6.10. Bosim ostida ishlaydigan uskunalardan
foydalanishda xavfsizlik talablari
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida binolarni isitish, mahsulotlarni qayta ishlashda,
idishlarni va veterenariya uskunalarini sterilizatsiya qilishda hamda agregatlarni yuvishda issiq
suv
va yuqori haroratli suv bug’laridan keng foydalanadilar. Issiq suv va yuqori haroratli suv
bug’larini
hosil qilish uchun D-721A, VET-200, VEP-600 va boshqa turli quvvatga ega bo’lgan bug’
qozonlari hamda AV-2, SPGK-75, ASh-1 va boshqa turdagi avtoklavlardan foydalanadilar. Bug’
qozonlaridan foydalanish
ГОСТ
12.2.003.-74 umummiy talablaridan kelib chiqqan holda
amalga
oshiriladi. Hajmi 1 m
3
va 0,98- 106Pa bosim ostida bo’lgan idish portlaganda 13164 kVt quvvat
paydo qiladi. Shuning uchun bosim ostida ishlaydigan idishlarni loyihalash, tayyorlash va
ishlatish
«Sanoatkontexnazorat» agentligi talablariga rioya qilgan holda olib boriladi.
Yangi yoki ta’mirdan chiqqan bug’ qozonlarini tekshirilgandan va gidravlik sinovdan
o’tkazilgandan keyin ishlatishga ruxsat etiladi. Ish bosimi 69 kPa (0,7 kgk/sm
2
)dan ortiq bo’lgan
bug’ qozonlarini «Sanoatkontexnazorat» agentligi tomonidan tekshiriladi va foydalanish uchun
ruxsat beriladi. Buning uchun idish yoki apparatning pasporti, qoidaga asoslangan holda
montaj
qilinganligi haqidagi dalolatnoma, uning soz holatda yoqqanligi to’g’risida ma’lumotnoma,
bosim
manbai va ishlab chiqarish muhiti omillari ko’rsatilgan ulanish sxemasi, uni boshqaruvchi
ishchining attestatsiyadan o’tganligi to’g’risda ma’lumotnoma kabi hujjatlar talab qilinadi.
Har qaysi qozonga ip o’tkazib tikilgan qozonxona kitobi yuritilib, unda qozonni tekshirish
natijalari va undan foydalanishning belgilangan muddatlari ko’rsatiladi.
Foydalanish vaqtida qozonlar davriy ravishda foydalanuvchi tayinlagan komissiya (yiliga bir
marta) va «Sanoatkontexnazorat» agentligi (4 yilda bir marta) tekshiradi.
Ish bosimida gidravlik sinashni foydalanuvchi har gal qozonning ichki sirti tozalangandan
yoki ta’mirlangandan keyin o’tkazadi. Bundan tashqari, qozon kamida 8 yilda bir marta sinov
bosimi bilan 5 daqiqa davomida gidravlik sinaladi. Bu bosim 490 kPa (5 kgk/sm
2
) va undan past
ish bosimiga mo’ljallangan bug’ qozonlari hamda bug’ni o’ta qizdirgichlar uchun ish
bosimining
150% ini tashkil qiladi, lekin 196 kPa (2 kgk/sm
2
) dan kam bo’lmaydi, 490 kPa (5 kgk/sm
2
) dan
ortiq ish bosimiga mo’ljallangan bug’ qozonlari uchun, shuningdek, har qanday bosimli suv
isitish
qozonlari uchun sinov bosimi ish bosimining 125% ini tashkil qiladi, ammo undan kamida 294
kPa
(3 kgk/sm
2
)ga ortiq bo’ladi.
Chorvachilik fermalarida oziqa bug’lagich qozonidagi bosim 24,5 kPa (0,25 kgk/sm
2
) dan
oshmasligi kerak. Suv o’lchagich shishasi, manometri, suvli saqlagich bakchasi, chiqarib
tashlash
nayi yoki richagli saqlagich nosoz bo’lganda oziq bug’lagichni ishlatish man qilinadi. Mexanik
mustahkamlikka hisoblanmasdan tayyorlangan yoki zarur nazorat-o’lchov armaturasi va
chiqarib
tashlash moslamalari bo’lmagan oziq buglag’ichlarni va har qanday boshqa bug’ hosil
qilgichlarni
ishlatish mumkin emas. Bug’lash tugagach, qo’lqop kiymasdan va bug’ beruvchi kranni
berkitmasdan oziq bug’lagichning qopqog’ini ochish ruxsat etilmaydi. Oziq bug’lagichdagi suv
sathi o’z balandligining 2-3 qismidan ko’p bo’lmasligi kerak.
Qizigan sirtlardan, bug’, suv yoki o’txona gazlaridan kuyib qolish xavfi bo’lgan xodim
korjomada, maxsus oyoq kiyimida va himoya vositalari (qo’lqoplar, himoya ko’zoynaklari)dan
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
foydalanib ishlaydi.
Issiqlik ishlab chiqaruchi asbob-uskunalariga xizmat ko’rsatishda «Ehtiyot bo’ling -
ishlayapti», «Ehtiyot bo’ling - gaz, olov ishlatilsin!», «Ochilmasin - odamlar ishlayapti»,
114
«Berkitilmasin - odamlar ishlayapti», «Ko’tarilish taqiqlanadi», «Xavfli hudud», «Ko’tarilish
joyi
shu yerda», «O’tish yo’li shu yerda» kabi ogohlantiruvchi, taqiqlovchi va ko’rsatuvchi
ko’rgazma
vositalardan keng foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |