Hayrat ul-Abror (I- qism) Alisher Navoiy


Hayrat ul-Abror (II- qism)



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet225/284
Sana07.11.2022
Hajmi2,19 Mb.
#861979
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   284
Bog'liq
P1Sc2c25ncmcoy0YEGie3G62VmWZWcMg (1)

Hayrat ul-Abror (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
79 
http://ziyonet.uz/ 
— Tez boʻl, oldin meni oʻldira qol, to men oʻlguncha loaqal u tirik tursin! 
Ular bir-birlariga oʻz boshlarini in’om qilardilar. Boshlarini kesdirish uchun tigʻni 
talashar edilar. Shu munosabat bilan orada birpas xayallash yuz bergan edi, birdan 
xaiq’orasida omon-omon boʻlgani haqida nido koʻtarildi. Chunki bu ikki yor bir-biri 
uchun jonidan kechgan edi, shoh ham xalqning gunohidan oʻtdi. Bu ikki yor doʻstlik, 
sadoqat tuygʻularini namoyish qilib, elni ham, oʻzlarini ham xalos qildilar. Ey Navoiy, 
Xudo senga ham yor bersa, sen ham unga boshingni va joningni fido et. Ey soqiy, mehru 
vafo shartlariga sodiq boisang, chin doʻst boʻlsang, bir qadah keltir. Jonim xalqumimga 
keldi, menga davo qil, qachongacha va’da berasan, endi va’dangga vafo qil! 


Hayrat ul-Abror (III- qism) 
Alisher Navoiy 

http://ziyonet.uz/ 
Hayrat ul-Abror (III- qism) 
Alisher Navoiy 
Hayrat Ul-Abror (Nasriy Bayoni, Davom) 
XXXVIII - Toʻqqizinchi Maqolat 

Ishq oʻti ta’rifidakim, uning shu’lasi balo sahrosining lolalaridir, choʻgʻi baloga duchor 
boʻlgan koʻngulning qon boʻlaklaridir; mehnat-mashaqqatning qaro shomi uning tutuni, 
bu shomning kuyik yulduzlari uning uchqunlaridir; yor husnining nurlari haqidakim, 
uning alangasidan koʻtarilgan bir yolqin bunday oʻtning chiqishiga sababchi, uning 
quyoshdek yuzidan tarqalgan bitta nur bunday haroratga asosdir 
Yer yuzida endi hayot boshlanib, inson vujudini ruh mayi bilan mast qilganlarida, uning 
tuproqdan iborat jismini hikmat qoʻli bilan xuddi Eram bogʻiga oʻxshatib tuzdilar. Yoʻq, 
uni Eram bogʻi ham emas, jannat bogʻiga, bogʻ ham emas, hurlar jilva qilgan joyga 
oʻxshatib tuzdilar. Har lahzada qushlari yuz afsona kuylashadi, har kim iltimos qilsa
yana kuylashadi. Uning saxni osmon bogʻidek bezatilgan; har bir guli xuddi toʻlin oyning 
oʻzi. Uning gulgun yuzi yangi ochilgan gullardir; uning upasi gulga gulgunlik 
bagʻishlaydi. Tik savsan, balki toʻgʻri sarv va shamshod unga qomat boʻlgan. Mushk 
hidli sunbul unga zulf; lola va oq gul unga yuz va yonoqdir. Yuzidagi terlari quyosh 
chashmasiga oʻxshaydi; bagʻbaqasi oʻsha suvning ustidagi koʻpikdir. Koʻzidan fitnagar 
nargislar paydo boʻlgan; labi xuddi kulib turgan gʻunchaning oʻzi. Labidagi tuklar 
xurram sabzazofu, sabzadagi shabnam uning terlaridir. Husnu jamol unda oʻylaganingdan 
ham koʻp, qancha koʻp oʻylasang, oʻsha oʻylaganingdan ham ortiq. 
Lekin dilni tortadigan narsa uning husni emas, elning sabr-toqatini olgan ham bu jamol 
emas. Ishq bulbuli oʻz dostonini kuylay boshlaganda tomosha qilish uchun bu boqqa 
kirdi. Uning nazari gulga tushishi bilan zor boʻlib, shavq oʻtidan joniga xabar yetdi. Gul 
shoxiga oʻltirib, joy tanladi; undagi otashin (qizil) gullar uning joniga oʻt yoqa 
boshlashdi. Jonining ichi ishq oʻtidan oʻrtanib, gʻam shu’lasidan koʻngliga iztirob tushdi. 
Ishq uning sabru qarorini talon-toroj etdi, gul esa unga firib bera boshladi. Gul unga jilva 
qila boshlagach, endi unda sabr qilish imkoni qolmadi. Kuyib-yonib, u shunday qichqiriq 
soldiki, buning oʻtidan chamanning ichi qizib ketdi. 
Shunday kuyish va kuydirish yuz bergach, shunda oshiqlik va ma’shuqlik namoyon 
boʻldi. Ishq tugʻyon solib, rivojlanishi bilan oshiq parishon ahvolga tushib qoldi. Husn 
yana yoqimli jilvalar qilib, zulfning qoʻliga balodan tuzoq topshirdi. Jahon 
mamlakatining boshiga ishq gʻavgʻosi tushib, zamon ahli ishqning taloniga uchradi. 
Ishq degani bu qanday oʻtki, u hujum qilganda uning tutuni va uchqunlaridan osmon va 
yulduzlar yaraldi. U tutundan malaklar pashshadek qochdilar. Falak osmonda oddiy bir 



Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish