6.6. Agregatlarni tuzishda, xizmat ko’rsatishda va ulardan
foydalanilganda xavfsizlik talablari
Qishloq xo’jalik mashinalari va qurollarini tirkash va osish vaqtida ma’lum ehtiyot
choralariga rioya qilish zarur. Traktorni agregatga yaqinlashtirish vaqtida ulovchi chetda
turishi va
signallar vositasida haydovchiga mashinaga aniq kelishi uchun yordam berishi kerak.
Haydovchi,
traktor yurayotgan vaqtda yo’lga qarashi va yo’lovchining harakatini kuzatib borishi, bunda
zarur
holda to’xtatish uchun oyoq (qo’l)ni ilashish muftasining pedalidan olmasligi kerak. Traktor
kerakli
yo’nalishda harakat qilayotganiga ishonch hosil qilish uchun u mashinaga 0,5 m etmasdan
to’xtatiladi, tezligi ilashish muftasini tez-tez uzish hisobiga sekinlashtiriladi va uni mashinaga
yaqinlashtiriladi. Traktor to’xtaganida va traktorchi signal berganidan so’ng ulovchi traktorga
yaqin
kelib, traktorchi bilan birgalikda zavod ko’rsatmasiga muvofiq mashinani tirkaydi yoki ulaydi.
Mashinani traktorning osma mexanizmiga ulash vaqtida bo’ylama va markaziy tortqilarning
ulovchi
barmoqlari holatiga e’tibor beriladi va agar zarur bo’lsa, barcha fiksatsiyalash uskunalari
o’rnatiladi. Mashinalarni osish vaqtida, osish mexanizmining bo’ylama tortqilari orasidagi
joyga
kirish mumkin emas. Osilgan agregatni transport holatiga ko’tarib, so’ngra tushiriladi. Agar
traktorning gidrotizimi me’yorida ishlasa, mashina talab qilingan tezlikda, siltanmasdan
yuqoriga
ko’tariladi va pastga tushadi.
Mashinalarga texnik xizmat ko’rsatish va ularni ta’mirlash ishlarini mexanizatorlar
bajarishlari tufayli ular texnika xavfsizligi qoidalarini bilishlari va bajarishlari lozim.
Mashinatraktor
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
agregatlariga xizmat ko’rsatish maxsus tayyorgarlik ko’rilgan joyda, tegishli asbob,
materiallar va ehtiyot qismlar, ko’tarish uskunalari hamda saqlash moslamalar bilan
ta’minlangan
holda, maqsadga muvofiqdir.
Dala sharoitida mashinalarga texnik xizmat ko’rsatish faqat kunduz kuni o’tkazilishi yoki
zarurat tug’ilganda oqshomlari ham o’tkazilishi mumkin. Ammo oqshom xizmat ko’rsatish
hududi
sun’iy yorug’lik bilan etarli darajada yoritilgan bo’lishi va xizmat ko’rsatish kamida ikki kishi
tomonidan bajarilishi lozim.
Mashina-traktor agregati tarkibiga kiradigan barcha tirkama va osma mashina hamda
qurollar texnik xizmat ko’rsatilayotgan vaqtda harkatlari to’xtatilishi, traktor dvigateli
o’chirilishi,
osma mashinalar pastga tushirilishi yoki mustahkam taglikka o’rnatilishi maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |