GENI MODIFIKATSIYALANGAN ORGANIZMLAR- FOYDALIMI YOKI ZARARLI?
Muhamadova D.Sh., Aliyev Z.Z., Mahkamova D.X., To`lqinov A.E.
Farg‘ona davlat universiteti
So‘ngi paytlarda butun dunyoda ekinlar va o‘simliklar tarkibidagi GMO larning inson, umuman
tirik mavjudot organizmiga ta‘siri haqida turlicha nuqtai nazarlar baxs munozaralar ko‗paygan. Hozirgi
kunga kelib genetik modifikasiyalangan organizmlar (GMO) yoxud genetik o‗zgartirilgan organizmlar
xususida eshitmagan, bu haqida baxslashmagan inson kam topilsa kerak. GMO lar insoniyat uchun
yangi imkoniyatlar yaratmoqda, shunga qaramasdan ularga nisbatan salbiy fikrlar ham mavjud.
GMO bu –―genetik modifitsirlangan organizm‖ abbrevianturasi hisoblanadi. Genetik
modifikatsiya ko‗p o‗n yilliklar davomida eng samarali va tez ravishda alohida belgi yoki
xususiyatlarga ega bo‗lgan o‗simlik yoki hayvonni yaratish imkonini bergan. Bu aniq tarzda DNK
ketma-ketligini maxsus o‗zgartirish hisobiga amalga oshiriladi. Xar bir organizm dasturida DNK
mavjud bo‗lganidek, DNK dagi o‗zgarish organizm funksiyasini o‗zgarishiga olib keladi.
Genetik modifikatsiyalangan organizmlar yaratilishining asosida eng avvalo, gen injenerligi fani
sohasidagi yutuqlar yotadi. Gen injenerligi tushunchasi XX asrda paydo bo‗lgan bo‗lib, uning asosiy
maqsadi ixtiyoriy organizm genlarini o‗zgartirish orqali unda boshqa xususiyatlarni rivojlantirishdir.
XX asrning 70-yillarida olimlar gen injenerligi yordamida organizm DNKsiga begona DNK bo‗lagi
kiritilib, xususiyati o‗zgartirilgan organizm, ya‘ni GMO olish mumkinligini ko‗rsatishdi. GMOni
o‘rganish jarayonida olimlar uning salbiy va ijobiy tomonlari yuzasidan qator baxslar olib
borishmoqda. Bu borada bosh qotirayotgan mutaxassislarni bugun ikki guruhga ajratish mumkin:
GMOni yoqlovchilar va unga qarshilar. GMO tarafdorlari bu ixtiro insoniyatni kelajakda muqarrar
ochlikdan saqlab qolishi tayinligini da‘vo qilishadi. Kundan-kunga yer aholisining soni oshib
borayapti, ularning ehtiyojini qondirishning o‗zi bo‗lmaydi. Ta‘kidlanishicha, transgen mahsulotlar
qishloq xo‗jaligida muhim o‗ringa ega, turli virus, kasalliklarga chidamli, turli iqlim sharoitlarida
etishtirish uchun qulay tarzda yaratilgani bois xo‗jaliklar byudjetiga zarar keltirmaydigan darajada
245
serhosil va "joni qattiq" bo‗ladi. Bu mahsulotlar uzoq vaqt saqlash uchun ham qulay. Demak,
eksportning gullab-yashnashida muhim. Axir laboratoriya sharoitida turli-tuman genlarni o‗zaro
chatishtirish yo‗li bilan ilgari tabiatda uchramagan tur va navlarni yaratish, shu orqali evolyusiya
jarayonini nazorat ostida saqlash imkoniyati tug‗ilayapti-ku! Xullas, tarafdorlar transgen mahsulotlar
odamzod uchun kerak va zarur deb hisoblashadi.
Bir guruh mutaxassislar esa GMOni mutlaqo yoqlashmaydi. Ularning fikriga ko‗ra, bunday
sun‘iy mahsulotlar inson salomatligiga ta‘sir ko‗rsatmasligi mumkin emas. Zero, zararkunanda
hasharotlar ularga yaqinlashmayotgan ekan, bu bejiz emas. Hasharotlar tabiatan juda sezgir, ular
o‗zlari uchun bir xavf borligini bilib, bunday mahsulotlarga tegishmaydi...Bu borada o‗tkazilgan
tekshiruv amaliyotidan ma‘lum bo‗lganlari esa o‗ylantirarli, hatto tashvishli.Birinchi navbatda, bunday
mahsulotlar odam organizmida allergik ta‘sirchanlikni keltirib chiqarib, immun tizimi faoliyatiga
ziyon etkazadi. Modda almashinuvi buzilishiga ham sabab bo‗lishi ehtimolga yaqin. Tadqiqotlarga
ko‗ra, transgen mahsulotlarni iste‘molga chiqarish taqiqlangan Shvetsiyada aholining faqat 7 foizi
allergik xastaliklarga chalinar ekan. Bunday mahsulotlar keng ko‗lamda iste‘mol qilinadigan, hatto
maxsus yorliqda ko‗rsatilmaydigan AQSHda esa xuddi shu xastalik bilan og‗riganlar mamlakat
aholisining 70,5 foizini tashkil qiladi. Bu katta farq.
Qolaversa, genetik modifikatsiyalangan mahsulotlar bolalar organizmiga salbiy ta‘sir o‗tkazishi
aniqlangan. Shu bois 2004-yildan buyon Evropaning bir qator mamlakatlarida 4 yoshgacha bo‗lgan
bolalarning taom ratsioniga bunday mahsulotlarni kiritish taqiqlangan. Bundan tashqari, bu
mahsulotlarni doimiy iste‘mol qilgan odam organizmi antibiotiklarga nisbatan ta‘sirchanligini
yo‗qotadi. Bu esa, ravshanki, turli kasalliklarni davolashda jiddiy to‗siq bo‗ladi. Oddiy tumovni ham
antibiotiklar yordamida tuzatib bo‗lmaydi. Natijada har xil superinfeksiyalar paydo bo‗lishi, ular
oqibatida kelib chiqqan kasalliklarni davolash uchun yangi dori vositalarini o‗ylab topish shart bo‗ladi.
Hatto olimlar saratonning kelib chiqish omillaridan biri geni o‗zgartirilgan mahsulotlar ekanini
tasdiqlashdi. Eng dahshatlisi, GMO kelajak uchun ochlikdan ham yomonroq xatar tug‗diradi:
insonning nasl qoldirish qobiliyatiga daxl qilish ehtimoli yuqori. Buning isboti sifatida aynan urug‗i
yo‗q hisobi bo‗lgan tarvuzlari bodring-pomidorlar keltiriladi. Haqiqatan ham, ularning urug‗ini faqat
sotib olish mumkin, uy sharoitida olib bo‗lmaydi, chunki urug‗lar puch yoki juda mo‗rt.
Ba‘zi mamlakatlarda GMO mahsulotlarni cheklashga yoki nazorat qilishga asoslangan
qonunchilik mavjud. Masalan, Evropa mamlakatlarida shunday qonunlar qabul qilingan. Bu
qonunlarning asl maqsadi asosan AQSHdan import qilinadigan arzon GM meva-sabzavotlarni nazorat
qilish orqali Yevropa fermerlarini himoya qilishga qaratilgan. Qonun GMOni cheklashni emas, balki
GM o‗simliklardan olingan oziq-ovqatlar qutisida «GMOdan tayyorlangan» degan yozuv yozilishini
talab qiladi, xolos.
O‗zbekiston Respublikasi mustaqilligiga erishgandan so‗ng barcha fanlar kabi biotexnologiya,
genetik enjeneriya, biofizika va hozirgi kunda yangi bo‘lishiga qaramay bir hecha yangiliklar bilan
kashf etilayotgan molekulyar biologiya jadallik bilan rivojlanmoqda. Shu boisdan respublikamiz
barcha xo‗jaliklarda keng ko‘lamda qo‗llanilayotgan molekulyar biologiya faning yutuqlarini
mukammal egallash va bu fan usullarini amaliyotga tadbiq etish maqsadida katta ilmiy amaliy ishlar
olib borilmoqda.
246
Do'stlaringiz bilan baham: |