H jamolxonov



Download 0,78 Mb.
bet32/170
Sana01.05.2022
Hajmi0,78 Mb.
#601011
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   170
Bog'liq
Jamolxonov - копия (2)

§. Fonemika

Fonemika - yuqorida aytib o`tilganidek, fonologiyaning bir qismidir, u fonlarning fonemalarga birlashuvini o‘rganadi.
Fonema — so’zlar, morfemalar va grammatik shakllarning tovush qobig`ini farqlash orqali ularning ma’nolarini tafovutlash vazifasini bajaradigan eng kichik segment birlikdir. Masalan, orso`zi tarkibida ikkita segment birlik («o» va «r» fonemalari) bor; zor, ozor, bozor so`zlari tarkibida esa ularning soni ko‘proq: 3 ta («zor»da), 4 ta («ozor»da) va 5 ta («bozor»da) kabi. Bu holat yuqoridagi so'zlarning tovush qobig‘ini (fonetik qiyofasini) va ma’nosini farqlash imkonini bermoqda. Bunday holni «-man» va «-san» morfemalarida, boraman va borasan kabi grammatik shakllarda ham ko`ramiz: ularda fonemalar miqdori ortmasa-da, fonema turlari o‘zgarmoqda («-man»da. «m» fonemasi, «-san»da esa «s» fonemasi qollangan), hatijada morfema va so‘z shakllarining tovush qobig‘i va ma’nolari farqlanmoqda.
21- §. Fonemalarning differensial belgilari
Fonemalarning differensial belgilari ularni bir-biridan farqlash uchun xizmat qiladigan alomatlaridir. Masalan, «k» undoshi o‘zining jarangsizligi bilan jarangli «g» dan ajralib turadi, demak, «k»ning jarangsizligi, «g»ning esa jarangliligi bu ikki fonemaning differensial (farqlanadigan) belgilari sanaladi. Differensial belgilar fonemalarning fonologik xususiyatini belgilaydi — so'zning fonetik qobig'i va shu orqali uning ma’nosini farqlash uchun xizmat qiladi: kul va gul so'zlarining ma’nolari' ayni shu ikki fonemaning differensial belgilari (birining jarangsiz, ikkinchisining esa jarangli ekanligi) tufayli farqlanmoqda. Differensial belgilar faqat jaranglilik va jarangsizlik jihatidangina ernas, balki fonemalar artikulatsiyasiga bog`liq holda tarkib topishi ham mumkin: «b» — lab-lab undoshi, «d» — til oldi (dental) undoshi. Artikulatsiya o`rnidagi bu tafovutlar bor\a c/wso`zlarming fonetik qiyofasini va ma’nolarini farqlamoqda; «q» — portlovchi, «x» — sirg`aluvchi. Artikulatsiya usulidagi bu tafovutlar qol va xol so`zlarining tovush tarkibi va ma’nolarini farqlash uchun xizmat qilmoqda.
Fonemalarning integral belgilari ularning o'zaro farqlanmaydigan alomatlaridir. Masalan, «k» va «g» undoshlarining har ikkalasi portlovchi, har ikkalasi sayoz til orqa fonemalardir. Demak, bu ikki fonema artikulatsiya usuli va artikulatsiya o‘rniga ko‘ra farqlanmaydi.


  1. Download 0,78 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish