Leksemaning ifoda planidagi turli shakllar lining tashqi formasi sanaladi:
b) leksemaning inaznum plani deyilganda lining ma'nosi (yoki nia'nolari) va uslubiy bo'yoqlari (ma'no qirralari) nazarda tutiladi. Masalan, qutoq leksemasining mazmun planida quyidagi leksik nia'nolarbor: «eshitish a’zosi» (odamning c/ulog'i), «dutor, tanbur torlarini sozlash uchun o'rnatilgan nuirvatlar» (dutorning qulog'i), «qozonning yon tomonlaridan chiqarilgan tutqich-dastalar» (qozonning qulog'i) kabi. Chehra leksemasining mazmun planida esa leksik ma'no qo'shimeha ottenka - uslubiy bo'yoq bilan qoplangan. Bu bo'yoq kishi kayfiyati, ruhiy holati yoki xulq- atvorining yuzdagi aksini ifodalaydi: chehra degan ko'ngilning oynasidir (Hamza).
Do'stlaringiz bilan baham: |