Hayratul-abror

Alisher Navoiy hayoti va ijodini o’rganish bosqichlari

Download 95,08 Kb.
bet3/4
Sana31.12.2021
Hajmi95,08 Kb.
#241955
1   2   3   4
Bog'liq
ALISHER NAVOIY “HAYRATUL-ABROR” DOSTONIDAGI MAQOLATLAR VA HIKOYATLAR TALQINI

1.2. Alisher Navoiy hayoti va ijodini o’rganish bosqichlari
XVI-XIX asrlarda g’arbda ham Alisher Navoiy merosiga bo’lgan qiziqish, asarlarini nashr etish, tarjima qilish ko’zga tashlanadi. Jumladan, 1697 yilda fransuz sharqshunosi Derbelo "Sharq kutubxonasi" qomusini nashr ettirdi. Unda Alisher Navoiyga doir mo’`jaz ma`lumot ham bor. Bunday ish xususan XIX asrda ancha jonlandi. Bu jihatdan fransuz sharqshunosi M.Belenning maqolalari hamda "Xamsat ul-mutahayyirin", "Mahbub-ul-qulub"dan parchalarning chop etishi (1861, 1866 yillar), Katrmerning esa "Tarixi muluki Ajam", "Muhokamat ul-lug’atayn" asarlarining asliyatda nashr etishi (1841), rus sharqshunosi M.Nikitskiyning "Amir Nizomiddin Alisher va uning davlat hamda adabiyot sohasidagi ahamiyati" mavzusida yozilgan magistrlik dissertatsiyaning kitob holida nashr etilishi (1856 yil), Pave de Kurteyl, N.Ilminskiy, I.Berezin va boshqalarning turli xildagi ishlarini eslatish kifoya. To’g’ri, g’arb sharqshunoslari asarlarining hammasi ham bir xil saviyada yozilgan, ularning hammasida ham Alisher Navoiy merosiga yuksak baho berilgan deb bo’lmaydi. Chunki bu sohadagi ish endi boshlanayotgan bo’lib, hali uning hamma asarlari ham to’liq va chuqur ilmiy tarzda o’rganilganicha yo’q edi. Shunday bo’lsa-da, bu urinishlarning natijasi sifatida M.Belenning "Alisherbek o’z zamonasining mashhur va eng sermahsul ijodkorlaridan biri bo’lgan" tarzida mulohaza yuritishi g’arb sharqshunoslarining dastlabki ijobiy xulosalari bo’lganidan dalolat beradi.

XX asrdagi navoiyshunoslik o’z ko’lamining kengligi va bosib o’tgan yo’lining o’ziga xosligi bilan belgilanadi. Bu o’ziga xoslik shundan iboratki XX asrning 20-80 yillarida O’zbekistonda hamda MDH mamlakatlarida Alisher Navoiy hayoti va merosini o’rganishda sho’rolar siyosati o’z ta`sirini o’tkazdi. Shunday bo’lsa-da, Alisher Navoiy hayoti, faoliyati va merosini o’rganish, uning 500 yillik (1948), 525 yillik (1968), 550 yillik (1991) yubileylarini o’tkazish; asarlarini (1948 yilda 3 tomlik, 1968 yilda 15 tomlik), ularning ilmiy-tanqidiy matnlarini ("Majolis un- nafois", "Lison ut-tayr", "Hayrat ul-abror", "Farhod va Shirin", "Mezon ul-avzon") nashr etish, doktorlik (A.Sa`diy, A.Hayitmetov, H.Sulaymon, A.Abdug’afurov, S.Erkinov, N.Mallaev, M.Hakimov va boshqalar), nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilish, turli mavzularda monografiya va ilmiy maqolalar to’plamlarini nashr etish davom etdi. Bu davrda A.Fitrat, S.Ayniy, O.Sharafiddinov, V.Mahmudiy, Oybek, Vohid Zohidov, Izzat Sulton, Vohid Abdullaev, Maqsud Shayxzoda, Aziz Qayumov, Saida Narzullaeva, Suyima G’anieva, Yoqubjon Ishoqov (O’zbekiston), Y.E.Bertels, S.N.Ivanov (Rossiya), H.Arasli, J.Nag’ieva (Ozarboyjon), A.Mirzoev, R.Hodizoda (Tojikiston), B.Karriev (Turkmaniston) kabi yetuk navoiyshunoslar faoliyat ko’rsatdilar. Shuning bilan bir qatorda, Turkiya (Ogoh Sirri Levend), Eron (Ali Asg’ar Hikmat, Rukniddin Humoyun Farrux), Afg’oniston (Muhammad Ya`qub Juzjoniy) va boshqa mamlakatlarda ham navoiyshunoslar faoliyat ko’rsatib, asarlarini nashr ettirdilar, turli xildagi risolalar, maqolalar to’plamlarini yaratdilar. Bu davrda mamlakatimizda Alisher Navoiy xotirasini abadiylashtirish sohasida ayrim ishlar amalga oshirildi. Uning nomi bilan teatr (Toshkent), universitet, maydon (Samarqand), kutubxona (Toshkent), ko’cha, xo’jaliklar ataldi. Uning haqida roman (Oybek "Navoiy"), drama (Uyg’un, Izzat Sulton "Alisher Navoiy"), qissalar (Mirkarim Osim) yaratildi.

1991-yilda O’zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo’lga kiritgach, navoiyshunoslikda ham yangi davr boshlandi. Chunki bu davrda milliy istiqlol g’oyasi talablari asosida xalq va mamlakat tarixi, qadriyatlari, boy ilmiy-adabiy merosiga xolisona va ilmiy asosda baho berish, uni ilk va ishonchli manba`larga tayanilgan holda o’rganishga keng yo’l ochildi. Bu esa Alisher Navoiy hayoti, faoliyati va merosini chuqur o’rganish va yoritishga yangi ufqlarni ochib berdi. Shuning natijasida Alisher Navoiyning yigirma tomlik mukammal asarlar to’plamining nashri amalga oshirilmoqda, ilgari nashr qilinmagan "Munojot", "Siroj ul-muslimin", "Badoe` ul-bidoya", "Navodir un-nihoya" asarlari bosilib chiqdi. Shu yillarda Alisher Navoiy merosining kam o’rganilgan qirralari (masalan, tasavvuf muammolari) keng tekshirilib, bu sohada anchagina ilmiy va ilmiy-ommabop asarlar yaratildiki, bunda adabiyotshunoslardan N.Komilov, I.Haqqulov, R.Vohidov, S.Olimov, N.Jumaev, S.G’anieva, M.Muhiddinov, Sh.Sirojiddinov, D.Salohiy va boshqalarning munosib hissalari bor. Mustaqillik davrida Toshkent va Navoiy shaharlarida Alisher Navoiyga bag’ishlangan muhtasham yodgorliklar maydonga keldi. Hozirgi kunda - Alisher Navoiy hayoti va xususan, ko’pqirrali merosini o’rganishda shoir va nosirning badiiy mahorati, badiiyati olamining ko’lam va mohiyatini kashf etish, ularni keng kitobxonlarga tushinarli tarzda sharh va talqin qilish hamda istiqlol ma`naviyatini shakllantirishdagi ahamiyatini belgilash asosiy yo’nalish bo’lib qolmoqda.

Alisher Navoiyning hayot yo’li, faoliyati va merosi akademik Izzat Sultonning "Navoiyning qalb daftari" (Toshkent, BAN, 1969) nomli kitobida shoirning o’z asarlaridagi ma`lumotlar hamda zamondoshlari qoldirgan ilk va ishonchli manbalar asosida ancha keng yoritilgan. Shundan kelib chiqib, bunda Alisher Navoiyning hayoti va faoliyati haqida qisqacha ma`lumot berish ma`qul ko’rindi.

Alisher Navoiy hijriy 844 yil (tovuq yili) ramazon oyining 17 kuni, ya`ni melodiy 1441 yilning 9 fevral kuni Temuriyzoda Shohrux mirzo boshqarayotgan Xuroson mulkining poytaxti Hirot shahrida dunyoga keldi. Uning otasi G’iyosiddin kichkina, G’iyosiddin bahodur, G’iyosiddin baxshi tarzida tilga olinadi. U temuriyzodalar, xususan Shohrux mirzo, Abulqosim Bobur mirzolarning amaldorlaridan bo’lib, Sabzavor shahrining hokimi ham bo’lgan. Alisher Navoiyning onasi (nomi noma`lum) ham ana shu muhitning vakili bo’lib, temuriyzodalar xonadonining e`tiborli kishilaridandir. Shuning uchun Alisher Navoiy shunday yozadi:

Otam bu ostonning xok bezi,

Onam ham bu sarobo’ston kanizi. (1-tom,17)

Alisher ota-onasining tarjimayi hollari hozircha to’liq yoritilgan emas.

Alisher tug’ilgan oila o’z zamonasining taniqli hamda ma`rifatparvar xonadonlaridan edi. Uning tog’alari Mir Said Kobuliy va Muhammad Ali G’aribiylar ikki tilda she`r bituvchi shoirlar sifatida ma`lum bo’lganlar. Alisherning og’a-inilari – Nizomiddin Shayx Bahlul va Darvesh Ali ko’kaldoshlar esa davlat arboblari –Xorazm va Balx hokimlari sifatida faoliyat ko’rsatganlar. Alisherning opa-singillari, amakilari haqida hozircha ma`lumotlar uchraganicha yo’q. Bu xonadonda o’z davrining olim va shoirlari yig’ilib, mushoira va ilmiy suhbatlar qilganlar. Bu muhit esa hali bola bo’lgan Alisherning she`riyatga moyilligini belgilagan edi. Shuning uchun Alisher Navoiy 3-4 yoshligidayoq she`rlarni yodlab olib, uyiga kelganlar taklifi bilan o’qir edi. Bu haqda Alisher Navoiyning o’zi "Majolis un-nafois"ning birinchi majlisida zikr etilgan Amir Qosim Anvor haqida so’z yuritayotganda uning bir baytini keltirib, shunday yozadi:

"Rindemu oshiqemu jahonso’zu joma chok,

Bo davlati g’ami tu zi fikri jahon chi bok?

Bu faqir (ya`ni Alisher Navoiy) avval nazmekim, o’rganibmen bu… matla`dur. Hamono uch yosh bila to’rt yoshning orasida erdim, azizlar o’qimoq taklifi qilib, ba`zi hayrat izhor qilurlar erdi." [13- tom, 11].

Alisher to’rt yoshga yetgach, uni muallimi donishmand bo’lgan maktabga o’qishga yuboradilar. Bu maktabda u Husayn Boyqaro bilan birga o’qirdi. Shuning uchun Z.M. Bobur shunday yozadi: "Alisher va Husayn Boyqaro kichiklikda hammaktab ekondurlar" (Boburnoma, 233 bet).

Alisherning maktabda "oz vaqt ichida darslarni o’zlashtirishda o’z sheriklaridan ilgarilab" ketganligini Xondamir "Makorim ul-axloq"da alohida o’qtiradi. Shuning bilan birga Alisherning xotirasi nihoyatda kuchli bo’lganidan u ana shu vaqtlarda Farididdin Attorning 4600 baytdan iborat falsafiy-irfoniy dostoni bo’lmish "Mantiq ut-tayri"ni ham boshdan oxirigacha yodlab olgan edi. Alisherning unga maftun bo’lib qolib, boshqa hech narsaga qaramay qo’ygani tufayli oilada ham, maktabda ham bu kitob haqida so’z yuritish man` qilingan edi. Shuning uchun Alisher uni yashirin tarzda (ichida) doimo takrorlab o’qirdi. Bu haqda Alisher Navoiy "Lison ut-tayr" dostonida shunday yozadi:

Yodima bundog’ kelur bu mojaro,

Kim tufuliyot chog’i maktab aro…

Manga ul holatda tab`i bulhavas,

"Mantiq ut-tayr" aylab erdi multamas…

O’ylakim, eldin uzuldi ulfatim,

Ul kitob erdi anisi xilvatim…

Onglag’och atfol, aylab sho’ru shayn,

Istimo` etti bu so’zni volidayn…

Man`i kulli qildilar ul holdin,

"Mantiq ut-tayr" uzra qilu qoldin…

Lek chun yodimda erdi ul kalom,

Yoshurun takror etardim mudom… (12 -tom, 293-295).

Alisher maktabda faqat rasmiy dasturdagi fanlarni o’rganib qolmay, she`riyat, musiqa, tarixni ham o’z davrining yetuk bilimdonlaridan chuqur o’rganadi. Alisher Navoiy keyinchalik "Majolis un-nafois"da bu sohadagi ustozlarining nomlarini ehtirom bilan tilga oladi. Jumladan:

"Darvesh Mansur (vaf. 887h.-1482 m.) … aruz va sanoye`da Mavlono Yahyo Sebak shogirdi erdi. Ikki aruz tasnif qildi… Faqir (ya`ni Alisher Navoiy) aruzni Darvesh qoshida o’qibmen" [13-tom, 41].

"Xoja Yusuf Burhon - (vaf.863h.-1458m.). Musiqiy ilmin ham yaxshi bilur erdi va faqir (Alisher Navoiy) musiqiy fanida aning shogirdiman" [13-tom, 51]. Xuddi shu vaqtlarda u zamonasining mashhur shoirlari bilan shaxsan yoki sirtdan tanishadi. Masalan, Mir Shohiy (1385-1453) bilan yozishmaga kirganligi haqida shunday yozadi:

"Faqir (Alisher Navoiy) agarchi ani (Mir Shohiyni) ko’rmadim, ammo aning bila faqirni orasida e`lom (xabardor bo’lmish) va irsol (maktub yuborish) voqe` bo’ldi" [13- tom, 29]. Bu esa bejiz emasdi. Chunki she`riyat qonun-qoidalari bilan yaxshi tanishgan Alisherning shoirlik qobiliyati ham to’laroq namoyon bo’laverib, yozgan she`rlari og’izga tushgan edi. Shundanda, 12-13 yashar Alisher she`rlarining Mir Shohiylar nazariga tushgani ham, yozishmalarning maydonga kelishi ham sababsiz emasdi.

Alisher Navoiy Samarqandda shahar hokimi Ahmad Hojibek Vafoiy G’amxo’rligida yashadi, mashhur alloma Fazlulloh Abulaysiy Samarqandiy nazdida ikki yil arabiyat, she`riyat va fiqhdan ta`lim oldi; naqshbandiya tariqatining peshvosi Xoja Ubaydulloh - Xoja Ahrori Vali (1404-1490) suhbatlaridan bahramand bo’ldi; adabiy muhitning mavlono Riyoziy, Shayxim Suhayliy, Mirzobek kabi vakillari bilan yaqin ijodiy munosabatda bo’ldi, mushoiralarda fa`ol qatnashib, katta obro’ga sazovor bo’ldi. Samarqandda ekanligi vaqtida she`rlar yozdi, arabcha so’zlar lug’ati bo’lmish "Sab`at ul-abhur"ni tuzdi, otaxoni Sayid Hasan Ardasherga masnaviyni bitdi, oxirlarida esa "Hiloliya" qasidasini yaratdi.

1469-yilda Abusaid mirzo vafotidan so’ng Xuroson taxti Sulton Husayn Boyqaroga nasib etdi. Sulton Husayn Boyqaro do’sti Alisher Navoiyni Samarqanddan chaqirib oldi. Alisher Navoiy Hirotga kelib, Sulton Husayn Boyqaroning ramazon hayiti kunida o’tkazilgan taxtga rasman o’tirish marosimiga qatnashib, "Hiloliya" qasidasini unga taqdim etdi. Sulton Husayn Boyqaro Alisher Navoiyning podshohlik muhrdori lavozimiga (1470 yilda) ta`yin etdi va amirlik unvonini ham berdi. Shundan Alisher Navoiyning davlat arbobi sifatidagi faoliyati boshlandi. Keyinchalik muhrdorlikni do’sti Shayximbek Suhayliyga topshirib (1472), amirlik faoliyatini bajarishga kirishib ketdi. Amirlik faoliyati ko’pqirrali bo’lib, mamlakat osoyishtaligi, obodonligi, ilmiy-adabiy muhitni tashkil etishga qatnashish, xayr-ehson ishlarini amalga oshirish kabi sohalarni ham qamrab olardi. Eng muhimi shundaki, bu ishlarni amalga oshirishda mamlakat podshohi ham, fuqarosi ham shoir Navoiyga ishonganlaridek, Nizomiddin Amir Alisher Navoiyga ham astoydil ishonardilar. Bu esa Alisher Navoiyga yana ko’proq mas`uliyat yuklar edi. Shuning bilan birga, saroydagi amiru amaldorlarning o’zaro nifoqlari, qing’ir ishlari Alisher Navoiyni ruhan qiynardi. Buning ustiga tashkiliy ishlar ko’p vaqtni olganidan ijodiyotga berilib ketolmasdi. Shu jihatdan Alisher Navoiy 1476 yilda mansabdorlikdan rasman iste`fo berdi. "Xamsat ul-mutahayyirin"da o’qiymiz: "Ushbu tarixda (1476 yilda ) erdikim, faqir (Alisher Navoiy) sipohiyliqdin mutanaffir bo’lub, manosibni tark qilib, mulozimatni o’ksutub erdim" [15- tom, 20-21].

Shundan so’ng Alisher Navoiy podshoh hazratlarining eng yaqin kishisi (muqarrabi hazrati sulton) sifatida ham ijod va ham ijtimoiy obodonchilik ishlari bilan shug’ullanadi. Alisher Navoiyga tegishli bo’lgan mol-mulk ko’pgina bo’lib, Faxriy Hirotiy "Latoifnoma"sining to’qqizinchi majlisida uqtirganidek, ulardan tushadigan bir kunlik daromad 75 ming dinorni tashkil qilsa, xarojoti esa 5 ming dinorga to’g’ri kelar ekan. Mirzo Haydarning "Tarixi Rashidiy"asarida keltirilishicha, "Alisherning bir kunlik daromadi 18 ming shohruxiy dinor edi va bu daromadning hammasini xayrli ishlarga sarf etardi". Bobur Mirzoning "Boburnoma"da kuyidagicha yozgani ham diqqatga sazovordir: "Alisherbek… Mirzo (Sulton Husayn Boyqaro) din nima olmas, balki yilda Mirzog’a kulliy (katta) mablag’lar peshkash qilur edi". Shuning bilan birga Alisher Navoiy ana shu daromadlar hisobidan 360 dan ko’proq turli xildagi inshaotlarni-madrasa (Ixlosiya), masjid (Qudsiya), xonaqoh (Xalosiya), shifoxona (Shifoiya), rabot (Raboti ishq), 70-80 kmlik (o’n tosh) kanal (Gulasb), ko’prik, maqbaralarni (Attor, qosim Anvor) qurdirdi, ularga vaqflar ajratdi, xayr-ehsonlarni doimiy tarzda amalga oshirdi; adabiyot, san`at va ilm sohasi mutaxassislari, talaba va mudarrislarni moddiy jihatdan rag’batlantirdi. Bunday ishlar haqida Alisher Navoiyning "Vaqfiya", Xondamirning "Makorim ul-axloq", Vosifiyning "Badoe` ul-vaqoe`" asarlarida ancha keng ma`lumotlar bor.

Ushbu ma’ruzada Alisher Navoiy (1441-1501) nasriy asarlarining tarixiy manba sifatidagi xususiyatlariga e’tibor bermoqchimiz. Chunki Navoiyning ulkan she’riy merosi, dostonlari va asarlari badiiy adabiyot namunasi sifatida keyoingi XX asrda ham yurtimizda juda katta e’tiborga sazovor bo‘lgan bo‘lsa-da, ammo uning tarix ilmiga qo‘shgan ulkan hissasi, bizning fikrimizcha, tarixchi olimlarimiz e’tiboridan chetda qolib keldi. Maxsus tarixiy asarlari ham faqat filologik nuqta-i nazardan o‘rganildi, xalos.

Alisher Navoiy asarlarini manbashunoslik nuqta-i nazaridan tadqiq qilish uchun ming mukammal asarlar yigirma tomligini asos qilib olinish mumkin.

Alisher Navoiy nasrda «Munojot», «Tarixi anbiyo va hukamo», «Tarixi muluki Ajam», «Xamsat ul-mutahayyirin», «Holoti Sayyid Hasan Ardasher», «Holoti Pahlavon Muhammad», «Vaqfiya», «Majolis un-nafois», «Nasoyim ul-muhabbat», «Mezon ul-avzon», «Munshaot», «Muhokamat ul-lug‘atayn» kabi asarlari bilan ham aruz nazariyasi, ham tilshunoslik, ham adabiyotshunoslik bilan bir qatorda tarixi ilmi taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdi.

Alisher Navoiy “Xamsa”sidagi birinchi doston “Hayratu-l-abror” (“Yaxshi kishilarning hayratlanishi”) 1483 yilda yaratilgan edi. Doston 3988 baytdan iborat bo‘lib, 63 bob, 20 maqolat va 20 hikoyatdan tashkil topgan. Shundan Kirish (muqaddima) 21 bobni o‘z ichiga oladi.

Dostonning birinchi bobi Qur’oni karimdagi bosh ilohiy jumla “Bismillohir rahmonir rahim” (“Mehribon va rahmli Olloh nomi bilan boshlayman”)ning poetik sharhiga bag‘ishlangan. Bu bob nafaqat “Hayratu-l- abror” uchun, balki umuman “Xamsa” uchun ham kirish vazifasini o‘taydi, chunki keyingi dostonlarda biz bu ilohiy jumlani uchratmaymiz. Hazrat Navoiy bu jumlani ikki nuqtai nazardan tahlil qiladi, ya’ni qabul qiluvchilar va rad etuvchilar. Bunda ushbu jumladagi har bir harfga alohida ma’no yuklatiladi. Dastlab rad etuvchilarga to‘xtalinar ekan, ushbu jumladagi har bir harfning bu toifa kishilarini jazolantirishga xizmat qildirilganligini ko‘ramiz. Xususan, “ﺱ” – “sin” harfi haqida gapirilganda, uning shakli nahang balig‘ining umurtqa suyagidagi arradek bo‘lib, rad etuvchilar uchun ofatdek; “ﻢ” – “mim” harfi ilon nafasidek o‘t sochib, yo‘l boshida og‘zini ochgan holda yotadi degan tashbehlardan foydalaniladi. Shu tariqa Navoiy ushbu jumladagi qolgan harflarni ham ushbu maqsadga xizmat qildiradi va kitobot (harf) san’atining betakror namunasini yaratadi.

Alisher Navoiyning «Tarixi anbiyo va hukamo» asari 890/1485 va 904/1498-1499 yillar orasida tasnif etilgan bo‘lib, unda Odam Atodan boshlab, oltmish oltita payg‘ambarlar va o‘n bitta donishmandlar to‘g‘risida ixcham, lekin juda jonli va qiziqarli ma’lumotlar bayon etilgan.

Ma’lumki, Alisher Navoiyga qadar ham anbiyolar haqida turli rivoyatlar, qissalar mavjud bo‘lgan. Ayniqsa, «Qur’oni karim»da va eng qadimiy manbalarda, umumiy tarixga oid Abu Ja’far Tabariyning (836-923) «tarixi ar-rusul va muluk», Abu Rayhon Beruniyning «Osor ul-boqiya», hamda Abu Sulaymon ibn Dovud binni Abu-l-Fazl Muhammad binni Dovud al-Banokatiyning (vaf. 730/1330) «Ravzatu Oli al-bob fi tavorix al-akobir va-l-ansob» (1317) yoki «Tarixi Banokatiy» (XIV asr) nomli, Hamdulloh binni Abu Bakr binni Ahmad binni Nasr al-Mustavfi Qazviniyning (vaf. 750/1350) «tarixi Guzida» (744/1343), Abulqosim Firdavsiyning «Shohnoma», Nizomiy Ganjaviyning «Xamsa» va boshqa shu kabi asarlarda tarixiy voqealar, shuningdek, diniy tarixga oid ma’lumotlar ko‘p.

O‘z davrining yirik olimi va tarixchisi sifatida Alisher Navoiy ham bunday manbalarni o‘rganib chiqqan, ular bilan yaqindan tanishgan. Bu asarlar aksariyati arab va fors tilida bo‘lgani uchun, Alisher Navoiy turkiy-o‘zbek tilida, ko‘plab qissalarni qiyosiy o‘rganish asosida o‘z asarini yaratdi. U asar mazmun jihatidan umumiy tarixga oiddir.

Bu asar ikki qismdan iborat. Birinchi qismda Odam Atodan tortib, nuh, Iso, Muso, Yaqub, Sulaymon, Dovud, Yusuf va boshqa payg‘ambarlar hayotiga oid turli naqllarni bayon etadi, har bir tarix oxirida ruboiy keltirilib, ularning hayotiga lirik xotima yasaydi.

Kitobning ikkinchi qismida mashhur donishmandlar hayoti lavhalari, ularning hikmatlari keltiriladi. Masalan, G‘arbda Pifagorga nisbatan bergan bir iborani Alisher Navoiy Buqrotus hakim nomidani shunday keltirilgan: «Yaxshi so‘z ko‘ngulni yoritur va yaxshi xam ko‘zning ne’mati arusidurkim, aning mahri shukrdir».

Butun umri va faoliyati davomida olimlarni qadrlagan Alisher Navoiy ularning tarixini anbiyo, payg‘ambarlar tarixidan keyin, ularni birgalikda bitgani alohida tahsinga sazovor holdir. Bu kitob tarixchi, olim va shoirlarga qadimgi davr izohi uchun muhim manba vazifasini o‘tashi mumkin. Bu asarni manbashunoslik fanida alohida o‘rganish shuning uchun ham zarurki, tarixga oid asarlarda tafsilotlari keltirilmay, juda ko‘p o‘rinlarda mayg‘ambarlar va ularning hayotiga oid voqealarga murjaat qilish uchraydi. Manna shu jihatidan Alisher Navoiy asari ham tarixchi olimlar, ham tarixni o‘rganuvchi talabalar uchun katta ahamiyat kasb etadi. Shuning bilan birga, u asarda alisher Navoiyning mashhur tarixchi Sharafuddin Ali Yazdiyga munosabati bayon etilgan. Navoiy uning «Zafarnoma» asari muqaddimasini zikr qlar ekan, tarixchini «mavlono sharaf ul-millat va davla», ya’ni «davlat va millat sharafi» deb ta’riflaydi.

Ikkinchi toifa, ya’ni qabul qiluvchilarga to‘xtalinganda endi bu harflarning ijobiy ma’no kasb etishini kuzatamiz. Xususan, “ﺱ” “sin” harfi endi salomatlik yo‘lining zinasiga o‘xshatilsa, “ﻢ” – “mim” harfining maqsad manzilidagi buloq boshiga nisbat berilganligini ko‘ramiz. Bularning barchasida Navoiyning yuksak badiiy salohiyati namoyon bo‘ladi.

Dostonning ikkinchi bobi Xoliq, ya’ni Olloh hamdiga bag‘ishlanadi. Mazkur bobda shoir hamma narsani yaratgan Xoliqning osmon va quyoshdan tortib har bir zarrani, butun o‘simliklar va hayvonot olamini, kishilik jamiyatini bir-biriga bog‘lab harakatlantirib turishini cheksiz hayrat bilan tasvirlaydi. Alisher Navoiy “Uning zoti lutf va safodan iborat, lekin vafo isi unga begona” degan fikrlarni ilgari surar ekan, bu o‘rinda tasavvuf ta’limoti asosida fikr yuritilayotganligi ma’lum bo‘ladi.

Dostonning 3-6 boblari (to‘rt bob) munojotlarni o‘z ichiga oladi. Munojotlarda dunyodagi barcha mavjudotlar o‘z yaratganiga doim sajda qilishi zarur, Xudoning qahri kelsa, “ko‘k bir etak kul” kabi sovurilib ketishi hech gap emasligi ta’kidlanadi. Shuning uchun insonlar o‘ylab ish qilishi, gunoh qilishga yo‘l qo‘ymasligi, qiyomat kunini unutmasligi, har bir gunoh uchun qiyomat kuni jazo olajagini esda tutishi, islom dini qoidalariga to‘la rioya qilishi zarurligi uqtiriladi. Navoiy oxirgi munojotda Xudoga murojaat qilib, gunohlarini kechirishini so‘raydi:

Garchi gunahning hadu poyoni yo‘q,
Aylamasang rahm ham imkoni yo‘q.

Adabiy an’anaga ko‘ra munojotdan so‘ng payg‘ambar madhiga, ya’ni na’tga o‘tiladi. Dostonda 5 ta na’t keltirilgan. Birinchi na’tda tasavvuf ta’limotidagi “Nuri Muhammadiya” nazariyasiga to‘xtalinar ekan, ushbu nazariyadagi “Odam Ato unga ham o‘g‘il, ham ota” degan tushuncha ta’rifi beriladi. “Nuri Muhammadiya”ga ko‘ra Alloh barcha olamlarni yaratishdan oldin Muhammad nurini yaratgan bo‘lib, shu nur tufayli olamni va odamni yaratgan. Demak, Odam Ato ham Muhammad nuridan bino qilingan. Shuning uchun hazrati Muhammad (s.a.v) Odam Atoga ham ota, ham o‘g‘ildir:

Bo‘ldi sanga Odami sabqatnamo,
Avval o‘g‘ul, so‘ngra gar o‘lsa Ato.

Keyingi na’tlarda payg‘ambarning bolaligi, payg‘ambarlik davridagi faoliyati, noyob insoniy xususiyatlari, me’roj tuni ta’riflari keltiriladi.

Dostonning 12-bobi ulug‘ salaflar Nizomiy Ganjaviy va Amir Xusrav Dehlaviy madhiga bag‘ishlangan. Dastlab Nizomiyga ta’rif berilar ekan, uning ismidagi harflar abjad hisobiga ko‘ra 1001 soniga teng kelishi jihatidan Xudoning 1001 ismiga hamohang ekanligi aytiladi. Ishtiqoq (o‘zakdosh so‘zlarni keltirish) va iyhom (baytni ikki xil ma’noni qo‘llash) san’atlari vositasida u yaratgan xazina (“Xamsa”)ga ta’rif beriladi:

Ganja vatan, ko‘ngli aning ganjxez,
Xotiri ganjuru tili ganjrez.

Xusrav Dehlaviy madhi keltirilganda esa uning ismidagi “xusrav” so‘zining podsho ma’nosini bildirishi Dehlaviyning so‘z podshosi sifatida hind mulkini obod qilganligi, uning har bir dostoni Hindistonning bir o‘lkasiga teng ekanligi bilan izohlanadi:

Nazmi savodi aro har doston,
O‘ylaki, bir kishvari Hinduston.

13-bob Nuriddin Abdurahmon Jomiy madhini o‘z ichiga oladi. Navoiy Nizomiy va Dehlaviyni bir bobda ta’riflagani holda ustozi va do‘sti Abdurahmon Jomiyga alohida bob bag‘ishlaydi. Uni o‘sha davrning “qutbi tariqati” deb atar ekan, o‘zining unga nisbatan ojiz va muhtojligini g‘oyat kamtarlik bilan bayon qilsa, Jomiyning yangi yozgan biror asarini o‘zidan oldin hech kim ko‘rmasligini faxr bilan keltirib o‘tadi:

Nomag‘akim roqim etib xomasin,
Ko‘rmadi men ko‘rmayin el nomasin.

“Hayratu-l- abror” dostonining yozilishida aynan Jomiyning “Tuhfatu-l-ahror” dostoni turtki bo‘lganligini aytiladi:

Boshtin-ayoq gavhari shahvor edi,
Qaysi guhar, “Tuhfatu-l-ahror” edi…

Chun o‘qimoq zamzamasi bo‘ldi bas,
Ko‘nglum aro dag‘dag‘a soldi havas.

Kim bu yo‘l ichraki alar soldi gom,
Bir necha gom o‘lsa manga ham xirom.

Dostonning 14-15-boblari so‘z ta’rifiga bag‘ishlangan. Hazrat Navoiy so‘zning buyukligini “kun” (yaral) so‘zining olam va odamni yaratishda vosita bo‘lganligi bilan dalillaydi:

Dahr muqayyad bila ozodasi,
Borcha erur “kof” ila “nun” zodasi.

Zodasidin zoda bo‘lub beadad,
Zodaga ham volid o‘lub, ham valad.

Alisher Navoiy bu o‘rinda so‘zning mahsuli bo‘lgan adabiy turlar haqida ham to‘xtalar ekan, nazm va nasrga alohida ta’rif beradi, nazmni nasrdan ustun qo‘yib, gulshanda gullarning saf tortib turishini nazmga, sochilib, to‘kilib yerda yotishini nasrga o‘xshatadi. Shoirning e’tiroficha, nazm bu qadar e’zozlanmasa, Tangri so‘zida she’r bo‘lmas edi:

Bo‘lmasa e’joz maqomida nazm,
Bo‘lmas edi Tengri kalomida nazm.

Shuningdek, Navoiy ushbu bobda turkiy tilda she’r aytishga kuchli ishtiyoq sezishini va bu yo‘lda ancha yuqori darajaga erishganini faxr bilan bayon qiladi.

Dostonning 16-bobi zamona sultoni Husayn Boyqaro madhini o‘z ichiga oladi. Alisher Navoiy bu bobda talmeh san’ati vositasida Husayn Boyqaroni kuch-qudratda Firdavsiy qahramoni Rustamga, adolat va fazlu kamolda Eronning afsonaviy podshosi Jamshidga o‘xshatadi.

17-bob “Ko‘ngul ta’rifida” deb nomlanadi. Bu bobda Navoiy qudratli dehqon (Xudo) ilk tongda insonni yaratgandan keyin unga ko‘ngul ato etganini bayon qilar ekan, ko‘ngulni yurak bilan adashtirmaslikka chaqiradi. Shoirning fikricha, yurak savdogarda ham bor, lekin uning butun fikri-yodi savdoda. Yaratganning yodi bilan yashaydigan insondagina haqiqiy ko‘ngul bo‘ladi va ugina “ahli dil” sanalishi mumkin. Shuningdek, Navoiy ko‘ngulni olami kubro, Ka’badan-da ulug‘ joy deb ataydi.

Muqaddimaning qolgan uch bobi (18-20 boblar) hayrat ta’rifiga bag‘ishlangan. Bu boblarda Xoja, ya’ni ko‘ngulning avval mulk (narsalar) olamiga, keyin malakut (farishtalar) olamiga va nihoyat so‘ngida “ajoyib bir shahar” (inson tanasi)ga sayohati bayoni keltiriladi va bu sayohat ko‘ngulning o‘zligini tanib, inson tanasiga kirgani tasviri bilan yakunlanadi. Alisher Navoiy bu o‘rinda “o‘zligini bilgan Xudoni ham biladi” g‘oyasini ilgari suradi:

Nafsg‘a chun orif o‘lub mo‘-bamo‘
Foyiz o‘lub “qad arafa rabbahu”.

Muqaddimaning so‘nggi 21-bobi Xoja Bahouddin Naqshband va uning xalifasi Xoja Ubaydulloh Ahror madhiga bag‘ishlangan. Alisher Navoiyning muqaddimadagi so‘nggi bobni aynan shu shayxlarga bag‘ishlashi shoirning naqshbandiya suluki vakili ekanligiga ishora edi. Bob o‘z ichida ikki qismga ajratiladi, birinchi qism 15 baytdan iborat bo‘lib, uning deyarli har bir baytida naqsh so‘zining turli holat va shakllarda ishtiqoq (o‘zakdosh so‘zlarni keltirish) va tanosub (ma’no va mohiyat jihatidan bir-biriga yaqin so‘zlarni keltirish) san’atlari vositasida qo‘llanilganligini ko‘ramiz. Navoiy Bahouddin Naqshbandni yuksak martabali naqqoshga, uning ta’limotini muhtasham va dilkash naqshga o‘xshatadi:

Xojaki naqqoshi sipehri baland,
Bo‘lg‘ali har safhasig‘a naqshband.

Ayladi avroq munaqqash base,
Naqsh raqam ayladi dilkash base.

Bobning ikkinchi qismi naqshbandiya tariqatining o‘sha davrdagi mashhur pirlaridan biri Xoja Ubaydulloh Ahror madhiga bag‘ishlangan. Navoiy uni murshidi ofoq (yo‘lboshlovchi pir) deb ulug‘lar ekan, shohlar unga qulluq qilishga o‘zlari keladilar, hatto haqiqat sirlaridan ogohlar ham uning huzurida hushlaridan judo bo‘ladilar deb yozadi:

Yuz qo‘yubon qullug‘ig‘a shohlar,
Bazmida bexud o‘lub ogohlar.

Alisher Navoiy bobni ulug‘ shayx faoliyatiga yuksaklik tilash va uning himmatidan bahramandlik umidi bilan yakunlaydi va bu umid bevosita muqaddimaga ham yakun yasaydi:

Qo‘ymasun ayvoni jahonni tihi,
Dabdabai ko‘si Ubaydullahi.

Himmatidin bizni ham etsun Xudoy,
Faqr yo‘lida g‘ani, imong‘a boy.

Dostonning 22-bobidan asosiy qism boshlanadi. Asosiy qism maqolat va hikoyatlardan tashkil topgan 40 bobni o‘z ichiga oladi. Maqolatlar muayyan bir axloqiy-falsafiy mavzuga bag‘ishlangan bo‘lib, shoir dastlab ushbu mavzuga munosabat bildiradi, mavzu yuzasidan o‘z fikr- mulohazalarini bayon qiladi, so‘ngra shu mavzuga mos ibratli hikoya keltiradi. Shu tariqa asosiy qism 20 maqolat va unga ilova tarzida keltirilgan hikoyatlar bayoni tarzida davom etadi. Buni quyidagi jadvalda ko‘rish mumkin:

Eng avvalgi maqolat iymon sharhiga bag‘ishlanadi. Bu bejiz emas, zero dostonning bosh g‘oyasi komil inson timsolini vasf etishdir, komillikning bosh belgisi esa iymondir:

Kimki jahon ahlida inson erur,
Bilki nishoni anga iymon erur.

Alisher Navoiy “Kimdaki iymonning uch belgisi bo‘lsa, u haqiqiy insondir” deydi va bu belgilar sifatida sabr, shukr va hayoni ko‘rsatib o‘tadi:

Bas ani inson atag‘il beriyo,
Kim ishidur sabr ila shukru hayo.

Komil inson ta’rifidan keyin iymon sharhiga to‘xtalib o‘tiladi. Hazrat Navoiy iymonning 6 sharti sifatida quyidagilarni keltirib o‘tadi:

1) Haqning borligiga iymon keltirish;
2) farishtalarga iymon;
3) Allohning so‘zlari bo‘lgan muqaddas kitoblarga iymon;
4) Payg‘ambarlarga iymon;
5) qiyomat kuniga iymon;
6) taqdiri azalga iymon.

Ushbu fikrlardan so‘ng Shayx Boyazid Bistomiy va uning muridi haqidagi hikoyat keltiriladi. Hikoyatda bir kuni Shayx Boyazid Bistomiydan g‘amginlik sababini so‘ragan muridiga shayx bu dunyoda haqiqiy insonlar kamayib ketganligidan xafaman deb javob beradi. Shunda muridi shayxni haqiqiy insonlar safida deb hisoblashini aytganida, shayx o‘zini ham yuz ming sarson-sargardonlar qatorida sanashini, agar bu dunyodan iymon bilan ketmas ekan, inson sanalmasligini aytadi. Hikoyatda diniy mazmundan tashqari tasavvufiy qarashlar ham mavjud bo‘lib, bunda tariqatdagi xavf maqomi haqida so‘z boradi, deb aytish mumkin. N.Komilovning “Tasavvuf” kitobida yozilishicha, xavf tariqatning 6-maqomi bo‘lib, bunda solikning nafs makridan qo‘rqishi, shayton nayrangining ko‘ngilga xavf solishi nazarda tutiladi. Nafs shunday kuchli dushmanki, solik tariqatdagi tavba, vara’, zuhd, faqr, sabr kabi maqomlarni egallagan bo‘lishiga qaramay, nafsning iymonga daxl qilishi mumkinligidan doim xavfda bo‘ladi.

Alisher Navoiy keyingi maqolatlarda ham birinchi maqolatda keltirilgan bosh mavzu – komil insonga xos sifatlar bayonini davom ettiradi. Xususan, 5- maqolat karam va saxovat, 6- maqolat adab, 7-maqolat qanoat, 8-maqolat vafo, 10-maqolat rostgo‘ylik ta’rifidadir. Bu maqolatlar orasida 7-maqolat badiiy timsollarga boyligi bilan alohida ajralib turadi. Navoiyning fikricha, kimki qanoatni o‘ziga kasb qilgan bo‘lsa, u eng boy insondir. Oltin, kumush va zebu ziynatlarni boylik deb bilmaslik kerak, balki haqiqiy boylik qanoat xazinasidir:

Kimgaki ish bo‘ldi qanoat fani,
Bilki, ani qildi qanoat g‘ani.

Ganji tajammulni g‘ino bilmagil,
Balki g‘ino ganji qanoatni bil.

Mazkur maqolatda qanoat tushunchasi chiroyli tashbehlar va tamsillar vositasida ifodalab berilganligini ko‘ramiz. Masalan, osmon qanchalik katta bo‘lmasin, u bitta kulcha, ya’ni quyosh bilan kun kechiradi. Ko‘z doim shuning uchun ravshanki, u mehrob ostida turib, ikkita bodom bilan oziqlanadi. Shunday ekan, insonlar qanoat bobida osmon va ko‘z singari bo‘lishlari kerak. Maqolatda kitobot (harf) san’atining ham yetakchilik qilishini kuzatish mumkin:

Qushlar aro shohki, anqo durur,
Nuktaye bu amrda paydo durur.

Bordur agar fikr ila topsang vuquf,
Qoni’yu anqog‘a muvofiq huruf.

Qushlarning ichida anqo shoh hisoblanadi. Bunda ma’lum bir ma’no bor. Agar fikr bilan voqif bo‘lishni istasang, “qoni’” va “anqo” so‘zlarining yozilishida harflar bir-biriga muvofiqdir. Yoki

Shoh boshining sharafi toj emas,
Angla ani shohki, muhtoj emas.

Shoh agar ul bo‘lsaki, muhtojdur,
Harf ila muhtojda ham tojdur.

Shoh boshining sharofati tojdan emas, kimki muhtoj bo‘lmasa, o‘shani shoh deb tushun. Muhtojni ham shoh deb atash mumkin bo‘lsa, harf nuqtai nazaridan “muhtoj” so‘zida ham “toj” bor-ku!

Maqolatga “Qanoatli va qanoatsiz ikki do‘st” haqidagi hikoyat ilova tarzida keltirilgan. Hikoyatda keltirilishicha, ikki do‘st Fors mulkidan Chin mamlakati tomon yo‘lga tushadilar. Biri taqdir berganiga qanoatli inson bo‘lib, ikkinchisi ochko‘z, tama’gir edi. Yo‘lda ketayotib, bir toshga ko‘zlari tushadi. Uning yarmi yer ostida bo‘lib, yarmi yer yuzasiga chiqib turardi. Tosh ustida: “Kimki mehnat qilib toshni aylantirib qo‘ysa, ostidagi afsonada vayrona tagida bekitib qo‘yilgan xazina haqida yozib qo‘yilgan. Kimki bu mashaqqat, azob uqubatlarni xohlamasa, uning uchun sabru qanoat hammasidan yaxshiroqdir” degan yozuv bitilgan edi. Ochko‘z yigit yozuvni o‘qigach, xazina ilinjida tosh ostini qazishga tushib ketadi. Qanoatli odam esa beparvo tarzda shahar tomon yo‘l oladi. Shaharga kiradigan bir necha darvoza bo‘lib, u shaharga birinchi bo‘lib kiradi. Shahar aholisining odatiga ko‘ra, mamlakat podshosi qazo qilsa, darvozadan birinchi kirgan odamni podshoh qilib ko‘tarar ekanlar. Shu tariqa bu do‘st o‘z qanoati tufayli mamlakatga podshoh bo‘ladi. Uning tosh ostini qaziyotgan do‘sti esa og‘ir mehnatni bajarib bo‘lgach, toshni ag‘darib qarasa, “Xom tama’ bu dunyoda alam chekadi” deb yozib qo‘yilgan ekan. Xulosa shuki, qanoatli inson o‘z sabru qanoati tufayli shoh martabasiga erishadi, qanoatsiz inson esa tama’ ilinjida xoru zor bo‘ladi.

“Hayratu-l-abror” dostonida xotima ham o‘ziga xos o‘ringa ega. Dostonning 62-63-boblari hazrat Navoiyning xulosa va yakuniy fikrlarini o‘z ichiga oladi. 62-bobda Navoiy dostonni yaratish orzusidan boshlab uni tugatgunicha bo‘lgan jarayon haqida yozar ekan, dostonni yozish xayoli unga tinchlik bermagani, elu yurt xizmati, xalq arz-dodini tinglash uni asosiy maqsaddan chalg‘itsa-da, Xudoning o‘zi unga marhamat ko‘rsatib, nihoyat bu ulug‘ muddaoni poyoniga yetkazganini betakror tashbehlar vositasida bayon qilib beradi. Bob so‘ngida Navoiy g‘oyat nazokat va kamtarlik bilan agar yozganlari elga manzur bo‘lmasa, uni afv etishlarini so‘rab, Allohga iltijo qiladi:

Jilva ber el ko‘ziga ham xo‘b ani,
Qilg‘il ulus ko‘ngliga marg‘ub ani.

Har nechakim, jurmum erur pech-pech,
Lekin erur rahmating olinda hech.

63-bobda oyog‘i toyib ketib, kosadagi oshni shohning boshiga to‘kib yuborgan va olijanob shohning xijolatdan o‘lar holatga yetgan bu qulni afv etgani haqidagi hikoyat beriladi va bu hikoyat bevosita 62-bobga hamohang tarzda, unga ilovadek keltiriladi. Navoiy Allohni olijanob shohga, o‘zini oyog‘i toyib ketgan qulga o‘xshatar ekan, shunday yozadi:

Har necha ko‘p bo‘lsa gunohim mening,
Shukrki, bor sendek ilohim mening.

Xijlat ila qolmadi xud jom manga,
Yeri durur aylasang ehson manga.

“Hayratu-l-abror” dostonida kun tartibiga qo‘yilgan masalalar bevosita “Xamsa”ning keyingi dostonlarida ham davom etadi, xususan, komil insonga xos adab, qanoat, karam va saxovat, futuvvat, rostlik, vafo kabi xislatlar bilan bog‘liq masalalar “Farhod va Shirin” dostoni, “Sab’ai sayyor” tarkibidagi hikoyatlar, “Saddi Iskandariy” dostonlarida yangicha talqin topganligini ko‘ramiz.

Doston aruz tizimining sari’ bahri – sari’i musaddasi matviyi makshuf (ruknlari va taqti’i: muftailun muftailun foilun – VV – / – V V – / – V – ) vaznida yozilgan. Bu vazn pandu nasihat mazmunidagi fikrlarni bayon qilishga nihoyatda qulay bo‘lganligi sababli doston uchun asosiy she’riy o‘lchov vazifasini o‘tagan.

Xulosa

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, Alisher Navoiyning ko‘pgina asarlarining ilmiy tanqidiy matni ishlab chiqildi. «Devoni Foniy» va boshqa asarlarining nodir nusxalari topilib, nashr etildi. 20-asrda Alisher Navoiyning chinakam sahnaviy hayoti boshlandi. Izzat Sulton va Uyg‘un «Alisher Navoiy» dramasini (1945, 1948), I. Mahsumov bastakorlar Yu. Rajabiy va S. Jalil bilan hamkorlikda «Navoiy Astrobodda» musiqali dramasini (1967) yozdilar. Alisher Navoiy obrazi kinoekranda ham mujassamlashdi. Alisher Navoiy dostonlari asosida yaratilgan «Farhod va Shirin» musiqali dramasi (1937), «Layli va Majnun» operasi (1942), «Suhayl va Mehri» baleti (1967), «Dilorom» operasi (1958), «Iskandar» dramasi (1991) teatr san’atining eng yaxshi asarlaridan bo‘lib qoldi.

Biroq qariyb bir yarim asr davom etgan mustamlakachilik davrida, ayniqsa sho‘ro tuzumi davrida madaniy merosimizni xalqimizga yot mafkura qolipiga solib talqin qilishga urinishlar bo‘ldi. Bu hodisa Alisher Navoiy ijodiga munosabatda ham o‘z ifodasini topdi. Uni yo‘qsillarning do‘sti, mulkdorlarning muxolifi qilib ta’riflashga intilishdi. Jahon adabiyotining durdonasi bo‘lgan asarlaridagi (masalan, «Hayrat ul-abror» dostonidagi) ajoyib boblar qisqartirib nashr etildi. Alisher Navoiy ning hayoti va ijodi Allohga imon keltirgan, Qur’oni karimdagi har bir oyatni muqaddas deb bilgan, naqshbandiya tariqatini qabul qilgan adib va mutafakkirning hayoti va ijodidir. Uning ijodi mohiyatini anglab yetmoq uchun din tarixini yaxshi bilgan, Qur’oni karimni o‘qib, ma’nosini anglab yetgan kishi bo‘lish kerak. Sho‘ro tuzumida esa diniy ilmlarni targ‘ib qilish ta’qiqlandi. Shu bois, garchi navoiyshunos olimlar shoir ijodini targ‘ib qilish bo‘yicha ancha ishlar qilgan bo‘lsalar ham, Alisher Navoiy ijodi ko‘pchilik kitobxonlar uchun tushunarsiz bo‘lib qoldi. Mustaqillik bizga barcha qadriyatlarimiz qatori Alisher Navoiy merosini o‘rganishning keng ufqlarini ochdi. Endilikda uning ijodini aslicha, mohiyatini tushunib o‘rganish imkoniyati yuzaga keldi.

Download 95,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha

yuklab olish