
banklar va sug‘urta tashkilotlari mustasno, tashabbusli va majburiy auditorlik tekshiruvlari o‘tkazishi mumkin, 67 tasi barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni tekshirishi mumkin. Ya’ni auditorlik tashkilotlarining uchdan ikki qismi - 66,34%i yuqori toifadagi litsenziyaga ega (3-jadval):

3-jadval: Auditorlik tashkilotlarining litsenziya turlari bo’yicha tavsiflanishi7





2011

2012

2013

Auditorlik tashkilotlarining litsenziya turlari:










Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvlarini
o‘tkazishga haqli auditorlik tashkilotlari

21

23

22

Ochiq aksiyadorlik jamiyatlari, banklar va sug‘urta tashkilotlaridan tashqari, tashabbusli va majburiy auditorlik tekshiruvlari o‘tkazishga haqli
auditorlik tashkilotlari

14

12

12

Barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni
tekshirishga haqli auditorlik tashkilotlari

69

69

67

Jami:

104

104

101


Yanada yuqoriroq darajadagi litsenziya olishga intilishning kuzatilayotganligi auditorlik tashkilotlarining yiriklashtirilayotganligi, salohiyati oshayotganligidan guvohlik beradi. Auditorlik tashkilotlarining aksariyati (84,2%) ushbu faoliyat turi bilan 5 yil va undan ko‘p vaqtdan buyon shug‘ullanadi, bu esa professionalizmning o‘sayotganligi va audit pozitsiyalarining mustahkamlanayotganligini tasdiqlaydi (4-jadval):



Auditorlik tashkilotlarining “yoshi”8


  1. jadval:


Auditorlik tashkilotlarining faoliyat ko’rsatish yillari davomiyligi

Umumiyga nisbatan foizda, %

2011

2012

2013

Bir yildan kam

3,8

5,8

1,0

1-3 yil

5,8

4,8

8,9

3-5 yil

8,6

10,6

5,9

5-10 yil

35,6

23,1

21,8

10 yildan ko`p

46,2

55,7

62,4

Keyingi yillarda auditorlik bozori rivojlanishining barqaror dinamikasi ko‘zga tashlanmoqda. Auditorlik xizmatlari hajmining yillik o‘sish sur’ati 12-14% (2013- yilda 12,22%)ni tashkil qildi. Auditorlik tashkilotlari mijozlar bazasining kengayishi va xizmatlari sifatining yaxshilanishi hozirgi vaqtda O‘zbekistonda ushbu faoliyatni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratilganligi bilan izohlanadi. Auditning asosiy sohalarini qamraydigan me’yoriy-huquqiy hujjatlar kuchga kiritildi. Professional hamjamiyat bozor iqtisodiyoti talab-ehtiyojlariga javob beradigan audit o‘tkazish ko‘nikma va tajribasiga ega bo‘ldi. U xalqaro audit standartlariga (XAS) o‘tish zaruratini borgan sari ko‘proq anglab yetyapti.


Biroq milliy audit standartlarini xalqaro standartlar bilan yaqinlashtirishga doir muayyan qadamlar qo‘yilganligiga qaramay, XASni joriy etish bilan bog‘liq bir qator muammolar mavjud. Xususan, ushbu jarayonlarning amalga oshirilishiga XASning o‘zbek va rus tillariga rasmiy tarjimasi yo‘qligi; XASdan foydalanish va uni qo‘llash uchun zarur infratuzilmaning yaxshi rivojlanmaganligi; ko‘pgina auditorlar XASga o‘tish milliy iqtisodiyot xususiyatlariga monand kelmasligi xususida yanglish fikrga borishi; XAS bo‘yicha audit o‘tkazishga xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning asossiz ravishda ko‘p xarajat qilishlari; ko‘pgina auditorlarning XAS asoslari bo‘yicha malaka darajasi pastligi to‘sqinlik qilmoqda. Ushbu jarayonga auditorlar professional birlashmalari va boshqa manfaatdor jamoatchilikning, shu jumladan auditorlik xizmatlaridan foydalanuvchilarning auditorlik faoliyatini tartibga solishda etarli darajada ishtirok etmayotganligi; XASga ko‘ra audit o‘tkazish masalalari bo‘yicha darsliklar, qo‘llanmalar va ma’lumot materiallarining yetishmasligi ham salbiy ta’sir ko‘rsatyapti. Bugungi kunda XAS masalalari bo‘yicha bilimlarning salmoqli qismi mustaqil bilim olish yoki xalqaro auditorlik kompaniyalarida ish tajribasiga ega bo‘lish natijasida olinayotganligi ham muhim ahamiyatga ega.
Milliy iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish va jahon miqyosida davom etayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida auditni puxta tashkil etishni talab qiladigan, ularning ayrim jihatlarini qamrab oladigan bozor iqtisodiyotining o‘ziga xos ob’ektlari va institutlari paydo bo‘lyapti. Bu esa, o‘z navbatida, yuqorida tilga olingan muammolarni hal etish bo‘yicha auditning tegishli me’yoriy-huquqiy bazasini ishlab chiqish va takomillashtirishni talab qiladi.
Auditdagi o‘zgarishlar, xususan, XASning joriy etilishi asta-sekin, professional va boshqa manfaatdor jamoatchilikning imkoniyatlari, ehtiyojlari va tayyorgarligini hisobga olgan holda yuz berishi kerak. Axborot yig‘ish va unga ishlov berishning yangi usullari va taomillariga amalda ishlov berish uchun vaqt kerak.
XASni O‘zbekiston iqtisodiyotida keng qo‘llash uchun ushbu standartlardan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar foydalanishini ta’minlaydigan infratuzilmani barpo etish shart. Ayni shu bois doimo ishlaydigan nodavlat organ zarur. Bu organ: XASning o‘zbek va rus tillaridagi rasmiy matnlarini tayyorlashi; ingliz tilidagi matndagi o‘zgarishlarni kuzatib borishi va ularni o‘z vaqtida respublikada rasmiy ravishda moslashtirilgan matnga kiritishi; o‘zbek va rus tillarida XAS atamalari glossariysini yuritishi kerak. U audit, buxgalteriya hisobi, moliyaviy tahlil, menejment va boshqa turdosh sohalarda yuqori malakali tarjimonlar va mutaxassislardan iborat bo‘lishi kerak.
Kasbiy ta’limni takomillashtirishsiz buxgalteriya hisobi va auditni rivojlantirib bo‘lmaydi. Bir tarafdan, buxgalteriya hisobida va moliyaviy hisobotda axborotni shakllantirish kontseptsiyasi va muayyan qoidalarini tushunadigan, audit o‘tkazishning zamonaviy ko‘nikmalarini egallagan malakali auditorlarning yetarli miqdorini tayyorlash lozim. Boshqa tarafdan esa, auditning sifatli tizimi auditda shakllanadigan axborotga ehtiyojmand foydalanuvchilarning yetarli miqdori bo‘lishini taqozo qiladi. Ular iqtisodiy qarorlar qabul qilganda, xususan, kapitalni investitsiyalash yo‘nalishlarini tanlash va bu bilan bog‘liq xatarlarni tahlil qilish chog‘ida axborotdan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari kerak. Bunday foydalanuvchilarning bo‘lishi auditni rivojlantirishning eng muhim
omillaridan biridir.
Auditni isloh qilishni yanada chuqurlashtirish, auditorlik kompaniyalari rolini oshirish va ularni rivojlantirish, xalqaro me’yorlar va standartlarga muvofiq ularning barqarorligi va samaradorligini ta’minlash, ular ko‘rsatayotgan xizmatlar doirasini kengaytirish maqsadida Prezidentning "2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida"gi qarori bilan 2011-2015 yillarda respublikada mikromoliyalash sohasini va nobank moliya sektorini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar tasdiqlandi.
Ularda quyidagi ustuvor vazifalar ajratib ko‘rsatildi:

    1. auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini xalqaro qoidalar va standartlarga muvofiq takomillashtirish;

    2. xalqaro audit standartlari asosida eng yirik korxonalarda auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish amaliyotini joriy etish;

v) auditorlarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish;
g) respublikadagi auditorlarning professional birlashmalari faoliyatini takomillashtirish.
Hozirgi vaqtda Prezidentning qarori va davlat rahbarining 2011-yil 14- yanvardagi PF-3557 son Farmoyishiga muvofiq auditni takomillashtirish maqsadida "Auditorlik faoliyati to‘g‘risida"gi Qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar tayyorlandi. Ulardan maqsad auditning amaldagi tizimini xalqaro audit prinsiplariga muvofiq o‘zgartirishdir.
Taklif qilinayotgan me’yorlar va qoidalarning amalga oshirilishi auditning qonunchilik bazasini takomillashtirish va iqtisodiyotning barcha darajalarida uning sifati va samaradorligini oshirishni ta’minlash imkonini beradi.
O‘tkazilayotgan islohot raqobat muhitini rivojlantirish, auditga nisbatan ishonchni oshirish, auditorlik tashkilotlarini kapitallashtirish va moliyaviy barqarorligi, yagona talablar va standartlar asosida xizmatlar hajmlarini kengaytirish va ular sifatini yaxshilash, auditorlik tashkilotlarining kadr salohiyatini mustahkamlashga yo‘naltirilgan.
Mamlakatimizda erkin iqtisodiyotni rivojlanib borishi, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning o‘zaro va xalqaro iqtisodiy aloqalarining keng ko‘lamda jadallashib borishi, shubhasiz, yuqori saviyadagi auditorlik xizmatlariga bo‘lgan talabni taqozo etadi. Ma’lumki, har bir korxona, umuman tadbirkorlik sub’yekti o‘zining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini vaqti-vaqti bilan o‘rganib, tahlil qilib, unga baho berishi va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yo‘llarini aniqlab, kelgusi ish rejalarini belgilab olishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bu ishlarni amalga oshirishda auditorlik xizmatlarining o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki, bozor iqtisodiyoti aniq va to‘g‘ri hisob-kitobni, har bir so‘mni tejab-tergab sarf qilishni talab qiladi. Auditorlik xizmati xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning buxgalteriya hisobi va hisobotini atroflicha tekshirib, yo‘l qo‘yilgan kamchilik va nuqsonlarni aniqlash bilan birga ularni bartaraf etish, maromiga yetkazish bo‘yicha tavsiyalar berib, yo‘l-yo‘riqlarni ko‘rsatadi hamda boshqa konstalting xizmatlarini ham bajaradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan bir qancha qonunlar, taraqqiyotimizning yangi bosqichi hisobga olingan holda amaldagi qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida qonunlar ishlab chiqmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2005-yil 21-sentabrda qabul qilingan «Tadbirkorlik faoliyati yuritishi uchun ruhsatnoma turlarini qisqartirish va ularni berish tartib-qoidalarini soddalashtiriish to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq 2005-yil 1-oktabrdan auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya cheklanmagan muddatga beriladigan bo‘ldi. Shu munosabat bilan «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunning 23- moddasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi. Xuddi shuningdek, 2005-yil 14- iyundagi «Tadbirkorlik sub’yektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi va 2005-yil 24-iyundagi
«Tadbirkorlik sub’yektlarining xo‘jalik sohasidagi huquqbuzarliklari uchun moliyaviy javobgarligini erkinlashtirish to‘g‘risida»gi farmonlariga asosan tadbirkorlik sub’yektlarini huquqiy himoya qilish tizimini takomillashtirish hamda
moliyaviy javobgarligini erkinlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarga, shu jumladan «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunning «Auditorlik faoliyatini litsenziyalash», «Litsenziya amal qilishini to‘xtatib turish», «Litsenziya amal qilishini tugatish», «Litsenziyani bekor qilish» kabi moddalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Mamlakatimizda o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirilishi asosida moliyaviy javobgarlikning erkinlashtirilishi tadbirkorlik faoliyatini yuritishda qulay huquqiy va iqtisodiy shart-sharoit shakllanishi uchun zamin yaratadi.
Shuningdek, Respublikamizda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni modernizatsiyalashtirish sharoitida auditorlik faoliyatini rivojlantirish istiqbollaridan biri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2007-yil 4-apreldagi PQ-615-sonli «Auditorlik tashkilotlarining faoliyatini yanada takomillashtirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati uchun ularning javobgarligini oshirish to‘g‘risida»gi Qarori va «Auditorlik tashkilotlari to‘g‘risida»gi Nizom tashkil etadi.
Umuman xulosa qiladigan bo‘lsak, bugungi kunda auditorlik tashkilotlari oldiga qo‘yilgan talablarni samarali bajarish va xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini amaldagi qonunchilikka asosan xolisona auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish xizmatlarini amalga oshirish muhim ahamiyatga egadir.
Auditor malaka sertifikati jismoniy shaxsga, basharti u auditorlik tashkiloti shtatida bo‘lsa yoki u bilan auditorlik tashkiloti fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzgan bo‘lsa, auditorlik tekshiruvini amalga oshirish huquqini beradi. Malaka sertifikatiga ega bo‘lgan har bir auditor malaka sertifikatini olgan yildan keyingi yildan e’tiboran har bir yil mobaynida respublika auditorlar jamoat birlashmasi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan malaka oshirish dasturlari bo‘yicha 60 soatdan kam bo‘lmagan hajmda malaka oshirish kurslarini o‘tishi shart.
Auditor malaka sertifikati O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan, agar da’vogar malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan bo‘lsa beriladi. Malaka imtihoni auditorlik tashkiloti nomidan auditorlik tekshiruvlarini amalga oshirishga da’vogar bo‘lgan shaxslar bilimlarini tekshirish vositasi hisoblanadi. Malaka imtihonini topshirishga Nizom bilan belgilanadigan malaka talablariga javob beradigan da’vogarlar qo‘yiladi. Malaka sertifikatini berganlik, amal qilishini uzaytirganlik, qayta rasmiylashtirganlik uchun, shuningdek uning dublikatini berganlik uchun da’vogar (auditor) Nizomda belgilangan miqdorlarda yig‘im to‘laydi. Ko‘rsatilgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining maxsus hisobvarag‘iga o‘tkaziladi hamda malaka imtihonlarini o‘tkazish va auditor malaka sertifikatlarini rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun ishlatiladi.

    1. Download 0,82 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish