Uskunalarni joylashtirish
. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida tsexlarda uskuna va
uskunalarni boshqarishning qulay va oddiy bo’lishi, ish joylarida sanitariya-gigiyena,
psixofiziologik va estetik talablarni bajarishda, charchatuvchi, toliqtiruvchi holatlarni
yo’qotishda,
uskuna va uskunalarni sozlash va tuzatishda katta ahamiyat kasb etadi. Bunga uskuna va
uskunalarning o’zaro joylashishi va binoning qurilish konstruktsiyalari oraliqlarini, sozlash
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
hududlarini, boshqarish hududlarini, transport yo’llari va yo’laklarini hisobga olgan holda
erishish
mumkin. Shuning uchun uskuna va uskunalarni joylashtirishda quyidagilarni hisobga olish
kerak:
• uskuna va uskunalarning konstruktsiyasi va tashqi o’lchamlari;
• xonalarning o’lchamlari va ustunlar to’ri;
• transport yo’laklari;
• uskuna va uskunalarni texnologik boshqarish, sozlash, yarim tayyor mahsulot va tayyor
mahsulotlarni joylashtirish;
• ish yo’laklari, uskuna va uskunalar orasidagi montaj va boshqa oraliqlar, uskuna va
uskunalar bilan ustun va devor oraliqlari;
• evakuatsiya, markaziy va devorlar yonidan o’tgan yo’laklar;
• devorga o’rnatilgan asbob-uskunalar va boshqa moslamalar.
Uskuna va uskunalarni texnologik boshqarish hududida ish operatsiyalarini xavfsiz
bajarishni ta’minlaydigan, yonma-yon turgan uskuna va uskunalar orasidagi yo’lakdan iborat.
U
101
uskuna va uskunalarni chiqargan zavod tomonidan belgilanib, ishchining vaziyatiga ham
bog’liq.
Sozlash hududi deganda, uskuna va uskunalarni montaj va demontaj qilishda, sozlashda
sozlovchining xavfsizligi uchun zarur bo’lgan mashina atrofidagi maydon tushuniladi. Sozlash
hududi ham sozlovchining vaziyatiga bog’liq. Bo’sh yo’lak eni uning uzunligiga qarab 0,5-0,7m
oralig’ida bo’ladi. Montaj oralig’i -0,3m. Evakuatsiya yo’laklari smena va tanaffus paytlarida,
zarur
hollarda ishchilarni evakuatsiya qilish uchun hamda transport vositalari yurishi uchun
mo’ljallangan. Ular joylashishi bo’yicha markaziy va devorlarga yondoshgan, vazifasi bo’yicha
asosiy va yordamchi turlarga bo’linadi.
Evakuatsiya chiqish eshiklari sexlarda kamida ikkita bo’lishi kerak. Ish joyidan chiqish
eshigigacha bo’lgan masofa bir qavatli binolarda 100m gacha, ko’p qavatli binolarda 75m
gacha
bo’lishi zarur. Zinapoya kataklari yonmaydigan materialdan tayyorlanishi, zinapoya katagining
kamida 50 % maydoni tabiiy yorug’lik bilan yoritilishi, sexlardan chiqiladigan barcha eshiklar
tashqariga ochilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |